Davlat pedagogika universiteti



Yüklə 45,91 Kb.
səhifə1/7
tarix21.03.2023
ölçüsü45,91 Kb.
#88970
  1   2   3   4   5   6   7
qurbonboev doniyor


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT
DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Himoyaga ruxsat etilsin”
Fakultet dekani
_____ G.N.Ibragimova
“___” __________ 2021 yil

5110900 – Pedagogika va psixologiya


ta’lim yo’nalishi Pp – 201 guruh talabasi
ning
MAVZU: O’smirlik davrida xulq-atvor motivatsiyasining namoyon bo’lishi

mavzusidagi


KURS ISHI

“Himoyaga tavsiya etilsin” Ilmiy rahbar: Ps.f.n.,dots. S.X.Jalilova


Psixologiya kafedrasi mudiri
___ps. f. n. dots. N. I. Xalilova
“___” ______ 2021 yil
Toshkent 2021
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I.BOB. O’SMIRLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA XULQ-ATVOR MOTIVATSIYASI …..………………………………………..6
1.1 Xulq-atvor motivatsiyasi haqida umumiy tushuncha… ……………………….6
1.2 O’smirlik davrining o’ziga xos psixologik xususiyatlari ……………………...9
II.BOB. O’SMIRLAR XULQ-ATVORI BO’YICHA ILMIY TADQIQOTLAR …………………………………………….…….....................16
2.1 O’smir xulq-atvorini o’rganishdagi psixologik yondashuvlar…………………………………………………….………………..16
2.2 O’smirlik davrida xulq-atvor motivatsiyasining namoyon bo’lishi Elkonin talqinida.………………… ……………………………………………………….22
XULOSALAR……………………………………………………………………28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………………30

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil Respublikamizdagi ulkan iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy-mafkuraviy o`zgarishlar odamlar psixologiyasi qalbida ham o`z aksini topmoqda. Jamiyatning yangilanishi esa davlatning kеlajagi buyuk bo`lishidan darak bеrib turibdi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov yoshlarga murojat qilib–“ O’zimiz istagan zamon uchun kurashish, kerak bo’lsa o’zimizni, butun borlig’imizni berishimiz lozim. Shunday intilish bilan yashasak, nafaqat o’z hayotimiz, balki kelajak avlodlarimiz hayotini, ularning ertangi yorug’ kunini o’zimiz, o’z qo’limiz bilan barpo etgan bo’lamiz …
Shu nuqtai nazardan qaraganda, eng to’g’ri yo’l – ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish, yanada mustahkamlash yo’lidir . Biz bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz.“
Xalq ommasining jamiyatga, tabiatga, yakka shaxsga nisbatan munosabatlari ehtiyojlarda, xohish-istaklarda, qiziqishlarda, xulq-atvor (faoliyat, muomala) motivlari yoki motivatsiyalarida, iymon-e’tiqodda, qarashlarda, g‘oyalarda, milliy an’analarda o‘z ifodasini topadi.Munosabatlar negizida esa inson ongidagi timsollar, tasvirlar, tasavvurlar, taassurotlar, kechinmalar, irodaviy xislatlar, xarakter sifatlari, yuksak his-tuyg‘ular, aql-zakovat, barkamol shaxsning barqaror fazilatlari yotadi. Milliy istiqlol mafkurasining mustaqilligi, mustahkamligi, barqarorligi,qudratliligi mamlakatimiz fuqarolarining istagi, intilishi, faoliyat rejasi, xulq-odobi, muomala maromi, yaqqol vazifasi bilan bevosita uyg‘unlashuviga bog‘liq.
“Ta’lim to’g’risidagi qonun”i, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasi” kabi davlat hujjatlarida motiv va motivatsiyaning roli masalasiga alohida e’tibor berilgan. Ma’lumki, bilimlarni ta’lim sub’ekti tomonidan o‘zlashtirish, kasbiy amaliy ko‘nikmalarni egallash, mutaxassislikka oid malakalar bilan qurollanish, shaxsni mustaqil fikrlashga, mustaqil faoliyatni tashkil qilishga o‘rgatish, yuzaga kelayotgan vaziyatga muvofiq ravishda xulq-atvorni amalga oshirishga tayyorlanish motiv va motivatsiyasiz ro‘yobga chiqishi mumkin emas. Jahon psixologiyasida motiv va motivatsiya muammolari atroflicha o‘rganilganiga qaramay, ular etnopsixologik nuqtai nazaridan qariyb tadqiq qilinmagan.
Shuningdek, turli o‘quv fanlari negizida shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ularning etnopsixologik xususiyatlari, motiv va motivatsiyani takomillashtirish, ularni egallash uchun oqilona yo‘llardan foydalanish o‘qitish, o‘qish samaradorligini oshirishning kafolati sanaladi.
Yuqoridagi g‘oyalarga asoslangan holda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda komil insonga quyidagicha ta’rif berib o‘tadi: “Komil inson deganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga namuna bo‘la oladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Xuddi shu bois, bugungi kunda kasb-hunar kollej o‘quvchilarining barkamol inson sifatida shakllanishi va ularni hozirgi zamon sivilizatsiyasining taqdiri, ijtimoiy turmushning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Ta’lim tizimini yuksak darajaga ko‘tarish uchun talabalarda anglanilgan, yuqori ko‘rsatkichli, indikator xususiyatli o‘quv motivi va motivatsiyasini shakllantirish davr talabi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda, sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida yuksak qadrlayman. Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz va azmu shijoatingizga suyanamiz” deya ta’kidlaganlar.
Ma’lumki, faoliyat va xulq-atvor motivsiz, motivatsiyasiz faollikka, muayyan yo‘nalishga, o‘ziga xos mahsuldorlikka, muvaffaqiyatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun turli yoshdagi saboq oluvchilarni motiv, motivatsiya mohiyati bilan tanishtirish mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini zaruriy sharti hisoblanadi. Motivlarning turlari, motivatsiyaning o‘ziga xosligi, ularning tuzilishi, tarkiblari, ularni shakllantirishning muhim omillari yuzasidan talabalarga ma’lumot berish, ulardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini tushuntirish-faoliyat sub’ektlarida individual uslubni egallashga mustahkam asos hozirlaydi.

Yüklə 45,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin