perseptiv - ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
mnemik faoliyat, narsa va xodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
fikrlash faoliyati - aql, fahm - farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yedishga qaratilgan faoliyat;
imajitiv - (“image” -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish ro‘y bergan bo'lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiyadeb ataladi, aksinda, aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko'dirilishi eksteriorizatsiyadeb yuritiladi. Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida- alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o'girilganda, malaka hosil bo'ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko'nikmalardeb ataymiz. Ko'nikmalar - doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko‘nikma va malakalar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham o‘quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barda ko‘nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o‘qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yo‘llari quyidagida bo‘lishi mumkin:
oddiy namoyish etish yo'li bilan;
tushuntirish yo'li bilan;
ko'rsatish bilan tushuntirishni uyg'unlashtirish yo'li bilan.
hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi. Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarqalgan usuli - bu barda insonlarga xos bo‘lgan asosiy faollik turlari bo‘yida tabaqalashdir. Bu - muloqot, o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatlaridir. Muloqot- shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo'ladigan birlamdi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kudli ehtiyojlardan biri - inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib diqadi. Shaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi. O'yin- shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma'naviy ne'matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamagunda, kattalar xatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi. O'qishfaoliyati ham shaxs kamolotida katta rolu o'ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi. Mehnatqilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo'lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga xissa qo‘shishdir. Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barda qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo‘lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo‘lmay, balki ham idki (psixik), ham tashqi (predmetga yo‘naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog‘liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muhim bo‘lib, bu faoliyat motivlaridir. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi.Yuqorida biz tanishib diqqan faoliyat turlari o‘z - o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, o‘z - o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq - atvorini tushuntirish uchun psixologiyada “motiv” va “motivatsiya” tushundalari ishlatiladi. “Motivatsiya” tushundasi “motiv” tushundasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya- inson xulq-atvori, uning bog'lanishi, yo'nalishi va faolligini tushuntirib beruvdi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushunda u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat yo‘lida?” degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivasion tasnifini yoritishga olib keladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) idki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar); b) tashqi sabablar - faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib diqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir. Shaxs xulq-atvorini idkaridan, idki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozisiyalarham deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning xaqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi, “Nega?” degan savolga “O‘zim ham bilmay qoldim, bilmayman”, deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barda sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqadaroq bo‘ladi, ya’ni, dispozisiya anglangan, ongli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushunda bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq- atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvdi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlida bo‘ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘zi ham o‘zidagi xolat, kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni alohida xollarda turlida idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini o‘sha ma’lum sharoitdagi idki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash xolatlarni idrok qilishga idki bir xozirlik - dispozisiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli taxlillar, xattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z idiga oladi. Masalan, texnika oliygoxlarida: “Materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik. Shu kursni o‘zlashtirish va undan sinovdan o‘tish ko‘pdilikka osonlikda ro‘y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvdi o‘qituvchi o‘ta talabdan, qattiqqo‘l va xokazo degan. Bunday motivatsiya mana neda avlod talabalar boshdan kedirayotgan xolat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izoxlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o‘z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo‘q va u qadon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi. Xar qanday motivlarning orqasida shaxsning extiyojlari yotadi. Ya'ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda xulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol uchun talabaning o‘quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvdanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog‘da yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‘quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart - sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o‘zi, bola uchun motiv o‘rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo‘lingizda kitob bor. Siz xali uni o‘qishni boshlamadingiz. Lekin o‘qish istagi bor, shu istakning ortida esa, o‘sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: