1) Streptococcus avlodi. Bu avlodni vaqillari gomofermentativ sut kislotali bijigish bakteriyalaridir. Bular o’simliklar yuzasida va sutda uchraydi. Asosiy vaqillaridan biri Str. Lactis turi bo’lib, kalta zanjir shaklda yoki juft kokkalar shaklida avalsimon hujayralardan iborat. Bu bakteriyalar monosaxaridlardan tashqari laktoza va maltoza (disaxaridlar)ni achitadi. Optimal rivojlanish harorati 30-35°C ga teng.
Bu avlodni yana bir vaqili-Str. Cremoris (qaymoq streptokokki) bo’lib, hujayralari zanjirsimon joylashgan. bular asosan sutni achitib olinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda (sariyog’, pishlok-sыr) foydalaniladi. Streptokokklar avlodiga bir guruh geterofermentativ sut kislotali bijg’ituvchi bakteriyalar kiradi. Sutda va sut mahsulotlarida uchuvchan kislotalar (sirka va propion)va aramatik moddalar hosil qiladi. Streptokokklar sut mahsulotini ta’mini yaxshilab, yokimli xid beradi. 2) Lactobacterium avlodi. Bular asosan gomofermentativ sut kislotali bijg’ituvchi uzun ingichka va kalta tayoqcha shakldagi bakteriyalar bo’lib, bular o’simliklarda, sut mahsulotlarida va odam va hayvonlarni ichak yo’llarida uchraydi. Bu bakteriyalar harakatsiz, spora hosil qilmaydi, gram musbatdir. Shakarlarni sut kislotasigacha bijg’itadi. Bular uchun optimal PH 6,5ga to’g’ri keladi.
Bu avlodga 2ta kichik avlodlar kiradi:
Thermobacterium va Streptobacterium. Termabakteriyalar guruhiga bolgar (Lactobacterium bulgaricum), asidafilum (Lac. Acidophilum), pishloq (Lac. Helueticum) tayoqchalari va boshqalar, kiradi. Bu bakteriyalarni rivojlanishi uchun optimal harorat 40-45°C atrofida. Bolgar tayoqchasi asosan janubida tayyorlangan sut mahsulotlaridan va pishloqdan, asidofil tayoqchalari ichakdan olinadi. Sut kislotali tayoqchalar, kokkolarga nisbatan 1, 5-2 marotaba ko’p sut kislota hosil qiladi. Striptobakteriyalar rivojlanish jarayonida sutda kalta zanjirlar hosil qiladi. bular 15-38°C haroratda rivojlanadi. Optimal harorat bular uchun 30°C ga teng. Bularni 2ta turi ko’p uchraydi. Bular Lactabacterium casei (pishloq tayyorlashda katta ahamiyatga ega) va Lactabacterium Rlantarum (sabzavotlarni tuzlaganda va silos bostirishda ahamiyati katta).
Geterofermentativ tayoqchasimon bakteriyalarni 2ta avlodi ma’lum. Leuconostoc va Betabacterium.
Dostları ilə paylaş: |