11-mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja



Yüklə 109,65 Kb.
səhifə1/13
tarix27.12.2023
ölçüsü109,65 Kb.
#199326
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
11-mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja Mulohaza va uning turla-www.fayllar.org


11-mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja Mulohaza va uning turlari




11-mavzu 

Mulohaza. Xulosa chiqarish 

Reja 
1. Mulohaza va uning turlari. 
2. Xulosa chiqarishning mohiyati va turlari
3. Analogiya va uning turlari 
Tayanch so’zlar

Mantiq, bilish, hissiy bilish, aqliy bilish, tafakkur, tafakkur shakllari, tafakkur qonunlari; 

formal, dialektik va matematik mantiq. Predmet belgisi, termin , tushuncha, tushuncha mazmuni, 

tushuncha hajmi, tushunchalarni umumlashtirish, tushunchalarni chegaralash, tushunchani 

bo'lish, klassifikatsiya, sub'ekt (S), predikat (P).

Mulohaza (Hukm) 
Birinchi savolni yoritishda talabalar e’tiborini hukm – tafakkurning mantiqiy shakli 
sifatida predmetga ma’lum bir belgining xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli
ekanligiga qaratish lozim. 
Insonning olamni in’ikos etish jarayoni faqat olam voqea-hodisalari to‘g‘risida tushuncha
hosil qilib, tushunchalarning mohiyatini anglab olish bilan chegaralmaydi. U mazkur jarayonda 
tushunchaning boshqa tushuncha bilan muayyan munosabatini ham o‘rnatib, olam haqida yangi
bilim olishga intiladi. 
Tushunchalarda ifoda etilgan bilimlar, binobarin, buyumlar yanada yangi jihatlari bilan
tafakkurda ishtirok etib, uning imkoniyatlarini chuqurlashtiradi. Masalan, «O‘zbekiston» va 
«Respublika» degan muhokamani tahlil etsak, bunda ikkita «O‘zbekiston» va «Respublika»
tushunchalari mavjudligini uchratamiz. Mazkur tushunchalar oddiy gramatik qurilmada gap 
o‘rnida kelsa-da, ammo tafakkurda ularning biri ikkinchisi bilan muayyan belgilarni izohlash
orqali bog‘langan. 
Tushunchalar orasidagi munosabatlar ob’ektiv mavjudlikka muvofiq kelishi yoki
kelmasligi mumkin. Masalan, «N. jinoyat sodir etdi» hukmining ob’ektiv mavjudlikka muvofiq 
kelish - kelmasligini tekshirib ko‘rish yoxud chinligiga ishonish mumkin. Ammo «NUJ larning
parvozi kuzatildi» deyilsa, biz mazkur tushunchani shakliy tomondan tahlil qilib, uning mantiqiy 
to‘g‘ri ifodalanganligini qayd etamiz.
Lekin, rasmana mantiqda mavjudlikka muvofiq kelish hukmlar tarkibidagi 
tushuchalarning asosiy vazifasi emas. Unda hukmlardagi tushunchalar asosan mazmunan emas,
balki shaklan tafakkur qoidalariga ko‘ra muvofiq bo‘lishi mohiyatlidir. 
Shunday qilib, maboda tushunchalar o‘zaro mantiqiy talablarga ko‘ra to‘g‘ri bog‘lansa, u
holda ular chin bo‘ladi, agar ular noto‘g‘ri bog‘lansa, yolg‘on hukm bo‘ladi. Bu o‘rinda yana 
shuni qayd etish lozimki, tushunchalarning, fikrlarning mazmuniga ko‘ra bir - biriga
muvofiqlanishi ham, mantiqning bahs mavzuiga kirishi mumkin. Bunday hollarda mantiqiy tahlil 
mazmuniy tahlil kabi bo‘ladi. Mazkur zaruriy bog‘lanishlar aksariyat hollarda rasmana mantiq
doirasidan chiqib, dialektik mantiq bahs mavzuiga aylanadi. 
Tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanish mazmunan chin va yolg‘on bo‘lishidan
qa’tiy nazar, tasdiq yohud inkor ma’nolarida ifodalanadi. Albatta, tasdiq yoki inkorni ifodalagan 
fikr amaliyotdan olingan bo‘lishi, natijada, voqelikka muvofiq kelishi zarur. Zotan, fanning eng
muhim vazifasi haqiqatni izlab topishdir. Masalan, «Hayot - DNK va RNK kabi moddalarning 
harakat usulidir», desak, u holda chin muhokama yuritgan, binobarin, muhokamamizni fan



yutuqlariga asoslagan bo‘lamiz. Mabodo, «Hayot g‘ayritabiiy kuch ehsondir", deganimizda


yolg‘on muhokama yuritgan bo‘lamiz. Chunki, tabiatdagi biror narsa, jumladan, hayot ham 
g‘ayritabiiy kuch i’nomi bo‘lmaydi.
Ba’zan muhokamani tashkil etuvchi tushunchalar haqidagi bilimlar fanda o‘rganilmagan 
bo‘ladi. Masalan, «Toshmatov abadiy dvigatelning asoschisi» deyilsa, u holda bu muhokama
yolg‘ondir. Chunki, Toshmatov ham Eshmatov ham yoki boshqa biror jahonning mashhur 
tadqiqotchisi ham mazkur kashfiyotni bunyod etmaganligi, qolaversa, uni ixtiro qilib ham
bo‘lmasligi tabiiy - ilmiy fanlarning rivojlanishida dalillar asosida isbotlangan. Ammo, 
«Jinoyatni noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ) sodir etdi» deyilsa, bunday muhokamada
ifodalangan fikr muammolidir. Chunki, fan hali NUJ larni o‘rganib, ular sodir etadigan 
jinoyatlarni e’tirof etganicha yo‘q. So‘nggi paytlarda NUJlarning ba’zi hududlarda tez-tez paydo
bo‘lishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar berilmoqda, lekin mazkur hodisani 
tekshirib ko‘rishning iloji yo‘qligidan, ularni haqiqiy isbotlangan hodisalar sirasiga qo‘shib
bo‘lmaydi. 
Demak, hukmda in’ikos etadigan buyumlar to‘g‘risidagi bilimlar fanda aniqlangan
bulishi zarur. Shundagina muayyan bilimlardan oldin fan va amaliyotda ma’lum bo‘lmagan 
xulosalar kelib chiqishi mumkin.
Hukm o‘zbek mantiqiy adabiyotida ba’zan muhokama deb ham yuritiladi. Hukm va 
muhokamani biz ham muqobil tushunchalar kabi qo‘llaymiz.
Hukm - tushunchalar orasidagi belgiga, munosabatga, mavjudlikka oid jihatlarning chin 
yoki yolg‘onligini tasdiq yohud inkor shaklida ifoda etadigan tafakkur shaklidir.
Hukm tafakkur shakli bo‘lsa-da, uni so‘z birikmasi orqaligina ifodalash mumkin. Shu 
bois hukm va gap bir -biri bilan bog‘liqdir. Hukm - grammatik qurilma hisoblangan gapda
namoyon bo‘lsa, gap esa mazmuniga ko‘ra muayyan fikrlardan iboratdir. 
Ma’lumki, gaplar darak, so‘roq, buyruq. va undov gaplarga bo‘linadi. Mazkur gaplarning
atigi bittasi - darak gapgina tugal fikrni ifodalab, hukmga muvofiq keladigan fikrni anglatadi. 
So‘roq buyruq va undov gaplarda mukammal bog‘lanishli tugal fikrlar ifoda
etilmaganligi uchun ular hukm ma’nosini namoyon eta olmaydi. Chunonchi, darak gapdagi 
«O‘zbekiston Respublikasi - kelajagi buyuk davlat» fikri mukkamaldir. Ammo «Kim bor»,
«Onani seving»! «Kun naqadar sovuq». kabilar so‘roq va undov gaplarda tugal fikrni 
ifodalamaydi. Ammo barcha tushunchalarda bo‘lganidek, ana shu gaplarda ham muayyan
mazmun, fikr bo‘ladi. Lekin, mazkur fikrlar hukm ko‘rinishida bo‘lmaydi. Chunki ulardagi gap 
atigi bir tushuncha orqali ifodalanadi. Hukm bo‘lishi uchun gapda, hech bo‘lmaganda ikkita bir -
biri bilan tasdiq yoki inkor ma’nolarida munosabatda bo‘luvchi tushunchalar mavjud bo‘lishi 
zarur.
Hukm tafakkur shakllari orasida muhim o‘rin tutadi. Hukm narsa va hodisalar,
ularning turli belgilari, xususiyati va munosabatlari h,aqidagi bildirilgan tasdiq yoki inkor
shaklidagi fikrdir. Hukm ham tafakkurning boshqa shakllari singari ob’ektiv-voqelik in’ikosi 
natijasidir.
Tasdiq yoki inkor shaklda bo‘lishi va bir hukmning xarakterli belgisi. Hukmning asosiy 
vazifasi narsa va hodisalarning xususiyat va munosabatlarini ko‘rsatish hamda ularga
xususiyatning xosligini ta’kidlashdir. Shuning uchun hukm o‘ziga xos bo‘lgan tasdiq o‘rtasidagi 
ma’lum munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun ular chin yoki xato bo‘ladi. Ob’ektiv
voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukm chin bo‘ladi. Chunki, bu hukmda aks 
ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga muvofiq kelmaydi. Masalan, «Atom -
moddaning bo‘linmas zarrachasidir» deksak noto‘g‘ri hukmdir. Atom murakkab moddiy 


sistemaga ega bo‘lib u yadro va elektronlarga bo‘linadi. Atomning yadrosi ham bo‘linadi, bu


yadro protondan va neytrondan iborat. «Yer quyosh atrofida aylanmaydi» desak, bu ham hukm 
darajasiga kiradi. Chunonchi, geliotsentrik nazariyaga ko‘ra, yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi degan
qonun hukmdordir. 
Hukm tushuncha bilan yaqin munosabatdadir, chunki ular bir - biridan ajralgan holda
mavjud bo‘la olmaydi. Tushuncha va uning belgilari hukm asosida mavjud bo‘la olmaydi. 
Tushuncha va uning belgilari hukm asosida vujudga keladi va rivojlanadi. Tushunchaning
hukmdan farqi, unda tasdiq xolati yo‘qligidir. Masalan, metal, paxta, o‘simlik, yumshoq kabi 
tushunchalarni olaylik. Ular kutgan fikrni bermaydi, ya’ni ular o‘rtasidagi munosabat, biror
buyumga, biror belgi bor yo‘qligi haqida fikr bermaydi. Agar «Paxta yumshoq o‘simlikdir»
desak bu fikrdir, chunki paxtada yumshoqlik belgisi borligi tasdiqlab aytilmoqda.
Hukmni tahlil etish orqali buyum va buyum belgisini aks ettiruvchi xislatga ega 
ekanlingini bilib oldik. Hukmlarni o‘rganishda ularning tuzilishidan boshlamoq zarur. Bunda
hukm terminlariga e’tibor bermoq lozim. Odatda, har bir hukmning uch asosiy elementi bo‘ladi. 
Hukmning birinchi elementi mantiq ilmida sub’ekt, ikkinchisi predikt (logikada mantiqiy ega
sub’ekt, mantiqiy kesim predikat deb ataladi), uchinchi elementni bog‘lovchi deb ataladi. 
Agar «Bug‘doy g‘alla ekinlarining bir turidir» desak, bu mulohazada hukm sub’ekti yoki
egasi «Bug‘doy» tushunchasi, hukm predikati yoki kesimi esa «G‘alla ekinlarning bir turi» 
bo‘ladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Logikada hukmning
umumiy tizimi quyidagicha ifodalanadi: S-r, bunda S subekt (ega), R-predikat (kesim) simvoli 
bo‘lib «-» esa sub’ektini predikat bilan bo‘lgan munosabatni ifodalovchi bog‘lovchidir.
Ega va kesim egalari bir buyumga taalluqli bo‘lib, uning turli belgilarini aks ettiradi. 
Odatda, sub’ekt oldingi hukmlardan aniq bo‘lgan belgilarni, predikat esa yangi belgilarni
ifodalaydi. Har bir hukm uchun ega va kesimning zarur bo‘lishi ularning alohida - alohida 
bo‘lgan ahamiyatini inkor etmaydi. Ularning hukmdagi vazifalari turlichadir.
Har bir hukm asosiy vazifa hukmning kesim elemetlarida bo‘lmog‘i lozim, chunki kesim 
hukmda asosiy mantiqiy maqsadni ifodalash vazifasini bajaradi.
Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lovchidir. U sub’ekt va predikatni bir 
biri bilan bog‘laydi hamda hukmning shakllanishiga yordam beradi. Demak, bog‘lovchi
hukmning tarkibiy qismidir. Boshqacha aytganda, bog‘lovchi yordamida buyumdagi belgi 
buyumning ob’ektiv xislati ekanligini bilib olamiz. Masalan, «G‘ayrat- odamdir» degan
hukmdan bog‘lovchi «dir» «emas», ya’ni tasdiq yoki inkor ma’nosidagi so‘zlar bilan ifodalanadi. 
Demak, fikrni to‘g‘ri yoki xatoligi har bir kishining o‘z mulohazasiga qarab emas, balki
ob’ektiv birlikka mos kelishiga qarab belgilanadi va shundagini biror fikr to‘g‘risida aytilgan 
tasdiq yoki inkor to‘g‘ri bo‘ladi.
Agar fikr birgina hukmdan iborat bo‘lsa, sodda, aksincha, bir necha sodda hukmlardan 
tashkil topgan bo‘lsa, murakkab hukm bo‘ladi. Sodda va murakkab hukmlar o‘zaro munosabatda
bo‘ladi. Murakkab hukmlar hukm turli mantiqiy bog‘lovchilar «yoki», «agarda», «unda», «va», 
«kam», «faqat», «bundan» va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar yordami bilan sodda hukmlardan
tuziladi. Masalan, «Toshkent - O‘zbekiston poytaxti», «Kitob bizning do‘stimiz» kabilar sodda 
hukmga misol oladi.
Murakkab hukmlar bir necha sodda hukmlardan tashkil topib, qa’tiy yoki shartli 
shakllarda ifodalanadi. Masalan, «Bu odam» desak murakkab hukm bo‘ladi.
Predikatni mazmuniga ko‘ra - hukmlar mavjudlik, atributiv (aniqlovchi) va munosabat 
hukmlarga bo‘linadi.



Atributiv hukmlarda predikat biror xususiyatning buyumga yoki xos emasligini aniq


ifodalaydigan va ba’zan u qat’iy hukm deb ham yuritiladi. Masalan, olma daraxti mevali 
o‘simlikdir. «O‘tgan kunlar» romanining muallifi atoqli o‘zbek xalq yozuvchisi Abdulla Qodiriy.
Munosabat hukmlarda'buyumlar biror jihatidan munosabatini ko‘rsatadi. Ya’ni, 
buyumlarning fazoga, vaqtga, jinsga ketma-ketlikka, tenglanishga nisbatan bo‘lgan
munosabatlarini aks ettiradi. Masalan «Behruz Alisherdan katta», «Tilning lug‘at tarkibiga 
qaraganda uninng grammatika tuzilishi sekin o‘zgaradi».
Agar atributiv hukm formulasi yuqorida ko‘rsatilgandek (S-r dir, S-R emas), munosabat 
hukmlari «ARV» formulasi bilan ifodalanadi. Bunda «A» va «V» belgilari buyumlar haqidagi
tushuncha: «R» belgisi ular o‘rtasidagi munosabatni aks ettiradi. 
Masalan 5>4 dan katta. Bunda 5 bilan 4 o‘rtasida «katta» munosabat bor.
Hukmlar faqat sifat jihatlari bilangina ajralmasdan, u miqdoriy jihatlari bilan ham 
ajraladi. Hukmlar son va sifat jihatiga, o‘zaro munosabatiga qarab yakka, tasdiq, juz’iy inkor,
umumiy tasdiq va umumiy inkor hukmlarga bo‘linadi. 
Hukmlar aks etgan predmet har xil bo‘lishi mumkin. Ba’zan hukmda bir guruh
predmetlar va ularning xususiyatlarining bir qismigina aks ettiriladi, yana boshqa bir xil hukmlar 
esa, alohida, yakka pedmetlar va ularning xususiyatlarini aks ettiradi.
Agar bayon etilgan fikr predmeti (kesim) shaklida hamma aytilgan buyumlar sinfini o‘z 
ichiga oladigan bo‘lsa, u chog‘da hukm umumiy bo‘ladi. Umumiy hukm egasi (sub’ekt)
tasdiqlovchi bo‘lsa, «har bir», «inkor etuvchi bo‘lsa», «hech bir», «hech qanday» va boshqa 
tushunchalar orqali ifodalanadi. Masalan, «Materiya aks ettirish xususiyatiga ega» deydigan
bo‘lsak, bu yerda barcha moddiy predmetlarga xos bo‘lgan xususiyat aks etmoqda, bunday hukm 
umumiy hukm deyiladi. Uning formulasi: hamma S-R dir.
Juz’iy hukmlar deb buyumlar sinfining ma’lum qismi ifodalangan hukmlarga aytiladi. 
Bunga misol qilib «Ba’zi hashoratlar zararkunandadir" haqida so‘z ketmoqda, ya’ni ularning
ma’lum bir zararkunandaligi ta’kidlanmoqda. Bunday hukmlar juz’iy hukmlar deb ataladi, 
formulasi esa: ba’zi S-R dir.
Yakka hukm buyumga xos bo‘lgan xususiyatni aks ettiradi yoki ayrim buyumlarga xos 
belgilari bilan birga unga xos bo‘lmagan belgilari tasdiqlashi va inkor etishi mumkin. Masalan,
«Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti», «Samarqand O‘rta Osiyodagi eng katta shaharlardan 
biridir» kabi ayrim yakka predmetlar, hodisalar va ularning xususiyatlari aks etmoqda, bunday
hukmlar yakka (yoki individual) hukmlar deb ataladi. Hukmlarning modallik bo‘yicha bo‘linishi, 
Oddiy hukmlar modalligiga qarab voqelik, ehtimollik va zarurlik hukmlariga va mantiqiy
modalligiga qarab problematik va ishonchli hukmlariga bo‘linadi. 
Hukmlarning modalligi deganimizda ularda fikrni ifodalash shaklinigina tushinish kerak.
Hukmning ob’ektiv modalligi inson ongidan tashqarida bo‘lganligi. 
1. Ehtimollik hukmlar narsalar, hodisalar va ularning belgilari o‘rtasidagi
bog‘lanishning tasdiq va yoki inkor shakli ehtimollik bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ko‘rsatadi. 
Logikada ehtimollik hukm S-R emas, extimol R (a-b), masalan, ehtimol sizning rafiqangiz
ertaga kelib qolar. Ehtimollik hukmlarda biror buyum va hodisa xaqida hali tekshirilmagan, 
ehtimollik fikri aytiladi. Demak, ehtimollik hukmlarning chinligi va ularning voqelik
hukmlarga aylanipi aytilgan hodisalarning qanday darajada sodir bo‘lishi bilan bog‘liq.
Ehtimollik hukmlar haqiqatga zid bo‘lmasa chin voqelik hukmlariga aylanadi.
2. Aniqlik hukmi. Aniqlik hukmida predikat sub’ektdagi belgining mavjudligini 
tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Masalan. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo
davlat. O‘zbekiston mustaqil davlat, uning formulasi S- R dir: S-R emas yoki aRv. Aniqlik 


hukmi voqelik va zaruriy hukmlarga bo‘linadi. A. voqelik hukmi. Voqelik hukmlarida birorta


fakt qayd qilinadi, S za R orasidagi bog‘lanish aniq, ya’ni bo‘lgan voqeaning haqiqat ekanligi 
yoki emasligi haqida fikrni ifodalaydi.
Bu hukmda fikrimizning to‘g‘riligiga yetarli asos mavjud bo‘ladi va u ayrim faktlar bilan 
isbotlangan bo‘ladi. Masalan, Amir Temur o‘zbek xalqining atoqli sarkardasidir. Abu Nosir
Farobiy Sharq Aristoteli. 
Bunday hukmlar zaruriy faktlarga asoslangan, biroq u zaruriy qonuniyatga olib kelmaydi.
B. Zaruriy hukmlar predikat sub’ektdagi belgini tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Zaruriy 
hukmlar tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ifodalaydi. Ya’ni, bunday hukmda narsalar,
hodisalar bilan belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishni muqurrar ekanligini anglaydi. Masalan,
«Poydevorsiz uy bo‘lmas» Bunda «zarur», «shart» so‘zlar ishlatilmasa ham gap tarkibida
bor ekanligi gap mazmunidan anglashilib turibdi. 



Yüklə 109,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin