B.F.Skinnerning operant asoslangan nazariyasi
B.F.Skinner g`oyalari juda keng amaliy ahamiyatini topdi. Muvaffaqiyatli izchil yaqinlashish strategiyasi va ijobiy qo’llab-quvvatlash texnikasi bixevioral treningining individ xulq-atvorini modifikatsiya qilish metodlari asosini tashkil qilgan. Ular taklifining aniq sohalari o’rtasida turli xil ko’rinishdagi qo’rquv xavotirlanish va “yopishqoq” (miyaga o’rnashib qoladigan) holatlarni engib o’tish destruktiv xulq-atvorni o’zgartirish muloqot ko’nikmalariga o’rgatish, o’ziga ishonchni mashq qilish, gipertenziya, muskul zo’riqishlari, migren, xavotirni davolashda qayta aloqa bilan treninglar o’tkazish. Operant metodikalar hali maktablarda tarbiya yoshidagi bolalarga ya`ni ruhiy kasalxona bemorlarga, hali qamoqxona mahbuslariga qo’llaniladi. “Jetonli taqdirlash” “Senzibilitatsiya va desensibilyatsiya” “to’xtatilgan vaqt” yoki “taym- aut” metodikalari keng mashhurlikka erishdi. Kompyuterdan foydalanilgan holda dasturlashtirilgan o’qitish B.F.Skinner tomonidan o’ylab chiqilgan tamoyillarga asoslanadi. Ko’pgina mutaxassislar “Xulq-atvor ko’rinishi texnologiyasi” ning samaradorligini tan oladilar biroq, bunda metodning mexanikligini rahbarning avtoritarizmiga moyilligini va rivojlanishning ichki omillarini (inson fikri, hissiyoti, qiziqishi) rad etilishini ta`kidlaydilar va bu metodni haddan ziyod keng qo’llashda qo’llanilishidan ogohlantiriladi.
7- Mavzu. Elkonin va rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlari.
Yosh rivojlanishini davrlashtirish
Режа
1.Yoshga oid davrlarni tarixiy kelib chiqish muammosi
2.Bolalik madaniy-tarixiy fenomen sifatida
3. «Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S. Vigotskiy ishlarida bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi
4. D.B.Elkoninning rivojlanishini davrlashtirish va yoshga oid dinamikasi haqidagi tasavvurlari
Yosh davrlar psixologiyasi predmeti haqidagi tasavvurlar fan rivojlanishi davomida chuqurlashib bordi. Biroq, ta’kidlash joizki, inonning hayot siklini tuzilishi va mazmuni, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektning o‘zi tarixiy o‘zgarishlarga moyil. Bu ma’noda L. S. Vigotskiy (abadiy) «hamisha bola» tushunchasini tanqid qilib, buning o‘rniga «tarixiy bolalik» haqidagi holatni ilgari surib, o‘z fikrini bildirgan. Psixik rivojlanish jarayoni organizmning yetilishi va tabiatning mangu (abadiy) qonunlariga bo‘ysunmaydi, shuning uchun «hamisha», ,,(abadiy)” bolalik haqida gapirib bo‘lmaydi. Madaniy-tarixiy fenomen sifatida bolalik tarixi jamiyat tarixi bilan uyg‘unlashadi. Bolalik- bu tarixiy kelib chiqish va ko‘rinishiga ega bo‘lgan, murakkab ijtimoiy – madaniy hodisadir. Fransuz tarixchisi F. Ariesaning o‘ziga xos tadqiqotlarida bolalik tushunchasi insoniyat tarixiy rivojlanishi davomida qanday shakllanganligi va turli davrlarda u nimasi bilan farqlanganligi ko‘rsatilgan. F. Arles san’at asarlari, badiiy asarlar, o‘tgan davrdagi insonlar maktublarini tahlil qilgan. U ijtimoiy hayotning rivojlanishi, yangi ijtimoiy institutlarning paydo bo‘lishi insoniyat hayotining yosh davrlarini ajratilishiga olib keladi degan xulosaga keldi. Masalan, oila ichida kichkintoyni «erkalatish» va «suyish» bilan bog‘liq ilk bolalik davri yuzaga keladi. Ijtimoiy institut sifatida maktab, katta hayotga bolalarni muntazam tayyorlash majburiyatini oladi, maktabning sinf jamoasi bolalik va o‘smir-o‘spirinlik tushunchalarini («3-sinf o‘quvchisi») «beshinchi sinfdagi» yaxshiroq farqlaydi. Harbiy xizmat va majburiy harbiy majburiyatning kiritilishi o‘spirinlik davrini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday tarzda F. Aries mavjud bo‘lgan davr ustiga yangi davrni qurish hisobidan, bolalikni uzaytirishni tarixiy tendensiyasini ko‘rsatishga harakat qilgan. D. B. Elkonin hayvonlarning ba’zi turlarida instinktiv hulq-atvorning alohida shakllari yo‘qolishini boshlaganda ontogenez davri sifatida bolalik yuzaga kelganligi haqida o‘ziga xos g‘oyani ilgari surgan. Ushbu hayvonlar tomonidan hulq - atvorning zarur shakllarini hayot davomida egallash uchun ham bolalik vujudga kelgan. Insoniyat bolaligining o‘ziga xosligi shundaki, go‘dak xatto tug‘ma organik ehtiyojlarni qondirishning instinktiv usullari butunlay bo‘lmagan, mutloq ojiz mavjudot bo‘lib tug‘iladi. Insonning barcha xulq – atvori egallab boriladi. Shuning uchun unga juda uzoq davom etuvchi bolalik zarur, u o‘z a’zolarining malaka va bilimlariga yanada yuqoriroq talablarni ilgari suruvchi, jamiyatning rivojlanishi sari uzayib boradi. D. B. Elkonin ijtimoiy – madaniy fenomen (hodisa) sifatida bolalikni rivojlanish qonuniyati, oddiy uning uzaytirmasi bo‘lmay, balki tuzilishi va mazmun mohiyatiga ko‘ra sifat o‘zgarishi hisoblanadi. Jamiyat hayotining murakkablashib borishi bilan unda bolaning holati (ya’ni ijtimoiy maqomi, huquq va majburiyatlar doirasi, unga doir bo‘lgan faoliyat turlari va shakllari) muhim o‘zgarishlarga duch keladi. Ijtimoiy rivojlanishning ilk bosqichlarida (bu etnografik kross-madaniy tadqiqotlar bilan ham tasdiqlanadi) bolani ishlab chiqarish jarayonlariga (terish, qazish) bevosita jalb qilinishi va umumiy faoliyatning maqsad va vazifalari, mehnat qurollari vazifalari, ozuqa toppish usullarini amaliy egallash sodir bo‘ladi. Ma’lum bir tarixiy davrda mehnat qurollari shunday murakkablashganki, bunda bolalar bevosita kattalar mehnatiga kirisha olmaganlar, shuning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun maxsus alohida predmetlar, o‘yinchoqlar kichraytirilgan va ko‘rinishi o‘zgartirilgan mehnat qurollari yaratiladi. Qachon qurollarning kichraytirilgan nusxasi ishlab chiqarish faoliyatini haqiqiy ifodalash imkonini bermasa o‘yinlar paydo bo‘ladi. Bolalr o‘yinchoqlar bilan harakatda bo‘lib, bir tarafdan kattalar mehnatining umumiy mazmunini ifodalasalar, boshqa tomondan – ular keyinchalik turli xildagi haqiqiy qurollarni egallashlari uchun zarur bo‘lgan (ko‘rish-harakat koordinatsiyalari, chaqqonlik va h.k) ba’zi bir umumiy qobiliyatlarni o‘zlarida rivojlantirganlar. Asta sekin ba’zi o‘yinchoqlar haqiqiy qurollarning ramziy o‘rnini bosuvchisiga yoki odamlar ijtimoiy hayotining turli xildagi boshqa predmetlariga aylanadi. D. B. Elkonin o‘yinning ijtimoiy jihatlarini ko‘rsatgan: Rolli o‘yin ijtimoiy munosabatlar tizimida bola o‘rnining o‘zgarishi natijasida, jamiyatning tarixiy rivojlanishida yuzaga keladi. U, binobarin, o‘zining tabiatiga, kelib chiqishiga ko‘ra ijtimoiydir. O‘yinlar va o‘yinchoqlarning yuzaga kelishi bilan, bola rivojlanishida yangi davr shakllanadi. Zamonaviy pedagogika va psixologiyada ushbu davr maktabgacha tarbiya yoshi deb nomlangan, undagi yetakchi faoliyat bo‘lib o‘yin hisoblanadi. D. B. Elkonin bolalik yoshlaridan birining paydo bo‘lishi misolida, bolalikning tarixiy harakteri (xususiyati) va uning alohida davrlarini tarixiy kelib chiqishini ko‘rsatib bergan. O‘yin davri mehnat qurollarini egallash davrini yuqoriga, birmuncha kechki (keyingi) xronologik yoshga «siljitadi» («suradi») yangi davr yuzaga kelganda quyida joylashgan yoshga oid rivojlanish bosqichlari ham o‘zgarishsiz qolmaydi. Maktab ta’limining yuzaga kelishi, avvalgi «o‘yinlar davrini», maktabgacha qilib, yangi mazmun bilan to‘ldiradi. Tarixiy kelib chiqish nafaqat hayot davrining bolalik davriga ega. Insoniyatning tarixiy uzoq bo‘lmagan orttirmalaridan (muvaffaqiyat, yutuq) biri psixologik yosh sifatida keksalik davrini ajratilishidir. Ijtimoiy va yoshga oid kategoriya sifatida «keksalik» tushunchasini yuzaga kelishi XX asrga tegishli. D. B. Elkonin qayd etgan chizmalardan kelib chiqib, zamonaviy tadqiqotchi V. T. Kudryatsev bolalikning keyingi tarixiy rivojlanishini ko‘rsatadi va bolalikning uch tarixiy tipini ajratadi: 1) Kvazibolalik – insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, bolalar (birlashmasi jamoasi) guruhi ajratilmay, balki odat tusiga kirib qolgan (ritual) amaliyotga va kattalar bilan hamkorlikdagi mehnat faoliyatiga bevosita kiritilganda; 2) Rivojlanmagan bolalik – bolalik olami ajratilgan va bolalr oldida yangi ijtimoiy vazifa – kattalar guruhiga integratsiya (qo‘shilish, birlashish) yuzaga keladi. Rolli o‘yin – kattalar faoliyatining ma’naviy asosini modellashtirish usuli sifatida avlodlararo uzilishlarni yengib o‘tish funksiyasini (vazifasini) o‘ziga oladi. Ijtimoiylashuv bola tomonidan faoliyatning tayyor mazmuni qat’iy belgilangan doirasini egallab borish darajasiga qarab sodir bo‘ladi. Misol uchun – o‘rta asrlardagi va yangi davrdagi bolalik. 3) Rivojlangan bolalik (V. V. Davidov atamasi) – kattalar faoliyatining mazmuni va motivlari o‘z-o‘zidan aniq bo‘lmaganda shakllanadi. (Zamonaviy bolalik) Bola diqqatini qaratadigan, balog‘atga yetganlik obrazi – (prinspial) deyarli to‘liq bo‘lmagan, tugallanmagandir hamda bola erkin va ijodiy tarzda «madaniyatda o‘z mavqeini belgilab olishi» kerak. Zamonaviy «rivojlangan» bolalik ochiq ko‘p o‘lchamli tizim sifatida madaniyatni ijodiy egallashni nazarda tutadi. Zamonaviy bolaning psixik rivojlanishini samarali, ijodiy harakteri (xususiyati) ilk bosqichlardayoq bola submadaniyati fenomenlari «muammolarni qo‘ya bilish», «komik xissiyot», «kommunikativ tashabbuskorlik» va boshqalar ko‘rinishida amalga oshadi. V. T. Kudryavsev bolalikni tadqiq qilishning yangi yo‘nalishini yaratishni taklif qilib, uning asosiga quyidagi prinspial (umumiy) g‘oyani qo‘yadi: bolalik – bu nafaqat ijtimoiy rivojlanishdan hosila, tarixiy maxsul bo‘lib qolmay, balki madaniyat va tarixda yangi shakldagi tuzilishni, vujudga kelishlarni boshlanishi, «avloddan avlodga o‘tuvchi madaniyatni o‘z-o‘zidan rivojlantirish manbai, uning generatoridir» Rus faylasuflari I.A. Il’in, P.A. Florenskiy, M.M. Baxtin, V.B. Shklovskiy va boshqalarning g‘oyalariga tayanib, V. T. Kudryatsev madaniyatni ijodiy tajribaning yig‘indisi, insonlarning muayyan shakldagi ijodiy imkoniyatlarini majmuasi sifatida yangicha talqinini shakllantirgan. Uni bunday tushunishda, psixik rivojlanish mexanizmi sifatida o‘zlashtirish ideal namunalardan nusxa ko‘chirishdan chetga chiqadi, avlodlar o‘rtasida tajriba almashinuvi esa albatta rivojlanib boruvchi sub’ektning ijodkorligini, chegaralarni bartaraf qilishni, namunalar «noaniqligini» nazarda tutadi.
«Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S. Vigotskiy ishlarida bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi
Inson psixik rivojlanishi bosqichliligi haqidagi tasavvur uzluksizlik, asta-sekin mukammallashuv va yutuqlar (natijalar) yig‘indisi g‘oyasiga qarama-qarshi turadi. U o‘z aksini jahon psixologiyasida bir necha o‘n yilliklardan beri, rivojlanish jarayonining turli tomonlarini sintezlovchi va uning mehanizmlariga tayanuvchi yagona davrlashtirishni («psixik rivojlanish xaritasi») qidiruvida topadi. L. S. Vigotskiy rivojlanishning yoshga bog‘liq davrlashtirish muammosini «barcha bolalar psixologiyasi uchun markaz» va «amaliyotning barcha savollariga kalit» deb atagan. U vaqtda mavjud bo‘lgan davrlashtirish chizmasini taxlil qilib, L.S.Vigotskiy ularni tuzishning uch usulini ajratgan. 1) Bola psixikasini rivojlanishi bilan har tomonlama bog‘liq bo‘lgan, boshqa jarayonlarni zinama-zina qurish asosida bolalikni davrlashtirish. Misol uchun, biogenetic tamoyilga muvofiq ibtidoiy bosqich, hayvon psixikasi bosqichlari ajratiladi. 2) Bolalikni ajratishda asos qilib, shartli mezon sifatida rivojlanishning biror bir belgisi yoki jixati (tomoni) olinadi. (masalan, P.P. Bionskiyning davrlashtirishida dentitsiya – tishlarni chiqishi va almashinishi; Z.Freyd ta’limotida jinsiy rivojlanish). 3) A. Gazella ishlaridagi kabi rivojlanish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini fenomenologik izoxlashga va qonuniyatlarni ajratishga urinish amalga oshiriladi. L.S.Vigotskiy bola rivojlanish jarayonining mazmun-mohiyatini qamrab oluvchi, haqiqiy ilmiy-psixologik davrlashtirish tuzilishi kerak bo‘lgan tamoyillarni taklif qilgan. Davrlarni ajratish mezoni rivojlanishga nisbatan ichki bo‘lishi kerak. «Faqatgina rivojlanishni o‘zining ichki o‘zgarishlari, uning kechish jarayonidagi burilishlar va o‘zgarishlargina bola shaxsining shakllanishini asosiy davrlarini aniqlash uchun ishonchli asos bo‘la oladi». Mezon ob’ektiv bo‘lib, yosh chegaralari doirasi erkin va shartli qo‘yilishi kerak emas. Mezonni qandaydir bir belgiga ko‘chirib bo‘lmaydi, chunki rivojlanish jarayonida belgining muhimligi va ko‘rsatgichlari yoshdan yoshga o‘tishda o‘zgaradi. L.S.Vigotskiy yosh davrlarda taraqqiy etuvchi psixik rivojlanish xodisasiga nisbatan asosiy yangi yondashuvni ishlab chiqib, yosh davrlar psixologiyasining asosini qo‘ydi. Odatda psixologiyada o‘rganiladigan aloxida psixik jarayonlar va (idrok, diqqat, tafakkur) funksiyalarning yoshga bog‘liq xususiyatlarini o‘rganish o‘rniga L.S.Vigotskiy birinchi o‘ringa «psixologik yosh» tushunchasini qo‘yishni va bola rivojlanishi taxlilining «birligi» sifatida rivojlanishining yoshga oid davrlarini talqin qilishni taklif qilgan. 1932-1934 yillarda yozilgan «Yosh davriga oid bo‘lgan muammo» asarida, L.S.Vigotskiy ushbu fikrni quyidagicha izoxlagan: «Yosh davrlari yaxlit dinamik tuzilishini rivojlanishning har bir qism sohalarini roli va solishtirma og‘irligini aniqlaydigan tarkibni o‘zida aks ettiradi». L.S.Vigotskiyga ko‘ra, har bir psixologik yosh, har bir yosh davrining boshlanishida shakllanuvchi, rivojlanishning ijtimoiy holati bilan tavsiflanadi. Rivojlanishning ijtimoiy holati-bu «mutloq alohida, ushbu yosh uchun o‘ziga xos, bola va uni o‘rab turgan voqelik o‘rtasidgi yagona va qaytarilmaydigan, eng avvalo ijtimoiy munosabatlardir» L.S.Vigotskiy muhitni obsalyut (absalyut-idealistik falsafada – borliqning abadiy, o‘zgarmas, bemakon ibtidosi – ruh) ko‘rsatkichlarda emas, balki, bolaning o‘zini kechinmalari bilan bog‘liqlikda, muhitni bolaga munosabatidan kelib chiqib, talqin qilish kerakligini ta’kidlagan. «Rivojlanishning ijtimoiy holati» tushunchasi tashqi muhit va bolaning ichki dunyosini o‘zaro aloqasini betakror o‘ziga xosligini, ya’ni ijtimoiy muhit va motivatsion extiyoj soxalarini ifodalaydi. Bundan tashqari, psixologik yosh yangi tuzilishlar bilan ham tavsiflanadi. Yoshga oid yangi tuzilishlar – bu yoshga bog‘liq rivojlanish natijasi, maxsuli va bir vaqtning o‘zida keyingi rivojlanish zaminidir. Psixologik yangi tuzilmalar bolaning yangi shaxs tuzilishi turini ushbu bosqichda birinchi marotaba yuzaga kelayotgan hamda bolaning ongi, uning muhitga munosabatini, uning tashqi va ichki hayotini, ushbu davrdagi uning butun rivojlanish jarayonining eng asosiysi va muhimini aniqlaydigan psixik va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi. L.S.Vigotiskiy ong va shaxs tuzilmasidagi o‘zgarishlarni, markaziy va ikkilamchi darajali yangi tuzilmalarni farqlagan. Shunday qilib, psixologik yosh tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) Rivojlanishning ijtimoiy holatini aniqlovchi; 2) «Bolaning turmush tarzi yoki jarayonda rivojlanuvchi uning ijtimoiy borlig‘i; 3) Ong va shaxs soxasidagi yangi tuzilmalar L.S.Vigotskiy fikriga ko‘ra, ongning yangi tuzilishi so‘zsiz, hali tashqi voqelikni idrok qilishning yangi harakterini, ham undagi faoliyatni anglatadi. Ushbu davrda yuzaga kelgan yangi tuzilmalar rivojlanishning ijtimoiy holatini o‘zgartiradi: bola kattalar bilan boshqa tizimdagi munosabatni talab qilishni boshlaydi, o‘zi ham dunyoga boshqa ko‘z bilan qaraydi, kattalar yordamida o‘zining ular bilan bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Boshqacha qilib aytganda, vaqt o‘tishi bilan psixologik yangi tuzilmalar jamlanib, asta-sekin rivojlanishning eski ijtimoiy xolati bilan qarama qarshilikka keladi, uning buzilishiga va keying yosh davrida bolaning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlarni ochuvchi, yangi munosabatlarni olishga olib keladi. Shu tarzda psixologik yoshning almashinuvi sodir bo‘ladi. L.S.Vigotskiy so‘zlari bilan aytganda, yosh rivojlanishining dinamikasi shundadir. L.S.Vigotskiy bir biri bilan almashinuvchi, yosh davrlarining ikki tipini ajratgan: barqaror va keskin. Barqaror (yoshlarda) yosh davrlarida rivojlanish – rivojlanishning o‘ziga xos ijtimoiy holatining ichida asta-sekin, evolutsion kichik qadamlar bilan amalga oshadiki, rivojlanish samarasi faqatgina birdan namoyon bo‘luvchi yangi tuzilmalar ko‘rinishida tamomila yaqqol ko‘rinadi. Boshqa keskin davrlarda aksincha rivojlanish shiddatli, jo‘shqin amalga oshadi. O‘rtada kul’minatsion nuqtada yoki eng yuksak cho‘qqida (darajada) inqirozning keskin kuchayishi harakterli. Unga qarab, inqiroz muddatini belgilash qulay. L.S.Vigotskiy fikriga ko‘ra, inqirozlar faqatgina salbiy emas, balki shaxsiy ijobiy ahamiyatga ham ega. Rivojlanishning eski ijtimoiy holatidan voz kechish va yangisini hosil bo‘lishi inqiroz davrining asosiy mazmunini tashkil etadi. O‘zida buzuvchi va yaratuvchi yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan inqiroz – bu ontogenezning me’yoridir. L.S.Vigotskiy tomonidan tuzilgan davrlashtirish quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi: - yangi tug‘ilgan chaqaloq inqirozi; - go‘daklik (2oylikdan 1yoshgacha); - 1yosh inqirozi; - ilk bolalik (1-3yosh); - 3yosh inqirozi; - maktabgacha tarbiya yoshi (3-7yosh); - 7yosh inqirozi; - maktab yoshi (8-12yosh); - 13yosh inqirozi; - Pubertat yosh (14-17yosh); - 17yosh inqirozi.
D.B.Elkoninning rivojlanishini davrlashtirish va yoshga oid dinamikasi haqidagi tasavvurlari
D.B.Elkonin (1904-1984) bolada insoniyatga xos bo‘lgan qobiliyatlar rivojlanishining asosi sifatida bola tomonidan nasliy insoniy faoliyat usullarini o‘zlashtirish muammosini o‘rgangan. D.B.Elkoning bola tug‘ilgan onidanoq ijtimoiy mavjudot hisoblanishini ta’kidlab, «jamiyatda bola» (bola va jamiyat emas) formulasinigina tan olgan. Bolaning bilish jarayoni ikki turdagi munosabatlar tizimida kechadi: «bola-ijtimoiy predmet» va «bola-ijtimoiy ulg‘aygan inson». «Ijtimoiy ulg‘aygan inson», predmetlar bilan «harakatning ijtimoiy ishlab chiqilgan usullari», hayotning mazmun va me’yorlarini gavdalantiruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Madaniyat asoslarini egallagan sari bola hayot sharoitlariga moslashmaydi, balki faoliyatning faol sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi va faoliyatni amalga oshirish jarayonida unda turli xildagi psixik yangi tuzilmalar yuzaga kelib, rivojlanadi. Bolaning tug‘ilganidan to 17 yoshigacha bo‘lgan psixik rivojlanishining keng tarqalgan davrlashtiruvchi D.B.Elkonin tomonidan yaratilgan bo‘lib, «Bolalik yoshidagi psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosiga» (1971y) maqolasida taqdim etilgan. D.B.Elkonin bolalarning rivojlanishida, shunchaki vaqt oraliqlarini emas, balki yosh davrlari, bosqichlarini ajratishni zarur deb hisoblagan. D.B.Elkonin yoshni - «bola rivojlanishining umumiy egri chizig‘ida uning o‘rni va funksional ahamiyati bilangina muhimligi belgilanadigan, nisbiy, alohida davr» sifatida ko‘rib chiqgan. Har bir psixologik yosh o‘zaro murakkab munosabatlarda bo‘lgan ko‘rsatgichlar bilan tavsiflanadi: 1) Rivojlanishning ijtimoiy holati. 2) Yetakchi faoliyat. 3) Asosiy yangi tuzilmalar. Rivojlanishning ijtimoiy holati bolaning ijtimoiy sharoitlardagi haqiqiy o‘rni, uning ularga munosabati va undagi faoliyat harakteri sifatida aniqlanadi. Ma’lum bir ijtimoiy vaziyatdagi bolaning hayoti bilan, uning ikkinchi muhim tavsifini tashkil etuvchi ushbu yosh uchun harakterli bo‘lgan bolaning faoliyati chambarchas bog‘liq. A.N.Leontev tomonidan ishlab chiqilgan yetakchi faoliyat tushunchasidan D.B.Elkonin psixologik yoshlarni ajratish mezoni sifatida foydalangan. Har bir yoshda faoliyatning turli xil ko‘rinishlari tizimi mavjud, lekin yetakchi unda alohida o‘rinni egallaydi. Yetakchi faoliyat birdan tayyor shaklda yuzaga kelmaydi, balki shakllanish rivojlanishning uzoq yo‘lini (kattalar rahbarligida) bosib o‘tadi. Yetakchi faoliyat – bu bolaning ko‘p vaqtini oluvchi faoliyat emas. Bu psixik rivojlanish uchun uning ahamiyatiga ko‘ra, asosiy faoliyatdir: - yetakchi faoliyat shaklida yuzaga keladi va uning ichida faoliyatni boshqa yangi turlari farqlanadi; (masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘yinda o‘rganish elementlari birinchi marta yuzaga keladi va shakllanadi); - yetakchi faoliyatda ayrim (xususiy) psixik jarayonlar shakllanadi yoki qayta tuziladi (o‘yinda bolaning faol tasavvur jarayonlari shakllanadi); - yetakchi faoliyatdan, rivojlanishning ushbu davrida kuzatiladigan bola shaxsining o‘zgarishlari bog‘liqdir. (o‘yinda bola inson xulq atvorining motiv va me’yorlarini egallaydi, bu esa shaxs shakllanishining muhim tomonini tashkil etadi). D.B.Elkonin bolalikdagi psixologik yoshlar ketma – ketligini quyidagicha taqsimlagan: - chaqaloqlik davri inqirozi; - go‘daklik (2oylikdan-1yoshgacha); - kattalar bilan bevosita emotsional muloqot; - 1yosh inqirozi; - ilk bolalik (1-3yosh); - vositali – predmetli (predmetli – harakatli) faoliyat; -3yosh inqirozi; -maktabgacha tarbiya yoshi (3-7yosh); - rolli o‘yin; - yetti yosh inqirozi; - kichik maktab yoshi (8-12yosh) o‘quv faoliyati; - 11-12yosh inqirozi; - o‘smirlik yoshi (11-15yosh) tengdoshlar bilan intim (jinsiy) shaxsiy munosabat; -15 yosh inqirozi. Faoliyat ichida psixologik yangi tuzilmalar yuzaga keladi va rivojlanadi. Bir yetakchi faoliyatning boshqasi bilan almashinuvida inqiroz sodir bo‘ladi (masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘yin faoliyatini kichik maktab yoshidagilar uchun xos bo‘lgan o‘quv faoliyati bilan almashinuvi). Mazmun-mohiyatidan (tuzilishidan) bog‘liqlikda munosabatlar inqirozi (3-11yosh) va dunyoqarashlar inqirozi (1-7yosh) farqlanadi. D.B.Elkonin o‘zining bolalikdagi psixik rivojlanish chizmasida ontogenezda faoliyatning ikki turini almashinishi, davriy almashinuv g‘oyasini ishlab chiqgan. Ushbu qadam predmetli harakatning tuzilishi va shakllanishiga bag‘ishlangan. A.V.Zaparojets va P.S.Galperin ishlari bilan tayyorlangan edi. A.V.Zaparojets psixik jarayonlarni orientatsion jarayonlarning bir ko‘rinishi deb hisoblagan. Misol uchun, idrok – bu predmetlar xususiyatlari va sifatlariga diqqatni qaratish, tafakkur – ularning aloqalari va munosabatlariga diqqatni qaratish, emotsiya esa – shaxs ahamiyatiga diqqatni qaratishdir. A.V.Zaparojets ixtiyoriy harakatlar va ularni bolalarda shakllanishi tadqiqotlarida, harakatning yetakchi qismi sifatida orientatsiya roli va orientatsiyani bir qancha bosqichlarni-tashqi yo‘nalgandan, ichki yo‘nalganga bosib o‘tishi haqidagi xulosaga keldi. P.Ya.Galperin ichki, aqliy faoliyatning rivojlanishini o‘rgangan. P.Ya.Galperin harakatning uch komponentidan (tarkibiy qismidan) – orientatsiya, bajarish va nazoratdan, ko‘proq ahamiyatga ega deb orientatsiyani hisoblaydi. To‘g‘ri yo‘naltirilgan orientatsiya asosi birinchi urinishdayoq harakatni to‘g‘ri bajarish imkonini beradi. Asta-sekin (bosqichma-bosqich) harakatlar interiorizatsiyasi va uni ichki, aqliy harakatga aylanishi sodir bo‘ladi. Shunday qilib, har bir inson harakatida uning ikki tomoni, ikki qismini orientatsion va bajarishni ajratish mumkin. Orientatsiya fazasi (davri) bajarishdan oldin kechadi. U ayniqsa yangi predmetli harakatni egallashning boshlang‘ich bosqichlarida keng tashkil etiladi. Harakatning aynan orientatsion qismi interiorizatsiyaga uchraydi va psixikaning funksional rivojlanishining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Faoliyatda ikki - motivatsion va operatsion tomonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin; Ular bir tekis rivojlanmaydi, xususan har bir yosh davrida faoliyatning alohida tomonlarini rivojlanish sur’ati o‘zgaradi. D.B.Elkonin faraziga muvofiq, barcha bolalik yoshlari ikki turga bo‘linishi mumkin: - birinchi turdagi yoshlarda (bu go‘daklik, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, o‘smirlik yoshi) bolada ko‘proq biror faoliyatning ijtimoiy motivatsion tomonlari rivojlanadi; bolaning munosabatlar, motivlar inson harakatlari mazmuni tizimidagi orientatsiyasi shakllanadi; - birinchi turdan keyingi, ikkinchi turdagi yoshlarda (bu ilk bolalik, kichik maktab yoshi, ilk o‘spirinlik) bolada ushbu faoliyatning endi operatsion tomoni rivojlanadi.
D.B.Elkoninning bolalikdagi psixik rivojlanishini davrlashtirish chizmasi.
Eralar
|
Davrlar
|
Xronologik chegaralar
|
Yetakchi faoliyat ko‘rinishi
|
Faoliyat turi
|
Davrga xos bo‘lgan rivojlanish
|
Ilk bolalik
|
Go‘daklik
|
0-1 yosh
|
Bevosita emotsional muloqot
|
I
|
Motivatsion ehtiyoj sohasi
|
Ilk bolalik
|
1-3 yosh
|
Predmetli harakatli faoliyat
|
II
|
Intellektual bilish sohasi
|
Bolalik
|
Maktabgacha tarbiya yoshi
|
3-7 yosh
|
Rolli o‘yin
|
I
|
Motivatsion ehtiyoj sohasi
|
Kichik maktab yoshi
|
7-10 yosh
|
O‘qish
|
II
|
Intellektual bilish sohasi
|
O‘smirlik
|
O‘smirlik
|
11-15 yosh
|
Tengdoshlar bilan intim (jinsiy) shaxsiy muloqat
|
I
|
Motivatsion bilish sohasi
|
Ilk o‘spirinlik
|
15-17 yosh
|
O‘quv-kasbiy
|
II
|
Intellektual bilish sohasi
|
Bir yosh davrining (bolalarda ehtiyoj va motivlar ko‘proq shakllanadi) ikkinchi boshqa yosh davri bilan (bolalarda u yoki bu faoliyatning aniq operatsiyalari shakllanadi) qonuniyatli almashinuvi sodir bo‘ladi. Misol uchun, go‘daklikda kattalar bilan emotsional muloqotta predmetli olamni egallash va ishbilarmon - hamkorlik ehtiyojlari va motivlari yuzaga keladi, ular muvofiq keluvchi operatsiyalar shakllanganda, ilk yoshda, predmetli faoliyatda amalga oshadi. Biroq, maktabgacha tarbiya yoshida o‘yin faoliyatida keyingi kichik maktab yoshida yetakchi bo‘ladigan faoliyatning ehtiyoj va motivlari ko‘proq rivojlanadi. Shuning uchun ikki ma’lum bir turdagi yoshlar bir biri bilan o‘zaro bog‘langandek va bu «bog‘lanish» (yoki D.B.Elkonin so‘zlari bilan aytganda «era») butun bolalik davomida amalga oshadi (yoki davriy takrorlanadi). Shunday qilib, D.B.Elkonin orientatsiyaning ilgarilab rivojlanish qonuniyati bajaruvchi qismiga nisbatan faqatgina funksional emas, balki psixikaning yosh davriga bog‘liq rivojlanishida ham ta’sir ko‘rsatadi deb taxmin qiladi: bolaning rivojlanish jarayonida avval faoliyatning motivatsion, so‘ngra operatsional texnik tomonlarini egallash sodir bo‘ladi. D.B.Elkonin nuqtai nazariga ko‘ra, faoliyatning motivatsion va operatsion tomonlarini rivojlanish darajalari o‘rtasida doimiy ravishda uzilish yuzaga keladi, biri oldinga chiqib boshqasidan o‘zib ketadi hamda orqada qolgan tomon rivojlanishning zarur darajasiga yetishi uchun faoliyatni o‘zgartirishi zarur. Rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar bola tomonidan faoliyatning predmetli va motivatsion tomonlarini egallash jarayonida shakllanadigan qarama-qarshilik (ziddiyat) bilan bog‘liq. D.B.Elkonin tomonidan shakllantirilgan, bolaning psixik rivojlanishidagi davriylik farazi L.S.Vigotskiyning g‘oyalarini ijodiy rivojlantiradi, u bolada nafaqat bilish, balki shaxsning motivatsion – ehtiyoj sohasi ham shakllanishini, bola tomonidan insonlar va predmetlar olamini o‘zlashtirilishini tushuntirib, psixik rivojlanishda o‘z-o‘zini rivojlantirish mexanizmini ochib berdi.
Dostları ilə paylaş: |