Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
tashlab qo‘yardi. «Qor qamalida qolayotgan bu temuriyzoda endi ne qilarkin?» deb uni 
zimdan kuzatardi. 
Sulton Boburning sovqotib asabiylashishini, yo‘l juda sekinlab qolganidan tajang 
bo‘lishini, odamlariga baqirib-so‘kinib ish buyurishini, aytganini qilmaganlar bo‘lsa 
qamchi bilan savalashini kutmoqda edi. Otasi va akasini o‘limga buyurgan hukmdorlar 
qiyofasida Sulton ana shunaqa zolimlarni ko‘rgan, bugun esa ulardan birining talvasaga 
tushishiga guvoh bo‘lib, bir alamdan chiqqisi kelar edi. 
Biroq Bobur jim. U oldinda qor tepayotgan keksa Qosimbekning hansirab, holdan ketib 
qolayotganini ko‘rdida, indamay otidan tushdi. Oldinga o‘tib, Qosimbekning yoniga 
bordi: 
— Bas, siz endi nafasni roslang! — dedi, so‘ng uning o‘rniga qor tepib yo‘l ocha boshladi. 
Orqada yo‘l ochilishini kutib, otdan tushmay o‘ltirgan beku navkarlar endi bunga loqayd 
qarab turolmadilar. Boburning indamay ko‘p qatori ishga tushib ketgani orqadagilarga 
zug‘um qilib buyruq bergandan ko‘ra kuchliroq ta’sir qildi. Yigitlardan yigirma-o‘ttiztasi 
apil-tapil otlaridan tushib, Bobur tomonga shoshildilar. 
Balandga ko‘tarilganlari sari havo siyraklashib, nafas olish qiyinlashar, qirchillama sovuq 
buning ustiga qo‘shilar, eng baquvvat yigitlar ham yigirma-o‘ttiz qadam yo‘l ochguncha 
charchab, hansirab chetga chiqardi. Ikki-uch marta bu ishni qilib chiqqan odam-larning 
ko‘pi to‘rtinchi-beshinchi daf’a qor tepishga yaramay qolardi. 
Ammo Bobur eng pahlavon yigitlar qatori qayta-qayta oldinga o‘tib, bir hafta davomida 
odamlariga yo‘l ochib borgani Sultonni lol qoldirdi. Beku navkarlar o‘zaro gaplashganda: 
— Amirzodamga ko‘z tegmasin, alplarday pahlavonligi bor! — deb qo‘yishardi. 
— Sarkardang bo‘lsa shunday bo‘lsin! 
Sulton ham ichida: «Xudo bu yigitga kuch-quvvatni ham, himmatni ham ayamay 
berganga o‘xshaydi», deb qo‘ydi. Kech kirganda baland bir yalanglikka ko‘tarildilar. 
Bundan narida dovon boshlanishi kerak edi. Lekin bu balandlikda qor bo‘roni boshlandi. 
Qattiq shamol qor uchqunlarini yuz-ko‘zga keltirib ura boshladi. Sovuqning shiddati bir 
necha barobar oshib ketdi. 
Havoli Kutiy deb ataladigan bu baland joyda shamol-pana tog‘ kamarlari borligini Sulton 
bilardi. U kichikroq bir kamarga Qosimbekni boshlab kirdi. 
Ammo bu kamarga to‘rt-beshta odam zo‘rg‘a sig‘ardi. Qosimbek Boburni ham ichkariga 
taklif qildi. 
Yuzlab odam tashqarida qor bo‘roni ostida diydirab turibdi. Suyak-suyaklargacha yetib 
borayotgan achchiq sovuqning zahriga dahshatli qor bo‘ronining zarbi qo‘shilyapti. 
Agar odamlar shu ochiq joyda tunashga majbur bo‘lsa, ularning ko‘pi muzlab qolishi 
muqarrar. O‘lim xavfini sezgan navkarlardan biri: 
— E-voh, jasadimiz qor tagida qolsa, bizni kim topib dafn etgay? — dedi. 
— Qordan kafan kiygaymizmi-a? — dedi ikkinchi navkar. 
— Hindikush deb bejiz aytmas ekanlar! Bu tog‘ odamkush toqqa o‘xshaydir! 
Bobur bu navkarlarni ovozidan tanib, ularning oldiga keldi. 
— Mirzoquli, niyatni yaxshi qilinglar! Xudo xohlasa, bu qor qamalidan eson-omon chiqib 
ketgaymiz. Mamatbek, kuraklaring bormi? 
— Bor! — deb Tohirning samarqandlik do‘sti Mamat otining egariga tang‘ib bog‘langan 
kurakni Boburga olib berdi. 
Bobur eniga va bo‘yiga uch-to‘rt qadam keladigan joyning qorini kuray boshladi. Mamat 
podshohga qor kuratib, o‘zi qarab turishga uyaldi, kurakni Boburning qo‘lidan oldi: 
— Bu yerda ne qilmoqchisiz, amirzodam? 
— Qordan ihota yasamoqchimen. Yerto‘la qaziydilar-ku. Biz qorto‘la qazisak 
bo‘lmasmikan? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin