106
A. Tanlangan mavzu fanda umuman ishlanmagan yoki qisman ishlangan. Muammo
nazariy jihatdan hal qilinmagan. Mavzu bo’yicha nashr qilingan ishlar kam yoki deyarli
yo’q.
B. Mavzuning ishlab chiqilishi o’qitish, tarbiyalash, pedagogika tarixiga
oid asosiy
masalalr bo’yicha mavjud nazariy tasavvurlarni tubdan o’zgartiradi va amaliy
tadqiqotlar uchun yangi yo’nalish ochadi.
2. Dolzarb tadqiqotlar
A. Mavzu fanda birozgina ishlangan. Ayrim nazariy xulosalar mavjud. Mavzu
bo’yicha nashr qilingan ishlar kam.
B. Mavzuning ishlab chiqilishi o’qitish, tarbiyalash va boshqa sohalarga tegishli bir
qator nazariy masalalar bo’yicha mavjud tasavvurlarni to’ldiradi. Amaliy tadqiqotlarga
istiqbol ochadi.
3. Dolzarbligi past tadqiqotlar
A. Mavzu fanda qoniqarli darajada ishlangan. Muammoning nazariyasi yaratilgan,
ammo uning ayrim jihatlari ochiq qolgan. Mavzu bo’yicha yetarlicha ishlar nashr
qilingan.
B. Mavzuning ishlab chiqilishi o’qitish, tarbiyalash, pedagogika tarixiga
taalluqli
ayrim nazariy masalalarni aniqlashtirishi mumkin, bu esa kam sonli kishilargagina
qiziq.
4. Nodolzarb tadqiqotlar
A. Mavzu fanda juda yaxshi ishlab chiqilgan. Muammo nazariy jihatdan hal
qilingan. Mavzu bo’yicha nashr qilingan ishlar ko’p.
B. Mavzuni o’rganish istiqbolsiz, olingan natijalar mavjudlarni takrorlaydi.
Ushbu tushunchalarni qanday tasavvur qilishini va ular
qay darajada shakllanganini
bilish uchun, quyidagicha savollar beriladi:
1.
Pedagogik tadqiqotning nazariy va amaliy yangiligi nimadan iborat?
2.
Tadqiqotning aniqlashtirish va to’ldirish darajalari nima?
3.
Muammoning dolzarbligi qanday aniqlanadi?
4.
O’ta dolzarb, dolzarb, dolzarbligi past va nodolzarb tadqiqotlarni qanday
tushunasiz?
Adabiyotlar:
107
1.Muslimov N.A., Salayeva M.S., Qo’ysinov O.A., Ismoilova A.A. Magistrlik
dissertatsiyalarini tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyanoma. –T.: TDPU, 2010. – 60
b.
2.Muxitdinov M.M., Potapov A.I. Podgotovka i zashita dissertatsii. /Nauchno-
metodicheskoye posobiye.-VAK RUz., 2005.- 176 s.
3. Abduqodirov A.A., YUnusov R. Magistrlik dissertatsiyasi. Metodik qo’llanma. –
T.: TDPU nashriyoti, 2000. – 30 b.
4.Mambetakunov E. Metodologiya i kachestvo pedagogicheskix issledovaniy. –
Bishkek, KNU im. J.Balasagыna, 2006. – 108 s.
Dostları ilə paylaş: