Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə3/17
tarix18.05.2020
ölçüsü1,33 Mb.
#31208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2 5298747933858989759

Amaliy mashg‘ulotlar multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem guruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol uchullar yordamida o‘tiladi, keys stadi texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Tarqatma materiallar va axborotlar multimediya qurilmalari yordamida uzatiladi


4. Mustaqil ta`lim

4 jadval



Mustaqil ta`lim mavzulari

Dars soatlari hajmi

1.

Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari

2

2.

Rivojlanish psixologiyasining shakllanish tarixi

2

3.

Intellektual rivojlanish nazariyasi

2

4.

Shaxsiy rivojlanish nazariyasi

2

5.

Ijtimoiy rivojlanish nazariyasi

2

6.

Bixeviorizm nazariyasi. Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi

2

7.

Elkonin va rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlari. Yosh rivojlanishini davrlashtirish

2

8.

Maktabgacha tarbiya yoshining psixologik xususiyatlari

2

9.

Kichik maktab yoshida bahoga munosabat.

2

10

Kichik maktab yoshida idrok borasidagi tadqiqotlar.

2

11

Kichik maktab yoshida diqqat borasidagi tadqiqotlar.

4

12

Kichik maktab yoshida xotira borasidagi tadqiqotlar.

4

13

Kichik maktab yoshida xayol borasidagi tadqiqotlar.

4

14

Maktabgacha tarbiya yoshining psixologik xususiyatlari

4

15

Kichik maktab yoshida bahoga munosabat.

4

16

O‘smir shaxsida axloqiy tushunchalarni tarkib topishi.

4

17

O‘smirlik davrida o‘z-o‘zini anglash muammosi.

4

18

O‘smirlik davrida do‘stlik hislarini namoyon bo‘lishi.

4

19

O‘smirlik davrida jamoatchilik faoliyati.

4

20

O‘smirlik davrida o‘quv faoliyati xususiyatlari.

4

21

O‘smirlik davrida xotira borasidagi tadqiqotlar.

4




Jami

54

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uning taqdimoti tashkil qilinadi.

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uning taqdimoti tashkil qilinadi.




Fan bo‘yicha kurs ishi. O‘quv rejasida kurs ishlari rejalashtirilmagan.
6. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari


Baholash usullari

Ekspress testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov, prezentatsiyalar

Baholash mezonlari


5-“a`lo”

- talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi kerak:



  • rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti, psixik rivojlanish nazariyalari, shaxsning rivojlanish bosqichlari va mazkur jarayonda yuzaga keladigan fiziologik, jismoniy, psixik rivojlanish xususiyatlari, ta`lim-tarbiya va o‘qituvchi shaxsiga xos sifatlar yuzasidan xulosa va qarorlar qabul qilishi;

  • talaba psixik rivojlanishning shart-sharoitlari va harakatlantiruvchi kuchlari rivojlanish kategoriyalari, qonuniyatlari xususida ijodiy fikrlay olishi;

  • yosh davrlardagi miqdor va sifat o‘zgarishlarni, mazkur davrdagi inqiroz va uning kelib chiqish sabablari yuzasidan mustaqil mushohada yurita olishi;

  • kurs davomida olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi, shaxs kamoloti, ta`lim-tarbiya ishlarini to‘g`ri tashkil qilishda, shaxsni rivojlanishi borsidagi amaliy bilimlarni egallagan bo‘lishi;

  • rivojlanish psixologiyasi fanining mohiyatini tushunishi;

fan mavzularini bilishi va aytib bera olishi;

4-“yaxshi”

- talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi kerak:

-yosh davrlardagi miqdor va sifat o‘zgarishlarni, mazkur davrdagi inqiroz va uning kelib chiqish sabablari yuzasidan mustaqil mushohada yurita olishi;

-kurs davomida olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi, shaxs kamoloti, ta`lim-tarbiya ishlarini to‘g`ri tashkil qilishda, shaxsni rivojlanishi borsidagi amaliy bilimlarni egallagan bo‘lishi;

-rivojlanish psixologiyasi fanining mohiyatini tushunishi;

-fan mavzularini bilishi va aytib bera olishi;

-fanning predmeti va asosiy muammolari haqida tasavvurga ega bo‘lishi.

-tasavvurga ega bo‘lish.



3-“qoniqarli”

talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi kerak:

-kurs davomida olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishi, shaxs kamoloti, ta`lim-tarbiya ishlarini to‘g`ri tashkil qilishda, shaxsni rivojlanishi borsidagi amaliy bilimlarni egallagan bo‘lishi;

-rivojlanish psixologiyasi fanining mohiyatini tushunishi;



- fan mavzularini bilishi va aytib bera olishi;.

2-“qoniqarsiz”

  • fanning predmeti haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;

  • rivojlanish psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya fani mavzularini bilmaslik




Baholash turlari

O‘tkazish vaqti




Joriy nazorat:







Ma’ruza mashg‘ulotlarida faolligi, muntazam ravishda konspekt yuritish uchun

semestr davomida


Seminarda faolligi, savollarga to‘g‘ri javob berganligi, mustaqil fikr yurita olish ko‘nikmasining mavjudligi uchun

Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi




Oraliq nazorat:

17- hafta




Oraliq nazorat yozma ish (ma’ruza o‘qituvchisi tomonidan qabul qilinadi)




Yakuniy nazorat:

19- hafta




Yozma ish (Yakuniy nazorat shakli fakultet kengashi bilan kelishib, rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi)




Jami





7. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari

Asosiy adabiyotlar



Muallif

Adabiyot nomi

Nashr yili

1

M.G.Davletshin va boshqalar

Yosh davrlari va pedagogik psixologiya

2004

3

G`oziyev E.G`.

Ontogenez psixologiyasi

2010

4

Zimnyaya I.A.

Pеdagogichеskaya psixologiya

2002

5

Nеmov R.S.

Psixologiya

2001

6

G`oziyev E.


Psixologiya

2008

7

Abramova G.S


Vozrastnaya psixologiya

2002


Qo’shimcha adabiyotlar:
1.Sh.M.Mirziyoev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi // “Xalq so‘zi” gazetasi 2017 yil 16 yanvar №11

2.Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. . - T.: Ma'naviyat, 2008.

3. Abramova G.S. Praktichеskaya psixologiya M.: Pitеr 1998

4.David G. Myers “Psychology”. NY, 2010. WORTH PUBLISHERS

5.Psychology as the Behaviorist Views it John B. Watson (1913) First published in Psychological Review, 20, 158-177

6.Michael W. Eysenck, Mark T. Keane Cognitive psychology. Psychology press USA, 2005 130 bet

7.J. A. Groegerd, Memory and Remembering (1997)
Elektron ta’lim resurslari:

1. www. tdpu. uz

2. www. pedagog. uz

3. www. Ziyonet. uz

4. www. yedu. uz

5. tdpu-INTRANET. Ped

1-Mavzu: Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
Reja


  1. Rivojlantirish psixologiya fanining rivojlanish tarixi

2. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida psixologiya fani

3. Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida turlicha nazariyalar

Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarini ham muntazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII diniy-ahloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Shark va G‘arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘liq turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir.

Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til va nutqning mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yusinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayoxat» kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o‘rin egallaydi. Yozuvchining fikricha, inson tashki muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulg‘ayib shakllanadi.

N.I.Novikov bashariyat farovonligini ko‘zlab, yoshlar va bolalar o‘rtasida foydali bilimlarni keng targ‘ibot etish uchun ularni o‘ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, ahloq, his-tuyg‘u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.

Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, psixologiya fanining asosiy vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri baxolashga, shular asosida yangi metod va usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o‘rin tutadi deb aytadi. K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmetidir» asarida pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik xususiyatlari, uning o‘ziga xos tomonlari o‘z aksini topgan.

Shuningdek, Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda N.F.Kapterev, N.A.Sikorskiy, A.P.Nechaev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olimlar bu borada o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.

Ta’kidlash joizki, ayniksa, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.R.Luriya, A.N Leontev, M.Ya.Basovlar tomonidan yaratilgan yangi ilmiy nazariyalar, chunonchi psixikaning madaniy-tarixiy rivojlanish va taraqqiyotning o‘zaro munosabat nazariyasi, psixik taraqqiyotda faoliyatning mavqei singari ilmiy-nazariy qarashlari hozirgi kun yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining tayanch tushunchalaridandir.

O‘tgan asrning o‘rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, qarashlar, o‘quv faoliyati va ta’limning talqinlari (D.N.Bog‘oyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galperin, Z.I.Kalmikova, N.F.Talizina, D.B.Elkonin V.V.Davidov, L.V.Zankov, L.N.Landa, A.A.Lyublinskaya, N.V.Ko‘zmina va boshqalar) nafakat pedagogik tajribani, balki psixologiya fanining bu tarmog‘i ni ilmiy-amaliy boyitishga asos bo‘ldi.

Ayniksa, so‘nggi yillarda o‘quv materialini o‘zlashtirishning mexanizmlari (S.L.Rubinshteyn, N.Kabanova-Meller, L.B.Itelson); xotira haqida (P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov, V.Ya.Lyaudis); tafakkur (N.F.Shemya-kin, A.M.Matyushkin); idrok (Yu.B.Gippenreyter); bolalarda nutqning rivojlanishi (M.I.Lisina, A.A.Venger); shaxsning rivojlanishi (B.G.Ananev, L.I.Bojovich, V.S.Muxina); muloqot va nutq (V.A.Artemov, A.A.Leontev, V.A.Kan-Kalik); psixik rivojlanishning davrlari (P.P.Blonskiy, A.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin, B.G.Ananev, A.V.Petrovskiy); o‘quvchilarning aqliy faoliyati va iste’dod muammolari (A.A.Bodalev, N.S.Leytes, N.D.Levitov, V.A.Kruteskiy) ga bagishlangan qator ilmiy tadqiqotlar bu fanning yanada rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmokda.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AKShda inson psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo‘nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatini turlicha talqin qilinishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum darajada yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldilar. Bu borada E.Meyerman, S.Xoll, K.Byuler, E.Klapared, E.Dyurkgeym, P.Jane, J.Piaje, A.Vallon, Dj.Bruner va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin.

Olmon psixologi E.Meyerman bolaning o‘quv maskani davrida uning ruhi va tanasida kechayotgan o‘zgarishlarni to‘liq bilmay turib, unga buyruq yoki tazyiq o‘tkazib bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi. Uning fikricha eksperimental pedagogikaning maqsadi ayni shu muammolarga qaratilmog‘i darkor.

Amerikalik psixolog-olim S.Xoll har qanday bola o‘zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og‘riqsiz, yengil kechishi uchun qo‘lay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb aytadi. S.Xoll o‘z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to‘plab, bola haqida psixologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks dasturini yaratish g‘oyasini olg‘a suradi.

Shveysariyalik psixolog E.Klapared «Bola psixologiyasi va eksperimental pedagogika» asarida qiziqish, motiv, extiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir etilishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.

Fransuz psixologi E.Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok kilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini uqtiradi.

Yana bir fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va tabiat o‘rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning ulg‘ayishini belgilaydi. U sifatida hatti-harakatni tushunadi, bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janening ta’kidlashicha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifodasini topadi, shaxslararo tashki munosabatlar rivojlanishning muhim tamoyili hisoblanadi.

Amerikalik psixolog Dj. Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtiradi, deb uktiradi.

Shuningdek, J.Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galgton, A.Bine, A.Anastazi, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko‘nikma va malakalarning ahamiyatini, mashklarning o‘rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o‘rin egallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab kolmokda.

Hozirgi kunda mamlakatimizda ham yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda.

Respublikamizdagi yetakchi oliygoxlarning kafedra va labortoriyalarida yosh davrlari va ta’lim tarbiyaning psixologik xususitlari bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etish yukori malakali mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jixozlangan sharoitlarda ilmiy tadqiqot ishlari samarali yulga kuyilgan.

Mazkur muammolarning yechimi hozirgi zamon fanining metodologik tamoyillari asosida, yakin va uzoq xorijiy mamlakatlarida bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yutuqlari va g‘oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan xolda o‘zining munosib o‘rnini egallab bormokda. Bu borada T.Kori Niyoziy, S.Rajabov, P.I.Ivanov, M.Vohidov, M.G.Davletshin, E.G‘oziev, R.Gaynutdinov, B.Qodirov, R.I.Sunnatova, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o‘quvchilarning texnik qobiliyatlari, o‘quv motivlari, zamonaviy o‘quv maskani o‘quvchisining psixologik kiyofasi M.G. Davletshin va uning izdoshlari A.Jabborov, F.I. Xaydarov, M.M.Mavlonovlar tomonidan, tafakkur va ta’limni boshqarish muammosi E.G.G‘ozievning tashabbusida, iste’dodli o‘quvchilar va kasb tanlash muammosi B.R.Kodirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sunnatovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.



Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida unga ta’sir ko‘rsatib kelgan barcha nazariyalar, ilmiy va amaliy ma’lumotlar, yo‘nalishlar hozirgi kunga qadar o‘zining ahamiyatini saqlab kelmokda va fanning istiqbolida muhim ilmiy-nazariy manba hisoblanib qolishi, tabiiydir.
Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarini ham muntazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar X-XI asrlar diniy-axloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va g‘arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘lik turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotniig o‘ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir. Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til va nutqning mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yo‘sinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayohat» kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o‘rin egallaydi. Yozuvchining fikricha, inson tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulg‘ayib shakllanadi.

N.I.Novikov bashariyat farovonligini ko‘zlab, yoshlar va bolalar o‘rtasida foydali bilimlarni keng targ‘ibot etish uchun ularni o‘ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg‘u va taklidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha psixologiya fanining asosiy vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri baholashga, shular asosida yangi metod va usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o‘rin tutadi deb aytadi. K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmetidir» nomli asarida pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik xususiyatlari, uning o‘ziga xos tomonlari o‘z aksini topgan.

Shuningdek, Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda N.F.Kapterev, N.A.Sikorskiy, AP.Nechaev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olimlar bu borada o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.

Ta’kidlash joizki, ayniqsa, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, AR.Luriya, A.N Leontev, M.Ya.Basovlar tomonidan yaratilgan yangi ilmiy nazariyalar, chunonchi, psixikaning madaniy-tarixiy rivojlanish va taraqqiyotning o‘zaro munosabat nazariyasi, psixik taraqqiyotda faoliyatning mavqei singari ilmiy-nazariy qarashlari hozirgi kun yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining tayanch tushunchalaridandir.

O‘tgan asrning o‘rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, qarashlar, o‘quv faoliyati va ta’limning talqinlari (D.N.Bogoyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galperin, Z.I.Kalmikova, N.F.Talizina, D.B.Elkonin V.V.Davidov, L.V.Zankov, L.N.Landa, A.A.Lyublinskaya, N.V.Kuzmina va boshqalar) nafaqat pedagogik tajribani, balki psixologiya fanining bu tarmog‘ini ilmiy-amaliy boyitishga asos bo‘ldi.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda o‘quv materialini o‘zlashtirishning mexanizmlari (S.L.Rubinshteyn, N.Kabanova-Meller, L.B.Itelson); xotira haqida (P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov, V.Ya.Lyaudis); tafakkur (N.F.Shemyakin, A.M.Matyushkin); idrok (Yu.B.Gippenreyter); bolalarda nutqning rivojlanishi (M.I.Lisina, A.A.Venger); shaxsning rivojlanishi (B.G.Ananev, L.I.Bojovich, V.S.Muxina); muloqot va nutq (V.A.Artemov, A.A.Leontev, V.A.Kan-Kalik); psixik rivojlanishning davrlari (P.P.Blonskiy, A.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin, B.G.Ananev, A.V.Petrovskiy); o‘quvchilariing aqliy faoliyati va iste’dod muammolari (A.ABodalev, N.S.Leytes, N.D.Levitov, V.A.Kruteskiy) ga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar bu fanning yanada rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida g‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda inson psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo‘nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatini turlicha talqin qilinishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum darajada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldilar. Bu borada E.Meyerman, S.Xoll, K.Byuler, E.Klapared, E.Dyurkgeym, P.Jane, J.Piaje, A,Vallon, Dj.Bruner va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin.

Olmon psixologi E.Meyerman bolaning maktab davrida uning ruhi va tanasida kechayottan o‘zgarishlarni to‘liq bilmay turib, unga buyruq yoki tazyiq o‘tkazib bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi, Uning fikricha eksperimental pedagogikaning maqsadi ayni shu muammolarga qaratilmog‘i darkor.

Amerikalik psixolog-olim S.Xoll har qanday bola o‘zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og‘riqsiz, yengil kechishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb aytadi. S.Xoll o‘z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to‘plab, bola haqida psixologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks dasturini yaratish g‘oyasini olg‘a suradi.


Filogenez – (yunoncha, phyle- kabila, genesis- kelib chikish, paydo bo‘lish)- muayyan tirik mavjudot turining yerda hayot boshlanganidan keyingi evolyusion tarakkiyot jarayoni.

Shveysariyalik psixolog E.Klapared «Bola psixologiyasi va eksperimental pedagogika» asarida qizikish, motiv, ehtiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir etilishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi.

Fransuz psixologi E.Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuygularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini uqtiradi.

Yana bir fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va tabiat o‘rtasidaga turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning ulg‘ayishini belgilaydi. U aloqa sifatida hatti-harakatni tushunadi, bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janening ta’kidlashicha, eng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifodasini topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning muxim tamoyili hisoblanadi.

Amerikalik psixolog Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtiradi, deb uktiradi.

Shuningdek, J. Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galgton, A.Bine, A.Anastazi, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko‘nikma va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o‘rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o‘rin egallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab qolmoqda.



Hozirgi kunda mamlakatimizda ham yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda.

Respublikamizdagi yetakchi oliygohlarning kafedra va laboratoriyalarida yosh davrlari va ta’lim tarbiyaning psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etish yuqori malakali mutaxassislar tomonidan maxsus texnikalar bilan jihozlangan sharoitlarda ilmiy tadqiqot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur muammolarning yechimi hozirgi zamon fanining metodologik tamoyillari asosida, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarida bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning yutuqlari va g‘oyalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda o‘zining munosib o‘rnini egallab bormoqda. Bu borada T.Qori-Niyoziy, S.Rajabov, P.I.Ivanov, M.Vohidov, MT.Davletshin, E.G‘oziev, R.Gaynutdinov, B.Kodirov, R.I.Sunnatova, A.Jabborov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o‘quvchilarning texnik qobiliyatlari, o‘quv motivlari, zamonaviy maktab o‘quvchisining psixologik qiyofasi M.G.Davletshin va uning izdoshlari A.Jabborov, F.I.Haydarov, M.M.Mavlonovlar tomonidan, tafakkur va ta’limni boshqarish muammosi E.G.G‘ozievning tashabbusida, iste’dodli o‘quvchilar va kasb tanlash muammosi B;R.Qodirov rahbarligida, bolalarning aqliy faoliyat muammosi R.I.Sunnatovalar tomonidan samarali olib borilmoqda.

Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida unga ta’sir ko‘rsatib kelgan barcha nazariyalar, ilmiy va amaliy ma’lumotlar, yo‘nalishlar hozirgi kunga qadar o‘zining ahamiyatini saqlab kelmoqda va fanning istiqbolida muhim ilmiy-nazariy manba hisoblanib qolishi, tabiiydir.

O‘tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo‘nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o‘rganmagan bo‘lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirganlar. Bular to‘rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri – xalq ijodiyoti; rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi – maxsus ijodkor kishilira (hatto, xukmdorlar) muayyan shaxsga bag‘ishlab yozgan o‘git-nasihat va hikoyalar, uchinchisi - qomusiy, o‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to‘rtinchisi - turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.

Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy mushohadalari “Ideal shahar aholisining fikrlari”, “Masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi”, “Sharhlardan”, “Xikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “o‘tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi. Shu jumladan,, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarning uzun-qisqaligi to‘g‘risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog‘laydi. Bu jihatdan uning “Hindiston”, “Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.

Ibn Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning “Odob haqida” risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to‘g‘risidagi jiddiy asardir.

Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi ma’lumotlar ham hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmagan.

AQShlik psixolog Dj. Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligi aytib, insonning kamolot sari intilishi bilan olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi.

Shu tariqa yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga o‘rta Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissalarini qo‘shdilar. Yuqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalarning o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin