O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/26
tarix12.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#79074
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI.


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Z.T Nishonova, D.S Qarshieva



EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYА


TOSHKENT-2005

Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi


Kengashning 200 yil «_» _____dagi № qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan.

qo’llanmada eksperimental psixologiya fanining dolzarb muammolari yoritilgan.


SHaxsni o’rganish metodlari, yo’llari, laboratoriya va tabiiy eksperiment sharoitida psixologik faktlarni olish, sharhlashning nazariy hamda amaliy masalalari ochib berilgan.
Tadqiqotlardan olingin ma’lumotlarni tahlil qilish va taqqoslash, statistik qayta ishlash asosida ularni umumlashtirish, eksperiment natijalarining ishonchlilik darajasini aniqlash bayon etilgan.
qo’llanma psixologlarga, pedagoglarga, bakalavriat (5140800)psixologiya ta’lim yo’nalishining talabalariga mo’ljallangan.

Taqrizchilar;





I. Eksperimental psixologiya predmeti




1.1.Eksperimental psixologiyaning rivojlanish tarixi
Pozitivizm asoschisi O. Kant XIX asr o’rtalarida inson bilimi rivojlanishi haqidagi ta’limotni taklif qildi. U bilimning uchta ketma-ket bir-birini almashtiradigan shakllarini qarab chiqqan.
1) diniy urf – odatlar va individual ishonishga asoslangan,
2) falsafiy – u yoki bu ta’limot muallifining intuitsiyasiga, o’z ma’nosi jihatidan oqilona va aqliy ko’rinishga asoslangan.
3) Pozitiv-maqsadli kuzatish va eksperiment yo’lida faktlarni eslab qolishga asoslangan ilmiy bilim.
Biroq, pozitiv bilimlar muvaffaqiyatiga qaramay, XX asrda na falsafiy, na diniy bilimlarni rad etmadi. SHunday qilib, gap bir bilimni ikkinchisiga o’zgartirish haqida emas, balki tsivilizatsiyaning rivojlanishi yo’lida bilimlar u yoki bu shaklini dominatsiyasi o’zgarishi haqida bilimlarning turlicha shakli parallel ravishda bor bo’lib va rivojlanib boradi, xuddi baravariga tirik tabiatda bo’lgani kabi har-xil ekologik tenglikni egallab ketayotib suv o’tlari va sut emizuvchilar, chuvalchang va hashoratlardek.
«Psixologiya» - bu shunday atamaki, qaysi inson amaliyoti va bilimlarining har-xil ko’rinishlarida tatbiq qilinsa bo’ladi.
Birinchidan, odamlarning «psixika» haqidagi kundalik bilimlari tuzilmasi kabi boshqa odamlarning xatti-harakati o’zining va boshqalarning ruhiy hayoti rivojlanishining asosi va qonuniyatlari bo’lgan psixologiya. Bu «kundalik psixologiya» bugungi kunda ilmiy psixologiya tarmoqlaridan birining kuzatish predmeti bo’lib qoldi. Odatiy, kundalik so’zlar ma’nosida tabiiy tilda muhrlangan, qaysiki inson psixikasi ahamiyati uning xatti-harakati, uning shaxsiy tomonlari, imkoniyatlari motivlari va boshqalarni ifodalaydigan, u hikmatlar va maqollarda uchraydi. Ruhning diniy tafakkuri uning tabiati haqida odatiy, kundalik bilimlarni tushunishi asosida paydo bo’ladi.
Ikkinchidan «falsafiy psixologiya» ham mavjud bo’lib, psixik reallik tabiati haqida savol eng asosiy hisoblanadi.
Doimiy «falsafaning asosiy savoli» ideal va material nisbat haqida, qaysisi «birlamchi», qaysisi «ikkilamchi» ideal (sub’ektiv, ruhiy, psixik) borligi to’g’risida ko’p yoki kamroq aniq fikr jamlanishi mumkin emas. SHuning uchun ko’pchilik psixologlar psixika kontseptsiyasini o’ylab topishgan, shaxs haqida o’zlarining tushunchalarini uning rivojlanishi ahamiyati, ob’ektiv va sub’ektiv borliqni (jumladan aks ettirish qonuni), inson va insonlar guruhi xatti-harakati determinant haqida o’z fikrlarini bayon qilishgan. «Falsafiy psixologiya» doirasi ichida hozirgi kunda psixika yoki uning alohida tuzilishlari ostidagi modellari yaratilayapti.
Nihoyat «psixologiya» atamasi XIX asrda paydo bo’lgan fanni ba’zida o’zini-o’zi boshqaradigan reallik, moddiy asosi bo’lgan, ya’ni aks ettiruvchi va inson xatti-harakatini boshlab turuvchi mexanizmi va atroflicha metod bilan tekshirilgan psixika to’grisidagi fandir. Materializm ob’ektivlik va determinizm printsiplari psixikani o’rganishning tabiiy bilimlariga yondashish asosida yotgan. Psixologiya fan sifatida tabiatshunoslik metodologiyasini qabul qilgan holda X1X asrning oxirlari va XX asrning boshlarida tarkib topgan.
Bir paytning o’zida nemis faylasufi V. Dil’tey «Ruh haqidagi fanlar» va tashqi dunyo haqidagi fanlarni alohida qarab chiqishni taklif etdi.
Birinchilarga u falsafa, etika, estetika lingvistika, huquq va boshqalarni kiritdi. Ikkinchilarga fizika, ximiya, geologiya, biologiya va boshqa tabiiy fanlarni kiritdi. Psixologiyani u hamma fanlar ruh haqida boshlangich bilimlar oluvchi fundamental fan sifatida ajratdi. Bu fandan «Ruh haqidagi fan» asosiy metod- ya’ni tushunish metodi deb qaraydi.
Dilьtey psixologiyani empiristik fan sifatida hisobladi, lekin psixologiyada empiristik bilim tabiati boshqa tabiiy fanlarga qaraganda boshqacharoq. Gumanitar psixologik bilim kundalik tajribaga yaqin, uning ma’nosi madaniyatda taniqli va muhrlangandir, shuning uchun tabiiy fanlar tushunchasida yangilik uyg’otmaydi.
Tushunish, tadqiqot metodi sifatida psixologik tadqiqotlarning har birida ishtirok etadi. Biroq ko’pchilik kuzatuvchilar tushunuvchan yoki gumanitar psixologiya, psixologik tafakkur alohida sferasi sifatida ajratadilar, qaysiki tushunish asosiy metod sifatida gavdalanadi.
Tabiiy – ilmiy yonadashish psixologlarni odam va hayvonlarni tashqi kuzatish faoliyatini, xatti-harakatini tekshirishga yo’naltiradi. Psixologiyani xatti-harakat fanlariga qo’shishda, tadqiqot, o’lchash va eksperimentni psixologiyada xulq-atvor kuzatish metodlari deb atashadi.
Insonning xulq-atvori verbal (nutqiy) va noverbal (predmetli harakat, nutqsiz kommunikatsiya) ga bo’linadi. Tekshiruv usullari – bu verbal va noverbal xatti-harakatlarni ro’yxatga oluvchi metodikadir.
Umuman olganda, eksperimental psixologiya turli xil psixik vaziyatlarni eksperimental metodlar yordamida tadqiq qilishni o’rganadi. Psixologiyaning eksperimental deb atalishiga uning metodi sabab bo’lgan. Agar falsafa umuman olganda tabiat qonunlarini o’rgansa, eksperimental psixologiya esa fan sohasida hayvon va insonning xususiyatlarini anglab olishga yordam beradi.
Eksperimental psixologiya fani sohasidagi bilimlar, ilmiy xulosalar nafaqat eksperiment, balki kuzatish, so’roq va boshqa metodlar yordamida to’plangan. Ma’lumki, falsafa va umuman psixologiya fani orasida dastlab chegara yo’q edi.
Arastuning "Jon haqida" asari dastlabki metofizik asar bo’lib hisoblanadi. Psixologiya fanining falsafa ichidan ajralib chiqishiga ikkita asosiy omil sabab bo’lgan:

  1. Psixologiya ilmiy muammolarga boyib borishi va yaqin istiqbollarning vujudga kelishi.

  2. Psixolog olimlarning tadqiqot olib borishi uchun yangi vositalar paydo bo’lishi.

Falsafa va biologiyaning rivojlanishi psixologiyaning paydo bo’lishi, rivojlanishiga omil bo’ldi, ya’ni Arastu davridagi falsafaning rivoji o’rnini X asrda tabiiy fanlar egallaydi.
Eksperimental psixologiyaning maqsadi psixologik eksperiment o’tkazishning malaka va ko’nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat.
Eksperimental psixologiyaning vazifalari:

  1. Psixologiya fanida eksperiment o’tkazishning qonunlari, tartibi va printsipi bilan tanishtirishdan iborat.

  2. Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va psixomotorikani o’rganishdir.

Ma’lumki, X1X asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Fanda paydo bo’lgan eksperimental metodning keng qo’llanilishi fanning bunday o’sishiga yordam berdi. XYIII asrning oxiri X1X asrning boshlaridayoq psixologlar o’rtasida psixik xodisalarni o’rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan degan muammo paydo bo’ldi.
Bu muammo bo’yicha faylasuf Kant o’z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkin emas, chunki psixik xodisalarni o’lchash mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish mumkin emas.
Psixik hodisalarni o’lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr aytgan. U "psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va zarurligi haqida" shunday degan: "Mening tekshirishlarim amalda faqat psixologiyaning o’zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir".
Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar – hissiyot, iroda, tasavvurlar kombinatsiyasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o’zgarish jarayonida bo’ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o’zgarish va almashish jarayonida ma’lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o’lchash mumkin. SHuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish mumkin.
Gerbart garchan psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo’lsa ham, lekin uning o’zi bu metoddan foydalanmadi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo’yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi ta’sirotlar (fizik omillar) ta’sirida sezgilarning o’zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo’zg’atuvchi ta’sirlar o’rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo’zg’atgichi logarifmasiga proportsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etadi. Veber va Fexner o’tkazgan tajribalar "Psixofizika" degan alohida fanning paydo bo’lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo’lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. SHu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya endi aniq fanlardagi ob’ektiv metoddan foydalana boshlaydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilьgelьm Vundt (1832-1920) ning ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. Vundt eksperiment va o’lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani izohli fanga aylantirishni maqsad qilib qo’ydi. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo’lib qolgan bir qancha metodlarni, ya’ni kuzatish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leyptsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi.
Vundt shug’ullangan masalalardan biri o’sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil ko’zgatuvchiga to’plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik o’ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo’lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma’lum vaqtdan keyin shig’irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy (izohli) psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo’shimcha vosita sifatida turdosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
Leyptsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa shaharlarida ham, shuningdek boshqa mamlakatlarda ham, jumladan Frantsiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. X1X asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, qozonda – Bexterev, Odessada N.N.Lengerlar tomonidan shunday laboratoriya ochildi. 1911 yilda Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor CHelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi.
Professor A.F.Lazurskiy (1874-1917) tomonidan eksperimental metodning alohida turi – tabiiy eksperimental metod ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o’rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta’sir ko’rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish va o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlash qiyin bo’lgan yoki butunlay mumkin bo’lmagan ko’p ma’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, ayniqsa, sezgilar, idrok, diqqat, xotira sohasidagi ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo’li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur) ning alohida, tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo’lgan bog’lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanishda amaliy faoliyatning turli sohalarida – o’kuv tarbiya ishlarida, meditsinada, mehnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashda, sud ishlarida, san’atda juda ko’p foyda keltirdi.
SHunday qilib, eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar vositasida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy nomlanishidir.
X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida o’zining tadqiqotlari bilan psixologiya sohasiga ulkan hissa qo’shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar bo’lishgan. Bugungi kunda esa taraqqiyoti ancha tezlashib, yangi o’rganish sohalarini egallamoqda. Psixologik metodlarning rivojlanishi va kengayishi bilan birga u o’zicha boshqa bir qator ilm sohasiga oid metodlar bilan ham chambarchas bog’liq: neyrofiziologiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar.
Eksperimental psixologiyani o’rganishdan maqsad psixika rivojlanishining individual va yosh xususiyatlarini bilgan holda ularni ob’ektiv metod va usullar bilan o’rganishdan iborat. Eksperimental psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki individlar guruhi haqida ma’lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin