Toshkent kimyo texnologiya instituti sifatni boshqarish usullari va vositalari



Yüklə 57,17 Kb.
səhifə2/17
tarix26.09.2023
ölçüsü57,17 Kb.
#149180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Usullar va vositalar sirtqi

Fanning maqsadi va vazifalari: «Kimyo va oziq-ovqat sanoatida o'lchash usullari va vositalari» fanining asosiy maqsadi va vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
- Talabalarda sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari faoliyatida sifat menejmenti, sinov qurilmalari va ularda ishlashni tushunish va nazariy bilimlarni shakllantirish;
- sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari sifat menejmentini ishlab
chiqish va joriy qilish jarayonini o'rganish;
- sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarida mavjud standartlar
talablari doirasida sinovlar o'tkazish ko'nikmalarini hosil qilish;
- O'z DSt 16.10:2009, O'z DSt ISO/IEC 17021:2009, O'z DSt ISO/IEC 17025:2007 standartlarini va boshqa me'yoriy hujjatlar va adabiyotlarnimustaqil o'rganish bilan bir vaqtda sinov qurilmalarida ishlash bo'yicha ko'nikmalar hosil qilish;
Talaba va fanga qo'yiladigan talablar: Bugungi kunda O'zbekistonda yosh mutahassislarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri - bu ularning turli sohalar bo'yicha bilim va malakaga ega bo'lishlari, buning natijasida o'zlari mehnat qilayotgan korhonani raqobatbardoshligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko'rsatilayotgan hizmatlari sifatini oshirishda o'z hissalarini qo'shishlaridir. Ushbu fanni o'zlashtirish orqali talaba «Kimyo va oziq-ovqat sanoatida o'lchash usullari va vositalari» bo'yicha sertifikatlashtirish idoralari (SI), sinov laboratoriyalariga (SL) belgilangan talablarni o'rganishi, SI va SL. mahsulot va hizmatlarni sifatini baholashdagi o'rni, ularni funksiyalari va vazifalarini bilishi va sinov qurilmalarida ishlashni o'zlashtirishi lozim. SL sifat tizimlari, hodimlariga belgilangan, sifat tizimi boʻyicha hujjatlarini ishlab chiqish va joriy qilishga, va sinov qurilmalarida ishlash bo'yicha ko'nikmalar hosil qilish, ushbu fanni o'rganishda talabalarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Boshqa fanlar bilan ushbu fanning oʻzaro bog'liqligi:
Ushbu fanni o'rganish davomida talaba nafaqat sifat menejmenti va sinov qurilmalari boʻyicha ko'nikma hosil qilish, balki O'zbekiston Respublikasida Sertifikat tizimi (ST) boshqa talablarini o'rganishi lozim. Bunda asosiy e'tibor O'zbekiston Respublikasi Sertifikatlash tizimi asosiy me'yoriy hujjatlari va rahbariy hujjatlarini talablarini oʻrganishga qaratiladi. SI va SL belgilangan talablarni bajarishda O'zR ST tizimini hisobga olmaslik SI va SL ishini to'g'ri tashkil qilishda boshqa qo'shimcha muammolarni keltirib chiqaradi.
Metodik ko'rsatmalar va o'qitish vositalari: Ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulotlar o'tish uchun va mustaqil ish jarayonida didaktik materiallarni, o'quv qo'llanmalari, darsliklar ishlab chiqish lozim, bu talabada ushbu fanni o'zlashtirishda asosiy tamoyillarni shakllantiradi. Fanni o'rganishda amaliy misollar keltirish va mavjud sinov qurilmalarida amaliy ishlarni bajarish zarur bo'ladi.

  1. Yüklə 57,17 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin