Toshkent kimyo texnologiya instituti sifatni boshqarish usullari va vositalari



Yüklə 57,17 Kb.
səhifə6/17
tarix26.09.2023
ölçüsü57,17 Kb.
#149180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Usullar va vositalar sirtqi

Mass-spektroskopiya.
Mass spektrometriya — modda tarkibidagi atom va molekulalar spektri boʻyicha ularning massasini tekshirish usullari. Atom va molekulalari ionlashgan har bir modda t/ye nisbat bilan bir-biridan farq qiladi, bu nisbat (bunda t – massa, ye – ion zaryadi) mass-spektrometrlar bilan oʻlchanadi. Olingan spektrga koʻra, modda massasi va jism tarkibidagi boshqa moddalar miqdori topiladi. Mass-spektroskopiya tatbikiy fizika, kimyo, biol. tibbiyot, geol. va texnikada asosiy analitik usullardan biri hisoblanadi. Jism (yoki suyuk,lik) tarkibidagi modda massasini aniqlashning har xil usullari bor. Mas, dublet usuli bilan dispersion chiziqlar orasidagi masofa anikdanadi va shu masofa boʻyicha massalar farqi topiladi. Ionlar tokini oʻlchash usuli bilan moddalar massasi aniqlanadi.
Gaz tarkibini aniqlash uchun ham Mass-spektroskopiyadan foydalaniladi. Gazlar toʻliq bugʻlatish, izotopga ajratish, vakuumda uchqunlatish va ionlar bilan bombardimon qilish usullari orqali tekshiriladi. Maʼlum miqdordagi moddani Mass-spektroskopiya bilan tekshirib, undagi elementlar miqdori – gaz aralashmalaridagi komponentlari miqdori nazorat kilinadi va aniqlanadi, izotoplar olinadi. Kimyo sanoatida Mass-spektroskopiya bilan texnologik jarayonlar boshqariladi, atom yuqori qatlamining tarkibi oʻrganiladi, zaryadli zarralarning toʻqnashishidagi jarayonlar kuzatiladi, kimyoviy reak-siyalar kinetikasi tekshiriladi. Mass-spektroskopiya koʻp sohalarda yagona usul hisoblanadi. Mass-spektroskopiya yordamida Yer yuqori atmosferasining neytral va ion tarkibi oʻlchangan (boshqa sayyoralarning atmosfera tarkibini ham shu usulda oʻlchash mumkin).

3- Ma’ruza. О‘simlik yog‘larini fizik usullar yordamida tahlil qilish


Reja:
1. O'simlik yog'lari ;
2. O'simlik yog'larini olinishi;
3. O'simlik yog'larini fizik usullar yordamida tadqiq etish;
3.1.Yog'lar tadqiqotining hromotografik usullari
3.2.Yogʻlarni analiz qilishning spektral usullari.
3,3. Yadro magnit rezonansi (YAMR).
3.4. Infraqizil spektrlar, ulardan lipidlar analizida foydalanish.
3.5. Mass-spektroskopiya.
10. O'simlik yogʻlari.
Oziqaviy yog' inson iste'moli uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir. U tirik organizm uchun energiya manbai bo'lib hizmat qiladi. Energiyaning qariyb uchdan bir qismini yog'lar hisobida oladi.
O'simlik yogʻlari yog'li hom ashyolardan ajratib olinadigan mahsulot, yogʻlar, asosan, atomli spirtlar (glitserin) bilan hosil qilgan murakkab efirlari triglitseridlardan (95-97%) tashkil topgan.
Triglitseridlar - rangsiz, hidsiz va ta'msiz moddalar. O'simlik yog'lari tarkibiga oz miqdorda fosfolipidlar, karotinoidlar, mumlar, vitaminlar, erkin yog 'kislotalari ham kiradi. O'simlik yog'ining hidi, ta'mi, rangi ana shu moddalarga bog'liq.
Hozirgi kunda yog' beruvchi o'simliklar 100 dan ortiq bo'lib, ko'pchiligiga yog'ning miqdori uncha ko'p bo'lmaganligi tufayli yog' ishlab chiqarish sanoatida ishlatilmaydi. Urugʻlar tarkibidagi yog' miqdori (quruq moddasiga nisbatan foiz hisoblanadi).
1. Kungaboqar - 23.5 -45.0%
2. G'o'za-15.9-28.6%
3. Soya-13.5 25.5%
4. Raps-38.0-45%
5. Yong'oq-60-74%
6. Er yong'oq-40.2-60.7%
7. Kunjut-46.2-61 %
8. Zig'ir-36.8-49.5%
9. Nasha-30.0-38.9%
10. Kakao-49.0-57.0%
11. Zaytun-23-49%
12. Abrikos-60%
O'simlik yog'ining hossasi, asosan, glitserin bilan efir bog'larini hosil qiluvchi yog' kislotalar tabiatiga ko'ra aniqlanadi. Yogʻlar tarkibida uchraydigan yog' kislotalar to'yingan va to'yinmagan bo'ladi. Odatda, to'yinmagan yog' kislotalar bir, ikki va uch qo'sh bog'li, bir asosli, shohlanmagan va juft sonli karbon atomlariga (ko'pincha S16 va S) ega bo'lgan yog' kislotalaridan iborat. O'simlik yog'ining quyuqligi va qotish darajasi ulardagi to'yinmagan yog' kislotalar miqdoriga bog'liq. To'yinmagan yog' kislotalar ko'p bo'lmagan o'simlik yog'i suyuq, qotish temperaturasi O dan past. Palma yog'i qattiq, o'simlik yog'iga misol bo'ladi. O'simlik yogʻining fizik va kimyoviy hossalari ularning yod, kislota va sovunlanish sonlari bilan ifodalanadi. Yod soni yog'i tarkibidagi yog' kislotalarining to'yinmaslik darajasini belgilaydi. Yod soni qancha katta bo'lsa, yog' shuncha suyuq bo'ladi. Odatda, suyuq yog'larni oziq sifatida iste'mol qilib bo'lmaydi, ulardan turli bo'yoqlar, lak, alif yog tayyorlashda va boshqa tehnik maqsadlarda foydalaniladi. Ko'pgina qiladi(quriydi). o'simlik yogʻlari havoda oksidlanib yupqa parda hosil qiladi.
Yod soni 85 dan kichik bo'lgan yogʻlar qurimaydigan, 130 dan yuqori bo'lgan yogʻlar yahshi quriydigan yog'lar hisoblanadi.
Kislotalar soni yog'lar tarkibidagi erkin yog' kislotalari miqdorini ifodalaydi. Bu son yog'ning sifatini belgilaydi. Odatda, o'simlik yog'lari tarkibida juda oz erkin yog' kislotalar uchraydi, binobarin ularning kislota soni ham kichik bo'ladi. Uzoq muddat saqlangan yoki hom urug'lardan tayyorlangan yog'larda erkin yog' kislotalar miqdori yuqori, ularning kislota soni ham katta bo'ladi.
O'simlik yog'lari uzoq muddat saqlanganida namlik, havo, yorug'lik va boshqa ta'sirida hosil bo'ladigan aldegidlar, ketonlar va ba'zi bir yog' kislotalari ularga qoʻlansa hid va ta'hir ta'm beradi. To'yinmagan yog' kislotalaridagi qo'shbog'larga vodorod atomini biriktirish yo'li bilan suyuq o'simlik yog'i qattiq yog'larga aylantiriladi. (Gidrogenlash). Bunday reaksiyalardan margarin tayyorlashda foydalaniladi.

Yüklə 57,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin