Bolalikdagi jinsiylik tushunchasiga yondashuvlar Freyd tomonidan 20 asr boshida “Jinsiylik nazariyasi bo’yicha 3 ocherk” nomli asarida yoritilgan. U quyidagi fikrdan kelib chiqqan, inson ba`zi miqdordagi jinsiy energiya bilan tug`iladi (libido) u ma`lum ketma-ketlikda tananing turli a`zolariga ko’chadi.
Freyd psixojinsiy bosqichlarni ochilishi ketma-ketligini organizmning etilishiga ko’ra, belgilangan (rivojlanishning biologik omillari) va bu bosqichlar universial va barcha insonlarga ularning madaniylik darajasiga qaramay xosdir. Z.Freydning yosh rivojlanishi davrlarini shaxsning psixojinsiy nazariyasi debataldi, chunki uning nazariyasini markazida jinsiy instinktlar turadi, bu keng ma`noda qoniqish deyiladi.
Jinsiy rivojlanish bosqichlari
Psixologiya deb nomlangan ilm-fanning yangi sohasi falsafa va biologiya fanlari negizida rivojlangan. Vundt ham faylasuf, ham psixolog bo’lgan. Zigmund Freyd o’zining shaxs nazariyasiga oid ta`sirli qarashlari bilan mashhur bo’lgan avstriyalik fizik hisoblanadi. SHvetsiyalik biolog Jan Piaje o’tgan asrda bolalarni kuzatish sohasida etakchilardan bo’lgan.
Zigmund Freyd fikriga ko’ra, bolalik davrida hissiyotlarga ko’rsatilganta`sir, keyinchalik shaxsning o’z-o’zini anglashida namoyon bo’ladi. SHundan boshlab 1920-yilda psixologiya “ruhiy hayot” haqidagi fan sifatida vujudga keldi. Freyd nazariyasi gumanistik nazariyaga qarshi qaratilgan hisoblanadi.
B.F.Skinner ham Freyd kabi bixeviorist bo’lib, bixevioristik nazariyaning etakchisidir. Skinner boshqa zamondoshlariga nisbatan o’z-o’zini kuzatishga qarshi bo’lgan. SHuningdek, u xulq-atvor shakllarini o’rganishga hissa qo’shgan.3
The young science of psychology developed from the more established fields of philosophy and biology. Wundt was both a philosopher and physiologist. Sigmund Freud, who developed an influential theory and personality, was an Austrian physician. Jean Piaget, the last century’s most influential observer of children, was Swiss biologist.
Sigmund Freud the controversial ideas of this famed personality theorist and therapist have influenced humanity’s self-understanding. Thus, until the 1920 psychology was defined as “the science of mental life”. Freudian psychology rebelled against humanistic psychology.
B. F.Skinner was a behaviorist as Freud, and he was leading behaviorist. Skinner rejected introspection and studied how consequences shape behavior.
1.Oral bosqich tug`ilgandan 18 oygacha davom etadi. Psixojinsiy rivojlanishning boshlang`ich bosqichida asosiy qoniqish manbai asosiy organik talabni qoniqtirish bilan qo’shiladi va ko’krak bilan oziqlantirish bilan bog`liq harakatlarni qo’shadi: emish,tishlash va yutish.
Oral bosqichda boshqa odamlarga munosabatiga nisbatan ustanovkalari shakllanadi ya`ni tobelik, tayanch yoki mustaqillik, ishonch ustanovkalari va boshqalar. Ona bolasida jinsiy qiziqishlarni yuzaga keltiradi uni sevishga o’rgatadi. Aynan qoniqishning optimal darajasi (stimul) oral zonada (ko’krakdan oziqlanish, emish) sog`lom mustaqil katta hayot asoslarini yaratadi.
Hayotining birinchi olti oyida onalik munosabatlarining chegarasi haddan ziyod yoki aksincha etishmayotgan stimulyatsiya shaxsiy rivojlanishni buzadi, oral passivlik fiksatsiyasi sodir bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, katta odam atrofdagi dunyoga moslashish usullaridan biri sifatida ishonuvchanlik, nochorlikni namoyish etadi, o’z harakatlarini chetdan ma`qullanishiga yordam sezadi. Haddan ziyod ota-ona mehri jinsiy etilishni tezlashtiradi va bolani “erkatoy” tobe qilib qo’yadi.
Hayotni birinchi yilining ikkinchi yarimda tishlar chiqishi bilan asosiy e`tibor tishlash va chaynashga qaratilganda oral bosqichni oral sadistik fazasi keladi. Oral sadistik fazasidagi katta odamda shunday xususiyatlarni keltirib chiqaradiki, janjalkashlik, boshqalarga haddan ziyod tadlabchanlik munosabati pessimizm.
Og`iz qismi Freyd fikricha, odamning butun hayoti mobaynida muhim erogen zona bo’lib qoladi. Libidoni oral zonaga bog`lanib qolishi ba`zida ishlash saqish chaynash va shu kabilarda namoyon bo’ladi.
2.SHaxs rivojkatta odamda ham saqlanib qoladi ya`ni ochko’zlik, chekish, tirnoqlarni tlanishini anal bosqichi Egoning yuzaga kelishi bilan bog`liq bo’lib, 1-1,5 yoshdan 3 yoshgacha to’g`ri keladi. Anal erotika Freyd bo’yicha ichakni yaxshi ajratib chiqarish funktsiyalari bilan bog`liq.
Bu bosqichda ota-onalar farzandlarini hojatga o’rgatadilar, ilk bora unga instiktiv rohatlanishda voz kechishni talab qilib, hojatga o’rgatish usullari kelajakda o’zini nazorat qilish va o’zini boshqarish shakllarini aniqlaydi.
To’g`ri tarbiyaviy yondashuv bolaning holatiga diqqat qilishga bolalarni doimiy ichagini bo’shatishni rag`batlantirib turishga tayanadi. Ozodalikni emotsional qo’llab quvvatlash o’zini o’zi nazorat qilishni ifodalash sifatida Freyd bo’yicha tartiblilik shaxsiy sog`liq va hatto tafakkur egiluvchanligini shakllanishida uzoq muddatli pozitiv effektga ega.
Rivojlanishni salbiy variantida ota-onalar o’zlarini haddan ziyod qattiqo’l va talabchan tutadilar, ozodalikni iloji boricha boricha erta talab qiladi. Bu noadekvat talablarga javoban bolalarda norozilik an`analari yuzaga keladi. Bu fiksatsiyalangan reaktsiyalar keyinchalik xulq-atvorning boshqa turiga ko’chib o’ziga yarasha shaxs tipini keltirib chiqaradi anal ushlab turuvchi (o’jar, qizg`anchiq) yoki anal itarib chiqarib tashlovchi (xavotirli, impulsiv, buzilishga moyil).
3.Faollik bosqichi (3-6 yosh) –psixoijtimoiy rivojlanish bosqichi shaxsiy genetal zonalarini inobatga olgan holda. Psixojinsiy rivojlanishning faollik bosqichida bola ko’pincha o’z jinsiy organlarini o’rganadi, bolalarni dunyoga kelishi va jinsiy munosabatlar bilan bog`liq savollarga qiziqish uyg`otadi.
Aynan bu davrida har bir odamning individual rivojlanishida tarixiy nizo Edip kompleksi yuzaga keladi. O’g`il bolada onani egallash va otasini chetlashtirish istagi yuzaga keladi. Otasi bilan ongsiz raqobatga kirishib bola u tomonidan jazoni qo’llanilishidan qo’rqadi
Bolaning ambivalent tuyg`ulari (otaga nisbatan muhabbat) nafrat Edip kompleksi bilan kechuvchi 5-7 yosh oralig`ida bartaraf etiladi. O’zini otasi bilan tenglashtirish (intonatsiya, xulq-atvori gaplariga taqlid qilish, me`yor, qoida, ustanovkalarini egallash) super Egoni yoki burchni, shaxsni tuzilmasini so’nggi komponentini yuzaga keltiradi. Qizlarda Freyd etakchi kompleks elektra kompleksni nazarda tutadi. Elektra kompleksini hal etish ham o’zini onasi bilan tenglashtirib otasiga intilishni bosish bilan sodir bo’ladi. Qiz onasi bilan o’xshashligini kuchaytirib, otasiga simvolik yo’lni egallaydi.
4.Latent bosqich –jinsiy sokinlik 6-7 yoshdan 12 yoshgacha o’smirlik yoshi boshlangungacha davom etadi. Asosiy energiya kuchi o’qish, sport, bilishga intilish asosan o’zini jinsidagi tengdoshlari bilan do’stlashishga yo’naltiriladi. Freydning odamni jinsiy shakllanishidagi bu uzilishining ahamiyatini oliy insoniy madaniyatni rivojlanishi uchun sharoit sifatida alohida ta`kidlaydi.
5.Genetal bosqich (12-18 yosh)-pubertat davrda biologik etilish bilan asoslangan va psixojinsiy rivojlanishni yakunlovchi bosqich. Jinsiy va agressiv tuyg`ularni ko’payishi sodir bo’ladi hamda Edip kompleksi qaytadan yuzaga keladi. Autoerotizm yo’qoladi uning o’rniga boshqa jinsiy ob`ektlarga qiziqish paydo bo’ladi. Normada o’smirlikda jamiyatda o’z o’rnini topish, turmush o’rtog`ini izlash, oilasini yaratish harakatlari bo’ladi.
Bu bosqichning muhim vazifalaridan biri ota-ona qaramog`idan qutilishdir.
Z.Freydning psixoanalizi
Asosiy tadqiqot predmeti
|
SHaxs rivojlanishi
|
Tadqiqot metodlari
|
Klinik vaziyatlar tahlili, erkin assotsiatsiyalar metodi, tushunchalar tahlili
|
Asosiy tushunchalari
|
Psixika bosqichlari (ong, ongosti, ongsizlik) shaxs tuzilishi (Id, Ego, Super Ego) psixologik himoya mexanizmlari, jinsiy energiya (libido), jinsiy instinkt, hayot instinkti, o’lim instinkti, psixojinsiy rivojlanish bosqichlari, erogen zonalar, qoniqish tamoyili, reallik tamoyili, edip kompleksi, elektra kompleksi, tenglashtirish
|
Asosiy g`oyalar
|
Bola va tashqi dunyoni azaldan kelishmasligi individni ijtimoiy dunyoga moslashuvi sifatida shaxs rivojlanishi. SHaxs rivojlanishining psixojinsiy rivojlanishi. SHaxs rivojlanishi 1-5 yillikda jadal jinsiy etilish tugashi bilan yakunlanadi. SHaxs rivojlanishi bosqichlari o’zgarmas, biologik etishilish ketma-ketligida oral, anal, faollik, latent, genital
|
Rivojlanish omillari
|
Ichki (biologik etilish miqdorning o’zgarishi va jinsiy energiyani yo’nalganligi) va tashqi (ijtimoiy jamiyatni ota-onalar bilan qo’shilishi)
|
Qiymati
|
Rivojlanishning dinamik kontseptsiyasi, insonning ma`naviy dunyosini birligi, bolalikning ahamiyati, ota-onaning ta`sirining muhimligi va doimiyligi ko’rsatilgan. Bolaning ichki dunyosiga munosabatda aniq diqqat g`oyasi
|
Tanqidga uchraganligi
|
-afsonaviyligi
-tadqiqotning talab qilinayotgan shakliy metodlarining yo’qligi,
-statistik ma`lumotlarning yo’qligi
-tekshirishning murakkabligi;
-o’smirlik yoshi chegaralaridan tashqarida rivojlanish imkoniyatlariga qarashlarning pessimistligi
|
5-Mavzu. Ijtimoiy rivojlanish nazariyasi
Reja
1.Ijtimoiy o’rgatish ta`limotining markaziy muommosi sifatida ijtimoiylashuv
2.Ijtimoiy o’qitish nazariyasining evolyutsiyasi
3.Kuzatish, taqlid qilish orqali o’rgatish fenomeni
4.Bolalar rivojlanishini taraqqiyotini o’rganishning diadik tamoyili
Ijtimoiy o’rgatish ta`limotining markaziy muammosi sifatida ijtimoiylashuv
Amerikada XX asrning 30-yillari oxirida ijtimoiy o’qitishning kuchli psixologik yo’nalishi yuzaga kelgan. Individga xulq-atvor namunalari rollar, me`yorlar motivlar, kutuvlar, hayotiy qadriyatlar, emotsiyalarni o’tkazish orqali individning ijtimoiy xulq-atvorini hayotiy shakllantirishni ifodalash uchun N.Miller va D.Dollardlar tomonidan ijtimoiy o’rgatish atamasi kiritilgan edi. Ijtimoiylashuv – biologik mavjudod, go’dakning tamomila oila, guruh umuman olganda insoniyat jamiyatini to’laqonli a`zosiga asta-sekin aylanish jarayoni sifatida, yangi ijtimoiy xulq-atvorni egallash jarayoni sifatida talqin qilinadi. Xulq-atvorning umumiy nazariyasi xulq-atvor namunalari qanday tarzda o’zlashtirilishini va ularning namoyon bo’lishi o’zaro aloqada bo’lgan tashqi va ichki ta`sir manbalari tomonidan qanday tarzda doimo boshqarishini izohlashi kerak. Ushbu ilmiy yo’nalish vazifalarini uning nazariy etakchisi Bandura shunday shakllantirgan. XX asrning ikkinchi yarmida Amerika psixologiyasini rivojlanishi uchun ijtimoiylashuv muammosini asosiy deb hisoblash mumkin. Jamiyat bolalarni umumqabul qilingan me`yoriy muammolar bilan muvofiqlikda o’zlarida tutishlariga undashda qo’llaydigan mexanizmlar ya`ni usullarni etilishi esa uning bosh maqsadidir. Ijtimoiy o’qitish nazariyasi psixoanalizda (misol uchun antogonizm haqidagi dastlabki tezis, bola va jamiyatning qarama-qarshiligi) ba`zi bir holatlarni qabul qilib o’zlashtirgan va ularni o’rgatishning bexiviorstik tamoyillari bilan bog`langan. Ijtimoiy o’qitish yo’nalishi nazariyasining butun bir spektridan iborat. O’qitishning aniq mexanizmlariga yondashuvlarda nazariya mualliflarining qarashlari farqlanadi, biroq ijtimoiy xulq-atvorga o’rgatish g`oyasi ahamiyatini butunlay qo’llab-quvvatlaydilar. Ijtimoiy o’qitish sohasida anchadan beri tadqiqotchilarning bir necha avlodi ishlab kelishmoqda. Bu avlodlar amerika psixologiyasining o’zida ajratib ko’rsatilgan.
Ijtimoiy o’qitish nazariyasining evolyutsiyasi
Birinchi avlod (XXasrning 30-60 yillari) – N.Miller, D.Dollard, R.Sirs , B.Uovayting, B.Skinner bu tadqiqotchilarni xali bexiviorizm ham ijtimoiy o’qitish nazariyasiga kiritadilar)
Ikkinchi avlod (60-70 yil) – A.Bandura, R.Uoters, S.Biju, Dj. Gevirt va boshqalar.
Uchinchi avlod (70-yildan boshlab) V.Xartup, E.Makkobi, Dj.Aronfrid, U. Branfenbrener va boshqalar.
N.Miller va D.Dollard ijtimoiy o’qitish yo’nalishining birinchi namoyondalari bo’lib, bexivioral o’qitishning asosiy tamoyillarini psixoanalitik nazariyaning ba`zi holat va g`oyalari bilan to’ldirishga harakat qilganlar. Empirik asos sifatida ular ham bola va hayvonlar xulq-atvorining ekspermental o’rgatish ma`lumotlarini ayniqsa nevrotiklar xulq-atvoriga oid boy klinnik ma`lumotlarni qo’llash mumkin deb hisoblaganlar. Ekspermental xulq-atvorga o’rgatishda boshqaning (modelning) harakatini kuzatishning ahamiyati ko’rsatilgan bu yangi reaktsiyani paydo bo’lgunga qadar vaqtni qisqartirishda, sinov va xatolar sonini kamayishida ifodalaydi. Klassik bexiviorizm nazariyachilaridan farqli ravishda ijtimoiy o’qitish nazariyalari xulq-atvorda ichki motivatsiyaning rolini tan olib avvalo uning qo’zg`atuvchi funktsiyasini muhimligini ta`kidlaydilar, ular organik ehtiyojlardan kelib chiquvchi (ochlik, suvsizlik, og`riq) birlamchi qo’zg`atuvchilarni dravy, jahl, ayb, harakatlariga ehtiyoj, qo’rquv, xavotirlanish ikkimlamchi qo’zg`atuvchilarni ajratganlar. Psixoanalizda xulq–atvorning asosiy regulyatori qoniqish tamoyili ular tomonidan qo’llab-quvvatlash tamoyiliga (rag`batlantirish) o’zgartirilgan. Dastlab ijtimoiy o’rgatish nazariyasi qat`iy ob`ektiv (pozitiv) empirik bilimlarini egallash metodlarini ishlab chiqishga yaqqol ifodalangan yaqqol ifodalanga orivintatsiya bilan pozitiv va nopozitiv falsafiy asosiga qurilgan. Psixologik tadqiqot metadologiyasi rejalashtirishning puxtaligini ma`lumotlarni qayd etishning tizimliligini bog`liq va bog`liq bo’lmagan o’zgaruvchilarni nazorat qilish va o’zlashtirishni miqdoriy baholashning mumkinligi talab qiladi. O’tgan asrning 40-50 yillarida manipulyativ laboratoriya ekspermenti tadqiqotning hukumron metodi bo’ldi.
Ijtimoiy o’rgatishda bolalik o’tib ketuvchi nevroz bilan qiyoslanganda xulq-atvor buzilishi va desariantiya davri sifatiga tushunilgan. Bu tushunchalarda kelib chiqib, bolani ijtimoiylashtirishi uchun ota-onaning vazifasi quydagilardan iborat bo’lgan. Ovqatlanish, tuvakka o’rgatish bolada agressiyaning namoyon bo’lishi uni jinsiy edentifikatsiyasi va me`yoriy xulq-atvorning boshqa xususiyatlari bilan bog`liq bo’lgan yosh davriga oid muammolarni bartaraf qilish
Kuzatish, taqlid qilish orqali o’rgatish fenomeni
Murakkab ijtimoiy xulq-atvorni egallanishini izohlash uchun operant va respondent o’rgatish mexanizmlari etarli emas. Javob topish jarayonida, birlamchi ahamiyatni o’rgatishning o’ziga xos tipi-vizual o’rgatishga yoki kuzatish yordamida o’rgatishga qarata boshlaganlar.
Albert Banduraning 1960-yillardagi erta ishlari bixeviorizmda o’rganishning kognitiv modellari uchun ko’pliklardan biri hisoblanadi. Bunda kuzatish o’rganish jarayoni bo’lib, hech qanday o’quv faoliyatisiz amalga oshadi, kuzatilayotgan model esa hatto kuzatuvchi uchun taqlid manbai bo’layotganini sezmasligi ham mumkin4.
A.Bandura 1925-y o’rgatishning bunday usulini ijtimoiy kognitiv, ijtimoiy-kognitiv deb nomlagan. Kognitiv o’rgatish o’rgatilayotganning birmuncha katta faolligini nazarda tutadi individ o’rgatiluvchiga aylanadi deb ham aytish mumkin. U o’zining harakatlari oqibatini kuzatadi, ulardan qay biri o’zining natijasiga ko’ra muvaffaqiyatli, qay biri keraksiz yoki zararli ekanligini qayd qiladi va eslab qoladi. Bundan tashqari o’rgatish, biror bir aktda harakatda to’g`ridan to’g`ri ishtirokni qat`iy majburiy talab qilmaydi, model xulq-atvorining kuzatuvchisi bo’lishni o’zi etarlidir. Oqibatda xulq-atvor namunasi qaytadan ishlab chiqiladigan inson. Bu holatda inson boshqaning harakatlarini ko’zga ko’rinadigan oqibatlariga tayanishi mumkin ma`lumot axborot olish va o’z xulq-atvorini tuzatish kuzatishi xulq-atvorning ma`lum bir shakliga harakatning kognitiv obraziga bixevioral moyillikni yaratadi. Xulq –atvor modeliga amal qilish kodlangan axborot ma`lumotga tayangan holda sodir bo’ladi.
Agressiyani moyillashtirish sharoitlarini o’rganish ijtimoiy o’rgatish nazariyasining tayanch mavzularidan biridir. Ijtimoiylashuv tushunchasi favqulotda keng va ko’p qirralidir, har bir madaniyatda jamiyatning tarkibiy a`zosini sifat va bilishga o’z talablari mavjud. Biroq, xulq-atvorning ba`zi ko’rinishlari ko’proq universal umumiy rol o’ynaydi bu o’zaro ijtimoiy protsial xulq-atvor hamkorlik, o’zaro yordam altruizm polorolevoy xulq-atvor, agressiyaning maqbul shakllari hayotning bunday aspektoriga o’rganish har qanday hamjamiyatda mutlaqo zarurdir.
A.Bandura bolalar va o’spirinlardagi agressiyaning laboratoriya va dala tadqiqotlarini o’tkazgan. Masalan, bir qator eksperemental tadqiqotlarda 4 yoshli bolalar guruhiga modellar uchun turli oqibatlarga olib keluvchi rag`batlantirish yoki jazolash, zo’ravon xulq-atvor namunalarini ifodalovchi filmlar namoyish etilgan. Katta yoshdagi odam ishirilgan rezinka qo’g`irchoqni mushtlari bilan urib, uning sha`niga qo’pol luqma tashlagan, so’ngra uni taqdirlashgan shirinlik bilan mehmon qilishgan yoki urishishgan koyiganlar, filmdan so’ng bolalarga filmda ishtirok etgan o’yinchoqlarni mustaqil o’ynash imkoniyati berilgan. Natija shuni ko’rsatdiki, agressiv obrazli taqdirlangan odam modeli ishtirok etgan filmni ko’rgan bolalarda agressiv xulq-atvor darajasi yuqori bo’lgan. Manipulyativ eksperemental tadqiqotlar doirasida bola xulq-atvoriga tobe o’zgaruvchi modelning turli xarakteristikalarni ta`siri mustaqil o’zgaruvchi o’rganilgan. Model xarakteristikasini turlarga tavsiflash jinsi, yoshi, etnik mansubligi obro’-e`tibori hokimlik va pulga munosabati sinaluvchi kuzatuvchilarning xulq-atvor strategiyasiga ta`sir ko’rsatuvchi bir qator omillarni aniqlash imkonini berdi.
Qo’llab-quvvatlash taqlid qilish asosida yuzaga kelgan xulq-atvorni saqlash uchun zarur.
O’tmishdagi xulq-atvorni bevosita tashqi qo’llab quvvatlash qo’zg`atuvchi va axborot funktsiyasini bajaradi. A.Bandura bilvosita qo’llab-quvvatlash ya`ni modelni rag`batlantirishni kuzatish va o’z-o’zini qo’llab-quvvatlashning o’z xulq-atvorini ijobiy baholash xuddi shunday ahamiyatini e`tirof etgan. SHunday qilib, Skinner talqini bo’yicha agar radikal keskin, qat`iy bixeviorizm, xulq-atvor stimullar termini va qo’llab-quvvatlovchi oqibatlar orqali tushuntirilishini tasdiqlasa, A.Bandura nuqtai-nazarida esa xulq-atvorning tashqi holatli omillarning o’zaro determinizmida masalan, rag`batlantirish va jazolash va ichki kognitiv ketish, ong, idrok qilish qabul qilish haqida gapirish lozim.
Modelni kuzatish qaysi xulq-atvor to’g`ri va u qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida xulosa qilish imkonini beradi, biroq ko’plab murakkab xulq-atvor aktlariga o’rgatishni tushuntirish uchun velosipedda yurish, xirurgik operatsiyalarni bajarish imitatsiya taqlid qilish o’xshatish mexanizmi etarli emas. A.Bandura faqatgina kuzatuv orqali yangi xulq-atvor aktiga o’rganish mumkin emasligi haqidagi qarshilikni e`tirozni hisobga olgan. O’zining ijtimoiy o’rgatish nazariyasi nomli asarida u S-R chizmasiga qanday qilib modelning taqlidi sub`ektda yangi xulq-atvor aktini shakllanishiga olib kelishini tushuntirish uchun zarur bo’lgan 4 oraliq jarayonni kiritgan kuzatish orqali o’rgatish komponentlari diqqat jarayonlari, saqlab qolish, harakat ijrosi va motivatsiya quyidagilar bilan aniqlanadi:
modelga diqqatni qaratish va tushunish anglash quyidagilar bilan aniqlanadi;
model xususiyatlari ijtimoiy xarakteristika, obro’-e`tiborni namoyon bo’lishi, kompetentlik, shaxsiy jozibadorlik;
harakat namunasining xarakteristikalari funktsional amaliy axamiyati, yangiligi, zaruriyati;
-avvalgi qo’llab-quvvatlash bilan bog`liq bo’lgan kuzatuvchining o’zini sensor qobiliyati pertseptiv ustanovkasi va motivatsiyalari.
2. Modelning eslab qolib, saqlab qo’yishi kognitiv tashkil etish, obrazli va verbal kodlashtirish yordamida amalga oshiriladi.
3.Motorli reproduktiv jarayonlar xotirada ramziy kodlashtirilgan ma`lumotlarni, muvofiq bo’lgan harakatlarga, real xulq-atvorga o’tkazishni amalga oshiradi. Ushbu aniq muvozanatlashgan harakatlarga o’rganish mumkin va zarur jismoniy qobiliyati, teskari aloqa aniqligi inobatga olinadi.
4. Motivatsion jarayonlar qo’llab-quvvatlashni o’zgarish xarakteri bilan bog`liq bo’lgan kuzatishdan real xulq-atvorda model ijrosiga o’tish sodir bo’lishini aniqlaydi tashqi bilvosita o’z-o’zini qo’llab-quvvatlash.
A.Bandura ijtimoiy kognitiv o’rgatishni murakkablik darajasi bo’yicha bir qancha turli ko’rinishlarini ta`siflagan modelning oddiy taqlidi imitatsiya o’xshatish nusxa olish ma`lum bir harakatlarni o’tkazilishini uzatilishini ta`minlaydi shirinlik bilan mehmon qilish ko’rishganda salomlashmoq mavhum abstract modellashtirish orqali kuzatuvchi o’zining aniq namunalar doirasidan chetga chiquvchi xulq-atvorini tartibga soladi.
Mavhum abstrakt modellashtirish ongli tafakkurga asoslanadi qachonki kuzatuvchi tashqi turli reaktsiyalardan umumiy qirralarni ajratib olib, tamoyillarni aniqlaganda qoidalarni shakllantiradi. Bunday tarzda xulq-atvor nutqning ma`lum bir usuli uslubi tuzilishi mumkin mehribon, xayrixox, muloqatchan yoki qaysar, agressiv, berahm inson bo’lish ijtimoiy o’rgatishni birmuncha darajada murakkab ko’rinishi kreativ ijodiy modellashtirish ta`sirning turli manbalarini innovatsion sintezi natijasi sifatida ijod elementlarini qamrab oladi. 1980-yillar o’rtalaridan boshlab A.Bandura ko’p e`tiborini aynan rivojlanishning ichki omillariga qaratadi o’z-o’zini baholash, nazorat qilish, muvaffaqiyat garchi modellashtirish uning ishlarini muhim mavzusi bo’lib qolishda davom etsada, u shaxs shakllanishi va o’zgarishini tushuntirish uchun shaxs mahsuldorligining kognitiv mexanizmini taklif qilgan.
Bolalar rivojlanishini taraqqiyotini o’rganishning diadik tamoyili
Ijtimoiy o’rgatish yo’nalishining boshqa vakili R.Sirsning asosiy diqqatini predmeti ota-ona va farzand munosabati bo’lgan R.Sirs ilk bolalik davridagi har bir bola xulq-atvorni ona va bola xulq-atvori birligini ifodalovchi o’ziga xos diadik birlik ichida keluvchi davr sifatida ko’rib chiqishni muhim deb hisoblagan. U bolaning rivojlanishiga ota-onaning ta`sirini amalga oshiruvchi vosita bo’lgan mexanizmni tushuntirish uchun o’rgatish nazariyasi doirasida psixoanalitik atamalarni engish regressiya, identifikatsiya qo’llagan. R.Sirs tomonidan bolaning rivojlanishida xulq-atvorning umumiy motivatsiyasi xarakteriga ko’ra farqlanuvchi uchta yoshga bog`liq faza ajratilgan. R.Sirs bo’yicha xulq-atvor shakllanishi motivatsiyasi hayoti davomida orttirilgan hosil bo’lgan ehtiyojlar-tobelik yoki qaramlikdan bevosita bog`liqlikda bo’ladi. Boshlang`ich fazada bola o’zining organik sezgisiga yuklangan va autik. Biologik ehtiyojlarni qondirilishi ochlik va chanqovni qondirmoq sovuqlik va og`riqdan xalos bo’lish onaning harakatlari bilan bolani bog`laydi, bu birinchi o’rgatish tajribasini tashkil etadi. Bunday tarzda onaga tobelik bog`liqlik tug`iladi. Bola ijtimoiylashuvni boshlanishi diadik o’zaro ta`sirni ortganligini unga kim g`amxo’rlik ko’rsatayotgan bo’lsa ular bilan birlamchi harakatini ko’rsatadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolaga birmuncha darajada etukroq xulq-atvorni shakllantirishga yordam berib, quvvatlashning asosiy vakili sifatida namoyon bo’luvchi ona-ota, oilaning boshqa a`zolari muhim ta`sir ko’rsatadi. Bola o’quvchi oila a`zolaridan kamroq darajada qaram bo’ladi. SHu o’rinda uni o’qituvchi tengqurlari do’stlaridan qaramligi ortadi. Tobe qaram xulq-atvorning xarakterli shakllari ilk bolalik davrida shakllanadi, ular ba`zan hayot davomida o’rganiladi mustahkamlanadi va saqlab qo’yiladi. Ular orasida diqqat bilan qidirish sening ish va yumushlaringda boshqa insonning ishtirokini ta`minlashga intilish va`da xususida iltimos rahbariyatga yupanch yordam so’rab murojaat qilish, jismoniy tegish ushlab turish va fazoviy yonida bo’lish yaqinlikka intilish. Juda kuchsiz qaramlik adekvat ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish uchun zarur bo’lgan motivatsion bazalarni ta`minlay olmasa, juda kuchli qarshilik esa individni shaxsiy motivatsiyasiga o’tishga, mustaqil, erkin bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Ota-onalarning bola bilan o’zaro ta`sirda bo’lish uslubi rag`batlantirish va jazolash nuqtai nazari bilan uyg`unlashgan, juda chuqur o’ylangan bo’lishi kerak.
SHuningdek Dj.Gevirts etuklik va go’daklik yoshidagilarning ijtimoiy motivatsiyasi va qaramligini yuzaga kelish shartlarini o’rgangan. Uning yondashuvini yangiligi shundaki, unda bolaning xulq-atvori ota-ona xulq-atvoriga quvvatlovchi ta`sir manbasi sifatida talqin qilingan. Ota-ona rag`batlantirish va jazolash tizimlarini qo’llagan holda o’z farzandining xulq-atvorini shakllantiradi lekin bola hatto go’dak chaqaloq ham jilmayish, kulish, yig`lash vokalizatsiyani namoyish etib, ota-onasida turli xil ko’rinishdagi xulq-atvorini shakllantirishi va nazorat qilishi mumkin. R.Sirsning ota-ona va farzand munosabatini asosi sifatidagi diadik tamoyili haqidagi g`oyalari keyinchalik qayta ishlab chiqilgan. Ijtimoiy xulq-atvor har qanday xulq-atvorning umumiy qonuniyatlariga bo’ysunadi, biroq muhitning stimulli qo’zg`atuvchi, rag`batlantiruvchi ta`siri boshqa odamlar xulq-atvori bilan asoslanadi. Dj.Gevirts aniq bir bola uchun u yoki bu stimullarning ta`sirchanligi xususidagi masalani alohida ta`kidlaydi. Bolaning individual rivojlanishida aynan bir xil stimullar ham turli qo’zg`atuvchi kuchga ega bo’lishi mumkin. Ijtimoiy-motivatsion rolni bajarish uchun stimulyatsiya qo’zg`atuvchi rag`bat ahamiyatli funktsional bo’lishi kerak. Muntazam ravishdagi tanbeh pand-nasihat bolaning xulq-atvoriga ta`sir ko’rsatmay qo’yadi.
