Q. Rahmonov Sh. K. Narbayev Z. M. Muqimov yer resurslarini boshqarish


 Yerdan foydalanishni boshqarish tamoyillari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/32
tarix24.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#160974
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
5. Yerdan foydalanishni boshqarish tamoyillari
Yerdan foydalanish murakkab boshqariladigan tizim sifatida uning asosiy, 
boshlang’ich holatini aniqlovchi tamoyillarga mos tarzda amalga oshiriladi. Ularning 
mazmuni tabiatdan foydalanishning umumiy tizimida Yerdan foydalanishning roli va 
o 'm i bilan, tabiat va jam iyatning o 'zaro ta ’sirlarining mohiyati bilan, jamiyatning 
rivojlanishida yer resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati bilan, Yerlardan oqilona 
foydalanish, qayta tiklash va m uhofaza qilish usullari va uslublari bilan aniqlanadi.
Yerdan foydalanish tamoyillari, uning tizimi ham ulardan bir nechasi 
shakllantirilgan va maxsus adabiyotlarda keltirilgan b o iis h ig a qaramasdan to 'la
o'rganilgan yechimda tizim ga keltirilgan yemas. Jumladan, yer tuzishning tamoyillari 
qarab chiqilgan: Yerlardan oqilona foydalanish, umumxalq boyligi, muhim ishlab
63


chiqarish vositasi hamda tabiiy resurs sifatida; qishloq x o ‘ja lik Yerlarining ustunligi: 
ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishiga mos 
ularni doimiy shakllantirish asosida qishloq xo'jalik korxonalarining barqarorligini 
ta ’minlash; Yerning kenglik xususiyatlarini, xo ‘ja lik va tuman: Y erning kenglik 
xususiyatlarini, x o ‘ja lik v a tuman: mintaqalarining tabiiy, iqtisodiy vai jtim oiy 
sharoitlarini q at’iy hisobga olish.
Y uqorida sanab o'tilgan tamoyillar yerdan foydalanishning mazmuni va 
mohiyatini to ‘la yoritm aydi, k o ‘p jihatdan ular yer tuzishning asosiy qoidalarini 
yoritadilar. Bu holat prof. Yu.M .Rogatnyov tomonidan ham qayd qilinadi: Yerdan 
foydalanishni tashkil etishning mavjud nazariyasi va amaliyoti uni faqatgina ishlab 
chiqarish vositasi sifatidagina e ’tirof etadi. Shu bilan birga qayd qilish lozimki, 
Yerlardan oqilona va samarali foydalanish bir qator olim lar tomonidan Yerdan 
foydalanish tam oyillaridan biri deb e ’tirof etiladi, bunday hulosa bilan kelishish 
mumkin em as. Bundan tashqari rejali iqtisodiyot sharoitida Y erdan foydalanishning 
bozor tam oyillarini o ‘rnatish mumkin bo'lm agan, Y erdan foydalanishning ijtimoiy, 
rekreatsion va ekologik qirralari ju d a kam yoritilgan.
Yerdan 
foydalanishni 
tabiiy 
majmuaning 
ham da 
ijtimoiy-iqtisodiy 
voqeilikning kichik tizimi sifatida qarash quyidagi tam oyillarini o'rnatishga imkon 
berdi:
-yer m unosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish;
-yer resurslaridan foydalanishni integratsion boshqarish;
-mulkchilik shakllarini ham da yer huquqi turlarini rang-barangligi;
-yer resurslaridan k o ‘p maqsadli, tarm oqlararo foydalanish;
-jam iyat va tabiiy majmualarning bir-birlari bilan o ‘zaro ta ’siri;
-yerdan foydalanishning ijtimoiy yunalishligi;
-yerdan foydalanishning pulliligi;
-yer bozorining mavjud b o ‘lishi (huquq);
-qishloq x o ‘ja lik yerlarining ustunligi;
-yerdan x o'jalik yuritishni tashkiliy-huquqiy shakillarining rang-barangligi, yer 
uchastkalarining barqarorligi;
64


-hududni tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlari bo'yicha mintaqalash ham da 
rayonlashtirish.

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin