PivoTexnologiya indd



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə34/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#37466
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
PivoTexnologiya

Nazorat savollari

  1. Pivo ishlab chiqarish korxonalarining qaysi chiqindilarini ikkilamchi xomashyo resursiga kiritish mumkin?

  2. Qulmoq turpini ikkilamchi xomashyo sifatida qo‘llash mumkinmi?

  3. Cho‘kgan pivo achitqilaridan qanday mahsulot ishlab chiqariladi?

  4. Bijg‘ish jarayonida hosil bo‘lgan karbonat angidriddan foydalanish mumkinmi?

  5. Kizilgur ikkilamchi xomashyo sifatida ishlatilishi mumkinmi?

  6. Shisha siniqlari va yorliqdan ikkilamchi xomashyo sifatida qay tarzda foydalaniladi?

  1. BOB PIVO ISHLAB CHIQARISHDA RESURS TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR

5.1. RESURS TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR

Resursni tejash - material resurslardan samarali foydalanish demakdir.

Resursni tejash - ishlab chiqarilayotgan ichimlikning xomashyo sarfini o‘zgartirmasdan yoki kamaytirib, chiqish miqdorini oshirish, mahsulot tannar- xini kamaytirish va korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan to‘liq foydala- nishdir.

Biroq har doim ham pivo ishlab chiqarishda xomashyo va yarimfabrikatlar sarfini kamaytirish mumkin emas. Bu chegaralashlarni (tejashni) texnologiyani o‘zgartirmasdan qo‘llash mumkin. Resurs tejovchi texnologiyalar joriy texno- logiyalardan tubdan farq qiladi.

Resurs tejovchi texnologiyalar texnologik, ekologik va iqtisodiy ko‘rsat- kichlari bilan tavsiflanadi:

  • texnologik ko‘rsatkich - resurs tejovchi va chiqindisiz texnologiyaga o‘tishni ta’minlovchi texnologiyani ilmiy ishlab chiqish;

  • ekologik ko‘rsatkich - atrof muhitni ishlab chiqarish chiqindilari va oqava suv bilan ifloslantirishni qisqartirish;

  • iqtisodiy ko‘rsatkich - ikkilamchi xomashyo resurslaridan foydalanishni kengaytirish (ko‘paytirish).

  1. PIVO ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING OQAVA SUVLARI

Pivo ishlab chiqarish korxonalarida oqava suv konsentratsiyasi tarkibiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:

  • asosiy texnologik jarayonlarda ishlatilgan suvlar (iflos);

  • yordamchi jarayonlarda va apparatlarni sovitishda ishlatilgan suvlar (shartli-toza);

  • yordamchi bino va sexlarda ishlatilgan suvlar (kam ifloslangan).

Oqava suv tarkibida:

  • qoldiq pivo sharbati va pivo;

  • yuvindi suvlar;

  • yengil xas-cho‘pli suvlar;

  • qulmoq qoldiqlari qolgan suvlar;

  • sexlardan chiqadigan ishqorli, kislotali va oqava suvlar;

  • tarkibida kizilgur bo‘lgan oqava suvlar;

  • ifloslangan issiq suvlar;

  • butilka yuvish mashinasidan ishlatib bo‘lingan ishqoriy eritmalar;

  • qaytgan butilka, bochka va KEGlardagi qoldiq pivo;

  • quyish avtomatini yuvgandagi suvlar.

Oqava suvlarning tarkibi iflos va kam ifloslangan suvlarning aralashishidan shakllanadi. Pivo ishlab chiqarish korxonalarining oqava suvlari mineral, organik, bakteriologik va biologik turlarga bo‘linadi:

  • mineral moddalar bilan ifloslangan oqava suv tarkibiga tuproq, mineral tuzlar, kislota va ishqor eritmalari, temir, kalsiy, magniy, kremniy, kaliy va boshqa noorganik moddalar;

  • organik moddalar bilan ifloslanganlarga uglevodlar, azotli moddalar, organik kislotalar, polifenol moddalar;

  • bakteriologik va biologik ifloslanganlarga har xil mikroorganizmlar, achitqilar va mog‘or zamburug‘lari, bakteriya va boshqalar kiradi.

Pivo ishlab chiqarishning barcha sexlarida oqava suvlar ifloslanadi. Eng iflos oqava suv arpani yuvganda va bo‘ktirganda hamda cho‘kmaga tushgan achitqilarni yuvganda hosil bo‘ladi.

Oziq-ovqat sanoatining ko‘pchilik ishlab chiqarish korxonalarida suv texnologik xomashyo sifatida ishlatilib, u tayyor mahsulotning tarkibi ham hisoblanadi. Lekin ko‘p hollarda suv ishlab chiqarishdan atrof muhitga iflos, iste’molga yaroqsiz holda chiqarib tashlanmoqda. O‘z o‘rnida bunday suv iste’mol qilishga umuman yaroqsizdir.

Yaroqsiz oqava suvlarning suv havzalariga quyilishi suvning fizik, kimyo­viy, biologik xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa atrof muhitga zarar keltirishi bilan birga, insonlar sog‘lig‘iga, baliqlar, yovvoyi hayvonlar, uy hayvonlari va parrandalarga zarar yetkazib xavf tug‘dirmoqda. Suv havza- larining ifloslanishini o‘rmon xo‘jaligi sanoatining chiqindilari, suv trans- porti sanoati chiqindilari (zaharli modda yuklangan tankerlar yuvilgan suv) qo‘shilganda kuzatish mumkin. Ammo suv havzalarining eng ko‘p ifloslani- shi xo‘jalik va ishlab chiqarish sanoatidagi oqava suvlar qo‘shilganida ku- zatilmoqda.

Xo‘jalik va ishlab chiqarish sanoatidan chiqayotgan oqava suvlarning suv tarmoqlariga chiqarilishi oqibatida, suvda eriydigan va erimaydigan kolloid moddalar hosil bo‘ladi. Oqava suvlarning suspenziyasi cho‘kmaga tushishi natijasida suv havzalarining tag qismida loyqa hosil bo‘ladi. Bu loyqa suvning o‘z-o‘zidan tozalanish jarayonida ishtirok etuvchi mikroorganizmlar hayot faoliyatini cheklab qo‘yadi yoki umuman rivojlantirmay qo‘yadi. Suspen- ziyalarning mavjudligi suv tubiga quyosh nuri o‘tishini qiyinlashtiradi va suvosti o‘simliklarining fotosintez jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Ayniqsa, nur ta’sirida mikroorganizmlar organik ifloslangan suvlarning oksidlanishi uchun zarur bo‘lgan kislorodni hosil qiladi. Barcha ifloslanishlar suv tarkibidagi kislorod miqdorining kamayishiga salbiy ta’sir etadi. Masalan, sirt-faol mod- dalar, yog‘-moylar va moylovchi materiallar suv yuzida qatlam hosil qiladi, bu atmosfera bilan suv o‘rtasida o‘tadigan jarayonga qarshilik qilganligi sababli suv kislorod bilan to‘yina olmaydi.

Shahar va sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqava suvlarning organik ifloslanishi biologik jarayonlar natijasida yuzaga keladi. Aerob sharoitda mikroorganizm ishtirokida oqava suv tarkibidagi organik birikmalarni oksidlash uchun zarur bo‘lgan kislorod miqdori kislorodga bo‘lgan biologik zaruriyat deyiladi va mg/l da ifodalanadi (KBBZ).

KBBZ ko‘rsatkichida suv har doim necha kundan so‘ng tekshirilganligi ko‘rsatiladi. Ko‘p hollarda maishiy va sanoat korxonalari, ko‘pincha, amalda oqava suvlarning 70-80% ni besh kunlik KBBZ dan so‘ng ishlatadi (KBBZ5).

Oqava suvlarni tavsiflash uchun KBBZ dan tashqari kislorodning kimyoviy yutilish (KKY) ko‘rsatkichi ham bo‘lib, u 1 l oqava suvdagi organik birikmalarni bixromat kaliy bilan kimyoviy oksidlanishi uchun sarflangan kislorod miqoridir. KKY ko‘rsatkichi KBBZ ko‘rsatkichidan katta bo‘ladi, chunki kimyoviy oksidlanishga mikroorganizmlarga chidamli bo‘lgan organik birikmalar ham kiradi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin