Toshkent kimyo texnologiya instituti sifatni boshqarish usullari va vositalari


O'simlik yog'larini fizik usullar yordamida tadqiq etish



Yüklə 57,17 Kb.
səhifə9/17
tarix26.09.2023
ölçüsü57,17 Kb.
#149180
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Usullar va vositalar sirtqi

O'simlik yog'larini fizik usullar yordamida tadqiq etish.
O'simlik yog'ining fizik ko'rsatkichlariga: zichlik, sindirish ko'rsatkichi,qaynash haroratlari, chaqnash temperaturasi, nam va uchuvchan moddalar miqdori, yog' bo'lmagan qo'shimchalar miqdori, rangdorlik ko'rsatkichlari va boshqalar kiradi (ular fizik asboblar yordamida aniqlanadi).
Margarin mahsulotlarini, quyidagi usullar yordamida aniqlanadi: Namuna tanlab olish, yog'ning 8 massaviy ulushi, namlik va uchuvchi moddalarning massaviy ulushi, kislota soni O'ZDSt-976,5475 bo'yicha.
Zaharli elementlarni aniqlash uchun namuna tayyorlash O'ZDSt-26929.
Vitaminlarni aniqlash O'ZDSt- 240 boʻyicha.
Ba'zi yog'larning tarkibiy va sifat ko'rsatkichlarini bilish, ularni identifikatsiyalash katta ahamiyatga ega. Odatda no'malum yog' mahsulotini identifikatsiyalash uchun ularning organoleptik ko'rsakichlari, zichligi refraksiyasi, sovunlanish soni va yod sonlari aniqlanadi.
Yog'lar tadqiqotining hromotogafik usullari
Hromografik tadqiqot usuli birinchi marta rus olimi M.S. Svet tomonidan 1903 yilda taklif etilgan edi. Shundan so'ng bu usul nihoyatda rivojlanib, bugungi kunda juja ko'p variantlarda qo'llaniladigan va juda keng tarqalgan, hamda effektiv tadqiqot usullaridan biri hisoblanadi.
Hromotografik usul bu gazlar,bug'lar, suyuqliklar yoki erimalar (eritilgan modalar) murakkab aralashmalarni komponentlarini ajratishning fizik-kimyoviy usulidir. Hromotografiya dinamik sharoitlarda sorbsion jarayonlardan foydalanishga asoslangan. Uning fizikaviy mohiyati shundaki, komponentlarga ajratilishi lozim boʻlgan aralashma (gazlar, bug'lar,eritma) sorbent qatlami bo'ylab, harakatlanadi, bunda aralashma komponentlarining turli sorbsiyalanish hususiyatlariga ega ekanligi tufayli sorbent qatlami bo'ylab ular ajrala boshlaydi. Hromotografik usulning oddiyligi, effektivligi va universalligi uning keng tarqalishiga sabab bo'ldi.
Koʻpincha bu usul quyidagi masalari (muammolarni) echish uchun qo'llaniladi:
-yog'ni murakkab aralashmalari alohida kolmponentlargaajraish hamda ularning sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash;
-moddalarni aralashmalardan tozalash;
-suyultirilgan eritmalardan moddalarni konsentrlab olish; Hromografik usul tadqiqotlari turli variantlarda amalga oshirilishi mumkin (qog'ozli yupqa qatlam hromatografiyasi, gaz hromaografik usul, suyuqlik hromografiyasi va boshqa).

Yüklə 57,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin