Statistika o‘rganadigan to‘plamni bunyod etuvchi unsurlar uning
birliklari
deb ataladi. To‘plam tuzish, demak, uni tarkibiga kiruvchi birliklarni aniqlashdir.
Bu jarayonda ikkita masala yechiladi: birinchidan, birlik ta’riflanadi, ya’ni ularni
bir-biridan va boshqa birliklardan ajratuvchi
chegaralar belgilanadi; ikkinchidan
mazkur statistik to‘plam tarkibiga kiradigan va kirmaydigan birliklar aniqlanadi.
To‘plam birligi turli belgilarga ega. Ularning asosiy turlari quyidagilardan
iborat (6.1-tarh).
Har qanday to‘plam birligi o‘ziga xos
alomatlar,
xislatlar,
xossalar
majmui
bilan
xarakterlanadi va ular uning belgilari deb ataladi.
Statistik to‘plamlar muhim belgilar asosida tuziladi.
Ular ayrim birliklarda turli shakllarda namoyon bo‘ladi,
natijada birliklar bir-
biridan farq qiladi.
6.1-tarh. To‘plam birligi belgilarining turlari.
Belgi - bu to‘plam
birligining
alomatlari,
xislati va h.k.
To’plam birligining
bеlgilari
Miqdoriy bеlgi
Хaraktеriga qarab
Atributiv bеlgi
O’zgaruvchanligiga qarab:
a) ega yoki yo’q;
b) mе’yori
Muqobil bеlgi
Muqobil bеlgi
Uzluksiz
o’zgaruvchan
bеlgi
Uzlukli
o’zgaruvchan
bеlgi
To’plamda qatnashishiga
qarab
Potеnsial
varianta
Haqiqiy varianta
Haqiqiy varianta
Potеnsial
varianta
Bunday belgilar variatsion belgilar deb
ataladi. Belgilar so‘z bilan yoki son bilan
ifodalanishi mumkin.
Birinchi holda atributiv
(sifat) belgilar, ikkinchisida - miqdoriy belgilar deb
yuritiladi. Atributiv belgilar to‘plam tarkibiga
kiruvchi birliklarni aniqlashga bevosita aloqadordir.
Bunday belgilarning o‘zgaruvchanligi birliklarni
muqobil holatda talqin etganda ko‘zga tashlanadi.
Miqdoriy belgilar hamma to‘plam birliklari
uchun teng bo‘lishi, bir son bilan ifodalanishi
mumkin. Masalan, barcha avtomashinalar to‘rtta g‘ildirakka ega, bir xil markali
mashinalar motori odatda teng quvvatga ega.
Odamlarning sezish, ko‘rish, hid
bilish, ishlash va harakat qilish organlari son jihatdan teng va h.k. Bunday
miqdoriy belgilar statistik to‘plam tuzish uchun asos bo‘la olmaydi. Aksariyat,
miqdoriy belgilar to‘plam birliklarida
turlicha ifodalanadi, bir-biridan farqlanadi,
variatsiyaga (o‘zgaruvchanlikka) ega. Avtomashinalar bosib o‘tgan yo‘l, bajargan
ish (tashigan yuk hajmi), korxonalar ishlab chiqargan mahsulot hajmi,
ularda
ishlayotgan ishchilar soni va h.k. bunday miqdoriy belgilarga misol bo‘la oladi.
Aynan shunday birlikdan birlikka o‘zgaruvchanlikka ega bo‘ladigan belgilar
asosida statistik to‘plam tuziladi. Ular statistikaning o‘rganish predmeti
hisoblanadi. Miqdoriy belgilar uzluksiz o‘zgaruvchanlikka yoki tadrijiy (darajama-
daraja) o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lishi mumkin. Bu
hol jarayonning tabiatidan
kelib chiqadi.