Toshkent kimyo texnologiya instituti sifatni boshqarish usullari va vositalari



Yüklə 57,17 Kb.
səhifə7/17
tarix26.09.2023
ölçüsü57,17 Kb.
#149180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Usullar va vositalar sirtqi

O'simlik yog'larini olinishi.
Yog' beruvchi o'simliklardan yog' ishlab chiqarish asosan 3 bosqichni o'zichiga oladi:
- urug'larni tozalash;
yog' ishlab chiqarish;
- tozalash
Yog' to’plovchi urug'lar hoʻjaliklardan, omborhonalardan, pahta tozalash zavodlaridan transport vositalari yordamida yog' zavodlariga tashib keltiriladi. Zavodga keltirilgan hom ashyolaming tezda sifati aniqlanib tortiladi va omborhonalarga saqlash uchun yuboriladi. Ular standart talabiga javob bersa, to'g'ridan to'g'ri yog' ajratib olishga yoki javob bersa, yog' to'plovchi urug'lar saqlashga yaroqli bo'lsada, lekin namligi va ifloslanganlik darajasi belgilangan me'yordan yuqori bo'lsa, u holda qushimcha tozalanib, quritilib, so'ngra saqlash uchun jo'natiladi. Yog'ni maydalangan, tozalangan, urug'lardan ajratib olish, asosan 3 usul bilan olib boriladi:
- preslash (ezish)
- eritish (ekstraksiya)
- kombinatsiyalashtirilgan usul
Presslash usuli bu usul bilan yog' ajratib olishda, eng qiyin jarayonlardan biri maydalangan hom ashyoni preslashga tayyorlash hisoblanadi. Shu maqsadda maydalangan mag'ziga suv bug'lari bilan namlab ishlov berilganda yopishqoqlik darajasi pasayib yog' holatga o'tadi. Bug'lantirilgan hom ashyoma'lum darajada quritilib, keyin esa qizdiriladi. Haroratning ko'tarilishi, yog'ning yopishqoqligini kamaytirish va o'z navbatida to'qimalardan yog'ning chiqishini tezlashtiradi. Haroratiga qarab yog' ajratib olishda issiq va sovuq preslash usullari qo'llaniladi.
Agar maydalangan urug'lar bugʻlantirilib, issiqlik bilan ishlov berilsa, bu usul issiq presslash deb yuritiladi.
Forpreslash kichik bosimda olib borilsa, shnek apparatlarida preslash katta bosimda amalga oshiriladi. Bu ishlab chiqarilayogan yog'ning sifatiga ta'sir ko'rsatadi. Presslarda siqib chiqarilgan yog'lar mahsus idishlarda to'planib, tozalash uchun yuboriladi. Mazkur usulning kamchiligi shundan iboratki, urug' tarkibidagi yog'ning faqat 80-85% ini chiqarib olish mumkin. Biroq shuni qayd qilish lozimki, bu usul bilan ishlab chiqarilgan yog'larning sifati birmuncha yuqori bo'ladi.
Yog ishlab chiqarishning eritish usuli Yog olishda fizik-kimyoviy usullardan ekstraksiya usuli ko'proq qo'llaniladi. Buning asosiy sababi mavjud usullar orasida ekstraksiya usuli urug'dagi yog'larning qarib hammasini ajratib olishni ta'minlaydi. Bu usulda yog' ajratib olishda issiq harorat bilan ta'sir ettiriladi. Yog' ajratib olish organik erituvchining qaynash haroratlari atrofida olib boriladi. Eksraksiya jarayoni shundan iboratki, maydalangaan urug'lar mahsus ekstraktorlarga o'tkazilib, erituvchilar bilan to'lg'iziladi. Erituvchi sifatida: benzin. kerosin, efir, atseton, dihloretan va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Erituvchilar mumkin qadar zararsiz, tez uchuvchan yog'lar bilan reaksiyaga borib zararli moddalar hosil qilmaydigan jihozlar devorlariga ta'sir etmaslik kabi talablarga javob berishi kerak. Ekstraktorlarga erituvchilar solingandan keyin maydalangan urug'lar tarkibidagi yog' erituvchilargaerib o'tadi. Hosil bo'lgan eritmani mitsella deb yuritiladi. Erituvchini ajratish uchun mitsella mahsus apparatlarda haydaladi. Albatta erituvchini bir marta ta'sir ettirish bilan hom ashyo tarkibidagi hamda yog'ni chiqarib bo'lmaydi. Shu sababli, erituvchi hom ashyoga bir necha marta ta'sir qilinib, kunjarada 1-2% yog' qolgungacha davom ettiriladi.
Hozirgi kunda yog' olishni uzluksiz ekstraksiya usuli ishlab chiqilgan. Bunda bir necha ekstraktorlar bir-biriga ulangan bo'lib ekstraksiya ketma-ket olib boriladi. Buning boisi shundaki ekstraksiya usulida urug' tarkibidagi qariyib 100 % ajratib olinadi.
Yog' ajratib olishning qo'shma usulida esa avvalo tayyorlangan hom ashyodan yog' preslash usuli bilan keyin esa kunjaradagi yog' ekstraksiya usuli bilan ajratiladi. Ko'pchilik egʻli urug'lardan yog' ajratib olish bundan mustasnodir. Soya dukkagida yog' miqdori bir muncha kam bo'lganligi soyadukkagi tarkibidagi qimmatbaho oziqbob oqsilni hususiyatlarini o'zgartirmaslik uchun soya homashyosiga to'g'ridan to'g'ri ekstraksiyalashga jo'natiladi. Bu yog'lami tozalanmagan yog'lar deb yuritiladi, yogʻlarni yaroqli holatga keltirish uchun har hil usullar bilan tozalanadi.

Yüklə 57,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin