Toshkent kimyo texnologiya instituti sifatni boshqarish usullari va vositalari


Sutni organoleptik va fizik usullari yordamida tekshirish



Yüklə 57,17 Kb.
səhifə15/17
tarix26.09.2023
ölçüsü57,17 Kb.
#149180
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Usullar va vositalar sirtqi

Sutni organoleptik va fizik usullari yordamida tekshirish.
Sutni organoleptik baholashda: og'irligi, o'ralishi, tashqi ko'rinishi, konsistensiyasi, ta'mi, hidi va rangiga e'tibor beriladi. Zichligini aniklash. Sutni zichligi areometr - laktodensimetrda, 10-25 °S haroratda aniqlanadi. Sutning tarkibiy qismiga qarab, zichligi o'zgaradi. Yog'siz, quruq moddalarning ko'payishi, zichlikni oshiradi, aksincha, sutning yog'liligini oshirish zichlikni kamaytiradi. Sutni suv bilan suyultirganda uni zichligi tahminan har 0,003 ga 10% suv qo'shilganligini ko'rsatadi. Sutni zichligi laktodensimetr ko'rsatkichida 27 dan past bo'lishi, sutni suv bilan suyultirilganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, zichligi bo'yicha sutni tabiiyligi haqida hulosa qilinadi.

5- Ma’ruza. Dori va giyoxvandlik vositalari, psixatrob moddalarni fizik usullar yordamida tadkik etish

Reja:
6.1.Dori va giyohvandlik vositalari.


6.2.Psihotrop moddalar.
6.3.Dori, giyohvandlik (narkotik) va psihotrop moddalarni aniqlash usullari.
6.1. Dori va giyohvandlik vositalari.
Dori - kasalliklarini davolash yoki oldini olish uchun ishlatilgan modda. Har qanday dorini odamlarga qo'llashdan oldin hayvonlarda sinab ko'riladi va klinikalarda kuzatiladi. Dorilar kimyo-farmatevtika zavodlarida sintetik moddalardan o'simlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan tayyorlanadi, tez buziladigan ayrim dorilar esa dorihonalarda tayyorlanadi. Dorilar turli hilda, masalan, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va b.), qattiq (sochma, tabletka, droje granula va b.) hamda alohida in'eksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.
Ta'sirga ko'ra yurak dorilar surgi, siydik haydaydigan og'riq qoldiradigan, issi tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan dorilar boʻladi. Bevosita kassalliknin qo'zg'atuvchisi ta'sir qiladigan dorilar alohida guruhni tashkil etadi. Bularga bezgal zahm, silga qarshi va boshqa dorilar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar de ataladi. Dorilarning shifobahsh ta'siri bemorning yoshi, ahvoliga va dozaga bog'li Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qo'zg'atuvchisini esa o'sh doriga chidamli qilib qo'yish mumkin. Shuning uchun dorini faqat vrach buyurga dozada qabul qilishi kerak.
Dorilar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yoʻli orqali yuboriladi va infeksiy qilinadi. Ularning kuchi, ta'siri organizmga qay yo'l bilan va qanchalik t kiritilishiga bogʻliq. Ba'zi dorilar takror yuborilganda organizmda to'planib ta's etadi (q. Kumulyasiya) dorini ko'rko'rona qabul qilish yaramaydi, chunki ko kasalliklar belgisi bir-biriga o'hshaydi, uning uchun keraksiz dorilarni qabul qili sog'liqqa zarar etkazadi. Organizmga kirgan dorilar qisman parchalanadi oʻzgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yo'llari, ter va ahlat orqali chiqib ketadi.
Dorilar uyda bolalarning bo'yi etmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir dor yaroqlilik muddati yorlig'ida qayd qilinadi, belgilangan muddatdan uzoq saqlangan ta'sirini yo'qotadi. Keyingi yillarda horijdan keltirilgan dorilar hili bir qadar ort shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.
Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik narkotik moddalarga o'rganib qoli ruju qilish, aniqrog'i tabiiy yoki sintetik zahari moddalar (ayrim dori moddalari vaqtincha yoki surunkasiga iste'mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holl Giyohvandlik organizim somatik va ruhiy holatning chuqur o'zgarishiga sab bo'ladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Giyohvandlikda o'zini to'hta bo'lmaydigan darajada giyovand moddalmi iste'mol qilish mayli paydo bo'la giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bog'liqlik ortib boradi. Giyohvandlik asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi. Giyohvand moddalar dastlab hushnudlik, dimog'chog'lik (eyforiya), hotirjamlik hissini uyg'otib, kayf qildiradiki, keyin bora-bora bu kasallikka aylanadi. Giyohvandlik 2 zaylda avj olishi mumkin.
Birinchi holda vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish hususiyatiga ega bo'lgan dorilarniuzoq vaqt va noto'g'ri qabul qilish, og'riq uyqusizlik va boshqa dardlardan qutilish maqsadida dori miqdorini (dozasi) oshirib borish; darddan tuzalib doriga unchalik ehtiyoj bo'lmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik ta'siri va miqdori ortib borib, piravordida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, humor qiladigan bo'lib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida giyohvand moddalarga o'rganishdir.
Giyohvandlikka, odatda irodasi kuchsiz, o'zini tiya olmaydigan,o'tkir sezgilarini o'zida sinab ko'rishga qiziqadigan, ruhan zaif va o'ta hudbin kishilar beriluvchan bo'ladi.
Giyohvandlikka mubtalo boʻlganlarda hastalik borgan sari kuchayib borib, odatda kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. Giyohvandlikka mubtalo bo'lgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va ko'proq miqdorda iste'mol qila boshlaydi. Keynchalik esa giyohvand moddalarsiz tura olmaydigan bo'lib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va o'zini bir oz engil his qilish uchun giyohvand moddaga ruju qiladi va ohir-oqibatda, giyohvand moddalarga hirs qo'yish kelib chiqadi.
Giyohvandlarda avval ruhiy o'zgarishlar, (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, hotira pasayishi) paydo bo'lgan bo'lsa, keynchalik jismoniy o'zgarishlar, jismoniy bog'lanib qolish sindromi (terlash,yurak urishi,og'iz qurishi,ozib ketish,qo'l- oyoqning titrashi va boshqalar) ro'y beradi.Giyohvandlik opiomaniya (afyun kabul kilish), morfinizm,geroinizm kurinishida buladi. Giyohvandlikning nashavandlik, kokainizm, nikotinizm(tamakiga ruju kilish), teizm (achchik choy ichish) va boshka turlari ham uchraydi. Ikkiyoki undan ortik hil giyohvand moddani surunkali qabul qilish-polinarkomaniya deyiladi. Giyohvandlikning geroinizm turi keyingi vaqtda juda keng va fojiali tarzda tarqalib bormoqda.
Giyohvandlik avj olishini oldini olish uchun ayrim mamlakatlarda oshirilgan. Hususan O'zbekiston Respublikasida tegishlitadbirlar amalga oshirilgan. giyohvandlikka qarshi kurash qumitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi tashkil qilingan va bu markazda narkologiya bo'yicha olim va mutahassislar tomonidan malakali kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida giyohvandlikka qarshi keskin kurash olib bormoqda. Giyohvandlikka mubtalo bo'lgan bemorlar asosan shifohona (statsionar) sharoitida 2- 4 oygacha davolanib, 4-5 yilgacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida bo'ladilar. O'zbekistonda giyohvand vositalarni ishlab chikarish va sotish bilan shug'ullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Giyohvandlik vositalari mahsus ro'yhatga kiritilgan va davlat tomonidan nazoratga olingan, giyohvandlikni keltirib chiqaruvchi sintetik vosita (preparat)lar va o'simliklar. Giyohvandlik vositalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1988yilgi «Giyohvandlik vositalari va psihotrop moddalar bilan qonunga hilof ravishdamuomala kilishga qarshi kurash to'g'risida»gi konvensiyasida, shuningdek, giyohvandlik vositasi ustidan nazorat qilish buyicha O'zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qaroriga (1995 yil 1 aprel) 1-sonli ilova berilgan. Giyohvand vositalar sirasiga: marihuana, nasha, kannabis smolasi, nasha moyi, koradori, morfin,geroin, kodein, efedrin, kokain va boshqalar kiradi.
Giyohvand vositadan tibbiy maqsadlarda foydalanilganda Uzbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibga qatiy rioya etilishi kerak. Giyohvand vositalar bilan erkin muomala qilish taqiqlangan. O'zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustdagi <Giyohvandlik vositalari ishlab chiqarish va ular bilan qonunga hilof ravishda muomala qilish og'ir jinoyatchilikni, jinoiy biznesni keltirib chiqaradi.

Yüklə 57,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin