“Og'ishgan xulq” tushunchasini aniqlash mezonlari.
Tushunchaning ta’rifi
Tayanch tushunchalar:axloq, xulq ,o’g’ishgan xulq
1. Axloq shaxsning psixologik kategoriyasi va xususiyati sifatida
“Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi” fani pedagogika psixologiya tayyorlash fakultetida o‘qitiladigan umumkasbiy fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu fanning o‘zlashtirilishi natijasida tinglovchilar psixologiyada xulqi og‘ishganlik muammosi, xulqi og‘ishganlikning ijtimoiy psixologik omillari, deviant xulq atvorning ijtimoiy, psixologik, biologik sabablari, addiktiv va deviant hulq-atvor profilaktikasi, uni diagnostika qilish masalalari haqida bilimlarni egallaydilar.
Xulqi og‘ishgan bolalar psixalogiyasining maksadi: talabalarga xulqi ogishganlikni kelib chiqish sabablari, turlari oldini olishning psixologik mexanizmlari bilan tanishtirish.
Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi fanining vazifalari esa xulqi ogishganlikining kelib chiqishining obektiv va subektiv omillarini aniqlash, shaxsda xulqi ogishganlikning tavsifnomasi bolishi, uning turlari va korrektsiyasi kabi masalalarni qamrab oladi.
Faning o‘qitishdan maqsad - Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasiga kirish, xulqi og‘ishganlik tushunchasini ajratish, psixik taraqqiyotda norma va patologiya tushunchasini ajrata olishda xulqi og‘ishishlarning ko‘rinishlarini farqlash. Xulqi og‘ishishni aniqlash va tuzatish metodalari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
O‘smirlarning xulqi og‘ishganligini analiz qilishda mediko-psixiatrik va ijtimoiy psixologik yondashish. Xuli og‘ishganlikning mediko-biologik, psixologik, oilaviy tarbiya va maktab ta`limi bilan bog‘liq sabablari. O‘smir psixik taraqqiyotidagi patologik o‘zgarishlar. Referent guruhlar va ularning bola tarbiyasiga salbiy ta`sirini o‘rganish.