1.Bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarni o’zgarishi. SHunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmida amerika psixologiyasida rivojlanish asta-sekin bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarga o’zgaradi. Bola nafaqat o’z atrofidagilarning ta`sirini his qiluvchi balki o’zi ham ularga ta`sir ko’rsatuvchi ya`ni o’zaro aloqa bo’yicha hamkor sub`ekt sifatida faol mavjudot sifatida ko’rib chiqila boshlandi. YAngi yondashuvning ayrim aspektlari nuqtai nazari A.Bandura va Dj.Gevirts g`oyalari ifodasida yangradi chunonchi masalan hayotning ilk bosqichlarini mustaqil ravishda kuzatish orqali o’rgatish haqiqiy amaliyligini xulq-atvor harakatlari tuzilishida ichki kognitiv o’zgaruvchilarni ajratishni ichki quvvatlovchi javoblar ahamiyatini e`tirof etgan XX asrning 70-yillari o’rtalariga kelib, psixika ontogenezini tadqiq qilish uchun ijtimoiy o’rgatish nazariyasi va manipulyativ eksperement metodidagi asosiy qiyinchilik yo’nalishning o’zini ichida aniq bo’ldi:
-ma`lumotlar aniqligi va to’g`riligiga urinishda qidiruv eksperementidan voz kechish yuz berdi eksperemental metod o’z-o’zidan ma`lum bo’lgan faraz bilan laboratoriya testlariga muvofiqlashtirishdi;
-ko’pincha laboratoriya eksperementi sun`iy xarakter kasb etgan real hayotiy muammolardan ajratib olingan va bolaning psixik rivojlanish jarayonlarini tushunish uchun yaroqsiz amaliyot talablariga javob bera olmaydi;
-tadqiqot natijalari yoshga bog`liq tafovutlar va kishilar xaraktekistikalarini qayd etishni o’zida namoyon etgan, lekin ularning yordami bilan rivojlanish sabablarini va shartlarini aniqlab bo’lmagan- ko’p takrorlanuvchi empirik ma`lumotlarda tushunchani umumlashtiruvchilari kam sonli va kuchsiz edi;
-kattalar va bolalar, hayvonlar va insonlar psixik faoliyatining umumiy mexanizmlari mavjudligiga uqtirish insonning ontogenetik rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlarning haqiqiy imkoniyatlarini tizimli ravishda pasayishiga olib keldi.
Ma`lum qilinishicha rivojlanish psixologiyasi “imkon qadar qisqa oraliq vaqt mobaynida qiziq bir inson bilan ajoyib o’zoro ta`sir vaziyatida bolaning g`alati xulq-atvori haqidagi fan” istexzoli bo’lish kerak emas deb uni U.Bronfenbrenner ta`riflagan. Ushbu qarama-qarshiliklarni anglash rivojlanishning amerika psixologiyasida yangi tendentsiya (g`oya) tabiiy tadqiqot g`oyasini tug`ilishiga bolaning psixik rivojlanishi tuzilishidagi aktsentlar aralashuviga olib keladi. XXasrning 80-yillari boshida ilmiy tadqiqotning majburiy xarakteristikalaridan biri ekologik validlik talabi bo’lgan. Ekologik validlik kundalik hayotdagi vaziyatlar xususiyati sinaluvchilarni tadqiqot vaziyatda qurshab turuvchi shart-sharoitlar muvofiqligi sifatida muhokama qilinadi. Tadqiqotchining dolzarb shiori bolaning bilish jarayonlari va har qanday faolligini bu uning tabiiy maqsadga yo’naltirilgan faoliyatida qanday o’rin egallasa shunday ko’rinishda o’rganish kerak ekspermental tadqiqot o’tkazishga yangi talablar ilgari surilgan edi:- sinaluvchiga ko’rsatmani maishiy (kundalik) tilda taqdim qilish ekspermentator faolligini cheklash, sinaluvchini diqqat bilan kuzatishi va uning hal etish strategiyasini qayd qilib borish o’zgarishlarni aniqlash o’rgatuvchi ekspermental tadqiqotlar qo’llanilishidan voz kechish real hayotda aynan shu metod va mexanizmlar qo’llanilishiga kim kafolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |