Mavzu: UGLERODNI TABIATDA AYLANISHIDA MIROORGANIZMLARNING ROLI
Reja:
1 Bijg’ish jarayonlari haqida umumiy tushunch
2 Spirtli bijg’ish
3 Sut kislotali bijg’ish
4 Moy kislotali bijg’ish
5 Sellyuzani va Pektin moddalarni parchalanishi
Biologik muhim elementlarni tabiatda aylanishida mikroorganizmlar asosiy vazifani bajaradi, shu jumladan uglerod va kislorod aylanishida hamdir.
Uglerodni tabiatda aylanishi ikki xil jarayon natijasida kislorodni yutilishi va ajralishi bilan boradi;
1) CO2 ni yutilishi bilan boradigan fotosintez jarayoni;
2) Organiq moddalarni minerallashuvi va CO2 ni ajralishi.
Birinchi jarayon asosan oliy o’simliklarda, suv o’tlari va oltingugurt bakteriyalarida o’tadi. Bu jarayonda uglerodni (CO2) organiq moddalargacha qaytarilishi va erkin kislrodni ajralishi bilan boradi.
Ikkinchi jarayonda mikroorganizmlar faoliyati natijasida kislorodni yutilishi va qaytarilishi hamda fotosintez uchun CO2 va H2O ni hosil bo’lishi bilan boradi.
Havoda 0, 03% CO2 bo’lib bu miqdor atmosferada o’zgarmaydi. Shuning uchun fotosintez va minerallashuv o’rtasidagi muvozanat bo’zilmaydi. Agar havodagi CO2ni o’rni tabiatdagi jarayonlar yordamida tuldirilib turilmasa fotosintez natijasida 20 yilda tugaydi.
Yer yuzida hosil bo’ladigan organiq moddalarni asosi o’simliklar mahsulotidir. O’simlik qoldiqlarini ximiyaviy tarkibi murakkab bo’lgan organiq moddalar bo’lib- oqsil, amina kislotalar, uglerod saqlovchi birikmalar ( klechatka, lignin, gemisellyulozalar) yog’lar, mumlar va boshqa moddalardan iboratdir.
O’simliklar nobud bo’lgandan keyin tuproqda ular hosil qilgan organiq moddalar parchalanadi. Bu jarayonda asosan mikroorganizmlar, hayvonlar va o’simliklar dunyosi vaqillari (mikroorganizmlar va umurtkali hayvonlar) qatnashadi.
Parchalanish jarayoni ikkita asosiy tipga bo’linadi: Fitogen va zoogen parchalanishi.
Fitogen parchalanish, organiq moddalarni zamburug’lar (oliy va tuban) bakteriyalar, oktinomisetlar va boshqa mikroorganizmlar tomonidan parchalanishidir.
Zoogen parchalanishda organiq moddalar umurtkasiz hayvonlar (sodda hayvonlar, chuvalchanglar, mollyuskalar) har xil xasharotlar va sut emizuvchilar tomonidan parchalanishidir.
Asosiy parchalanish fitogen tip bo’lib, lekin ikkala tip ham ahamiyatli hisoblanadi.
Organiq moddalardan mano va disaxaridlar yengil parchalanadi. Polisaxaridlar (kraxmal, gemisellyuloza, pektinlar va boshqalar) sekin parchalanadi
Organiq moddalar sharoitga qarab aerob va anaerob mikroorganizmlar yordamida parchalanadi. Anaerob mikroorganizmlar tomonidan organiq moddalar parchalanishining oxirgi mahsuloti organiq kislotalar va spirtlar, aeroblarda esa CO2 va H2O hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |