Bijg’ish jarayonlari
Bijg’ish - azotsiz organiq birikmalarni (uglerod) oksidlanishi.
Getrotrof mikroorganizmlar aerob sharoitida energiyani organiq moddalarni oksidlab oladi, anaerob sharoitida esa bijg’ish natijasida oladi.
Ko’pchilik getrotrof mikroorganizmlar organiq birikmalarini havo kislorodi bilan oksidlab energiya hosil qiladi, bular aerob nafas olish jarayoniga xosdir.
Mikroorganizmalarni ayrim guruhlari kislrodsiz yashay oladi, bular anaeroblardir. Asosiy energiyani bijg’ish jarayonidan oladi.
Spirtli bijg’ish asosan achitqi zamburug’lari (Sacsharomycis) hamda ba’zi Musor avlodiga kiruvchi zamburug’lar va bir kator bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi. Shakarlarni achitqilar tomonidan (drojja) parchalanishi, murakkab biokimiyoviy reaksiyalardan iboratdir.
Spirtli bijg’ish reaksiyasi quyidagicha bo’ladi:
C6H12O6 2CO2 + 2CH3 CH2 OH + 2Okkal
Spirtli bijg’ish reaksiyasidan ko’rinib turibdiki, anaerob sharoitida shakarni parchalanishi natijasida, aerob sharoitida parchalanishiga karaganda juda kam energiya hosil bo’ladi. Anaerob mikroorganizmlar shuning uchun ham hayotiy faoliyatida ko’p organiq modda sarflaydi.
Achitki zamburug’larni faoliyati natijasida etil spirtidan tashqari , boshqa mahsulotlar ham, ya’ni gliserin, etil spirti, sirka va kaxrabo kislotalari hosil bo’ladi. Odatda spirtli bijg’ish kislotali muhitda (PH=4-5) o’tadi. Agar muhit ishkorli (PH=8, 0 ga yaqin) bo’lsa, gliserinni hosil bo’lishi yuqori bo’ladi.
Bunday sharoitda spirtli bijg’ish quyidagicha o’tadi:
Dostları ilə paylaş: |