Toshkent kimyo texnologiya instituti sifatni boshqarish usullari va vositalari


Infraqizil spektrlar, ulardan lipidlar analizida foydalanish



Yüklə 57,17 Kb.
səhifə11/17
tarix26.09.2023
ölçüsü57,17 Kb.
#149180
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Usullar va vositalar sirtqi

Infraqizil spektrlar, ulardan lipidlar analizida foydalanish.
Barcha organik moddalar infraqizil (IQ) spektrlar nurlanishlarini yutadi. Bunda molekulalar yadrolarining tebranma va aylanma harakatlari qo'zg'atiladi.
Olein kislotasi S-O guruhining tebranish chastotasi 1712 sm-', 2-okadetsen kislotasiniki esa 1708 sm. Bunday farq S-S guruhiga nisbatan olib qaralganda, uning yanada kataligini kuzatish mumkin. Bu S-S bog'lanishning elektron buluti kislorod atomiga tomon siljishi natijasida polyarlanishi bilan bogʻliq. 2-okadetsen kislotasi S-S guruhining tebranish chastotasi olein kislotasinikidan 30 sm-' ga past, uning spektri intensivligi esa deyarli 2 marta ortiq.
To'yinmagan yog' kislotalari strukturasini aniqlash uchun S-S guruhlari haraktristik spektlarni tahlil etish imkoniyatlari juda kata qiziqish uyg'otadi. Zanjir ichida SOON guruhidan uzoqda joylashganida u past intensivlikdagi spektrlarni beradi (V=1670 va 1650 sm¹).
Yog' kislotasi agregat holatining suyuqlikdan qattiqqa keskin oʻzgarishida S=0 -harakteristik spektri 1705-1725 sm' dan kichik chastotalar tomon (1350-700 sm) ga siljiydi.
Tekshirayotgan mahsulot uchun erituvchini tashlashda uning 1Q-nurlarni yutish hususiy diapazonini, namuna moddasi va kyuveta materiali bilan o'zaro a'sirlashuv qobiliyaini o'rganish va bilish kerak.
Moddaning to'la IQ-spektrini hosil qilish uchun bir necha hil erituvchilardan foydalanishga to'g'ri keladi.
Mass-spektroskopiya.
Mass-spektroskopiya elektron zarba, intensiv qisqa to'lqinli nurlantirishlar yordamida, qo'zg'algan atomlar yoki jonlar bilan to'qnashuv natijasida, shuningdek, kuchli elektr maydonida molekulalarning buzilishiga asoslangan bo'lib, bunda hosil bo'lgan molekula bo'laklari qayd etib boriladi. Ko'pincha ionizatsiyalash uchun shunday elementlardan foylaniladiki, ularning ta'sir etishi natijasida molekula (M) elektronini yo'qotib Me M'+2e ionradikal hosil qiladi yoki elektron qo'shilib M+e Manion-radikal hosil qiladi.
Mass spektrlarni juda chuqur vakuum sharoitida (-10% mm simob ustini) olishadi.
Spirtlarda uzilish(parchalanish) quyidagi shema bo'yicha amalga oshadi:
(R-CH₂OH)CH₂OH CH₂ = OH
Karbon kislotalari molekulyar ioni fragmentatsiyasida quyidagicha parchalanish kuzatiladi:
(R COOH) (R-H)*+ CO₂
Hozirgi vaqtda molekulyar massasi 900 gacha bo'lgan birikmalar uchun mass- spektrlar olish mumkin, bu esa yog'larning komponentlarini tekshirish (analiz qilish) imkonini beradi.
Hromografiya bilan birgalikda mass-spektrometriya moddalar strukturasini baholashning eng informativ usullaridan hisoblanadi. PMR, IK va mass- spektrometriya tehnologik jarayonlaming borishiga operativ aralashib ta'sir qilish bilanbirga, yangi moyli hom ashyo ta'sirlarining mahsulot sifatiga ta'sirini baholash imkonini ham beradi.

Yüklə 57,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin