J.Piajening intellektni operatsional ta`limoti
1930-yillardan boshlab J.Piaje tomonidan belgilangan va izchil ravishda hal etib borilgan ulkan vazifa- bir vaqtning o’zida bir qancha ya`ni biologik, gneseologik, psixologik, mantiqiy va ijtimoiy tomonlarga ega bo’lgan murakkab tizim sifatida intellektni kompleksli o’zaro tartibli tahlildir. J.Piajening fikriga ko’ra, bolalarning kognitiv rivojlanishini psixologik tadqiqotni nazorat qiluvchi psixologiyaning genetik metodi bilish nazariyasining asosiy savollariga ekspermental javob berishni talab qiladi: anglanimaganlikdan bilishga noaniqlikdan aniq bilishga o’tish qanday sodir bo’ladi. Tug`ma g`oyalar mavjudmi yoki bizning bilimimiz butunlay tajribadan olinadimi bilishning asosiy kategoriyalari tushunchalari ob`ekt , makon, vaqt, miqdor va boshqalar qanday shakllanadi. J.Piaje inson intellektini yashash muhitiga moslashish shakllaridan biri sifatida talqin qilgan. Har qanday tirik organizm atrof-muhit bilan uyg`un o’zaro munosabatni qo’llab-quvvatlashda ichki ehtiyojga ega bo’ladi. YA`ni muhitga moslashish ehtiyoji muhit bilan muvozanatda bo’lish kuzatiladi. Muhit ta`siri organizmni muvozanatdan chiqaradi. Organizm yana qaytadan muvozanatga moslashishga erishish uchun yo’qotilgan muvozanatni qoplashda uzluksiz faol holatda bo’lishi kerak masalan, kesilgan barmoq ya`ni chetdan muhit ta`sirida lat eyish jarohat olish o’zini o’zi nazorat qilish jarayonlarini faollashtiradi ular pirovard natijada turg`unlikni barqarorlikni ya`ni kesilgan barmoqdagi teri qoplashini qayta tiklashi kerak. J.Piaje tomonidan muvozanatga hususan bilishga intilish rivojlanishning yuqori tamoyili sifatida e`tirof etilgan muvozanat omilni joriy etish harakatda bo’lish jarayoni o’zini o’zi rivojlantirish sifatida psixik rivojlanishni intellekt rivojlanishi tushunilishiga imkon beradi. Bilishga moslashish jarayoni ikkita har xil yo’nalishdagi jarayonlar assimiliyatsiya va akkomodatsiyadan hosil bo’ladi. Assimiliyatsiya va akkomodatsiya qarama-qarshi yo’nalgan lekin chambarchas bog`liq va xulq-atvordagi bir-birini to’ldiruvchi tendentsiyadir. Ovqat va hazm qilish bilan qiyoslasa bo’ladi. Muammoli vaziyatni hal qilish mavjud bo’lgan harakat chizmasi yoki kognitiv chizma yordamida sodir bo’ladi. Mutolaa qilganda axborot assimilyatsiyasi yuz beradi. Bola umumiy qilib olish chizmasidan foydalanib har xil ob`ektlarni olish mumkin. Assimilyatsiyani bilish tuzilishlarini bir butunligini barqarorligini ta`minlaydi. Muammoli vaziyatni o’zi yoki yangi ob`ekt ba`zi o’zgarishlarga (transformatsiyalarga) uchragan.
Akkomadatsiya – bu yangi vaziyatga, yangi vazifaga muvofiq ravishda chizmani o’zgartirishda u variabellik, rivojlanish, yangi chizmalarni ishlab chiqishni ta`minlaydi. Bola unga qog`oz varog`i yoki to’p uzatayotganligidan bog`liqlikda (ushlab qolish chizmasi akkomadatsiyaga uchraydi) qo’li barmoqlarini har xil ko’rinishda hozirlashga o’rganadi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya tendentsiyalarini muvozanatlashtirish birmuncha darajada samarali moslashuvini ta`minlaydi, lekin bu holat har doim taxminiy vaqtincha bo’lib buzilishi yana kuzatiladi. Ushbu tarkibiy qismlarni hulq-atvordagi o’zaro aloqasi har xil bo’lishi mumkin akkomadatsiyadan assimilyatsiyani ustunligi kichkina bolalarning ramziy o’yinlarida kuzatiladi. Bolaning hoxishi va qiziqishidan bog`liqlikda qari daraxt bo’lagi “hazilkash” ham qo’g`irchoq ham qayiq, ham samaliyot bo’lishi mumkin. Akkomadatsiya ko’proq taqlid qiluvchi harakatlarda tashqi ta`sir xususiyatlariga o’z xulq-atvorini o’xshatish vaziyatida (masalan bola qutining ochilib yopilishini og`iz harakatlari orqali taqlid qiladi “o’lik o’rdak” obrazini harakatlari orqali yaratadi) namoyon bo’ladi.
Bolaning intellekti faoliyat asosida narsalardan foydalanish tajribasi asosida shakllanadi. Ob`ektlarni bilish uchun sub`ekt ular bilan birga harakat qilishi kerak: tutib qolish, ushlab ko’rish, yaqinlashish, yo’q qilish, aralashtirish, taqqoslash va boshqalar. Barcha egallagan tajriba faoliyat chizmasi ko’rinishida saqlanadi. Faoliyat chizmasi – J.Piaje ta`limotidagi juda muhim tushunchalardan biridir. So’zning tor ma`nosida harakat chizmasi tushunchasi bu umumiy bo’lib, turli vaziyatlarda ko’p marta takrorlanuvchi harakatda saqlanadi. So’zning keng ma`nosida- harakat chizmasi- bu ma`lum bir darajadagi aqliy rivojlanish tuzilmasidir. Ma`lum bir bosqichda harakatning umumiy chizmasini rivojlanishini operatsiyaga (operant tuzilishga) aylanadi. SHuning uchun J.Piaje ta`limoti operatsional deb ataladi. Operatsiya- bu tizimda qaytariluvchan va guruhlarga ajratilgan ichki predmetli harakatdir. Fikrlash faoliyatini tuzishi hayot davomida shakllanadi egallagan tajribaga ega bo’lib, rivojlanishning turli bosqichlarida sifat jihatdan farqlanadi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya jarayonlari ontogenezdagi aqliy rivojlanishni uzluksizligi va ketma-ketligini ta`minlaydi, fikrlash harakatlarini (tuzilishi) tashkillashning o’ziga xosligi esa intellektning ajratilgan bosqichlarini aniqlaydi. J.Piajega ko’ra, psixikani rivojlanish –bu etakchi intellektual ko’rinishlarini o’zgarishidir. Har bir bosqich boshqasining ustiga ko’riladi, ularning har biri keyingilarini shakllanishi uchun zarur, shuning uchun ularning (borish) kechish tartibi qayd qilingan va shunday belgilangan ularni yuz berish tezligi esa har xil bo’lishi mumkin. Tajriba egallashning qulay yoki nomaqbul imkoniyatlaridan madaniy va ilmiy sharoit sifatida bog`liqlikda.
Inson intelektini rivojlanishi: rivojlanishning davr va bosqichlari.
J.Piaje rivojlanishning uchta asosiy davrlarini ajratgan:
1. Sensamotor intellekt (tug`ilgandan 1,5 yoshga qadar)
2.Aniq operatsion (reprezentativ) intellekt (1,5-2yoshdan 11 yoshga qadar)
3.Formal (rasmiy) – operatsion intellekt (11-12 yoshdan 14-15 yoshga qadar)
J.Piaje har bir bosqichni ikki yo’l bilan ta`riflaydi: ijobiy (oldingi darajadagi tuzimini murakkablashishi defferentsiyatsiya (farqlanish) natijasi sifatida) va salbiy (keyingi bosqichlarda bartaraf etiladigan o’ziga xoslik va kamchiliklar nuqtai-nazarida)
1. Sensamator davr. J.Piaje tafakkur rivojlanishining tadqiqini, hayotning birinchi ikki yilligida bolaning amaliy predmetli faoliyatini tahlil qilishdan boshlaydi. Uning ta`kidlashicha, hatto nihoyatda mavhum bilimlar manbani harakatda qidirish kerak, bilim tayyor ko’rinishda (sirtdan) tashqaridan kelmaydi inson uni ko’rishi kerak. J.Piaje o’zining 3 ta farzandi rivojlanishini kuzatib (qizlari Jaklin va Lyusena va o’g`li Loran) sensamator rivojlanishning 6 bosqichini ajratgan. Bu tug`ma mexanizmlar va sensor jarayonlardan (surish reflektsiya singari) ixtiyoriy atayin qo’llaniladigan uyushgan xulq-atvor shakllariga o’tish bosqichlaridir.
Bola tug`ilganidan to 15 yoshga qadar jarohat tuzilishlari va his-tuyg`ular rivojlanishi bilan xarakterlanadi: u ko’radi, eshitadi, teginadi, hidlaydi, murakkab va chigal tug`ma qiziqish bilan amalga oshiradi. Sensamator intellektning ikkta kichik davrlarga ajratiladi: 7-8 oyga qadar go’dakning o’z tanasiga markazlashuvi kuzatishgandi. 9 oylikdan boshlab fazoviy sohada fazoviy intellekt chizmasini ob`ektivligi sodir bo’ladi. Maqsadga erishish uchun vosita sifatida bola tomonidan ma`lum bir harakatlarni qo’llanilishi intellekt shakllanishining mezonidir. SHunday qilib birinchi kichik davr oxiriga kelib bolalar o’zining harakatlari va natijalari o’rtasidagi aloqani kashf qiladilar. J.Piaje topshiriqlari nomini olgan. Ko’pincha bu tajribalarni shuningdek muvozanatni saqlash testi og`irlik, uzunlik, hajm, son va boshqa deb ham ataladi. Modomiki, bunday turdagi barcha topshiriqlar umumiy tamoyillarga asoslangan ekan, namuna uchun hajmni saqlanish testini ko’rib chiqamiz.
Suyuqlik hajmini saqlanish testi.
O’tkazish bosqichlari
1.Dastavval bolaga bir xil miqdorda suv yoki sharbat bilan to’ldirilgan ikkita stakan ko’rsatiladi. Bola ikkala stakanda suyuqlik miqdori bir xilmi deb so’raydi. Bola suvlar bir xilligini tushunib etishi juda muhimdir. Dastlabki tenglikni qayd qilish majburiy. Baholanayotgan xususiyatning dastlabki tengligi albatta pertseptiv idrokli o’xshashlik bilan kuzatiladi ikkala stakandagi suvlar darajasi miqdori tenglashtirilgan.
2.So’ngra eksperementator katta odam suvni bir stakandan boshqa shakldagi kengroq va pastroq stakanga qo’yadi. Odatda, eksperementator bolaning diqqatini ushbu boshqadan qo’yishga qaratadi. Qara, men nima qilayapman o’zgartirish qilinadi, bunda garchi baholanayotgan xususiyatga hech ham ta`sir ko’rsatmasida,pertseptiv idrokli o’xshashlik buziladi.
2.Qayta quyilgandan keyin savol takrorlanadi. Ikkala stakanda suv miqdori bir xilmi lekin albatta avvalgi dastlabki shaklda bo’lishi kerak. Odatda, 7 yoshgacha bo’lgan bolalar saqlashning standart topshiriqlarini uddalay olmaydilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagilar topshiriqlarni hal etayotib, J.Piaje fenomenlari–fazoviy, pertseptiv qayta o’zgartirishda ob`ektlarning turli xususiyatlarini saqlash doimiylik, invarlantlik haqida ularga xos tasavvurlarni namoyon qiladilar. Bu bolalar psixologiyasidagi eng ishonchli dalildir, ular har qaysi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ifodalanishi mumkin. Odatda, bola stakanlardan biridagi suv endi kamroqligi yoki ko’proqni aytadi, ya`ni pertseptiv qayta o’zgartirishda predmetning xususiyatlarini saqlab qolishini tushunish yo’qoladi. Bunda saqlanib qolmaslik fenomeni kuzatiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ob`ektni idrokga tayanib, dolzarb yaxlit, bevosita egotsentrik sifatida baholaydi. U aynan holatga diqqatini yo’naltiradi va bir vaqtning o’zida oldin predmetlar qanday ko’rinishda bo’lganligi haqida o’ylay olmaydi, amalga oshirishgan harakat umuman olganda qaytarilishini suv bir xil stakanlarga quyilgan bo’lishi mumkin, bitta ob`ektga diqqatini qaratib, suyuqlik darajasini past-balandligidagi farqi bir vaqtda ikkita parametrni o’lchamni stakan balandligi va kengligi e`tiborga ololmaydi. J.Piaje saqlanib qolmaslik fenomenini bolani etti yoshga to’lgunga qadar mantiqiy fikr–mulohaza yuritishga va detsentratsiyasiga markaziy vazifalarni mahalliyga berish qodir emasligini isboti sifatida baholaydi. Bu vaziyatda ikkala stakandagi suvlar miqdori bir xilmi degan takroriy savolga bola xususiyatlar tengligini ta`kidlaydi. U belgilar saqlanib qolishini aytadi. Saqlanib qolish testini bajarishi-aniq operatsiyalarni ishlash mezonidir. Eslatib o’tamiz mantiqiy operatsiya–bu qaytariluvchanlik bilan xarakterlanadigan aqliy harakatdir. Qaytariluvchanlik, masalan A va B hamda B va A o’rtasidagi masofa tengligi tasdiqlash. Nisbatiga yoki qo’shish va ayirish munosabatiga taalluqlidir. Qaytariluvchanlik tamoyilidan xayolan foydalanish qobiliyati aniq operatsional tafakkur bosqichini egallashning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. J.Piaje topshirig`ining boshqa varianti – ko’p jihatlarni inobatga olish testi yaxlit va uning qismlarini taqqoslashni taklif etadi.
Ko’p jihatlarni inobatga olish testi.
1.Bir qancha tanish ob`ektlar, masalan, g`oyalar ko’rsatiladi. Ob`ektlar ikkita kichik sinflarga oq va qizil bo’lishi kerak, bu kichik sinflardagi elementlar soni bir xil bo’lishi kerak emas 4 ta qizil va 2ta oq.
2. Bolaga quyidagicha savol beriladi qaysi biri ko’proq qizil gullarmi yoki gullar.
3. Besh yashar oddiy javobi qizil gullar ko’proq. J.Piajening izohi quyidagicha bola sinfga yo’nalgan va sinf va uning kichik sinflari haqida bir vaqtning o’zida o’ylay olmaydi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to’g`ri hal qilishni boshlasa, odatda 7 yoshdan so’ng bu aqliy qobiliyat o’sganligi qaytaruvchanlikni yuzaga kelganligi, operatsional tuzilish shakllanganligidan bog`liq bo’lgan detsentratsiyaga qobiliyat ortganligi haqida dalolat beradi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to’g`ri hal qilishni boshlasa, odatda 7 yoshdan so’ng bu aqliy qobiliyat o’sganligi, qaytariluvchanlikni yuzaga kelganligi operatsional tuzilish shakllanganligidan bog`liq bo’lgan detsentratsiyaga qobiliyat ortganligi haqida dalolat beradi. Bola predmetning ikki xil belgisi o’zaro bog`liq emasligini, bir-biriga tobe emasligini masalan, narsaning shakli va miqdori tushunishga qodir bo’ladi. Har xil belgilarni-predmet materiali, uzunligi, og`irligi, hajmini, keyinroq vaqti, tezligini saqlanib qolishi haqida tushuncha paydo bo’ladi. Ob`ektlar va qismlarni tasniflash qobiliyati yuzaga keladi ya`ni qatorlarga tartibga solib joylashtirish masalan, miqdorini kamayishi tartibida. Endi bola bevosita idrok ta`sirini engib o’tib, ma`lum bir vaziyatga mantiqiy tafakkurni tadbiq etadi. Ijtimoiy va madaniy qurshov rivojlanish bosqichining kechishi tezligini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Birinchi navbatda bu unga mashg`ulot uchun to’g`ri keladigan materiallarni, ham etish uchun topshiriqlarni etkazib berish hisobiga amalga oshadi. Tayyor bilimni berish to’g`ri javoblarni yod olish samarasiz, rivojlanish insonning shaxsiy faolligi amalga oshib, bilish jarayonlari faol tashkillashtirilib, tartibga solinganda sodir bo’ladi. SHuningdek, tafakkurni rivojlanishi uchun va ayniqsa, boshqa nuqtai nazarlarni anglashni rivojlantirish uchun g`oyalar, fikr-mulohazalar almashinuvi va tengdoshlar bilan bo’lgan bahs-munozara muhim.
Aniq operatsion tafakkurga o’tish barcha psixik jarayonlar, axloqiy fikrlar va qobiliyatlarni boshqa odamlar bilan hamkorlikka moslashtiradi. Biroq barcha bu mantiqiy operatsiyalar aniq- faqatgina haqiqiy, ko’zga ko’rinadigan anglanadigan predmetlar va ular bilan bog`liq bo’lgan harakatlarga qo’llaniladi, bolaga haqiqat havola etilgan aniq mazmunga bo’ysunadi.
Rasmiy pozitsion operatsiya bosqichi 12-15 yosh
Rasmiy-operatsion tuzilishlar bolani taxminiy va aniq tayanchga ega bo’lmagan predmet doirasini tuzilishidan mustaqil ravishda fikr yuritish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Rasmiy formal fikrlash operatsiyalari asosi katta yoshdagi insonlar mantiqidir ularga faraz va deduktsiya yordamida shakllanadigan elementar ilmiy tafakkur asoslanadi. Mavhum tafakkur rasmiy formal mantiq va uyg`unlik kombenatorlik, qoidalariga muvofiq bir fikrga xulosaga kelish qobiliyatini o’zida namoyon etadi. Bu o’smirga farazlarni ilgari surib tafakkur rasmiy formal mantiq va uyg`unlik kombinatorlik qoidalariga muvofiq bir fikrga xulosaga kelish qobiliyatini o’zida namoyon etadi. Bu o’smirga farazlarni ilgari surib, ularning eksperemental tadqiqni o’ylab topishga, xulosalar chiqarishga yordam beradi. Ayrim oddiy fizik qonunlarni birikishiga qaratilgan eksperementda o’smirlarning yangi muvaffaqiyati ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Mayatnikni tebranish qonuni, sariq rangdagi suyuqlikni olish uchun rangsiz suyuqliklarni qo’shish usullari, ayrim materiallari egiluvchanligiga ta`sir ko’rsatuvchi omillar, tekislik bo’ylab sirg`anishida tezlikni ortishiga ta`sir qiluvchi omillar.
J.Piajening intellektning operatsion ta`limoti
Bu vaziyatda bola operatsiyadan oldingi darajada omad uchun tartibsiz harakat qiladi, intellektning aniq bir darajasidagi bola bir muncha darajada tashkilotchi, bir qancha variantlarni sinab ko’radi, faqat ularning orasida keraklisi yo’q va keyinchalik harakat qilib ko’rishdan voz kechadi. Rasmiy formal darajadagi o’smir bir qancha urinishdan so’ng material bilan bevosita eksperement o’tkazishdan to’xtaydi va barcha mumkin bo’lgan farazlar ro’yxatini tuzishga kirishadi. Faqatgina bundan so’ng o’smir mavjud bo’lgan o’zgaruvchilarni ajratib ularning har birini o’ziga xos ta`sirini o’rganishga intilib, farazlarni ketma-ket tekshirishni boshlaydi. Barcha mumkin bo’lgan uyg`unliklarni kombinatsiyalarning tizimli sinab ko’rish- xulq-atvorning bunday tipi –yangi mantiqiy tuzilishlarga asoslanadi. J.Piaje ularning xarakteristikasi tasnifi uchun pozitsiyali propozitsional mantiq tilini qo’llaydi. O’smirda o’zining bevosita tajribasi chegarasidan chiqib, kattalar dunyoqarashiga uyg`unlashish nazariyani tuzish va tushunish qobiliyati paydo bo’ladi. Taxminiy mulohaza o’smirni yuzaga chiqishga tayyor turgan imkoniyatlar sohasiga etaklaydi, bunda ideallashtirilgan tasavvurlar har doim ham sinovga uchramaydi va ko’pincha aniq dalillarga qarshilik ko’rsatadi. J.Piaje kognitiv egotsentrizmning o’smirlik shaklini, birmuncha darajada mukammal olamni yaratishga intilishda chegarasiz kuchni tafakkurga muhrlab qo’yuvchi o’smirning sodda idealizmi deb atagan.
Faqatgina kattalarning yangi ijtimoiy rollarini o’ziga qabul qilgan o’smir qarama-qarshiliklar bilan to’qnashadi tashqi vaziyat sharoitni inobatga olishni boshlaydi yangi sohada mutloq intellektual detsentratsiya markaziy bo’lgan ba`zi vazifalarni mahalliyga berish yuz beradi. J.Piaje o’spirinlikdan etuklik yoshiga o’tish davrida intellektning keyingi rivoji uni muayyan maqsadga yo’naltirishga doir qator muammolarni e`tirof etgan.
Hayotiy dasturlarni tuzish davrida 15 yoshdan 20 yoshga qadar intellekual differentsiatsiya farqlanish jarayonini kuzatish mumkin birinchidan shaxsiy fazifalar bilan muvofiqlikda har bir individ tomonidan o’ziga xos tarzda qo’llaniladigan umumiy-kognitiv tuzilishlar ikkinchidan faoliyatning turli sohalari uchun alohida tuzilishlar hosil bo’ladi.
J.Piaje nazariyasining asosiy fikrlarini tanqidi
Bolaning egotsentrik bilish pozitsiyasi fenomeni mavjudligi yoki juda bo’lmaganda, uni ifodalanishi chuqurligi eng avvalo eksperemental tadqiq va tanqidga uchraydi. SHunday qilib, ayrim tadqiqotchilar J.Piaje topshiriqlari bola uchun emotsional qiziqarsiz, ma`no-mazmunsiz bo’lgani bois, u uchun qiyinligini isbotlashga harakat qilganlar. YOki bolalar mantiqiy tuzilish mavjud emasligidan emas, balki savollarda ifodalangan fikrlarni tushunish qiyinligi, ularni eslab qololmasligi, faqatgina vazifani emas, balki butun eksperemental holatni yaxlitlikda o’ziga xos talqin qilishidan xatolarga yo’l qo’yadi. Aniqlanishicha, maktabgacha tarbiya yoshidayoq egotsentrizm tendentsiyasi aqliy harakatlar va tushunchalarni P.YA.Galpirin, L.F.Obuxova rejali shakllantirish metodi bo’yicha maxsus tashkillashtirilgan o’qitish sharoitlarida muvaffaqiyat qilinadi. E`tirof etilishicha, egotsentrizm yosh davri funktsiyasi sifatida emas, balki bola faoliyatini ma`lum bir doirada tashkillashtirish funktsiyasi sifatida talqin qilinishi kerak. L.S.Vigotskiy, V.A.Nedospasova, E.V.Filippova egotsentrik qaror kattalarda qiyin vazifalarda kuzatilishi mumkin, lekin bu adekvat o’qitishdan o’tgan bolalarda kuzatilmaydi.
4-Mavu. Shaxsning rivojlanish nazariyasi
Reja
1.Z.Freydning psixoanalizida psixik rivojlanish masalasi
2.Bolalik psixoanalizi
3.Hozirgi zamon psixoanalitikasi bolalarni tarbiyalash va rivojlanishi haqida
Z.Freyd hayoti haqida Zigmund Freyd 1856 yilda Freyburgda, o’sha paytdagi Avstriya Vengriya imperiyasining hozirgi kunda CHex respublikasiga taaluqli qismida tug`ildi. U tibbiyotni Venada o’rgandi va shu erda Avstriyani natsistlar 1938 yilda anneksiya qilgunlariga qadar yashadi. YAhudiy sifatida u vatanini tashlab ketishga majbur bo’ldi va Londonga borib o’rnashdi, o’sha erda 1939 yilda vafot etdi. Uzoq yillar davomida u bedavo saraton kasalligi bilan kurashib yashadi.
Uning eng mashhur asarlari quyidagilar: “Tushlarning ta`biri”, “Psixoanalizga kirish bo’yicha ma`ruzalar”, “Lazzat tamoyili ortida”, “Bir illyuziyaning kelajagi”, “Madaniyatdan norozilik”, “Muso va monoteizm
Ontogenezda rivojlanish psixikasi tushunchasiga psixoanalitik yondashuv asoslari Z.Freyd tomonidan kiritilgan. Psixik rivojlanish psixoanalizida qiziqishlar, motivlar va tuyg`ular sohasini murakkablashishi jarayoni bilan shaxs rivojlanishi hamda uni tuzilishi va funktsiyalarini takomillashishi bilan tenglashtiriladi.
Z.Freyd inson psixikasini 3 bosqichga ya`ni psixik jarayonlarni printsipial anglash imkoniyati mezoni bo’yicha ong, ongosti va ongsizlikka ajratadi. Uning ilmiy qiziqishlari birinchi navbatda jinsiy va agressiv qiziqishlarini majmuasiga qaratilgan. Aynan ongsizlik birinchi bo’lib jamiyatga qarshi turadi. Freyd shaxs rivojlanishini individni tashqi ijtimoiy dunyoga moslashishi sifatida kiritgan hamda unga begona lekin juda ham zarur debhisoblaydi.
Inson shaxsi Z.Freyd bo’yicha o’z tarkibiga tuzilmaviy komponentlarni qamrab oladi:
U
Men
Oliy Men
U (Id)-shaxsning primitiv yadrosi u tug`ma xarakterga ega, ongsizlik joylashgan va qoniqish tamoyiliga bo’ysunadi. Idda tug`ma impulsiv qiziqishlar mavjud (hayot instinkti Eros va o’lim instinkti Tanatos) va psixik rivojlanishni energetik asosini tashkil etadi.
Men (Ego) shaxsni ratsional va anglanuvchi qism.u biologik etilishga ko’ra,hayotning 12 va 36 oylari orasida yuzaga keladi va reallik printsipi bilan boshqariladi. Egoning vazifasi sodir bo’layotganlarni tushuntirish va insonni xulqini shunday tuzish kerakki, uni instinktiv talablari qondirilishi, jamiyatning va ongning cheklovlari buzilmasligi kerak. Egoning hamkorligida indvid va sotsium o’rtasidagi nizo hayot mobaynida sustlashishi kerak.
Oliy –Men (Super Ego) shaxsning tuzilmaviy tarkibi sifatida eng oxirida 3-6 yoshlar orasida shakllanadi. Super Ego insof uni moslashishini ifodalaydi va bu jamiyatda qabul qilingan normalarni amal qilishini qattiq nazoratga oladi.
Id va Super Ego tarafidagi an`analar odatda nizoli xarakterga ega bo’lib, bu xavotirlanish, asabiylashishni keltirib chiqaradi. Bunga javoban Ego bir qtor himoya mexanizmlarini yaratadi va qo’llaydi. Ular siqib chiqarish, ratsionallashtirish, sublimatsiya, proektsiya, regressiya va boshqalar.
Himoya mexanizmi atamasi 1894-yilda dastlab Z.Freyd tomonidan fanga kiritildi. Keyinchalik mazkur sohadagi tadqiqotlarning miqdorini ortib borishi natijasida uning amaliy va nazariy ahamiyati ham ortib bormoqda. Psixologik himoya – bu shaxsni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo’naltirilgan anglanmagan psixik jarayondir. Aynan psixologik himoya mexanizmlari qarshilik ko’rsatish jarayonlari asosida yotadi. SHaxsning himoya mexanizmlari uning psixikasida ilk bolalik davrida paydo bo’ladi va butun hayoti mobaynida davom etadi. Psixologik himoya mexanizmlari odamni yoqimsiz emotsional kechinmalardan himoya qiladi, psixologik komfortni saqlab berishga yordam beradi. Psixologik himoyani funktsional vazifani va maqsadi, ongsizlikni instinktiv impulslari va tashqi ijtimoiy muhit talablarini o’zlashtirishi oila va jamiyatning qoida va normalarini o’zlashtirish o’rtasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan ya`ni shaxsni ichki nizolarini (havotirlik,siqilish) engillashtirishdan iborat. Psixologik himoya mexanizmlari bu nizolarni engillashtiradi, inson xulq-atvorini himoya qiladi va uni moslashuvchanligi va psixikasini barqarorligini oshirgan holda boshqaradi.
Psixologik himoyalanganlikni ta`minlovchi asosiy mexanizm sifatida shaxsning barqarorlashtiruvchi maxsus boshqaruv tizimi yuzaga chiqadi. Ular nizoni anglash bilan bog`liq bo’lgan havotir tuyg`ularini bartaraf qilish yoki minimumigacha keltirishgacha yo’naltirilgan. Bu yondashuv bilan bog`liq holda uning asosiy funktsiyasi sifatida ong muhitini negativ shaxsni jarohatlovchi kechinmalardan “to’sish” ko’rib chiqiladi.
Keng ma`noda “psixologik himoya” atamasi psixologik diskomfortni bartaraf etish natijasida yuzaga keladigan negativizm kabi shaxs xislatlari faolligini chalkashtiruvchi “yolg`onlar” paydo bo’lishi, shaxslararo munosabatlar tizimini o’zgartiruvchi har qanday xarakatlarni tushuntirishda qo’llaniladi.
Tor ma`noda esa psixologik himoya bir qator himoya mexanizmlarini funktsiyalashuvi natijasida ong tarkibini o’ziga xos tarzda o’zgarishiga olib keluvchi tushunchani anglaymiz. Ular tushkunlik, rad etish, proektsiya, identifikatsiya, regressiya, izolyatsiya, ratsionalizatsiya, konversiya va boshqalarda.
Bu himoya mexanizmlarini faoliyati insonning axborot-yo’nalganlik harakatlari asosini va uning sub`ektiv, shaxsiy munosabatlar tizimini adekvatligini oshirmasdan uni mosligini xatto tushirishi xam mumkin.
Himoya mexanizmi – bu xatar yoki xavotir manbaini buzib ko’rish rad etish yoki qochish mumkin bo’lgan har qanday jarayon. Himoya mexanizmlari, shuningdek, bizning “Men” ligimizni ideallashtirilgan obrazini tartibga solishga hamda o’zimizni qabul qilishimiz qulay bo’lishi uchun yordam beradi. Zigmund Freyd birinchilardan bo’lib, himoyaning ko’p turlarini identifikatsiyalangan va bu mexanizmlar ongsiz tarzda harakat qilishini taxmin qilgan.
Himoya mexanizmlarini juda ko’p qo’llovchi insonlar yaxshi moslashmay qoladilar, chunki ular emotsional energiyalarining ko’pini xavfni nazorat qilish va o’zi haqidagi yolg`on tasavvurlarini saqlab qolishga harakat qiladi. SHunga qaramay himoya mexanizmlarini foydasi mavjud. Ular ko’pincha xavfni engib o’tishga yordam beradi. Bizda xavfdan samarali qutilish va muammoga diqqatni qaratishga vaqt paydo bo’ladi. Agar siz bizning aytganlarimizdan o’zingizga taalluqliligini olgan bo’lsangiz, bu siz o’zingizni faqatgina himoya qilaverasiz degani emas. Avval ta`kidlaganimizdek hamma ham himoya mexanizmlarini qo’llab turadi.
Himoya mexanizmlarining ikkita asosiy tavsifnomalari mavjud:
1.Reallikni rad etish yoki buzish.
2.Ongsiz darajadagi faoliyat.
Ko’pincha odamlar himoya mexanizmlarini bitta turini emas, balki ularni kompleks tarzda qo’llashni ma`qul ko’radilar. Bundan tashqari ko’pchilik insonlarda bitta mexanizmlarni boshqasidan afzal ko’rish moyilligida, ya`ni xuddi ularning qo’llanilishi odat tusiga aylangandek tuyuladi.
Psixologik himoya mexanizmlarini turlari.
1.Siqib chiqarish – bu yoqimsiz fikr, istak yoki tuyg`ularni ongsiz, beixtiyor ravishda chiqarib tashlash jarayoni. Z.Freyd motivatsion unutish orqali himoya mexanizmini to’liq ifodalab bergan. U simptomlarni shakllanishida muhim rol` o’ynaydi. Bu mexanizmni faoliyati xavotirlikni kamaytirish jarayonida etarli bo’lmaganda xamda siqib chiqarilgan ma`lumotni buzilgan holda anglashga yordam beruvchi boshqa himoya mexanizmlari ishga tushadi. Ma`lumki, psixologiya fanida himoya mexanizmlarini ikkita kombinatsiyasi keng tarqalgandir:
A)siqib chiqarish+siljish. Bu kombinatsiya faollik reaktsiyalarini yuzaga kelishiga yordam beradi. Siqib chiqarish va siljish mexanizmlari tarkibida bo’lgan bolaga nisbatan dushmanlikka qarshi himoyani ifodalaydi.
B)siqib chiqarish+konversiya – bu kombinatsiya isterik reaktsiyalarni asosini tashkil qiladi.
Tushkunlik mexanizmining mohiyati – ongdan jarohatlovchi voqea mohiyati va u bilan bog`liq emotsiyalarni chiqarib tashlashdir. Tushkunlik qo’rquv emotsiyalarini ushlab turish uchun rivojlanadi. Ularning paydo bo’lishi o’zini ijobiy idrok qilish uchun noma`qul shuningdek, agressorga bog`liq bo’lib qoladi. Qo’rquv real stimulni unutish oqibatida qo’rquvni keltirib chiqaruvchi, shuningdek, u bilan bog`liq bo’lgan assotsiativ ob`ektlar, faktlar vaziyatlarning barchasi yig`iladi.
Regressiya. Muammoli vaziyatda avvalgi yoki bolalikdagi istak va xarakatlarni qoniqish shakliga qaytishdir. Regressiya qisman to’liq yoki simvollik bo’lishi mumkin. Muammoni yordam so’rash oqibatida hal qilish “regressiya” sinfiga shuningdek, “xarakat faolligi” mexanizmiga kiradi. SHuningdek, xavotirlikni kamayishini talab qilish mumkin bo’lmagan istak orqali kelib chiqqan. Regressiv xulq-atvor ko’p hollarda kattalar tomonidan taqdirlanadi xamda simbiotik emotsional munosabatlarni talab qiladi.
Proektsiya – bu individ o’zining ongli darajasida rad qiluvchi fikr, tuyg`u, motiv va istaklarni boshqa shaxs yoki ob`ektga o’tkazish mexanizmi. Mexanizm o’zini va atrofdagilarni ular tomonidan emotsional rad etilishi sifatida qabul qilmaslik tuyg`usini ushlab turish uchun rivojlanadi. Proektsiya o’zini qabul qilmaslik qo’rquvi bilan kurashishni uddalay olish uchun boshqalarning rad etuvchi xarakatiga nisbatan chaqirilgan. Proektsiya atrofdagilarga ularni qabul qilmasliklarining ratsional asosi sifatida turli negativ sifatlarni ularning fonida o’zini qabul qilish uchun yo’naltirishdir. “Agar yomon odam meni rad etsa, demak men yaxshiman yoki yomon odamning fikri men uchun ahamiyatli emas”.
Proektsiyani noaniq shakllarini kundalik hayotda uchratish mumkin. Ko’pchiligimiz o’z kamchiliklarimizga e`tibor bermay, boshqalarda ularni osonlikcha sezamiz. Biz atrofdagilarni o’z tashvishlarimizda ayblashga moyilmiz. Proektsiya zararli bo’lishi xam mumkin, chunki reallikni noto’g`ri anglashga olib keladi. Bu mexanizm kshpincha anglamaydigan va xafa bo’luvchi shaxslarda namoyon bo’ladi.
Introektsiya – inson yoki ob`ektni simvolik internalizatsiyasi (o’ziga kiritishi). Mexanizm xarakati proektsiyaga qarama-qarshidir. Introektsiya yordamida sevgi ob`ektlari va o’zining shaxsi o’rtasidagi farqlar bartaraf etiladi. Ba`zida boshqa odamlarga nisbatan jaxl yoki agressiya o’rniga yo’q qiluvchi tuyg`ular, o’zini o’zi tanqid qilishga, o’zini qadrlamaslikka aylanadi, chunkiayblanuvchida introektsiya sodir bo’lgan. Bunday vaziyat ko’pincha depressiya holatida kuzatiladi.
Ratsionallashtirish – aslida mumkin bo’lmagan fikr, tuyg`u, xulq-atvorlarini oqlashga ishonchli sabablarni topuvchi himoya mexanizmi. Ratsionallashtirish – psixologik himoyaning eng keng tarqalgan mexanizmi, chunki bizning xulq-atvorimiz ko’plab omillar orqali aniqlanadi va biz uni o’zimiz uchun ma`qul bo’lgan yo’l bilan tushuntirganimizda ratsionallashtirgan bo’lamiz. Ratsionallashtirishni ongsiz mexanizmini to’qib chiqarilgan yolg`on, firib yoki mug`ombirlik bilan aralashtirib bo’lmaydi.
Intellektualizatsiya – bu ximoya mexanizmi emotsional xis-tuyg`u va kechirmalarnin bartaraf etish maqsadida namayon bo’ladi. Intelektual zaxiralarni katta miqdorda qo’llashni taqozo etadi.
Kompensatsiya yoki sublimatsiya bu real yoki hayotiy kamchiliklarni ongsiz tarzda bartaraf etish xarakati. Kompensatorlar xarakat universialdir, chunki statusini egallash deyarli barcha insonlarning istagidir. Kompensatsiya ijtimoiy yaroqli (ko’zi ojizning musiqachiga aylanishi) va yaroqsiz (bo’yi past insonni) agressivlik va xokimlikka intilishi bilan kompensatsiyalash nogironlikni qo’pollik va nizolashuvchanlik bilan kompensatsiyalash bo’lishi mumkin. SHuningdek, to’g`ri kompensatsiya (yutuqsiz yutuqqa erishib bo’lmaydigan sohada omadga intilish) va bavosita kompensatsiyaga (o’zini o’zi boshqa muhitda tasdiqlashga intilish) ajratiladi.
Reaktiv tuzilmalar himoya mexanizmini anglash uchun to’g`ri kelmaydigan mayl, istak va tuyg`ularni, ayniqsa, jinsiy va agressiv ma`no jixatdan unga qarama qarshi munosabat yoki xarakatlarni rivojlantirish yoki urg`u berish yo’li bilan almashtiradi. Bu himoya mexanizmini rivojlanishi inson oliy ijtimoiy (axloqiy) qadriyatlarni o’zlashtirishi bilan bog`laydilar. Reaktiv tuzilish xursandchilik emotsiyalarini ushlab turish uchun qo’llaniladi. Bu mexanizm xarakatdagi qarama-qarshi ustanovkalarni amalga oshirishni taqozo etadi. SHu jumladan, qarashlarning mustaxkam belgilanganligi, uyatchanlik, muruvvat hamda raxmdillik va boshqalar.
Himoya ikki bosqich xarakterga ega. Avval mumkin bo’lmagan istak siqib chiqariladi, so’ng uning antitezasi kuchayadi. Masalan, xaddan tashqari vasiylik rad etilganlik hissini xaddan ziyod ijobiy va muloyim xulq dushmanlikni berkitishlari mumkin va boshqalar.
Reallikni rad etish bu anglanilgan vaziyatda og`riqli bo’ladigan o’y-fikr, tuyg`u, istak, talab yoki reallikni rad etuvchi mexanizm. Rad etish atrofdagilarning befarqligi va rad etilishini ko’rsatsalar, ularni qabul qiluvchi emotsiyalarni ushlab qolish maqsadida rivojlanadi. Xarakatlaridan xuddi muammolari yo’qdek tuyuladi. Rad etish mexanizmining ko’p miqdori bolalar uchun xarakterlidir. Kattalar rad etish mexanizmini inqirozli vaziyatlarda qo’llaydilar.
Siljish (o’rnini almashtirish) – kuchliroq, kattaroq va ahamiyatliroq sub`ekt bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganida o’zining agressiya, jaxl emotsiyalarini chiqarib tashlaganda bu xavfga aylanadi.
|