4-mavzu. Borliq – falsafa kategoriyasi
Borliq tushunchasining tahlili.
Borliq
falsafiy
bilimlarning alohida sohasi
bo„lib, unda borliq va yo„qlik, mavjudlik va nomavjudli k muammolariga doir
masalalarning keng doirasi o„rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo„lgan
barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. Umum qabul
qilingan falsafa tilida u
Ontologiya deb ham ishlatiladi. «Ontologiya» atamasi (yunoncha ontos – borliq,
logos – so„z, talimot), borliq haqidagi talimot degan manoni anglatadi,
ilmiy
kategoriyasi sifatida falsafada XVII asrdan beri qo„llanilmoqda. Ontologiya har
qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o„z
tarkibiga
kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko„p jihatdan belgilaydi.
Borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo„lidagi ilk
urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan
narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita
boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o„rin oldi.
Mifologiyaning bosh
vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni, falsafa «borliqning
nimaligi, u qaerdan paydo bo„lgani va qaerga yo„qolishi»ni
oqilona tushuntirish
bilan shug„ullanadi. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha
zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to„qnash kelganlar:
falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
unga qanday falsafiy mano yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning
etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. «Borliq» falsafiy kategoriyasi
dunyoning ayniqsa keng tarqalgan tillarida ayni bir mano – «bo„lish», «mavjud
bo„lish», «hozirlik», «hozir bo„lish», «mavjudlik» manolarini anglatadi. Jahonning
aksariyat tillarida yuqorida sanab o„tilgan va mano
jihatidan unga yaqin fellar
negizini tashkil etadigan «bo„lmoq» feli, o„zining bevosita manosidan tashqari,
yordamchi fel sifatida ham faol ishlatiladi. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki
mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning
ilk jumlalaridayoq tom
manoda universal fel (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o„zbek
tilida - «bo„lmoq», «bor», ingliz tilida – is, nemis tilida – ist va h.k.
Shunday qilib, «borliq» va «yo„qlik» kategoriyalarining o„ziga xosligi,
betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki,
ularning falsafiy manosi
tavsiflanadigan turli tillarda ular «bo„lmoq» felidan (yoki uning inkoridan) hosil
bo„lgan tushunchalar hisoblanadi va narsaning o„zini emas, balki uning mavjudligi
yoki yo„qligini ko„rsatadi. Masalan,
stol bor, yomg„ir yo„q, oqlik bor, aks yo„q,
miya bor, g„oyalar yo„q va h.k.