Toshkent kimyo texnologiya instituti sifatni boshqarish usullari va vositalari


Go'sht va go'sht mahsulotlarini tekshirish



Yüklə 57,17 Kb.
səhifə13/17
tarix26.09.2023
ölçüsü57,17 Kb.
#149180
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Usullar va vositalar sirtqi

Go'sht va go'sht mahsulotlarini tekshirish.
Namuna olish.
Tekshirish uchun butun boʻlakli 200 g dan kam bo'lmagan go'shtni nimtasidan yoki quyidagi joylaridan olinadi: so'yilgandan, IV va V bo'yin umurtqasiga qarshi; kurak oblastidan; son go'shti va semiz tuqima qism. Har bir olingan namuna pergamentga, sellyulozali plyonkaga yoki ozuqaviy polietilen plenkasiga joylanadi. Pergamentda to'qimani nomi yoki organi va nimtani nomeri belgilanadi, hammasi qog'ozli paketga joylanadi, metali yopiladigan qutilarga tahlanadi. Quti muhrlanadi va plombalanadi. Namuna laboratoriyaga kuzatilganda belgi qo'yiladi: namuna olingan sanasi va joyi, hayvon turi, o'zlashtirilgan joyi; sinovning sababi va maqsadi: jo'natuvchi imzosi.
Organoleptik baholash.
Rangi va tashqi koʻrinishini aniqlash.
Yangi kesib olingan mushak to'qimasidan ichkari qatlamidan go'shtni ko'rinish va rangi aniqlanadi. Bunda, paypaslab yopishqoqlikning mavjudligi va go's yuzasidagi namlik, qirqilgan filtr qog'ozi parchasi orqali o'rganiladi.
Konsistensiyasini aniqlash.
Tekshirilayotgan namuna yoki yangi kesilgan nimta engil, barmoq bilan bosilib, chuqurcha hosil qilinadi va uni tekislanishi (avvalgi holatiga qaytishi) kuzatiladi.
Hidini aniqlash.
Go'sht nimtasini yuzasida yoki tekshirilayotgan namunadan hidi organoleptik usulda o'rganiladi. Toza pichoq bilan kesiladi va shu zahoti chuqur qatlamda hidi aniqlanadi.
Yog holatini aniqlash
Namunani olish paytida: hidi, rangi va konsistensiyasi belgilanadi.
Payni holatini aniqlash.
Namuna olish paytida, nimtadan aniqlanadi. Payni paypaslab uni qayishqoqligi, zichligi va umurtqa yuzasida holati o'rganiladi.
Sho'rvani hushbo'yligi va tiniqligini aniqlash.
Aniqlashga tayyorgarlik. Bir hil namuna olish uchun, har bir namuna ayrim qiymalagichdan o'tkaziladi (to'r teshigi diametri 2 mm) va qiyma puhta aralashtiriladi. Labaratoriya tarozisida 20 g qiyma (0,2 g) tortib olib, 100 sm konussimon kolbaga solinadi, 60 sm' distillangan suv quyib aralashtiriladi, soat shishasi bilan yopiladi va qaynab turgan suv hammomiga qo'yiladi. Aniqlash yo'li. Quruq sho'rvani hidini aniqlash 80-85 °S haroratda kolba ochiq holida chiqayotgan parni chiqishidan aniqlanadi.
Quruq sho'rvani tiniqligini aniqlash uchun 20 sm mahsulot, o'lchovini silindrga 25 sm quyiladi va uni tiniqlik darajasi kuzatiladi.
Go'sht yoki go'sht mahsulotlari, yuqorida zikr etilgan ko'rsatkichlardan birortasi bo'yicha shubhali tuyulsa, ular kimyoviy va mikroskopik analiz qilinadi.

Yüklə 57,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin