16
“Kontakt” agentligi tomonidan olib borilgan ekspert tadqiqotlariga
ko‘ra, 2009 yilda faqat Moskvadagi rekruting xizmatlari bozori 49 foizga
qisqardi. Shu bilan birga, bozorni tark etgan agentliklarning ulushi 6% ni
tashkil etdi.
O‘z navbatida, rekrutment mehnat unumdorligi 5 foizga oshdi,
provayderlar xodimlarining soni esa 35 foizga kamaydi. Ko‘rsatilayotgan
xizmatlar sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, ularning narxining
pasayishini ham ko‘rish mumkin (o‘rtacha 20%). Mintaqaviy rekruting
agentliklari buyurtmalar hajmining jiddiy pasayishiga (3-4 marta) duchor
bo‘ldi.
Ushbu davrda rekruting xizmatlari bozori tarkibi o‘zgardi (masalan,
ommaviy rekruting ulushi kamaydi). Shuningdek, keng miqyosli
agentliklarning ko‘payishi va elektron rekruting bo‘yicha raqobatning
kuchayishi
kuzatilmoqda
(
www.headhunter.ru,
www.superjob.ru,
www.job.ru).
Xizmati sohasi rivojlanishi bilan korxonalarga yuqori malakali
xodimlarni izlash, tanlash, saralash, yollash ham rivojlanib bordi. Turli
tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, malakali kadrlarning etishmasligi
muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatining asosiy to‘siqlaridan biriga
aylanmoqda. Hozirgi iqtisodiy sharoitda tashkilotlar uchun xodimlarni
izlash va tanlash sohasidagi faoliyatning barqarorligi va doimiyligi alohida
ahamiyatga ega. Ana shu jihatdan, rekrutment sohasi rivojlanib bordi va uni
o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Kompaniyalarni yuqori malakali
kadrlar bilan doimiy ta’minlashda, xodimlarni saralash, tanlash, yollash,
ularning autpleysmenti masalarida “Rekrutment” fani muhim ahamiyat kasb
etdi.
Dostları ilə paylaş: