Modal so`zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar
1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:
3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.
4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.
5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
6. Achinish: afsus, attang, esiz.
7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
8. Quvonch: xayriyat.
9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo`q.
Undovlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi:
1. His-hayajon undovlari :ie, o, voy, voy-ey, eh; : ho, o`h-ho`, ehe; hay-hay ; oh-oh; e-ha, eh, ha-ya, o; ha.
2. Buyruq-xitob undovlari :hoy, hay (bir marta aytilsa), hey, allo, ey; ma, tss, jim, marsh; bah-bah, mosh-mosh, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, beh-beh, qurey-qurey; ishsh, ho`k, tak; pisht, drr, xix, hov-hov, cho`k, tek, hayt, chu.
TAQLID SO’ZLAR MA’NO JIHATDAN QUYIDAGI TURLARGA BO’LINADI:
1. Tovushga taqlid bildiradigan so`zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq-tuq, g`arch-g`urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov.
2. Holatga taqlid bildirgan so`zlar: yalt-yult, apil-tapil, g`uj-g`uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo`lt-mo`lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang.
TAQLID SO‘ZLARNING TASNIFI
Tovushlar inson va tabiat tovushlariga bo‘linadi. Inson tovushlari nutq a’zolarining harakati asosida paydo bo‘lsa, tabiat tovushlari, odatda, narsalar birbiriga tegishi, urilishi, qisilishi, siqilishi, buralishi kabilar asosida paydo bo‘ladi. Shuningdek, hayvon-jonivorlarning tovushi: itlarning vovullashi, mushukning miyovlashi, qushlarning sayrashi, otning kishnashi, qo‘ylarning ma’rashi, eshaklarning hangrashi kabilarga taqlid qilish asosida ham tilimizda bir qancha so‘zlar paydo bo‘ladi. Bunday so‘zlar tilshunoslikda taqlid so‘zlar deb yuritiladi. Taqlid so‘zlar, shuningdek, jonli-jonsiz narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so‘zlardir. Shunga ko‘ra ikki turga bo‘lib o‘rganiladi: 1. Tovushga taqlid so‘zlar. 2. Holatga taqlid so‘zlar. Ma’lumki, taqlid so‘zlarga doir ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. U.Tursunov, A.Muxtorov, SH.Rahmatullayev, A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh.Yusupova, A.Anorbekova, Sh.Mirzayeva, R.Sayfullayeva kabi tilshunoslarning asarlari bunga misol bo‘ladi1 . Shu ishlar asosida taqlid so‘zlarni keng doirada tasniflab o‘tamiz. Tovushga taqlid so‘zlar tarkiban bir nechta guruhlarga ajratiladi: a) kishilarning harakat-holatidan paydo bo‘lgan tovushlarga taqlid bildiruvchi so‘zlar: qars-qars, afshu, chalp-chulp, duk-duk, shalop, shalop-shulup. M., Nazira yuragining duk-dukini hattoki shu shovqinda eshitdi; b) chaqaloqlarning yig‘lash, uxlash paytida paydo bo‘ladigan tovushlarga taqlid bildiruvchi so‘zlar: inga-inga, pish-pish. M., Chaqaloqning inga degan tovushi butun olamni jonlantiradi; 1 U.Tursunov, A.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T.:O‘zbekiston.1992. – 394 b. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh.Yusupova. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2-kitob. T.:Ilm ziyo.2013. – 410 b. A.Anorbekova, Sh.Mirzayeva. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T.:Noshir.2012. – 156 b. R.Sayfullayeva va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T.2009. – 257 b. d) kishilarning quvonchi, qayg‘usini ifodalovchi tovushlarga taqlid bildiruvchi so‘zlar: qah-qah, pix-pix, hingir-hingir, ho‘ng-ho‘ng M., Do‘stlarning qah-qah ovozi butun davrani uyg‘otdi; e) kishilarning so‘zlashi, baqir-chaqirini ifodalovchi tovushlarga taqlid so‘zlar: pichir-pichir, qiy-chuv, g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir, shivir-shivir, bidir-bidir, vag‘ir-vug‘ur, g‘ivir-shivir, qiy-chuv. M., Birdaniga qiy-chuv boshlanib ketdi; f) hayvonlar tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: miyov, vov, uv, irr, maa, vaq-vaq, mee, mo‘o‘, dupir-dupir. M., Qishloqning yozgi tunlari qurbaqaning vaqvaqi bilan yanada yoqimli tuyulardi; g) hasharotlar tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: chirr-chirr, vish, viz-viz, g‘uv-g‘uv. M., Asalarilarning vizillashi quloqni karaxt qiladi; h) qushlar tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: qag‘-qag‘, pit-pildiq, ku-ku, kak-ku, chug‘ur-chug‘ur, parrr. M., Bolalar chumchuqlarning chug‘ur-chug‘uriga mahliyo edi; j) parrandalar tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: g‘a-g‘a, qu-qu, chip-chip, qa-qa-qa-qaq. M., Tashqaridan jo‘jalarning chi-chiyi eshitilib turardi; k) tabiat hodisalari va tabiiy ofatlarning tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: gumbur-gumbur, biliq-biliq, chars-churs, g‘uv-g‘uv, shitir-shitir, shildir-shildir, baqir-buqur, g‘uv, chirs-chirs, chilp-chilp, g‘arch-g‘urch, cho‘lp-cho‘lp, vaqirvaqir. M., Shamolda barglarning shitir-shitiri eshitiladi; l) jonsiz predmetlarning tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: g‘iyq, duk, qars-qars, sharaq, taraq, tap, tars, tars-turs, tars-tars, chirs, qart-qurt, g‘arch. M., Kimdir eshikni tars etib ochdi va uyga kirdi; m) narsalarning bir-biriga urilishi natijasida hosil bo‘ladigan tovushga taqlid bildiruvchi so‘zlar: taq-taq, qars-qars, sharaq, taqir-tuqur, qars-qurs, gurs, taraqa-turuq, chirs, tasira-tusir. M., Qorong‘uda derazaning taqir-tuqiri xonadagilarni vahimaga soldi; n)texnika va texnik asboblarning tovushiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: bongbong, chiq-chiq, taka-tum-tak. M., Jim-jitlik cho‘kkan, hattoki soatning chiq-chiqi mixni qoqayotganm bolg‘aning ovozidek tuyulardi; o) transport vositalarining tovushiga taqlid so‘zlar: di-dit, g‘uuuv, bip-bip, shaqa-shaq, vuuuuu(poyezd), tiqir-tiqir, trrr-trr-trrr. M., Poyezdning shaqa-shaq ovozi meni doimgidek allalab qo‘ydi. Holatga taqlid so‘zlarning tasnifi: a) kishilarning holatiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: dir-dir, alang-jalang, lang, zirq-zirq, lo‘q-lo‘q, shart-shurt, yum-yum(yig‘lamoq), sim-sim(og‘rimoq), g‘ij-g‘ij (aql), g‘ing-ping, zir-zir, shartta-shartta, shuv, mo‘lt, dik-dik, shov-shuv, pish-pish, hang-mang, lop, g‘ivir. M., U yum-yum yig‘ladi; b) kishilarning xususiyatlarini ifodalovchi holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar: jilpang-jilpang, jirt-jirt, qilpang-qilpang, lik-lik, liking-likang. M., Qizlarning jilpang-jilpang qilishi judayam yomon ko‘rinardi; d) harakatning holatini ifodalovchi holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar: pildirpildir, lapang-lapang, gir-gir. M., Nozima onasining tepasida gir-gir aylanardi; e) ob-havo ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan holatga taqlidni bildiruvchi so‘zlar: dag‘-dag‘, dir-dir, qalt-qalt, lov-lov, jiz-jiz. M., Sovuqdan tanamiz dag‘- dag‘ qaltirardi; f) yorug‘lik, nur ta’sirida paydo bo‘luvchi holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar: lip-lip, milt-milt, jimir-jimir, yalt-yalt, yalt-yult, yaraq, yal-yalt. M., Chirog‘imiz lip etib o‘chib qoldi; g) tabiat hodisalarining holatiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: guppa-guppa, guv-guv, gup, jimir-jimir, sharros. M., Birdaniga yomg‘ir sharros quydi; h) o‘simliklarning holatiga taqlid bildiruvchi so‘zlar: g‘uj-g‘uj, g‘ir-g‘ir, hilhil, duv-duv. M., Mevalar duv-duv to‘kildi; Taqlid so‘zlar shaxslarning, jonli-jonsiz narsalarning, nutqi, harakat-holatlari asosida paydo bo‘ladigan so‘zlardir. Tilimizda nutqiy ta’sirchanlik, obrazlilikni oshirishda keng imkoniyatlar yaratadi. Semantik, pragmatik ma’no xususiyatlariga ko‘ra nutqda faol qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |