Mikroiqlimni boshqarish. Bodring o'simligi uchun eng maqbul harorat yorug'likni jadalligiga qarab o'zgaradi. Juda past yoritilganda (5 klk gacha) u 17-19°C ni, 5-10 klk da-19-21°C ni, 10-20 klk da-21-25°C, 20-30 klk da-24-27°C ni va yomg'lik 30 klk dan yuqori bo'lganda-27-30°C ni tashkil qiladi. Eng maqbul havo harorati o'simliklarni yoshiga bog'liq. U o'simliklar hosil-ga kirguncha tiniq kunda-22-24°C, bulutlida-20-22°C, kechasi — 16-18°C ni tash-kil qiladi. Hosilga kirgan davrda eng maqbul harorat biroz ko'tariladi va ochiq kunda-24-27°C, bulutlida-21-24°C va kechasi - 18-20°C ni tashldl qiladi. Hosilga kirgandan so'ng 7-8 hafta o'tgach, barglarni qariyotganligi kuzatila-yotganda, ildiz tizimi kuchsizlanayotgan va shoxlanish kamayib borayotganda maqbul harorat biroz pasayadi va u tiniq kunda 22-24°S, bulutli kunda-20-22°C va kecha-si - 17-19°C ni tashldl qiladi. Issiqxonalarda haroratni boshqarish lozim. Kunduzgi harorat yuqori chega-raga yetganda isitishni qisman yoki to'liq to'xtatishga va shamollatishni boshlashga signal bo'ladi. Ayniqsa tiniq bahorgi kunlar davomiy bulutli havodan so'ng sodir bo'ladigan yuqori haroratni diqqat bilan kuzatib borish kerak. Agar vaqtida harorat pasaytirilmasa yuqoridagi barglar kuyishi mumkin. Buni oldini olish uchun issiqlik pasaytiriladi yoki shamollatish qo'llaniladi. Issiqxona bodringi uchun tuproqning eng maqbul harorati 22-24°C dir. Havoning nisbiy namligi 75-85 %. Tuproq namligini maqbul me'yorlarda saqlash va oziqlantirish tartibotini to'g'ri olib borish juda katta ahamiyatga ega. Yoritilganlik yetarli bo'lmay tuproq namligi yuqori bo'lsa o'simliklarni loxas yoki nobud bo'hshiga ohb kelishi mumkin. Bu vaqtda tuproq namhgini 75-80 % NV darajada saqlab turish kerak. Bahorda va yozda quyosh radiatsiyasi yuqori bo'lganda tuproq namhgini 85-90 % NV da ta'minlash zarur. Tuproq namligini kuzatib turish nihoyatda muhim, chunki bunda o'simliklar nafaqat namlikni yetishmashgi, balki tuproq eritmasini yuqori konsentratsiyasidan ham qiyna-hshi mumkin. O'simliklar odatda iliq suv bilan (20-22°C) ertalab sug'oriladi. Issiq kunlarda vegetatsion sug'orish bilan birga kunning o'rtasida sug'orish me'yorlarini kamaytirib (0,5-1 1/m 2 ) musaffolovchi sug'orisklar qo'llaniladi. Issiqxonalarda bodringni yetishtirish texnologiyasida puxta tashkil qilingan va tezlik bilan o'simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishdan foydalanish muhim rol o'ynaydi. Uni asosi qihb o'simliklarni biologik uslubda himoya qilish, ularni makonlarini topib o'simliklarni kimyoviy preparatlar
bilan ishlov berishdir. Hosilni yig'ishtirish. Hosilni yig'ishtirish bodring ishlab chiqarish texnologiyasini muhim elementi hisoblanadi. Kuz-qishki va o'tuvchan aylanish davrlarida birinchi barralar umg' unib chiqqandan so'ng 50-60 kun o'tgach, qish-bahorgi aylanishda ko'chat o'tkazilgandan so'ng ertapisharlar — 30-40 kun, o'rtapisharlar - 50-55 kun va kechpisharlar — 55-70 kun o'tgach terishga tayyor bo'ladi.
O'simliklarda meva yukini oshirib yuborish mumkin emas,
chunki bu o'simlik-ni kuchsizlanishiga va hosilni kamayishiga ohb keladi. Shu bois asosiy poyaning pastki bo'g'inlarida ari bilan changkmadiganlarda 3-4 barg bo'g'inlaridagi, partenokarpiklarda esa-7-8 barg bo'g'inlaridagi barralarning murtagi va yon shoxlari ohb tashlanadi (ko'r qihnadi). Uzun mevah partenokarpik duragaylarni barralarini vazni 300-500 g etgan-da yig'ishtiriladi, bodringni nisbatan kalta (20-25 sm) mevah nav va duragay-larida barralarning o'rtacha vazni 230-250 g ni (300 g gacha), kalta mevah (15-20 sm) nav va duragaylarda esa-120-200 g ni tashkil qilishi kerak.
Bodring o'simligini barralari o'z vaqtida, kattalashib ketishiga yo'l qo'ymas-dan terib borish muhimdir. Barralar guhagandan ikki hafta o'tkach yig'ishtirib olishga (texnik) etiladi. Odatda, hosilga kirish davri boshlarida barralarni o'simlikka yukni sekin-asta berib borish maqsadida maydaroq, keyinchalik duragayga hos bo'lgan kattalikdagi mevalar terib olinadi. Hosilga kirish davrini dastlabki 2 hafta-sida barralar har 2-3 kun oralatib teriladi. Keyinchalik terimlar orasi qisqar-tirihb asalari yordamida changlanadigan duragaylarda kunora, partenokarpik-larda 1-2 kun oralatib o'tkaziladi. O'simliklar bu maromga o'rganadi. Terim jadvahari tez-tez almashtirib turilsa, bu hosildorlikni kamayishiga ohb kehshi mumkin. Barralarni terishda terimga yaroqh mevalarni o'tkazib yubormaslik, o'simliklarda kattalashib ketgan mevalarni qoldirmalik kerak. O'simliklarda kattalashib ketgan barralarni bo'hshi, keyingi barralarni rivojlanishini to'xtatadi, bu ekinni hosildorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bodring o'simligini poyasi juda nozik va sinuvchan bo'lganligi sababli barralarni terishda ularni uzib olish tavsiya etilmaydi. Barralar uzib olinsa poyaga yengh jarohat yetkaziladi, bu o'simliklarni o'sishiga, hosildorlikni sezi-larh kamayishiga sabab bo'hshi mumkin. Barralarni ertalab, ular isib ketmasdan yig'ishtiriladi, chunki kunning ikkinchi yarmida yuqori haroratda terilgan mevalar yaxshi saqlanmaydi. Barralar pichoq bilan yoki maxsus qaychilar yordamida kesib olinadi va yashiklarga yoki chelaklarga joylanadi va ularni markaziy yo'harga yoki koridorga chiqariladi. Tovar barralarni terish bilan birga yetilmagan, kasal va qing'ir-qiyshiq tugunchalar ohb tashlanadi. Barralarni birinchi terimi 0,5-0,6 kg/m 2 dan oshmay-di. Yoppasiga hosilga kirgan davrda u 0,8-1,0 kg/m 2
etishi mumkin. Yig'ishtirilgan mahsulot omborxonaga jo'natihb, u yerda tortiladi, sarala-nadi va savdoga yoki uzoq joylarga jo'natish uchun ular maxsus idishlarga joyla-nadi. Bodringni saqlashda va uzoqqa ohb borishda, pomidor yoki boshqa etilen chiqaruvchi mevalar bilan birga joylashtirish mumkin emas. Bunday hollarda bodring tez buziladi.