Shunday qilib, statistik to‘plamni ta’riflashda o‘rganilayotgan hodisalarga sifat,
mohiyat
jihatidan yondashilsa, statistik qatorlarni belgilashda esa ular miqdor
tomonidan qaraladi. Hodisalar miqdorini ularni ayni holatda yoki ma’lum vaqt
oralig‘ida kuzatib aniqlash mumkin. Shunga qarab statistik qatorlar taqsimot va
dinamika qatorlariga bo‘linadi. Taqsimot qatorlari esa hodisalarni oddiy saflangan
qatorlari ko‘rinishida, miqdoriy yoki atributiv belgilari asosida guruhlarga
taqsimlangan shakllarda bo‘lishi mumkin.
Variatsion qatorlari esa , o‘z navbatida,
uzluksiz yoki uzlukli o‘zgaruvchan belgilarga qarab tuzilib diskret va oraliqli
qatorlarga bo‘linadi.