O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 383,96 Kb.
səhifə1/18
tarix21.05.2022
ölçüsü383,96 Kb.
#58930
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Madaniyatshunoslik asoslari (M.Abdullayev, E.Umarov va b.)-конвертирован

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISh

O‘zbekistOn Respublikasi Oliy va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi

MADANIYATShUNOSLIK ASOSLARI


(Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun qo‘llanma)

TOShKeNT — 2006





Mualli fla r: M. Abdullayev, e. Umarov, A. Ochildiyev, A. Yo‘ldoshev, A.
Abdullayev.

Taqrizchilar: G. hamidova — falsafa fanlari doktori, professor,


A. ergashev — filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mas’ul muharri r: Yo. Toirov — falsafa fanlari doktori, professor.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy o‘quv yurtlariaro muvofiqlashtiruvchi kengashining 2004-yil 31-yanvaridagi 4-sonli qaroriga binoan tavsiya etilgan.

© «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2006-y.





KIRISh




Zamon talablariga har tomonlama javob beradigan yuqori malakali, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish mustaqillik yo‘lidan borayotgan jamiyatimizning eng oliy maqsadidir. Zero, barkamollikning yuksak mezoni insonning chinakam ma’naviyat va ma’rifat sohibi bo‘la olishi bilan belgilanadi. Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi jamiyat hayotining barcha sohalarida tub sifat o‘zgarishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Bu vazifani hal etish ko‘p jihatdan fuqarolarning madaniy-ma’rifiy faolligini tinmay oshirib borish va kamol toptirish bilan uzviy bog‘liqdir. Kishilarning yaratuvchanlik qobiliyatini, axloqiy fazilatlarini, ijodiy ko‘tarinkiligini, iste’dodlarini to‘la namoyon eta olish fazilati madaniy faoliyat asosida ro‘yobga chiqadi. Inson omili tushunchasi tarkibiga kiradigan bu fazilatlar jamiyatning ham, alohida shaxsning ham barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bularsiz kishilarning ijtimoiy hayot va tarixiy jarayonda ongli, samarali ishtirok etishi, umuman, ma’naviy shakllanishi va kamol topishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Darhaqiqat,
«buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda, o‘zining o‘tmishi, ulug‘ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Bunday insonni tarbiyalash esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir... Vatan tarixi va madaniyati, jug‘rofiyasi va iqtisodini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega. Bog‘chalardan tortib oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o‘qitishga muhim siyosiy vazifa sifatida qaralmog‘i lozim»1 .

So‘z inson haqida bo‘ladimi, madaniylashuv jarayoniga tegishlimi, tafakkurning boyligi to‘g‘risidami, qadriyatlarning boyib borishi xususidami, bulardan qat’iy nazar, jamiyat ma’naviy hayotining mana shu tomonlarini chuqur va har tomonlama egallash va o‘rganish ma’naviy mustaqillikning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Bu jarayonlarni nazariy jihatdan umumlashtirish hamda madaniyat mavjudligi va uning rivojlanish qonuniyatlarini chuqur o‘rganish milliy istiqlol mafkurasini anglab yetishning muhim qirralaridandir.
1 I. A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. — T.: «O‘zbekiston», 1995, 55, 204-b.

3

madaniyatshunOslik asOslaRi


O‘quv yurtlarimizda o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlar zimmasiga talaba-yoshlarning ma’naviy dunyosini milliy istiqlol g‘oyalari ruhida shakllantirish hamda ularning erkin fikrlashi va madaniy-ma’rifiy faolligini oshirish, barkamol avlodga xos fazilatlarni tarkib toptirish mas’uliyati yuklanadi. e’tiboringizga havola etilayotgan risola shu maqsadda yaratildi. Unda respublikamizda keyingi yillarda yaratilgan madaniyat nazariyasi va tarixiga oid asarlarda ilgari surilgan fikrlardan ijodiy foydalanildi.
Qo‘llanma falsafa fanlari doktorlari, professorlar M. Abdullayev, e. Umarov («Kirish», «Madaniyatshunoslikning bahs mavzui va funksiyalari», «Madaniyat to‘g‘risida ilmiy-nazariy konsepsiyalar», Ikkinchi bob, Ilova), A. Ochildiyev («Madaniyat tushunchasi, uning mohiyati va funksiyalari»), A. Yo‘ldoshev («Madaniyat va tabiat», «Jamiyat va madaniyat», «Madaniyat va sivilizatsiya»,
«Shaxs va madaniyat»), iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A. Abdullayev («Iqtisodiy madaniyat»)lar tomonidan tayyorlandi.


Yüklə 383,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin