Texnika xavfsizligi va kimyo laboratoriyalarida ishlash qoidalari


Kerakli reaktivlar va asbob uskunalar



Yüklə 477,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix20.11.2023
ölçüsü477,02 Kb.
#164709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI

Kerakli reaktivlar va asbob uskunalar:
 
Bug’doy va no’xot uni, sut mahsuloti
gomogenlashtirilgan muskul to’qimalari, 10 % li va to’yingan ammoniy sulfat (NH
4
)
2
SO
4
eritmasi, ammoniy sulfatning maydalangan quruq tuzi, 0,2 %, 1 % va 10 % li natriy gidroksidi 
(NaOH), 0,1 n va 3 % li uksus kislota eritmasi, biuret reaktivi, NaCl to’yingan eritmasi, quruq 
NaСl (maydalangan) tuzi, 70 % li etil spirti eritmasi, shisha voronkalar, chinni hovoncha, filtr 
qog’ozi, doka, texnik torozi, termostat, 100 ml li tubi tekis kolba, pipetkalar, probirkalar, suv 
hammomi.
 
Oqsillar 
Oqsillar - hayotda muhim polimerlar hisoblanadi. Ular aminokislotalar qoldig’idan tashkil 
topgan bo’lib, o’zaro piptid bog’lari bilan bog’langan bo’ladi. Har bir oqsil turi polipiptid 
bog’idagi (birlamchi oqsil strukturasi) aminokislotalar ketma–ketligini ajoyibligi bilan 
tavsiflanadi. Oqsillar tarkibida azot tutuvchi yuqori molekulyar biologik polimerlar bo’lib, ular 
asosan 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Ularning proteinlari (grekcha 
“protos” 
– 
birlamchi, muhim) deb atalishi ham bu guruh moddalar birinchi darajali biologik ahamiyatga ega 
ekanligini ko’rsatadi. Hayot jarayonlarining qariyb barchasi oqsil moddalarga va ularning 
biologik funktsiyasiga bog’liq. 
Oqsillar proteinlar va proteidlarga bo’linadi. 
Protein – oddiy oqsil 
Proteid – murakkab oqsil 
Ular barcha tirik organizmlar, bir hujayrali suv o’simliklari va bakteriyalar, ko’p hujayrali 
xayvonlar hamda odam organizmi, tirik organizmlar bilan jonsiz tabiat chegarasida turuvchi 
viruslar tarkibining ajralmas qismini tashkil qiladi. 
1. Protaminlar. 
Oqsillarni eng soddasi bo’lib, ishqoriy oqsillar qatoriga kiradi. Bu oqsillar 
tarkibida arginin va lizin miqdori ko’proq (80 % gacha) bo’lib, kuchli ishqoriy xossaga ega. 
Protaminlar suvda eriydi, qizdirilganda cho’kmaydi, lekin boshqa oqsillar ta‘sirida cho’kmaga 
tushadi. 
2. Gistonlar. 
Suvda eriydi, lekin suyultirilgan ammiakda erimaydi. Boshqa oqsillar 
eritmasi gistonlarni cho’ktiradi. Ular qizdirilganda paydo bo’lgan cho’kmalar suyultirilgan 
kislotalarda eriydi. Gistonlar kuchsiz ishqor tabiatga ega ekanligi bilan boshqa oqsillardan keskin 
farq qiladi. Bu xususiyat gistonlar tarkibida diaminomonokarbonat aminakislotarining haddan 
tashqari ko’p ekanligini bildiradi. Ularning izoelektrika nuqtalari ham ishqoriy muhitga to’g’ri 
keladi. 
3. Albuminlar. 
Suvda eruvchi oqsillar bo’lib, qizdirilganda cho’kmaga tushadi. Ular 
barcha hujayralar tarkibida uchraydigan eng ko’p tarqalgan oqsillardir. Eritma ammoniy sulfat 
to’yingan eritmasi bilan to’yintirilganda cho’kmaga tushadi. Bunday oqsillar boshoqlilar
dukaklilar unidan, sut, go’sht, tuxum, zardob va boshqa biomateriallardan ajratib olinadi. 
4. Globulin. 
10 % li tuz eritmalarida eriydi, hujayra va to’qimalar tarkibida doim 
albuminlar bilan birgalikda uchraydi, suvda erimaydi, qizdirilganda koagulyatsiyalanadi, 
suyultirilgan tuz eritmalarida eriydi, tuz kontsentratsiyasi ortishi bilan darhol cho’kmaga tushadi. 

Yüklə 477,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin