Statistik to‘plam birligi, taqsimot qatorlari va ularning tasviriy parametrlari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix28.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#167676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mustaqil ta\'lim 1

6.6. Taqsimot egri chiziqlari 
Agarda variatsion qator va uning gistogrammasini tuzish asosidagi belgi 
uzluksiz o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lsa, guruhiy oraliqlar kengligini cheksiz 
toraytirib ularning sonini ko‘paytirish va bir vaqtda to‘plam hajmini ko‘paytirib 
bo‘sh oraliqlarni to‘ldirib borish mumkin. Natijada ustunlar soni o‘zining 
chegarasi - uzluksiz egri chiziqqa intiladi va u taqsimot egri chizig‘i deb ataladi. 
Bir qancha tipik taqsimot egri chiziqlari mavjud. Masalan, simmetrik, asimmetrik 
(og‘ishma), qo‘ng‘iroqsimon, J-shaklidagi, U-shakldagi va ularning turli
ko‘rinishidagi taqsimot egri chiziqlari bor. 
Odatda tasodifiy kuchlar ta’siri ostida shakllangan taqsimot simmetrik egri 
chiziq shakliga ega bo‘ladi. Uyushtirilgan biror omil yoki harakatlar ta’siri 
natijasida yuzaga chiqqan taqsimotlar asimmetrik shakllarni oladi. Simmetrik egri 
chiziqning muhim xususiyati uning Nyuton binomi formulasi bo‘yicha qatorga 
yoyilish xossasiga egaligidan iborat. 
 
 


 
6.7. Variatsion qatorning taqsimot parametrlari 
 
Taqsimot qatorlari o‘rganilayotgan statistik to‘plam haqida to‘la tasavvur 
beradi. Ammo bu tasavvur odatda haddan tashqari mufassallashgan bo‘lib, 
ko‘pdan-ko‘p ikir-chikirlarga, mayda-chuyda tavsilotlarga ega bo‘ladi. Natijada 
to‘plamning asosiy xossalarini ilg‘ab olish mushkullashadi. Shu munosabat bilan 
ularni bir nechagina miqdorlar bilan ifodalash masalasi tug‘iladi. Bu esa taqsimot 
qatorlarini qisqartirib, umumiy holda ta’riflash imkoniyatini beradi. Bunday 
miqdorlar statistik to‘plamning tasviriy parametrlari yoki taqsimot qatorlarining 
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari deb ataladi. 
Parametr grekcha so‘z («
parametrom»
) bo‘lib, o‘lchab beruvchi degan 
lug‘aviy ma’noga ega. Statistikada har xil to‘plamlarni ta’riflovchi parametrlarni 
aniqlash deganda taqsimot qatorlarining shunday me’yoriy o‘lchovlari, 
ko‘rsatkichlari nazarda tutiladiki, ularni solishtirish bu statistik to‘plamlarni 
taqqoslash yo‘li bilan birday oqibatga olib keladi.
Statistik to‘plamlarni taqqoslash ularning birliklarini tekislab, orasidagi 
farqlarni yo‘qotib, to‘plamlarni umumlashtirib ta’riflaydigan parametrlardan 
foydalanishni talab etadi. Shunday qilib, turli statistik to‘plamlarni taqqoslash 
ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlarini hisoblash va qo‘llashni taqozo etadi. Bu 
o‘rtacha miqdorlar taqsimot qatorlarining asosiy parametrlaridan biri hisoblanadi. 
Ammo qatorni har taraflama o‘rganish uchun boshqa parametrlarni ham bilish va 
qo‘llash zarur. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, statistik to‘plam birliklari bir-biridan odatda 
farq qiladi. Shamolsiz daraxt shoxi tebranmaganidek, bu farqlarni ham yuzaga 
chiqaruvchi sabablar mavjud. Ular ayrim birliklarni namoyon bo‘lish sharoitiga, 
harakatdagi omil va kuchlarga, ularning ta’sir etish qudratiga bog‘liq. Demak, 
taqsimot qatorlarining tebranishi alhaq jarayonni tasvirlaydi, uning oqibati 
hisoblanadi. Ammo o‘rtacha miqdorlar statistik to‘plamni bir butun organizm 
sifatida ta’riflaydi, birliklarning shakllanish shart-sharoitlarini barobarlashtirib, 
ulardagi o‘ziga xosliklarni yashiradi. Shuning uchun turli statistik to‘plamlarni 
qiyosiy o‘rganishda o‘rtacha ko‘rsatkichlarni taqqoslash bilan chegaralanib 
bo‘lmaydi, chunki bu holda to‘plamlarning bir jihati oydinlashadi, ammo ikkinchi 
tomoni esa qorong‘ulashadi. Mazkur qorong‘u masalani yoritish uchun taqsimot 
qatorlarining o‘zgaruvchanligini o‘rganish, uning me’yorlarini, ya’ni variatsiya 
ko‘rsatkichlarini aniqlash va qiyosiy tahlil qilish kerak. 
Taqsimot qatorlari tekislikda egri chiziqlar ko‘rinishida tasvirlanadi. 
Ularning shakllari xilma-xil: simmetrik yoki asimmetrik, chapga yoki o‘ngga 
og‘ishgan, biroz yonboshlagan yoki kuchli qiyshaygan, bo‘yiga cho‘ziq (o‘tkir 
uchli) yoki yassi (yapaloq uchli), bir yoki ko‘p cho‘qqili va h.k. Shunga qarab, 
variatsion qatorlarning o‘rtacha miqdori uni tasvirlaydigan koordinat tizimda 
abssissa o‘qining markaziy nuqtasida yoki undan ma’lum olislikdagi chap yoki 
o‘ng tomon nuqtasida yotadi.Shu bilan bir qatorda taqsimot egri chizig‘ining shakli 
bilan bog‘liq bo‘lgan variatsion qatorning mediana, moda kvantililar kabi 
parametrlari mavjud. Mediana qatorni teng ikki qismga, kvantililar esa ko‘zlangan 


qadamda uni teng bo‘laklarga ajratadi. Moda - to‘plam birliklarida eng ko‘p 
uchraydigan belgi qiymati (qatorning eng ko‘p vaznli variantasi). Bu parametrlar 
variatsion qatorning tuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlari deb ataladi. Ular bilan 
o‘rtacha miqdor o‘rtasida ma’lum bog‘lanish mavjud. Bunga asoslanib, qatorning 
og‘malik, bo‘yiga cho‘ziqlik, uning ma’lum qismda birliklar kontsentratsiyalanish 
(to‘planish) me’yorlarini aniqlash mumkin. Shunday qilib, statistik to‘plam 
xususiyatlari 
taqsimot 
qatorlarining 
uch 
toifadagi 
umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topadi. Ular variatsion qatorning tasviriy 
parametrlari nomi bilan ham yuritiladi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin