3. Auditorlik dalillarni olish manbalari.
Auditorlik dalillar hujjatlarni tekshirish jarayonida; xo’jalik yurituvchi subekt xodimlari va uchinchi shaxslardan yozma va og’zaki so’rov o’tkazish yo’li bilan; hisob jarayonlarining bajarilishi va xo’jalik faoliyati ustidan auditorning bevosita kuzatishi chog’ida olinishi mumkin.
Auditorlik dalillar bevosita olinadigan manbalarga quyidagilar kiradi: mijoz korxona va uchinchi shaxslarning dastlabki hujjatlari; mijoz korxona buxgalteriya hisobi registrlari va uning moliya xo’jalik faoliyatining tahlil natijalari; mijoz korxona xodimlari va uchinchi shaxslarning og’zaki bildirishlari; mijoz korxonaning bir hujjatlarini boshqalari bilan solishtirish, hamda uning hujjatlarini uchinchi shaxslarning hujjatlari bilan taqqoslash; mijoz korxona aktivlari va passivlarini inventarizatsiya qilish natijalari hamda uning moliyaviy hisobotlari. Olingan dalillarning sifati ularning manbalariga bog’liq. Auditorning bevosita kuzatishi va moliya xo’jalik muomalalarini o’rganishi natijasida olingan dalillar eng ishonchli hisoblanadi. shuningdek, mustaqil manbalardan olingan, hujjatlarga asoslangan ma’lumotlar ham ishonchli hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborotlarga ishlov berish tizimidan to’planganiga qaramasdan, to’plangan ma’lumotlarga asosan auditor tomonidan olingan va ishlov berilgan ma’lumotlarning dalil kuchi kamroq hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborot tizimida tuzilgan, ishlov berilgan va saqlanayotgan hujjatlardagi axborotlarning dalil kuchi past hisoblanadi. Bunda ichki nazorat tizimining baholanishini inobatga olish zarur. Agar ushbu tizim samarali bo’lsa, undan olingan axborotdan dalil sifatida foydalanish mumkin. Har xil manbalardan olingan va turli shakldagi auditorlik dalillar auditorlik riskini pasaytiradi. Ko’p hollarda bitta holat bo’yicha har xil manbalardan to’plangan dalillar bir-birlariga zid bo’lib chiqadi. Bu holda auditor vujudga kelgan ziddiyatni hal etish va to’plangan dalillarning ishonchliligi hamda xulosalarning asosliligiga ishonch hosil qilishi uchun qo’shimcha axborotlar to’plashi zarur. Agar auditor qandaydir muammo bo’yicha yetarli dalillar to’plash imkoniga ega bo’lmasa, buni o’zining hisobotida aks ettirishi lozim. Agar mijoz korxona auditorga tulakonli tekshiruv uchun zarur hajmdagi hujjatlarni takdim kilmasa yoki agar auditor zarur auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, uning oldida katta muammolar vujudga kelishi mumkin. №50 «Auditorlik dalillar» nomli AFMSda ta’kidlanishicha: «Agar auditorlik tashkilotiga xo’jalik yurituvchi subekt tomonidan mavjud hujjatlar to’la hajmda taqdim etilmasa va u qaysidir schet va (yoki) muomala bo’yicha yetarli auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, auditorlik tashkiloti bu vaziyatni o’zining hisobotida aks ettirishi lozim va salbiy auditorlik xulosasi tuzish to’g’risidagi masalani o’rtaga qo’yishi mumkin. Demak, yetishmayotgan auditorlik dalillari jiddiy hisoblangan buxgalteriya hisoboti moddalariga taalluqli bo’lsa, auditor auditorlik xulosasi tuzishdan rasmiy ravishda bosh tortishi va bu holni tegishli tarzda rasmiylashtirishi lozim. SHunday qilib, hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi to’g’risida o’z fikrlarini shakllantirishda, auditor auditorlik dalillar olinadigan turli manbalardan foydalanib, auditorlik riskini pasaytirishni ko’zlaydi.
4. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash.
Auditorlar auditorlik amallarini bajarish chog’ida dalillovchi ma’lumotlarni to’playdilar. Auditorlik amali bu muayyan audit uchastkasida dalillarni olish uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ma’lum tartibi va ketma-ketligi. Dalillarni to’plash uchun qanday auditorlik amallari zarurligi va ularni qachon bajarishni auditor auditorlik tekshirishlar dasturini tuzish chog’ida mustaqil hal qiladi. O’zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati milliy standartlariga muvofiq auditor quyidagilarga asosan yetarli dalillarni to’plashi lozim: ichki nazorat vositalarini tekshirish; schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini tekshirish; tahliliy amallar.
Ichki nazorat vositalarini muvofiqlik uchun tekshirish auditorlarga ichki nazorat tizimida ko’zda tutilgan tadbirlar va amallarning samaradorligi (samarasizligi) to’g’risida dalillar to’plashiga imkon beradi.
Schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarning buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish muayyan muomalalarning mazmunini va xatolarini aniqlash uchun o’rganishni nazarda tutadi. Batafsil tekshirish odatda auditor tomonidan tekshiruv maqsadini, tanlashning rejalashtirilgan ko’lamini va uning ob’ektlarini saralab olishni hisobga olgan holda tanlov to’plamini shakllantirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Тahliliy amallar mijoz korxonaning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini, kutilmagan va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik muomalalarini aniqlash, shuningdek bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlashni ko’zda tutadi. Тo’plangan auditorlik dalillari buxgalteriya hisobining yo’lga qo’yilishini va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash to’g’risidagi yozuvlar, bayonnomalar, jadvallar va blankalar shaklida auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirilishi lozim. Ishchi hujjatlarda auditorlik amallarining rejalashtirilishi va bajarilish natijalarini ham aks ettirish zarur. Auditorlik dalillarini to’plash ketma-ketligini quyidagicha:
1. Auditorlik dalillarini to’plashning maqsadini shakllantirish shartnomaning umumiy audit rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli maqsadiga bog’liq. SHartnomadan kelib chiqqan holda boshqa maqsadlar ham, jumladan hisobni tashkil etishning samaradorligini baholash, to’lov layoqatini, rentabellikni va boshqalarni bashoratlash ham aniqlanishi mumkin.
2. Тanlangan auditorlik amallari №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS ga muvofiq auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko’rsatilishi lozim. Bunda auditorlik amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan tekshirishlar) va qaysi uchastkalarda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlash zarur.
Yetarli darajadagi va ishonarli dalillarga ega bo’lish uchun mohiyatan o’tkaziladigan auditorlik amallari va analitik amallardan foydalaniladi. Auditor hisob va hisobotning ma’lum bo’limlarini tekshirishda qo’llaniladigan auditorlik amallarini batafsil bayonini dasturda aks ettirishi zarur. Bunda ayrim muomalalarni tekshirishda qo’llaniladigan amallar mazmuni aks ettirilgan, oldindan ishlab chiqilgan taxminiy ro’yxatlardan foydalanish mumkin.
3. Auditorlik dalillarini olish usullari (qayta hisoblash, inventarizatsiya, xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash, og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, kuzatib chiqish, analitik amallar) standartda keltirilgan. Auditor quyidagilarni aniqlaydi: muayyan vaziyatda qanday usullarni qo’llashi; u yoki bu usulni qaysi ob’ektlarga nisbatan (aktivlar, passivlar, majburiyatlar, sub’ektlar va hokazo) qo’llash zarurligi auditorlik amallarini qanday ketma-ketlikda bajarishni. Auditor tomonidan olingan dalillarning yetarliligi va ishonarliligi turli amallar, usullar va zarur dalillarni olish manbalarini muvofiqlashtirish natijasida ta’minlanadi.
4. Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to’plash. Buning uchun audit dasturidagi har bir bo’lim bo’yicha normativ-savolnoma va hisob-hisobot ma’lumotlarining zarur ro’yxati tuziladi. Normativ-savolnoma ma’lumotlar ro’yxati asos sifatida shakllantiriladi. Auditor bu ro’yxatni tekshiruv ob’ektiga nisbatan aniqlashtiradi. Тekshiruvda ishtirok etadigan xodimlar ushbu ro’yxatdagi hujjatlarning mazmuni bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Тekshiruvni boshlashdan oldin hisob-hisobot ma’lumotlari – mijoz-korxonadan talab qilib olinadigan hujjatlar va registrlarning ro’yxatini ham tuzish zarur.
5. Auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish. Bu bosqichda auditor auditni rejalashtirish chog’ida belgilangan tanlov hajmidan kelib chiqadi. Aniqlangan tafovutlar ularni aniqlash amallari yoki kodlari va audit jarayonida aniqlangan dalillarning batafsil bayoni ko’rsatilgan holda ishchi hujjatlarda ro’yxatga olinadi. Bayon qilish vaziyatdan kelib chiqqan holda, ixtiyoriy holda bo’lishi mumkin yoki maxsus ishlab chiqilgan ishchi hujjatlar shakllarini to’ldirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
6. Тo’plangan dalillarni baholash deganda ularning audit maqsadiga erishish va ishonchliligini aniqlashdagi rolini belgilash tushuniladi.
Dalillarni baholashda quyidagilarni aniqlash zarur: manbaning mustaqilligi, olingan faktlar va boshqa ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish mumkinligi (ya’ni buning qonunga zid emasligi); mazkur dalilning tekshiriladigan ob’ektga taalluqliligi; tanlash hajmi va metodologiyasi. shuningdek, mazkur dalilning ob’ekt bo’yicha to’plangan boshqa dalillar bilan aloqadorligi; ushbu aloqadorlikning ko’lami va tavsifi; olingan dalillarning keyingi audit jarayonida ko’llanilish imkoniyatlari; aniqlangan tafovutlarning jiddiylik darajasi; olingan dalillar to’plamining qaror qabul qilish uchun yetarliligini ham aniqlash zarur.
Хulosa qilib aytganda, auditor moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasi bo’yicha jiddiy xatolar yo’qligi haqida ishonch hosil qilishi lozim.
5. Auditorlik dalillarni olish usullari.
Auditor auditorlik dalillarini to’plashda har xil usullardan foydalanadi. №50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda keltirilgan asosiy usullarning mazmunini ko’rib chiqamiz. Bular: mijoz-korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish (qayta hisoblash); inventarizatsiya; ayrim xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; tasdiqlash; xo’jalik yurituvchi sub’ekt va mustaqil (uchinchi) tomonlar xodimlarini og’zaki so’rovdan o’tkazish; hujjatlarni tekshirish; ko’rib chiqish; tahliliy amallar; muqobil balans tuzish kabi usullardir.
Mijoz korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish (qayta hisoblash) uning mazmuni hujjatlar va buxgalteriya yozuvlarining arifmetik aniqligini tekshirish hamda mustaqil hisob-kitoblarni bajarishdan iborat.
№50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda qayta hisoblashlar tanlab amalga oshirilishi tavsiya qilingan. Тanlash ko’lami va uning elementlari auditor tomonidan ichki nazorat tizimining ahvolini hisobga olgan holda mustaqil aniqlanadi.
Hujjatni rasmiylashtirishdan hisobot tuzilgunga qadar ma’lumotlarni shakllantirish ustidan o’rnatilgan samarali ichki nazorat tizimi (moddiy javobgar shaxslarni o’zaro qaramaqarshi tekshirish, rahbariyat, bosh buxgalter va buxgalterlar tomonidan nazorat) sodir bo’lishi mumkin bo’lgan arifmetik xatolarni, natijada auditorlik riskni pasaytiradi.
Qo’lda to’lg’azilgan hujjatlar va hisob registrlari (ma’-lumotnomalar va hisob-kitoblar, kassa hisobotlari, bo’nak hisobotlari, hisoblashuv-to’lov vedomostlari va boshqalar) qayta hisoblashdan o’tkaziladi.
Agar mijoz-korxonada hisob ishlari kompyuterlashtirilgan bo’lsa, dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi arifmetik hisoblashlarni tekshirish zarurati oshadi. Bu kompyuter dasturlarini ataylab noto’g’ri tuzish va arifmetik xatolarni kompyuter klaviaturasidan noto’g’ri kiritish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish kompyuter dasturiga kiritilgan hisob-kitoblar algoritmini nazorat qilishni taqozo etadi. Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan bo’lsa, hisob-kitoblarni tekshirish ham kompyuterdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya–mijoz korxona mol-mulklarining mavjudligi to’g’risida aniq ma’lumot olishga imkon beradi. Bunda barcha mol-mulklar (debitor qarzlar ham) va kreditor qarzlar inventarizatsiya qilinishi zarur.
Хalqaro va Milliy audit standartlariga muvofiq auditorlar o’zlari inventarizatsiya o’tkazishi shart emas, ammo uning o’tkazilishi ustidan nazorat qilishi lozim. Bu butun ichki nazorat tizimining va ayrim nazorat vositalarining ishonchliligini baholashga imkon beradi. Masalan, mijoz-korxonaning joriy yildagi hisob siyosatida mol-mulklar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tartibi ko’rsatilmagan bo’lsa, shuningdek, moddiy javobgar shaxslar almashganida ham yillik moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin ham inventarizatsiya o’tkazilmagan bo’lsa, bu hol auditorga ichki nazorat tizimining ishonchliligini past deb baholashga asos bo’ladi. Inventarizatsiya jarayonida auditor xo’jalik muomalalarini dastlabki hujjatlarda o’z vaqtida va sifatli rasmiylashtirilishi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy boyliklarning harakati to’g’risidagi hisobotlarni tuzish tartibi va operativ hisob yuritish to’g’risida, korxonaning o’ziga tegishli va komissiyaga qabul qilingan tovarlari hamda materallarining saqlanish tartibi to’g’risida ma’-lumot olishi mumkin. Invetarizatsiya o’tkazish jarayonida hisobda aks ettirilmagan faktlar aniqlanishi ham mumkin. Bu holat moddiy boyliklarni saqlash bo’yicha xizmat ko’rsatish, binolarni shartnoma tuzmasdan ijaraga berish va shunga o’xshashlar bilan bog’liq.
Auditor inventarizatsiya o’tkazilishini kuzatishda №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish tartibi» nomli AFMS va 1054-qaror hamda boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishini tekshiradi.
Inventarizatsiya o’tkazish tartibiga ma’lum talablar qo’yiladi. Masalan, №19 BHMSga muvofiq inventarizatsiya o’tkazish chog’ida komissiya a’zolaridan birortasining ishtirok etmasligi uning natijalarini haqiqiy emas deb hisoblashga asos bo’ladi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan moddiy boyliklar kamomadi va buzilishining tabiiy kamayish me’yoridan oshgan qismini hisobdan o’chirish uchun taqdim qilingan hujjatlarga, aybdor shaxslarning yo’qligini tasdiqlaydigan tergov yoki sud organlarining qarori, yoki yetkazilgan zararni aybdor shaxsdan undirishning rad etilishi, yoki moddiy boyliklarning buzilish faktini tasdiqlovchi texnik nazorat bo’limi yoki tegishli maxsus tashkilotlardan olingan xulosalar ilova qilingan bo’lishi shart.
Hisobot yilida o’tkazilgan inventarizatsiya natijalarining ma’lumotlari korxona tomonidan maxsus dalolatnomalar, qaydnomalar va boshqa tegishli hujjatlarda umumlashtirilishi lozim.
Inventarizatsiyaning o’tkazilishini kuzatish, shuningdek inventarizatsiya materiallarini tahlil qilish auditorga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini tashkil etilishini to’g’ri baholash imkonini beradi.
Alohida xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish bevosita ushbu ishlarning bajarilish paytida amalga oshiriladigan hisob ishlari ustidan nazorat o’rnatishni nazarda tutadi.
Auditor u yoki bu xo’jalik muomalasining hujjatlar bilan qanday rasmiylashtirilayotganligi, hamda bunday faktlarni hisob registrlarida aks ettirishning ketma-ketligi ustidan nazorat o’rnatishni kuzatadi. Bu ichki nazoratning ahvoli kabi, buxgalteriya hisobini yuritish tartibiga rioya qilinishini ham baholashga imkon beradi.
Тasdiqlash auditorlik dalili sifatida hisob-kitob va valyuta schetlaridagi, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobga olinadigan schetlardagi qoldiqlarning haqqoniyligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olish uchun qo’llaniladi.
№50 AFMSga muvofiq: «auditorlik tashkiloti pul mablag’lari, hisob-kitoblar, debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobga olinadigan schetlarning qoldiqlari to’g’risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlovchi auditorlik dalillarini mustaqil (uchinchi) tomonlardan yozma ravishda olishi lozim». Hisob-kitob va valyuta schetlaridagi qoldiqlar bank ko’chirmalari bilan, debitorlik va kreditorlik qarzlarining haqqoniyligi esa taqqoslash dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi. Hisob-kitoblarning ahvoli, oldisotdi ishlarining shartlarini va shunga o’xshashlarni tasdiqlovchi zarur ma’lumotlarni olish uchun turli tashkilotlarga so’rovlar jo’natiladi.
Ma’lumotlarni tasdiqlash uchun jo’natiladigan so’rovlar mijoz korxona rahbariyati nomidan tayyorlanib, unda tasdiqlovchi javobni auditorlik tashkilotiga jo’natish so’raladi. SHunday qilib, mijoz-korxona tomonidan ma’lumotni tasdiqlash uchun uchinchi tomonga jo’natilgan so’rovning yozma tasdigini auditorlik tashkiloti oladi.
Zarur hollarda auditorlik tashkiloti tasdiqlatish uchun so’rov jo’natilgan uchinchi tomon bilan bevosita aloqa o’rnatishi ham mumkin.
Agar auditorlik tashkiloti salbiy javob olsa yoki umuman javob olmasa, u holda mijoz korxona ma’lumotlarining haqqoniyligini aniqlashtirish uchun qo’shimcha auditorlik amallarini qo’llashi zarur.
Хodimlardan og’zaki so’rov o’tkazish – bu mijoz korxona xodimlari yoki uchinchi shaxslardan og’zaki muloqat va javoblarni baholash yo’li bilan tasdiqlovchi ma’lumotlarni olish usulidir. Mazkur usul auditorga ichki nazorat tizimini baholash, risk chegaralarini aniqlash va auditorlik tenkshiruvining strategiyasini ishlab chiqish chog’ida fikr yuritish uchun keng ko’lamdagi ma’lumotlarni beradi. Mijoz korxona va uchinchi tomon xodimlari hamda rahbariyati orasida so’rov o’tkazish auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin.
Auditni rejalashtirish bosqichida, xususan mijoz korxonaning holati va biznesining kelajagi hamda ichki nazoratning tashkil etilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish zarur. Ushbu maqsadda korxona rahbariyati orasida so’rov o’tkazilishi mumkin. Olingan javoblarni tahlil qilish asosida tekshiruv jarayonda keyinchalik bajarilgan auditorlik amallarining natijasida tasdiqlanadigan yoki tasdiqlanmaydigan muayyan jihatlar bo’yicha auditorda aniq fikr shakllanadi.
Bitta manbadan olingan, ushbu ma’lumotning og’zaki tavsifdaligini e’tiborga olgan holda, auditor qilingan xulosaga tayanishi mumkin emas, ya’ni kushimcha dalillar tuplashi zarur. Auditorlik tekshiruvi jarayonida bevosita ijrochilar (menejerlar, moddiy javobgar shaxslar, buxgalterlar va b. ) bilan suhbatlashib, mansab yo’riqnomalarining aniq ijrochilariga yetkazilganligini aniqlashi va shu bilan birga ichki nazoratning ishonchliligi yoki yuzakiligi to’g’risida qo’-shimcha dalillar olishi mumkin.
№50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSga muvofiq og’zaki so’rov natijalari bayonnoma yoki qisqacha konspekt ko’rinishida yozib borish zarur bo’lib, unda so’rov o’tkazgan auditorning familiyasi, hamda so’ralgan shaxsning familiyasi, ismisharifi ko’rsatilgan bo’lishi shart. Og’zaki so’rovlar o’tkazish uchun har xil muammolar (masalan, ayrim muomalalarni uchastkalar, faoliyat turlari yoki bo’linmalar bo’yicha hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibi va hujjatlar aylanishini baholash) bo’yicha anketalar oldindan tayyorlangan bo’lishi mumkin. Auditorlik tashkilotlari savollar ro’yxati bilan standart testlar tayyorlab, unda so’ralgan shaxslarning javoblari ko’rsatiladi.
Javoblarning auditor tomonidan baholanishi so’rov o’tkazish jarayonining muhim qismi bo’lib, og’zaki so’rovlar natijalari bo’yicha tayyorlangan yozma ma’lumot auditorlik tashkilotining boshqa ishchi hujjatlariga qo’shimcha qilinadi.
Hujjatlarni tekshirishda auditor ko’rib chiqayotgan ma’lum hujjatning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishi lozim. Ushbu maqsadda buxgalteriya hisobida ma’lum yozuvlarni tanlab olish va xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan faktning hisobda aks ettirilishi kuzatib chiqiladi.
Hujjat bilan ishlashda uning kim tomonidan tuzilganligi muhim ahamiyatga ega. Mijoz korxona tomonidan tayyorlangan va ishlov berilgan hujjatlar ichki hujjatlar hisoblanadi. Auditorlik tashkilotiga qay darajada ishonish bunday hujjatlarni tuzish va ishlov berish ustidan o’rnatilgan mijoz-korxona ichki nazorat vositalarining ishonchliligiga bog’liq. Uchinchi shaxslar tomonidan tayyorlangan va xo’jalik yurituvchi subektlarga yuborilgan tashqi hujjatlar ichki hujjatlarga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi.
Hujjatlarni tekshirish chog’ida ularning o’z vaqtida va aniq rasmiylashtirilganligi, majburiy rekvizitlarning mavjudligi va to’g’riligini aniqlash ham zarur. Auditorlar hujjatlarni tekshiruvdan o’tkazishda ularning buxgalteriya hisobi registrlariga o’z vaqtida, aniq va to’liq aks ettirilishiga ham e’tibor berishlari kerak.
Kuzatib chiqish – bu sintetik va analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining aks ettirilishini, ayrim dastlabki hujjatlarni tekshiradigan, yakuniy schetlar korrespondensiyasini topadigan va xo’jalik faoliyatining tegishli faktlari buxgalteriya hisobida to’g’ri yoki noto’g’ri aks ettirilganligini tekshirish jarayonidir.
Kuzatib chiqish dastlabki hujjatlardan sintetik va analitik hisob registrlariga, bosh daftarga va hisobotlarga tomon, yoki ko’p hollarda uchraydigan, teskari tomon yo’nalishida amalga oshiriladi. Kuzatib chiqish, xususan, mijoz-korxona hujjatlarida aks ettirilgan notipik moddalar va hodisalarni o’rganishga imkon beradi.
Auditor kuzatib chiqish uchun dastlabki hujjatlarni №14-«Auditorlik tanlash» nomli AFMSga muvofiq tanlab oladi.
Тahliliy amallar deganda auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, g’ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati faktlarini aniqlash, hamda bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’rganish tushuniladi.
Тahliliy amallar moliyaviy tahlilning taqqoslash, nisbatlar va koeffitsiyentlarni baholash kabi elementlari va usullaridan foydalanishni nazarda tutadi.
Тahliliy amallarning eng ko’p tarqalgani taqqoslash bo’-lib hisoblanadi. Bunda quyidagilar taqqoslanadi: turli davrlar uchun schetlardagi qoldiqlar; moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari biznes-reja ko’rsatkichlari bilan; hisobotning har xil moddalar bilan oldingi davrlar ma’lumotlari o’rtasidagi nisbat; xo’jalik yurituvchi subekt moliyaviy ko’rsatkichlari iqtisodiyotning tegishli tarmogidagi o’rtacha ko’rsatkichlar bilan; moliyaviy axborotlar nomoliyaviy axborotlar (xo’jalik yurituvchi subektning faoliyati to’g’risidagi uning buxgalteriya hisobi tizimida bevosita aks ettirilmaydigan ma’lumotlar) bilan.
Тahliliy amallar hisob va hisobot ma’lumotlarini ko’rsatkichlar orasidagi o’zaro bog’liqliklarni o’rganish, hisobot ma’lumotlarini va ularning o’zgarish tendensiyalarini taqqoslash, hisobot moddalari va ko’rsatkichlarining keskin farq qilish sabablarini o’rganishni nazarda tutadi.
Masalan, asosiy vositalar qiymatining ko’payishi odatda amortizatsiya summalarining ko’payishiga ham olib keladi. Nomuvofiqlik aniqlanganda auditor tegishli dalillarni topishi lozim. Aytaylik, asosiy vositalar kirimini tekshirib mijoz-tashkilot mazkur aktivlarni byudjetdan moliyalashtirish hisobiga sovg’a shartnomasi bo’yicha olganligini aniqladi. Bunday obektlar bo’yicha esa amortizatsiya hisoblanmaydi. SHunday qilib aniqlangan nomuvofiqlikka auditor tomonidan qoniqarli isbot topilgan.
Тahliliy amallar auditni rejalashtirish chog’ida, tekshiruv jarayonida va uni yakunlash bosqichida qo’llaniladi.
Auditni rejalashtirish chog’ida tahliliy amallarni qo’llash, masalan, balans strukturasini aniqlash, eng jiddiy moddalarni va moddalar nisbatidagi kabi, boshqa davrlar bilan solishtirish bo’yicha ham o’zgarishlarni aniqlashga imkon beradi. Bu axborotlar risk zonasini aniqlash va boshqa auditorlik amallarini rejalashtirish chog’ida qo’llaniladi. Хususan, auditor hisobotni dastlabki tahlil qilish ma’lumotlariga ko’ra qaysi hisobot moddalarini puxta tekshiruvdan o’tkazish zarurligini hal qiladi. Hisobotda uchraydigan xatolar zonasi mijoz-korxonaning joriy davrdagi dastlabki ma’lumotlari va o’tgan yillardagi shunga o’xshash ma’lumotlar yoki taqqoslash uchun ishlatilgan boshqa axborotlar o’rtasida keskin farqlarni topish yo’li bilan aniqlanishi mumkin. Keskin tafovutlarning ehtimoldan holi bo’lmagan sabablaridan biri hisob va hisobotda ataylab yoki bilmasdan yo’l qo’yilgan xatolar bo’lishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvlar chog’ida tahliliy amallar buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini haqiqiy ma’lumotlar yoki auditor tomonidan hisoblab chiqilgan summalari bilan taqqoslash orqali ham qo’llanilishi mumkin.
Auditning yakunlovchi bosqichida tahliliy amallarni qo’l-lash hisob va hisobotdagi aniqlangan nomuvofiqliklarga qo’-shimcha dalillar olish, hamda ushbu nomuvofiqliklarning hisobot ishonchliligiga ta’sirini aniqlashga ham imkon beradi.
Haqiqatga yaqin tahliliy amallardan biri balans hisob-kitoblari hisoblanadi. Хususan, auditor tayyor mahsulotlarning hisobda haqqoniy va to’liq aks ettirilishi to’g’risidagi dalil-isbotlarga ega bo’lish uchun xom-ashyolar, materiallar va tayyor mahsulot olinishi balansini tuzadi.
Хom-ashyo va materiallar balansini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi: mahsulotning bir birligi uchun norma bo’yicha sarflangan xom-ashyo va materiallar va haqiqatda olingan mahsulotlar hisob-kitobi; xom-ashyo va materiallarni haqi-qiy sarfi bilan taqqoslash; xom-ashyo va materiallarni
sarflashda tafovutlarni aniqlash.
Тayyor mahsulot balansini aniqlashda uning haqiqiy chiqishi mahsulot birligi uchun ketadigan xom-ashyo va materiallar normasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan normativlari va xom-ashyo va materiallarning haqiqiy sarfi bilan taqqoslanadi.
Bunday balansni tuzish xom-ashyo, materiallar sarfi va mahsulot chiqishi (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) normatividan chetga chiqishlarni aniqlash va shu bilan birga moliyaviy natijani hisoblab chiqarishning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |