Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


-bob. INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA MOTIVATSIYA NAZARIYASI VA XODIMLAR MOTIVATSIYASI BORASIDAGI HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə52/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

4-bob. INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA MOTIVATSIYA NAZARIYASI VA XODIMLAR MOTIVATSIYASI BORASIDAGI HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI

4.1. Motivatsiya tushunchasi


Ruscha - o‗zbekcha lug‗atda motivatsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo‗lgan motivlar, dalillar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma‘nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‗liqdir. Shu nuqtai nazardan:
Motivlashtirish - bu ruhiy omil bo‗lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‗batlantiruvchi kuchli vositadir20.
Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‗llar bilan maqsadga muvofiq yo‗naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog‗liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo‗ladi.
Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‗zg‗atuvchi motivdir.

16-rasm. Motivatsiya va motiv tushunchasi28


Motivatsiya jarayonini to‗rtta asosiy bosqichga ajratish mumkin:

  • ehtiyojning paydo bo‗lishi (ochlik, chanqoqlik, boshqa insonga intilish, bilim olish istagi va h.k.)

  • ehtiyojlarni qondirish strategiyasini ishlab chiqish va yo‗llarini qidirish (pitssa sotib olish yoki kafeda tushlik qilish, qiziqib qolgan inson bilan tanishish yoki emotsiyalarini kamaytirish, OO‗YUga o‗qishga kirish yoki mustaqil ta‘lim bilan shug‗ullanish)

  • faoliyat taktikasini belgilash va harakatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish (tez yoki sekin harakatlanish, vositalar topish, harakat yo‗llarini belgilash, imkoniyatlarni baholash, qarorni tanlash va h.k.)

  • ehtiyojning qondirilishi va moddiy yoki ma‘naviy mukofot olish.


17-rasm. Motivatsiya jarayonining asosiy bosqichlari21


Ehtiyojlar - organizm, shaxs va ijtimoiy guruhning hayotiy faoliyatini saqlash
va rivojlantirish uchun obyektiv kerakli bo‗lgan narsalarga zaruriyat.
Ehtiyojlarni qondirishda rag‗batlar katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Rag„batlar deb insonni harakatlantirishga undash yoki uning o‗zini tutishi sababi tushuniladi.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin