Xavfsizlik texnikasi
Kimyoviy laboratoriyada ishlaganda talaba har bir kimyoviy tajribani
bajarishda ehtiyotlik va e’tibor talab etilishini bilmog’i kerak.
1.
Reaktivlar bilan ishlaganda uning asosiy xossalarini: yonuvchanligi,
zaharliligi, boshqa reaktivlar bilan portlovchi aralashmalar hosil qilishini bilmoq
zarur.
3
2.
Kuchli xidga ega bo‘lgan, zaharli moddalar, kislota va ishqorlaming
konsentrlangan eritmalari, ishqoriy metal I ar bilan o‘tkaziladigan tajribalar mo‘rili
shkafda bajarilishi shart.
3.
Mo‘rili shkafda ishlaganda uning eshikchasini balandligiga nisbatan
l/S-1/4 qismigacha ko‘tarish kerak. Ish tugagandan so‘ng eshikchani yaxshilab
berkitish kerak.
4.
Xavfli moddalar bilan yangidan yoki qaytadan tajribalar o‘tkazish
uchun o‘qituvchidan ruhsat olish shart.
Moddaning xossasini o‘qituvchining ruxsatisiz o‘rganish va kimyoviy
idishda suv ichish qat’iyan man qilinadi.
6.
Iflos idishda tajriba o‘tkazish man qilinadi.
7.
O‘qituvchining ruxsatisiz hech qanday qo‘shimcha tajriba o‘tkazish
mumkin emas.
8.
Ajralib chiqayotgan gazni idishning ustiga engashib xidlash mumkin
emas. Gaz yoki suyuqlikning hidini bilish uchun idish tomonidan ehtiyotlik bilan
kaftning yengil harakati yordamida havo oqimini burunga yuborish kerak (rasm 1).
1 Rasm. Gazning hidini uchun reaktivlar quyish vaqtida idish ustiga
egilmaslik lozim.
Gaz va suyuqliklami hidini bilishda gaz yig’ilgan idish ustiga egilmaslik
yoki yuzga yaqin keltirmaslik kerak. Gaz yo‘nalishini kaft yordamida astagina o‘z
tomonga yo‘naltirish va ehtiyotlik bilan hidlash kerak.
9.
Yuzga yoki kiyimlarga modda sachramasligi kerak.
10.
Idishda qizdirilayotgan suyuqlik ustiga egilish mumkin emas,
suyuqlik sachrab ketishi mumkin.
4
11.
Probirkadagi suyuqlikni qizdirishda uning og’zini talaba o‘ziga va
oldidagilarga qaratmasligi kerak.
12.
Issiq suyuqligi bo‘lgan kimyoviy stakanni ish stoliga olib kelishda bir
qo‘lida sochiq bilan idishning tagini, ikkinchi qo‘li bilan idishning ustki qismini
ushlash kerak.
13.
Kipp apparatida vodorod gazini olishda alohida ehtiyotkorlik talab
qilinadi. Chunki, noto‘g’ri bajarish natijasida portlash ro‘y berishi mumkin.
Shuning uchun ish boshlashdan oldin o‘qituvchidan yo‘llanma olish va Kipp
apparatining tuzilishini diqqat bilan o‘qib, o‘rganish lozim.
Kipp apparati bilan ishlaganda quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
kerak.
a) Kipp apparati oldiga yonib turgan gaz gorelkasini yaqinlashtirish qatiyan
man qilinadi;
b) vodorod gazi bilan ishlashdan oldin uch marotaba havoni chiqarib
tashlash va vodorodning toza chiqayotganligini aniqlash kerak;
Buning uchun quruq probirkaga vodorod gazini yig’ib, so‘ngra alangaga
tutiladi. Tovush baland chiqsa, demak gazning tarkibida havo bor. Toza vodorod
yonganda past tovush chiqaradi. Toza holga keltirib olingandan so‘ng vodorod
gazi bilan ish olib borish mumkin.
14.
Konsentrlangan sulfat kislotani suyultirganda uni suvli probirkaning
ichiga chayqatib turgan holda tomchilatib quyiladi. Suyultirish vaqtida qo‘lga
rezina qo‘lqop kiygan ma’qul.
15.
Qattiq ishqorlarni critish vaqtida oldindan o‘lchangan suvga oz-ozdan
ishqorni solish kerak. Qattiq o‘yuvchi kaliy va natriylami toza matoga o‘rab
maydalash kerak.
16.
Ochiq alanga (gaz yoki spirtli gorelkalar) bilan ishlaganda tez
yonuvehan suyuqliklar alangadan kamida bir metr uzoqlikda bo‘lishi kerak.
17.
Yengil alangalanuvchi moddalami bir idishdan ikkinchi idishga
5
solishda ochiq alangadan kamida uch metr uzoqlikda bajarish kerak.
18.
Konsentrlangan nitrat kislota organik moddalami alangalanishiga olib
kelishini yodda saqlash kerak.
19.
Ba’zi moddalaming eritmalarini elektroliz qilinganda barcha elektr
kontaktlar izolyatsiya qilingan bo‘lishi shart. Aks holda hosil bo‘lgan uchqun
ajralib chiqayotgan vodorod gazini portlatishi mumkin.
20.
Gaz gorelkalari bilan ishlash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Laboratoriyadan ketish oldidan barcha gaz gorelkalarining kranlari yopiqligini
tekshirish zarur.
21.
Olovdan xavfli, portlovchi (ishqoriy metallar, qizil va oq fosfor,
serouglerod, yengil yonuvehan moddalar) moddalaming ortiqehasini chiqindi
idishga yoki nuitlaqo tashlamaslik kerak. Ularni maxsus ajratilgan idishlarga solish
kerak.
Ishlatilgun ishqor va kislotalarni kanalizatsiyaga quyish mumkin emas.
22.
Ishlatilgan ishqor va kislotalarni solish uchun alohida maxsus idish
bo‘lishi kerak.
23. Uliqurly metallar eng aktiv moddalar ckanligini yoddan chiqarmaslik
lozim.
Ular bilan ishlaganda nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak.
24.
2 g. gacha bo‘lgan ishqoriy metallarning chiqindilari etil spirtida
eritilib yo‘qotiladi.
25.
Ishqoriy metallarning qoldiqlarini to‘plash qatiyan man qilinadi. Ular
shisha idishda kerosin ostida saqlanishi kerakligini doimo yodda tutish kerak.
26.
Yonuvchan suyuqliklar yoki boshqa moddalar alangalanib ketsa, gaz
gorelkasini, elektr asboblarini o‘chirish, yonuvchan moddalami xavfsizroq joyga
olish kerak va yong’inni o‘chirish uchun quyidagi choralami ko‘rmoq zarur:
a)
yonayotgan suyuqlikning ustini asbest qog’ozi yoki katta mato bilan
berkitish, yoki qum sepish kerak;
6
b)
yonayotgan fosforni nam qum yoki suv bilan o‘chirish kerak.
27.
Inson ustidagi kiyim yonayotganda katta matoga, xalatga yoki paltoga
o‘rab o‘chirish kerak.
28.
Agar elektr simlari yonayotgan bo‘lsa, tezda elektr toki rubilnikini
o‘chirish kerak va yong’inni laboratoriyada bor imkoniyatlardan foydalanib
o‘chirish kerak (qum, suv, asbest).
|