3) Leuconostoc-streptokokkosimon organizmlar bo’lib, bular asosan o’simliklarda va sutda uchraydi. Mano va disaxaridlarni achitadi. Silos tayyorlashda, karamni bostirganda uglevodlarni bijg’itadi. Ikkita turi ko’p uchraydi: bular L. Mesenteroides va L.Dextranicum.
4) Betabacterium-Bu avlodga kiruvchi turlari sut shakarini yomon bijg’itadi, bu tayoqchalar uchun maksimum harorat 40°Cga teng. Bularni harakterli turlaridan Betabacterium breve bo’lib, geksoza va disaxaridlardan tashqari arabinoza va ksilozani ham bijg’itadi.
Sut kislotali bijg’ituvchi bakteriyalar asosan sutda bo’lib, sutni o’z-o’zidan bijg’itishga olib keladi.
Rivojlanish jarayonida ular ko’p miqdorda sut kislotasini hosil qiladi, kislota esa chirituvchi bakteriyalarni rivojlanishini to’xtatib qo’yadi. Shunday qilib sut tarkibida kimmatli oqsillarni chirishidan saqlaydi. Bu esa sыr (pishlok) tayyorlashda ham katta ahamiyatga ega. Ayniqsa sut kislotali bijg’ish karam va bodringlarni tuzlashda ishlatiladi. Sabzavotlarga 2-3% tuz solinadi, tuz ta’sirida ulardan shira ajralib chiqadi, shirada geterofermentativ bakteryalar yaxshi rivojlanib chirituvchi bakteriyalarni faoliyatini to’xtadi, qisman sirka, kislota, spirt va SO2xosil qiladi. Xosil bo’lgan har xil kislota va efirlar yoqimli xid va ta’m hosil qiladi.
Silos tayyorlash. Silos tayyorlash uchun to’liq pishmagan makkajuxori poyasi, kungaboqar yoki boshqa o’simlik massasi maydalanadi va oldindan tayyorlangan xandakga solnib, zichlanadi. yuqori qismida oqsillarni gidrolizlovchi aerob mikroorganizmlar rivojlanadi. Bular kislorodni intensiv ravishda kuchli o’zlashtiradi (silos tarkibida). Bu esa sut kislotali bijg’ituvchi bakteriyalarni rivojlanishiga sharoit yaratadi. (Streptococcus, Streptobacterium, Lactobacterium, va Leuconostoc). Bularning soni 1g massada 100000 tagacha yetadi. Sut kislotasidan tashqari bular, oziroq diasetil va boshqa uchuvchan birikmalar hosil qiladi, bu esa silosga yoqimli hid va ma’zali ta’m beradi. Keyingi bosqichda sut kislotali bijg’ishni kislotaga chidamli gomofermentativ tayoqchasimon Lactobacterium plantarum bajaradi.
Buning natijasida silosni rN 4 dan 2 gacha pasayadi, bijg’ish sekinlashadi mikrobiologik faoliyat to’xtaydi va silosni tayyorlash jarayoni boshlanadi. Agar o’simlikda shakarni miqdori yetarli bo’lib bijg’ish jarayonida rN ni miqdori 4dan 2 gacha pasayishi zarur. Shakarni miqdori past yani, juda kam bo’lsa silos hosil bo’lmaydi. Chunki bu muhitda sut kislotali bijg’ishni chaqiruvchi bakteriyalar rivojlanmaydi.
Silosni saqlashda havo kirishini oldini olish kerak, aks holda aerob sharoitda mog’or zamburug’lari va aerob bakteriyalar sut kislotasini oksidlab, silosni buzadi.
Moy kislotali bijg’ish. Bu jarayonda uglevodlar moy kislotasiga aylanadi. Bijg’ish jarayonini Clostridium avlodiga kiruvchi, anaerob spora hosil qiluvchi, tayoqchasimon bakteriyalar chaqiradi. Tipik vaqili Cl. Butyricum
С6Н12О6→СН3-СН2-СН2-СООН+2СО2+2Н2+20 kkal
moy kislota
Moy kislotani bijg’ituvchilarni 1861 yilda Lui Paster ochgan.
Bu bakteriyalar kislorodsiz sharoitda uglevodlarni bijg’itish yo’li bilan energiya hosil qiladi. Bular uchun uglerod manbai mono va disaxaridlardir, ba’zi polisaxaridlar (kraxmal, pektin) organiq kislotalar (sut va pirouzum kislotalar, spirtlar gliserin va mannit) hisoblanadi. Azot manbai sifatida esa ular azotni NH4 va NO3 shakllari, aminokislotalar, oqsillarni ba’zi turlaridan va maleqo’lyar azotdan foydalanadi.
Clostridium avlodini ba’zi turlari anaerob sharoitda klechatkani moy va sirka kislotasi, SO2, N2 gacha parchalaydi. Bu avlodni potogen turlaridan eng xavflisi Cl.batulinum botulizmni, ya’ni ovqatdan zaxarlanishni chaqiradi. Boshqa vakllari Cl. rasteurianum va boshqalar. Bular tuproqda keng tarqalagan bo’lib, organiq moddalarni parchalaydi. Moy kislotani olishda ham foydalaniladi.
Sellyuzani parchalanishi.Sellyuloza tarkibiga biosferadagi organiq uglerodni 50% i kiradi. Sellyuloza o’simliklar dunyosida keng tarqalgan polisaxarid bo’lib, oliy o’simliklarni tarkibini 50% ni hosil qiladi.
Shuning uchun tabiatda sellyulozani mikroorganizmlar tamonidan parchalanishini mineralizasiyalashda va uglerodni aylanishida ahamiyati kattadir. Tuproqda sellyulozani har xil mikroorganizmlar bir xil bo’lmagan sharoitda (kislotali va ishkorli muhitda) parchalaydi.
Sellyuloza asosan aerob mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburug’lar) va anaerob mezofil va termofil bakteriyalar tomonidan parchalanadi.
Dostları ilə paylaş: |