Yutuqlarga erishish
Xizmat pillapoyalari bo‗yicha ko‗tarilish
Yuqori mas‘uliyat
Natijani tan olish va qo‗llabquvvatlash
Ijodiy va xizmat doirasida o‗sish imkoniyati
1960-yilda Frederik Gersberg va uning xodimlari kishi ehtiyojlarini o‗rganish bo‗yicha o‗zlarining maxsus izlanishlarini o‗tkazdilar. Ular ishchilardan faoliyatlarining qoniqtiradigan va qoniqtirmaydigan aniq tomonlarini ifodalab berishni so‗raydilar va bu so‗rov natijalarini tahlil qildilar. Ular ishdan qoniqish yoki qoniqmaslik hissiyoti bilan bog‗liq ikkita mutlaqo boshqacha omillar mavjudligini aniqladilar. Gersberg gigiyenik omillar deb nomlangan aspektlar(tomonlar) qoniqmaslik hissiyoti bilan bog‗liq. Firma siyosati, mehnat sharoitlari va xavfsizlik texnikasi faqat nomukammal bo‗lgandagina ishdan qoniqmaslikning potensial manbalari hisoblanadi. Bunda rahbarlik faqat gigiyenik omillarni yaxshilash orqali xizmatchilar motivatsiyasini amalga oshirolmaydi. Boshqa tomondan, mehnat unumdorligini oshirish uchun motivatorlar deb nomlangan omillar: tan olinish, mas‘uliyat, xizmatga ko‗tarilishi va shaxsiy rag‗batlantirishning boshqa usullari muvaffaqiyat bilan qo‗llanilishi mumkin. Gersberg nazariyasi Maslou nazariyasining tabiiy davomidir: motivatorlar ierarxiyaning yuqori darajalarida joylashgan, gigiyenik omillar esa quyi daraja ehtiyojlarini ifodalaydi.
Menejerlar ko‗proq nimaga - motivatorlarga yoki gigiyenik omillarga e‘tibor berishi kerak? Bu vaziyatlarga bog‗liq, o‗rta sinfga mansub katta lavozimdagi malakali, yuqori haq oluvchi xodimlarni motivatorlar yordamida yaxshi rag‗batlantirish mumkin. Past malakali, kam haq oluvchi, xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchi yoki keksa xodimlar uchun esa, avvalo, gigiyenik omillarning yaxshilanishi muhim. So‗ng motivatorlarning qo‗llanishi yaxshi samara berishi mumkin.
Motivatsianing protsessual nazariyalari: