16 Садиков А.С. Россия и Хива в конце ХГХ начале Х Х века. - Тошкент.: Фан, 1972; Садиков А.С.
экономические связи Хиви с Россией и Хива в конце ХГХ - начале ХХ века. - Москва:Наука, 1969.
17 Тухтаметов Т.Г. Россия и Хива в конце ХГХ и в начале ХХ вв. - Тошкент.: Фан, 1970. - С. 4.
18 Mustabid tuzumning O ’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari (1865-1990
yillar). - Toshkent.: SHarq, 2000.
11
to’plagan bilimlari va hayotiy falsafasi bilan uni boyitib, o’rganilayotgan
muammoning barcha qirralarini yangicha baholash mezoni xulosalar
chiqarishga imkon beradi.
Tadqiqotda o’rganilayotgan muammoni to’g’ri hal etishda ilmiylik,
bilishning xolis, tarixiy, qiyosiy va tanqidiy o’rganish, tizimlilik tamoyillari,
kulturogenez printsiplariga amal qilindi. Jahon ijtimoiy-gumanitar fanlarida
ishlab chiqarilgan va tan olingan
Tadqiqotning
metodologik
asosini
ishlab
chiqishda
O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari (ayniqsa, uning “Tarixiy
xotirasiz - kelajak yo’q” asarida ilgari surgan g’oyalar), ma’ruza va nutqlarida
bayon etilgan uslubiy, ilmiy-nazariy ko’rsatmalari muhim rol o’ynadi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. O’zbek
xonliklari tashqi aloqalari tarixi O’zbekiston tarixi fanining muhim va o’ta
dolzarb ilmiy yo’nalishlar doirasiga kiradi. Mazkur ishda Xorazm va umuman
O’rta Osiyo va xorij yozma merosida XVI - XX asrlar Xiva xonligi tashqi
aloqalari tarixi, uning turli jihatlari
har tamonlama o’rganildi va nazariy
xulosalar, ilmiy natijalar olindi.
Tadqiqotda keltirilgan faktlar, ilmiy umumlashma va xulosalardan
Respublika oliy o’quv yurtlarining tarix mutaxassislarini tayyorlash uchun
O’zbekiston tarixining so’nggi o’rta asrlar davri tarixi, manbashunoslik,
tarixshunoslik fanlarini o’qitish jarayonida, amaliy mashg’ulotlarda, Xiva
xonligi tarixiga oid qo’llanmalar, darsliklar yozishda hamda o’lkashunoslik
to’garaklarida maxsus kurslar olib borishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, uchta bob, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
12
I BOB. XVI - XX asrlarda Xiva xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
ahvoli
I. 1. XVI - XX asrlarda Xiva xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
ahvoli.
Amir Temur vafotidan so’ng, u tashkil qilgan buyuk saltanat inqirozga yuz
tutdi. Mamlakatda boshboshdoqchilik, sultonlar o’rtasida taxt uchun o’zaro
kurash avj olib, rasmiy sultonni tan olmay qo’ydilar. Ana shunday vaziyatdan
foydalangan Dashti Qipchoq sultoni Muhammad Shayboniyxon 1500 yilda
Buxoroni 1501 yilda Samarqandni zabt etib, Bobur Mirzoni avval, Qobulga,
so’ngra Shimoliy Hindistonga chekinishga majbur qildi. Shunday qilib Turon
mintaqasida 135 yil davron surgan temuriylar sulolasi faoliyatiga chek qo’yildi.
Temuriylar hukmronligining inqirozidan so’ng, undan ajralib chiqqan
Xorazm o’z mustaqilligini uzoq saqlab qololmadi. 1505 yilda u Dashti
Qipchoqdan kelgan qabilalar tomonidan zabt etildi. Bu qabilalar boshlig’i
Shayboniyxon uzoq davom etgan qamaldan so’ng Xorazm poytaxti Urganchni
va so’ngra boshqa shaharlarni ham bosib oldi. U Xorazm orqali Astrobodga va
Xurosonning boshqa viloyatlariga hujum qilib, ularni qo’lga kiritdi. 1510 yilda
Marv ostonasida Eron shohi Ismoil I bilan bo’lgan jangda Shayboniyxon
lashkarlari mag’lubiyatga uchraydi va Shayboniyxonni o’zi ham o’sha jangda
halok bo’ladi. Ana shu mag’lubiyatdan so’ng ko’pgina Shayboniy sultonlari
Mavarounnahr va Xorazmni vaqtincha tashlab ketishga majbur bo’ldilar. Bu
vaziyatdan foydalangan Shoh Ismoil Xorazmga o’z ta’sirini o’tkazish niyatida
lashkar va noiblarini yubordi. Xorazm janubiy Turkmaniston hududlari,
Xuroson va Eroninng sharqiy viloyatlari Eron shohi tasarrufiga o’tdi.
Eron shohi Xorazmni o’z noibi orqali idora qila boshladi. Urganch, Vazir,
Xiva, Xazarasp shaharlarida Eron shohi tomonidan tayinlangan noiblar va
qo’shinlar
qo’yildi. Ammo Sharif So’fiy va Mirzo Hizr kabi mahalliy
amaldorlar ularga bo’ysunishdan bosh tortadilar. Istilochilar zulmiga qarshi halq
noroziligi ham kuchaya bordi. Eroniylar azob-uqubatiga chiday olmagan xalq
13
deyarli barcha shahar va qishloqlarda g’alayon boshlab yubordi. Ayniqsa, Vazir
shahri aholisi Eron bosqinchilariga qarshi katta qo’zg’olon ko’tardi. Bu
qo’zg’olonga Vazir qal’asi qozisi Umar hamda Boqirg’on qishlog’idan Mulla
Sayid Hisammuddinlar boshchilik qildi. Vazir oqsoqollari maslahatlashib,
Dashti Qipchokdan Shayboniyxonlar urug’iga mansub Berka (Burka) sulton
o’g’illari Elbars va Bilbars sultonlarini yordamga taklif etishdi. Ular o’z
lashkarlari bilan kelib, qo’zg’olanchilar bilan birgalikda Eron noiblari va
lashkarlarini uloqtirib tashladilar. 1511 -yil Elbars Sulton Vazir qal’asida
Xorazm xoni deb e’lon qilindi. Uning inisi Bilbars esa yangi shahar qal’asiga
hokim etib tayinlandi. Shu yerda qonuniy bir savol tug’iladi: Elbarsxon
Shayboniyxonlar sulolasidan ekan, nima uchun Muhammad Shayboniy va uning
urug’doshlari bilan birlashib, O’rta Osiyoda yagona bir
davlat
tashkil
qilmasdan
ular ayrim-ayrim xonliklar tuzishga intildilar? Buning asosiy
sabablaridan biri shundaki, ular o’rtasida oilaviy kelishmovchiliklar bor edi.
Ular bir suloladan bo’lishiga qaramay, Muhammad Shayboniyxon hali Dashti
Qipchokdaligida Elbarsning otasi Berka sultonni o’ldirgan edi.
Shayboniy sultonlar orasidagi kelishmovchiliklar, o’zaro taxt
uchun
talashuvlar O’rta Osiyoda bir-biriga qarama-qarshi turgan bir qancha
xonliklarning vujudga kelishiga
sabab bo’ldi. Shunday qilib, 1511- yilda
Shayboniyxondan ajralib chiqqan Dashti Qipchoq ko’chmanchilarining bir
guruhi Elbarsxon boshchiligida Xorazmning Vazir shahrida mustaqil xonlik
tashkil qildilar. Keyinchalik, bu xonlik Xiva xonligi nomini oldi. O’sha vaqtdan
boshlab Xiva shayboniylari sulolasi hukmronligi boshlandi. 1511-yildan to
1770-yilgacha Xiva xonligida Shayboniylar
sulolasidan 40 ga yaqin xon
hukmronlik qilgan. Bu suloladan birinchi xon Elbarsxon (1511-1516) edi.
Elbarsxon xonlik taxtiga o’tirgach, Xorazmni batamom eroniylar ta’siridan
holos qilish ishiga kirishdi. Xorazmning shahar va qishloqlarida joylashib olgan
Eron qizil-boshlari (safaviylar) yurtdan haydab yuborildi. Shu bilan bir qatorda,
Elbarsxon va uning vorislari katta qo’shin to’plab, xonlik chegaralarini
kengaytirish maqsadida, Xuroson va Astrobodga bir qancha istilochilik
14
yurishlrari uyushtirilib, u yerdan Eroniylarni uloqtirib tashladilar va Xorazmga
bo’ysundirdilar. Undan so’ng Mang’ishloq Abulhon, Durun va boshqa
viloyatlarga yurish qilib, u yerdagi ko’p sonli turkman qabilalarini ham
Xorazmga tobe qildilar. Biroq Shayboniy hukmdorlari va sultonlari orasida
hamjihatlik bo’lmadi, ular o’rtasida hokimyat uchun kurash avj olib ketdi19.
Ayrim shahzodalar bu kurashda Buxorodagi o’z urug’dosh qavmlariga
yordam so’rab murojaat qildilar. Bu esa Shayboniylardan Buxoro xoni
Ubaydullaxonni (1533-1539) Xorazmning ichki ishlariga aralashish uchun
bahona bo’ldi. Ubaydullaxon 1537-yili Xorazmga qarshi harbiy yurish boshlab,
Urganch shahrini istilo qildi. Mag’lubiyatga uchragan Avaneshxon oilasi va
qarindosh urug’lari bilan asir olinib, Ubaydullaxon buyrug’iga binoan qatl
qilinadi. O ’z
o’g’li Abduazizni Urganchga hokim qilib, katta o’lja bilan
Buxoroga qaytadi. Buxoro amaldorlari va qo’shinlari Xorazm xalqini taladilar
va ularga og’ir soliqlar yukladilar.
Ubaydullaxon zulmidan azoblangan halq uning hukmronligiga qarshi
qo’zg’olonga ko’tarildi. Buxoro xoni Xorazmga qarshi 2-bor qo’shin bilan
keldi. Kandaranxos degan joyda Buxoro qo’shinlari bilan Xorazmliklar o’rtasida
qattiq jang bo’lib, Buxoroliklar chekinishga majbur bo’ldi. Shundan so’ng ular
Xorazmni tashlab keta boshladilar. Xorazm mustaqillikka erishdi. Biroq o’lkada
osoyishtalik bo’lmadi. Feodal tarqokligi avj olib, har bir shahar va har bir
20
viloyat xon hukmronligiga bo’ysunmadi, mustaqil bo’lish uchun harakat qildi .
Xonlar, shahzodalar va sultonlar o’rtasida hokimyat va boylik uchun o’zaro
kurash keskinlashib ketdi. Bu kurashlar natijasida shahar va qishloqlar vayron
qilindi, savdo, tijorat ishlariga, hunarmandchilikga katta putur yetkazildi.
Halqdan olinadigan soliqlar yanada oshirildi. Bu kamlik qilganidek shayboniy
sultonlar va xonzodalar yanada ko’proq boylik va mulk to’plash maqsadida,
Janubiy Turkmanistonga, Eronning shimoliy viloyatlariga uzluksiz bosqinchilik
yurishlarini davom ettirdilar.
Dostları ilə paylaş: |