10
5
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
Masshtab: 1 sm = 5%.
6.2-grafik. Ona tug‘ish soni bo‘yicha tug‘ilgan bolalar taqsimoti poligoni.
Oraliqli variatsion qator gistogrammasi ustunlarida o‘rta nuqtalarni
belgilab, ularni egri chiziq orqali o‘zaro birlashtirish yo‘li bilan
bunday qatorlar
tasvirini poligon shakliga keltirish mumkin (6.1 -grafikka qarang).
Oraliqlar kattaligi turlicha bo‘lgan variatsion qatorlar ham gistogrammalar
orqali tasvirlanadi, ammo bu holda ularni tuzish ma’lum xususiyatga ega.
Qator oraliqlari kengligi teng bo‘lmagan holda, gistogramma ustunlarining
maydoni variantlar sonidan tashqari tegishli oraliq kengligiga ham bog‘liq va shu
sababli ular variantalar bilan turli darajada to‘lalikka, zichlikka ega bo‘ladi,
demak, taqqoslama bo‘lmaydi.
Shuning uchun oraliqlar kengligi teng bo‘lmagan variatsion qatorlar uchun
gistogramma tuzayotganda ustunlar balandligi asosi
qilib variantlar sonini emas,
balki oraliqlarning zichlik ko‘rsatkichlarini olish kerak. So‘ngra gistogramma
umumiy tartibda tuziladi.
Bunday variatsion qatorlar uchun gistogrammalarni quyidagi tartibda ham
tuzish mumkin. Dastlab biror oraliq standart asos qilib belgilanadi.
Uning
variantlar soni va kengligi uchun 5:7 nisbatda masshtablar (h
0
) belgilanadi.
Boshqa oraliqlarga tegishli variantlar soni f
j
standart oraliq kengligiga a
0
bo‘linadi
(f
j
/ a
0
). So‘ngra ular uchun tegishli oraliq kengligini hisobga olib o‘zgaruvchan
masshtab quyidagi tartibda belgilanadi:
h
j
= h
0
/ (a
j
/ a
0
).
bu yerda: h
0
- standart oraliq variantlar soni uchun masshtab;
h
j
- boshqa oraliqlar uchun masshtab;
a
j
- tegishli oraliq kengligi;
a
0
- standart oraliq kengligi.
6.2-jadval ma’lumotlari asosida 1989 yilda jazoga hukm qilinganlarning
yoshi bo‘yicha taqsimoti quyida tasvirlangan.
30
24
18
12
6
14
18
25
30
50
70
6.3-grafik. Jazoga hukm qilinganlarning yoshi bo‘yicha taqsimot gistogrammasi.
Oraliqli variatsion qator gistogrammasi ustunlarida o‘rta nuqtalarni
belgilab, ularni egri chiziq orqali o‘zaro birlashtirish yo‘li bilan bunday qatorlar
tasvirini poligon shakliga keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: