Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə31/32
tarix07.01.2024
ölçüsü1,63 Mb.
#206516
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti

1-ta’rif. Tenglamaning ikkala qismi haqiqiy sonlar to‘plamida ma’noga ega bo‘ladigan o‘zgaruvchilarning ixtiyoriy qiymatlar a = a0, b = b0, c = c0, ..., k = k0, sistemasi a, b, c, ..., k, x o‘zgaruvchilarning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlar sistemasi deb ataladi.
2-ta’rif. Tenglamani yechishda a, b, c, ..., k o‘zgaruvchilar o‘zgarmas deb hisoblanadi va parametrlar, x – haqiqiy o‘zgaruvchi miqdor, tenglama esa parametrli bir noma’lumli tenglama deb ataladi.

Parametrning izlanayotgan qiymatlarida yechimlar to‘plami tenglamalar, tengsizliklar, ularning sistemalari va jamlanmalari aniqlanish sohasida berilgan shartlarni qanoatlantiradi. Masalan, 1) tenglama berilgan oraliqdagi o‘zgaruvchining ixtiyoriy qiymati uchun bajariladigan parametrning qiymatlarini topish; 2) birinchi tenglama yechimlari to‘plami ikkinchi tenglama yyechimlar to‘plamining qism-to‘plami bo‘ladigan parametrning qiymatlarini topish va h.k.




Parametrli kvadrat tenglamani yechish algoritmi:


      • Tenglamani shunday soddalashtirish kerakki u : ax2 + bx + c = 0; ko‘rinishga ega bo‘lsin.

      • Tenglamaning x2 oldidagi koeffitsientini nolga tengligini tekshirish (agar u parametrni o‘z ichiga olsa) (a = 0, a ≠ 0);

      • Parametrning har bir tayinlangan qiymatida tenglama ko‘rinishini va ildizlarini tekshirish:

  • agar a = 0 bo‘lsa, u holda tenglama chiziqli va uning ildizlarini chiziqli tenglamani Yechish algoritmi bilan topish;

  • agar a ≠ 0 bo‘lsa, u holda tenglama- kvadrat tenglama. D >0, D < 0,

D = 0 shartlarda parametrning har bir tayinlangan qiymatida ildizlar mavjudligini tekshirish va ularni topish.

      • Parametrning tayinlangan qiymatlarini hisobga olib javobni yozing.

Parametr qatnashgan masalalarning o‘ziga xosligi shundaki, bunday


masalalarda berilgan noma’lumlar bilan birga son qiymati aniq ko‘rsatilmagan
parametrlar qatnashib, ularni biror to‘plamda berilgan ma’lum miqdorlar deb
qarashga to‘g‘ri keladi. Bunda parametrning qiymati masalani yechish jarayoniga va
yechimning ko‘rinishiga texnik jihatdan katta ta’sir ko‘rsatadi.
Parametrning aniq qiymatlarida masalaning bir–biridan farq qilishi mumkin.


Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin