Farg’ona davlat universiteti “Matematik analiz va differensial tenglamalar” kafedrasi “Matematik analiz” fanidan Kurs ishi Mavzu



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə1/10
tarix20.06.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#61907
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Farg’ona davlat universiteti “Matematik analiz va differensial t


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


Farg’ona davlat universiteti

Matematik analiz va differensial tenglamalar” kafedrasi


Matematik analiz” fanidan




Kurs ishi
Mavzu: Birinchi tur xosmas integrallar
Bajardi: ___________________
__________________________
Ilmiy rahbar: ______________
__________________________
__________________________
Farg’ona 2021
REJA
KIRISH
I BOB. XOSMAS INTEGRALLAR
1.1-§. Birinchi tur xosmas integrallar
1.2-§. Birinchi tur xosmas integrallar uchun yaqinlashish belgilari
II BOB. PARAMETRGA BOG’LIQ XOSMAS INTEGRALLAR
2.1-§. Integralning tekis yaqinlashishi
2.2-§. Parametrga bog’liq xosmas integrallarda integral belgisi ostida limitga o’tish
2.3-§. Parametrga bog’liq xosmas integrallarning parametr bo’yicha uzluksizligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Bizning eng katta boyligimiz – bu xalqimizning
ulkan intellektual va ma’naviy salohiyati”
Shavkat Mirziyoyev
O’zimizning ma’naviy burchimizni oqlashni istasak, ularga otalarcha g’amxo’rlik qilishimiz kerak”. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yili 15-iyun kuni Toshkentda bo’lib o’tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so’zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to’xtalib o’tdi. "Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Tashqaridan qaraganda matematikani akademik litseylarda o’qitish juda sodda va asosan quyidagi ikki muammodan iboratdek ko’rinadi: birinchidan, o’quv rejasiga ko’ra ajratilgan soatlarda bayon etish mumkin bo’lgan materialni ajratish va ikkinchidan, uni o’quvchilarga mantiqiy bayon etish va buning natijasida akademik litsey pedagogikasi mazkur masalalar bilangina chegaralanadi degan tasavvur paydo bo’ladi. Lekin aslini olganda tanlab olingan o’quv materialini o’qitish muammolari bir muncha murakkabdir. Tavsiya etilgan o’quv adabiyotlaridan foydalanib o’quv materialini og’zaki bayon etish jarayonini umumiy nuqtai nazardan baholash uning quyidagi asoslarga ko’ra shakllanganligini ko’rsatadi: matematik nazariyalar boshlang’ich tushunchalar asosida formal mantiq qoidalariga ko’ra qurilganligiga asosan, ta’lim berish jarayoni ham asosan matematik nazariyaning formal-mantiqiy tomonlarini talabalarga bayon etishdan iborat bo’lishi kerak va bu jarayon qisqa vaqt ichida, ketma-ketlik bilan, ortiqcha so’zlarsiz, talabalar bilim darajasiga javob berishi zarur.
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalaridan eng muhimi sifatida davlat tomonidan yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalash borasida qilinayotgan ishlarni alohida ta’kidlash lozim.
Albatta har tomonlama kamol topgan yosh avlodni tarbiyalash, ularga zamonaviy bilimlarni berish, buning uchun esa o’qitishning ilg’or pedagogik texnologiyalaridan qay darajada unumli foydalanishga bog’liq.
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida so`zlagan nutqida kadrlar tayyorlashning ahamiyatiga izoh berib shunday degan edi:
“Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug’ilmasin, gap oxir oqibat, baribir kadrlarga borib qadalaveradi. Mubolag`asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi, o`rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq qilib aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog`liq.
…Mamlakatimiz kelajagi uchun Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy dasturi”ning amalga oshirilishi juda ham muhim ahamiyatga ega.
…Yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berish lozim. Kadrlar tayyorlashning sifati, erkin fikrlovchi shaxs – fuqaroni kamol toptirishga ertaga sinf xonalar va auditoriyalarda kimlar dars va saboq berishiga bog`liq”.
Darhaqiqat, barkamol inson shaxsining shakllanishi bevosita uzluksiz ta’lim jarayonida amalga oshadi. Shunday ekan har jabhada muvaffaqiyatga erishish, jumladan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda milliy dasturni o`rni va ahamiyati beqiyosdir.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin