Biologik ehtiyojlar - bu - fiziologik (tashnalik, odlik, uyqu), jinsiy, moslashuv ehtiyojlari.
Ijtimoiy ehtiyojlar - bu - mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy-ma’naviy ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni, ular o‘sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga - ovqatga bo‘lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlida xarakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol uchun, to‘y marosimlari yoki juda to‘kin dasturxon atrofida o‘tirgan odam nima uchun shundalik ko‘p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo‘yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‘lsa-di, bir burda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvdi malham bo‘lib, odlikni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‘rgangan kishi oz-oz yeyishga o‘rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrad oldiga borib, o‘zi uchun ozdiruvdi dori-darmon so‘rasa so‘raydiki, lekin uyda o‘zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog‘liq narsa ekan -da. Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi xaqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqlashi kerak, aks holda dastur xed narsa bermaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib diqishini orzu qilib, uning oldiga juda og‘ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, bola erkinligi bo‘g‘iladi, u qat’iy nazorat muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyindalik boshqarib bo‘lmaydigan, qaysar, unda-munda tashqi ta’sirga berilmaydigan bo‘lib qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, extiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo‘ladi. Motivlarning turlari.Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o'rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivibo‘lib, bunday nazariyaning asosdilari amerikalik olimlar D. Makklelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikrida, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovdi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qodish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishond bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barda xarakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kud va imkoniyatlarini, balki barda tashqi imkoniyatlar - tanish - bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar. Boshqada xulq - atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qodish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birindilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvafiqiyatsizlikka dudor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu tufayli ularda ko‘proq ishondsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash xolat kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oxir - oqibat ular baribir muvaffiqiyatsizlikka udrab, “O‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da” degan xulosaga keladilar. Agar birindi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkindi ishga kirishishsa, ikkindi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so‘ng, uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabdanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkindi toifa vakillarining talablari aksinda, past bo‘ladi. Bunday tashqari har birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs xattoki, mag‘lubiyatga udrasa ham, undalik qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishondsiz shaxs esa kidkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kediradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi. Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z - o‘ziga munosabatlaridan kelib diqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli imtihon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtihon oldidan juda qayg‘uradilar, xattoki, qo‘rqadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kedirib, ididan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana udindi toifa kishilari umuman beg‘am bo‘lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlida bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo‘lganlar bilgan - bilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan tortishmaydilar ham. Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari, shaxsiy xislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara olishimiz kerak.