O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 195,91 Kb.
səhifə1/7
tarix06.06.2020
ölçüsü195,91 Kb.
#31804
  1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi a. Matkarimov, F. Ahmadjonov


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI

A. Matkarimov, F. Ahmadjonov

MATERIALSHUNOSLIK

Kasb-hunar kollejlari uchun  o‘quv qo‘llanma

4- nashri

„O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA  IJODIY UYI

TOSHKENT – 2017



2

ISBN 978-9943-22-157-4



I l m i y -u s l u b i y

m a s l a h a t c h i

T a q r i z c h i l a r :

M a x s u s

m u h a r r i r

Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining „Mashinasozlik

texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avto-

matlashtirish“ ta’lim yo‘nalishining „Avtomatlashtirilgan tizimlarni ta’-

mirlash va sozlash“ mutaxassisligi o‘quv rejasidagi „Materialshunoslik va

materiallarni tekshirish“ fani bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv

dasturi asosida yozilgan.

O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining shu soha mutaxassisligi

bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, undan

kasb-hunar kollejlarining boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil

olayotgan o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.

 

           



          

 

 



 

DEZA 

DDC 

DSC 

SDC 

COSUDE 

 

Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston–Shveysariya

Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish“

loyihasi doirasida yaratilgan

Tojiddin Almatayev – Andijon muhan-

dislik-iqtisodiyot instituti „Transport vo-

sitalaridan foydalanish“ kafedrasi mu-

diri;



Abduqahhor Zafarov – Andijon davlat

universiteti „Kasbiy  ta’lim“ kafedrasi

mudiri.

Odiljon Parpiyev  –  Andijon muhan-

dislik-iqtisodiyot instituti „Umumtexnika

fanlari“ kafedrasining mudiri.

Bahodir Haydarov  – O‘zbekiston–

Shveysariya „Kasbiy ko‘nikmalarni

rivojlantirish“ loyihasining milliy mas-

lahatchisi.



UO‘K: 621.1(075)

KBK 30.3ya722

Ì31

© A. Matkarimov, F. Ahmadjonov.

© „O‘qituvchi“ NMIU, 2017

3

SO‘ZBOSHI

Asoslari „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ da ochib

berilgan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi — ta’limning yangi

turi bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarining mavjudligi va

mazmunan betakrorligi bilan ajralib turadi. Shu sababli, uning

ilmiy va o‘quv-uslubiy asoslarini ishlab chiqish katta ahamiyat

kasb etadi. Ayni paytda Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayot-

gan O‘zbekiston—Shveysariya „Kasbiy ko‘nikmalarni rivoj-

lantirish“ loyihasining maqsadlaridan biri kasb-hunar kollejlari

uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalar yaratishdan iboratdir.

Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining „Mashi-

nasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari

va ularni avtomatlashtirish“ ta’lim yo‘nalishining „Avtomat-

lashtirilgan tizimlarni ta’mirlash va sozlash“ mutaxassisligi

o‘quv rejasidagi „Materialshunoslik va materiallarni tekshirish“

fani bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida

yozilgan.

Qo‘llanmaning birinchi bobida texnik metallar, metallo-

grafiya, kristallografiya, metallarning fizik, kimyoviy, mexanik

va texnologik xossalari berilgan. Shuningdek, metallurgiya,

rudalarni boyitish, yonilg‘ilar, Domna pechi, Marten pechi,

quymalar haqida hamda quymachilik haqidagi ma’lumotlar:

model, sterjen, qolið, quyma olish texnologik jarayonlari va

quymachilik usuli bilan olinadigan detallar haqida ma’lumotlar

berilgan.

Ikkinchi bobda temir-uglerod qotishmalarining tasnifi,

konstruksion po‘latlar, po‘lat guruhlari, cho‘yan kabi asosiy

tushunchalar berilgan.

Uchinchi bobda metallarga bosim ostida ishlov berish

usullari, mo‘rt metallar, deformatsiya turlari, metallarni pro-

katlash, metallarni cho‘zish va presslash, metallarni bolg‘alash,

shtamplash turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan

birga, po‘latga termik ishlov berish: yumshatish, me’yorlash,

toblash va ularning usullari haqida batafsil ma’lumotlar bayon

etilgan.



4

To‘rtinchi bob metallmas konstruksion materiallarning



tasnifi, plastmassalar va ularga ishlov berish usullari kabi

tushunchalarni o‘z ichiga olgan.

Qo‘llanmaning beshinchi bobida metallarni sinash usullari

bayon qilingan. Qattiqlikni Brinell, Rokvell va Shor usullari

bilan o‘lchash, shuningdek, materiallarni cho‘zishga sinash

haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Qo‘llanmaning oxirida amaliy topshiriqlar va ularni bajarish

bo‘yicha qisqacha ko‘rsatmalar keltirilgan.

Mazkur o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda O‘zbekiston–

Shveysariya „Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish“ loyihasining

xalqaro ekspertlari Sigrid Jordan, Hans Deytchman, Volter

Zefelderlarning qimmatli maslahatlari inobatga olingan. Shu-

ningdek, loyiha ekspertlari O‘zDAEWOO korxonasi texnik

xizmat ko‘rsatish bo‘limi menejeri A.To‘xtaboyev, Andijon

muhandislik-iqtisodiyot instituti „Umumtexnika fanlari“

kafedrasining mudiri O. Parpiyevlarning o‘quv qo‘llanma

yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari e’tiborga olindi.

Mualliflar o‘quv qo‘llanma haqida bildiriladigan fikr-

mulohazalar uchun oldindan o‘z minnatdorchiliklarini bil-

diradilar.



5

 



           

          

 

 

I   B O B



METALLAR_VA_QOTISHMALAR,__ULARNING_XOSSALARI'>METALLAR VA QOTISHMALAR,

ULARNING XOSSALARI

Bu bobda keltirilgan mavzularni o‘rganish natijasida quyidagi

bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:

• materialshunoslik fanining  mazmuni, maqsad va vazifalari;

• konstruksion materiallar, ularning sanoat va texnikadagi

roli;

• metallarning  kristall tuzilishi;

• kristall panjaralarning  turlari;

• real kristallarning tuzilishi;

• materiallarning mexanik, fizik va kimyoviy xossalari;

• materiallarning elektr va magnit xossalari;

• materiallarning texnologik xossalari.



1.1. Metallar va qotishmalar

Metall deb elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘l-

gan, shaffof bo‘lmagan yaltiroq va plastik jismga aytiladi.

Texnikada metallarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:

1)  oddiy metallar (nisbatan boshqa kimyoviy element-

lardan toza bo‘lgan);

2)  murakkab metallar yoki qotishmalar (metall asosida bir

necha elementlarning birikmasi bo‘lgan).

D. I. Mendeleyev davriy sistemasiga ko‘ra, hozirda 120 dan

ortiq  kimyoviy element bo‘lib, shulardan 3/4 qismi metallar,

qolgani esa metallmaslardir. Metallar shunday ko‘p bo‘lishiga

qaramasdan, sanoatda ularning juda oz qismi ishlatiladi.

Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy metall bu temir (Fe)

bo‘lib, uning uglerod (C) bilan birikmasi qora metallarni tashkil

etadi. Dunyo bo‘yicha ishlatiladigan metallarning 93 foizi qora

metallardir (1-rasm). Qurilishning barcha sohalarida, mashina va

mexanizmlarni tayyorlashda, asosan, qora metallar ishlatiladi.

Qolgan metallar va ularning qotishmalari rangli metallar

guruhiga kiradi. Rangli metallardan mis (Cu), aluminiy (Al),

magniy (Mg), titan (Ti), qo‘rg‘oshin (Pb), rux (Zn), qalay

(Sn) va boshqalar sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan metallar

hisoblanadi. Ularning barchasi texnik ahamiyatga ega.

Materiallar 2-rasmda ko‘rsatilganidek tasniflanadi.



6

Rangli metallar qimmat bo‘lgani uchun sanoatda iloji



boricha ularning o‘rnini bosa oladigan qora metallarni ishlatishga

harakat qilinadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan rangli metallardan tashqari, sanoat-

da xrom (Cr), nikel (Ni), marganes (Mn), molibden (Mo), ko-

balt (Co) ham ishlatiladi. Bu metallar, asosan, asosiy metal-

METALLAR

METALLMASLAR

TABIIY

MATERIALLAR

VA KERAMIKA

SUN’IY

METALLAR

TEMIR

RANGLI

METALLAR

MATERIALLAR

KOMPOZITSION MATERIALLAR

2-rasm. Materiallarning tasniflanishi.

1-rasm. Sanoatda qo‘llaniladigan asosiy metallar.

Po‘lat va temir

Sun’iy materiallar

Aluminiy


Mis


Rux

1950


60

7 0


80

90


2000

1000


500

100


50

10

5



7

larning xususiyatlarini yaxshilash uchun, ularga ma’lum xu-



susiyatlar berish uchun qo‘shimcha material sifatida qo‘shila-

di. Misol uchun V, W, Ti va Co lardan qirqish asboblari

tayyorlashda foydalaniladi.

Sanoatda va texnikada metall  qotishmalari keng tarqalgan

bo‘lib, ularning xususiyatlari metall xususiyatlaridan ancha

yuqori turadi va pishiq, talabga javob beradigan, har xil

xususiyatli qotishmalar olinadi. Oddiy metallardan mis va

aluminiy keng ishlatiladi, ulardan elektr simlari va boshqa

detallar tayyorlanadi.

Kremniy (Si) turli xil metall qotishmalarini olishda ish-

latiladi. Metallarni jilvirlash, silliqlashda kremniy karborundi

(SiC) dan foydalaniladi.

Oltingugurt (S) cho‘yan va po‘lat tarkibida juda oz miqdorda

bo‘ladi.




Uglerod (C) olmos, grafit, toshko‘mir holida uchraydi.

Po‘lat va cho‘yanning xossalari uglerodning miqdoriga va hola-

tiga  (erkin, ya’ni grafit va temir bilan kimyoviy birikkan —

sementit holida) bog‘liq.



Fosfor  (P) juda ko‘p metallar bilan tez birikadi, u temir-

ning barcha uglerodli birikmalari tarkibida mavjud. Fosfor bilan

oltingugurt po‘lat tarkibidagi zararli elementlar hisoblanadi.

Metall va qotishmalardan to‘g‘ri foydalanish uchun

ularning xossalarini va ular qanday sharoitda  o‘zgarishini bilish

kerak. Metall va ular qotishmalarining ichki tuzilishi o‘zgarishi

bilan ularning xossalari ham o‘zgaradi. Metallarning ichki tu-

zilishini o‘rgatadigan fan metallografiya deb ataladi.

Qattiq moddalar ikkiga: amorf va kristall moddalarga bo‘-

linadi.



Amorf shaklsiz degan ma’noni anglatadi. Amorf moddalar-

ning atomlari tartibsiz joylashgan bo‘ladi, ularni sindirganda

ham tartibsiz yo‘nalishda sinadi, siniqlarida tekis yuzalar bo‘l-

maydi. Qizdirilganda asta-sekin yumshab boradi va suyuqlanadi.

Ularning muayyan bir suyuqlanish va qotish harorati bo‘l-

maydi (yelim, kanifol, shisha va boshqalar).

Kristallar haqidagi fan kristallografiya  deb ataladi.

Barcha metallar va qotishmalar kristall tuzilishga egadir.

Kristall moddalarning atomlari aniq fazoviy geometrik shaklda

tartibli joylashgan bo‘ladi. Moddalar sharoitga qarab, ba’zan

amorf, ba’zan esa kristall holatda bo‘lishi mumkin (kauchuk,

8

yelim va h.k.). 3-rasmda kristall va



amorf moddalar atomlarining joy-

lashishi keltirilgan.

Kristall moddalar muayyan su-

yuqlanish va qotish haroratlariga,

ularning atomlari muayyan geo-

metrik shakllarga egadir. Ularning

xossalari turli yo‘nalishlarda turlicha

bo‘ladi, bu xususiyat anizotropiya

deb ataladi.

Kristall moddalarning mexanik

puxtaligi, issiqlik va elektr o‘tka-

zuvchanligi, suyuqlanish tezligi,

harorati ularning atom tuzilishiga

bog‘liq va uning xossalariga ta’sir

etadi.

Eritma quyi haroratda asta-sekin bug‘latilsa, yirik kristal-



lar, yuqori haroratda bug‘latilib, tez sovitilsa, mayda kristallar

hosil bo‘ladi. Mayda donli po‘latlar qattiq, lekin yirik donli

po‘latlarga nisbatan yumshoq bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kichik bir

kristall atrofida muntazam ravishda o‘suvchi yirik kristall olish

mumkin. Bu jarayon kristallning o‘sishi deb aytiladi. Barcha

metall va qotishmalar kristall tuzilishga ega. Kristall donlari

aniq geometrik shaklga ega emas. Tashqi tomonidan kristall

ko‘p qirraliga o‘xshaydi va ular kristall donlari yoki gra-



nulalari deb ataladi.

1.2. Metallarning ichki tuzilishi

3-rasm. Kristall tuzilishga ega

modda atomlarining joylashi-

shi (a); amorf tuzilish (b).

4-rasm. Kristall panjara va uya.

Kristallarni tashkil etgan zar-

rachalar shu kristallar hajmida

geometrik tarzda tartibli joyla-

shadi, bunday tuzilish kristall

panjara deb aytiladi (4-rasm).

Rentgen nurlari yordamida

olib borilgan tekshirishlar shuni

ko‘rsatadiki, aksari metallarning

kristall panjaralari quyidagicha

ko‘rinishda bo‘ladi (5-rasm):



a

b

9

• markazlashgan kub panjara;



• yoqlari markazlashgan kub panjara;

• geksagonal panjara.



1. Markazlashgan kub panjara. Bunda kristall panjaraning

o‘zida 9 ta atom bo‘lib,  8 ta atom kub burchaklari uchlarida,

1 ta atom esa kubning markazida joylashgan. Bunday panjara

temir, natriy, xrom va boshqa metallarga xos.



2. Yoqlari markazlashgan kub panjara. Element uyasida 14

ta atom joylashgan bo‘lib, 8 ta atom kub uchlarida, 6 ta atom esa

kub tomonlari markazlarida joylashgan. Bunday kristall panjara

aluminiy, qo‘rg‘oshin, oltin, nikel va boshqa metallarga xosdir.



3. Geksagonal panjara (olti yoqli prizma). Metall atomla-

rining 12 tasi prizma burchaklarining uchida, 3 tasi esa

prizmaning o‘rta ko‘ndalang kesimida, 2 tasi prizmaning yuqori

va ostki yuza markazlarida joylashgan. Bunday metall panjara

magniy, rux, titan va boshqa metallarga xosdir.

Metallarning xossalari kristall panjara xiliga, atomlarining

diametriga hamda atomlar orasidagi masofaga qarab o‘zgaradi.

Kristall moddalarning atomlari fazoviy panjarada ma’lum

tartibda joylashgan bo‘lib, bu moddalar muayyan erish ha-

5-rasm. Metallar kristall panjaralarining turlari.

Markazlashgan

kub panjara

Yoqlari markaz-

lashgan kub

panjara

Geksagonal

panjara


10


roratiga egadir. Kristall moddalarga barcha metallar va ularning

qotishmalari misol bo‘la oladi.

Kristall moddalarning fazoviy panjarasida atomlar bir tekis

va ma’lum tartibda joylashadi, bunda ularning xossalari har xil

bo‘ladi, chunki atomlar orasidagi masofa o‘zgaradi.

Elementlar atomlarining o‘lchamlari juda kichik, ularni

o‘lchash uchun angstrem birligi ishlatiladi.

1  A° = 0,00000001 sm.

Kristall panjarani tashkil etgan atomlar markazlari ora-

sidagi masofa qiymati ham juda kichik bo‘ladi. Har bir metall

o‘ziga xos kristall panjaraga ega.

Atomlarning muayyan tartibda joylashishi natijasida hosil

bo‘ladigan geometrik jihatdan to‘g‘ri shakl butun kristall yoki

monokristall  deb yuritiladi.

Butun kristall uning o‘sishiga biror tashqi qarshilik ko‘r-

satilmagan taqdirdagina hosil bo‘ladi. Odatda, kristall soviyot-

gan suyuq metall ichida sodir bo‘la boshlaydi. Metall qotgan sari

unda o‘sayotgan boshqa kristallar shakllangan kristallarning

to‘g‘ri shaklini buzib yuboradi, natijada kristallar donlarga

o‘xshab qoladi. Demak, tashqi shakli noto‘g‘ri kristall donlar

deb ataladi. Donlar ichida atomlar muayyan tartibda joy-

lashganicha qoladi.

Kristall jismlar atomlarining turli tekisliklarda turlicha zich-

likda joylashishi anizotropik xossa deb aytiladi.

Metallarning kristallanish jarayoni ikki bosqichda boradi,

birinchisi kristall markazlarining hosil bo‘lishi va ikkinchisi

hosil bo‘lgan markazlar atrofida kristallarning o‘sishi. Kris-

tallarning hosil bo‘lish jarayonini o‘rganish katta amaliy aha-

miyatga ega, chunki metallarning xossalari donlarning shakliga,

joylashishiga va kattaligiga bog‘liq. Demak, metallarning suyuq

holatdan qotish holatiga o‘tish jarayoni bu atomlarning to‘g‘ri

tartibda joylashishi (kristall panjara hosil bo‘lishi) dir.

Kristall jismlar ma’lum bir haroratda suyuq holatdan qat-

tiq holatga yoki, aksincha, qattiq holatdan suyuq holatga o‘tadi.

Bu harorat, mos ravishda, erish nuqtasi yoki qotish nuqtasi

deb aytiladi.

Suyuq metallning qattiq holatga o‘tish jarayoni birlamchi



kristallanish  deb ataladi.

11


Ba’zi bir metall va qotishmalarda kristallanish jarayoni

tugagandan keyin ham ularning tuzilishida o‘zgarishlar davom

etadi. Bu jarayon ikkilamchi kristallanish deb aytiladi.

Qattiq holatdagi metall tuzilishida yuz beradigan o‘z-

garishlar  allotropik o‘zgarishlar deyiladi.

Ikkilamchi kristallanish jarayoni shundan iboratki, ma’lum

haroratda metallning kristall panjarasi o‘zgaradi. Bu o‘zgarish

vaqtida atomlar qayta guruhlanib, yangi kristall panjara hosil

qiladi. Ikkilamchi kristallanish vaqtida metall xossalarining

o‘zgarishiga sabab mana shundan iborat. Bunday o‘zgarishlarni

metallarga termik ishlov berish jarayonida kuzatish mumkin.

1.3. Metallarning xossalari

Metall va qotishmalardan tayyorlangan detallarning ish-

latilishiga qarab ularga turlicha talablar qo‘yiladi.

Metallar quyidagi xossalarga ega:

1) fizik xossalar;

2) kimyoviy xossalar;

3) mexanik xossalar;

4) texnologik xossalar.



Metallarning fizik xossalariga ularning rangi, solishtirma

og‘irligi, elektr o‘tkazuvchanligi, magnit xususiyati, issiqlik o‘t-

kazuvchanligi, issiqdan kengayishi, issiqlik sig‘imi kiradi.

Metallarning kimyoviy xossalariga ularning oksidlanishi,

eruvchanligi, korroziyaga chidamliligi kiradi.



Metallarning mexanik xossalari bu ularning mustahkamligi,

qattiqligi, egiluvchanligi kabi xossalaridir.



Metallarning texnologik xossalari – quyiluvchanlik, kesi-

luvchanlik, payvandlanish, bolg‘alanuvchanligi, toblanuv-

chanligi, oquvchanligi va boshqalar.

Metallarning fizik xossalari

Metallarning rangi shaffof bo‘lmaydi. Har bir metall o‘ziga

xos yaltiroqlik va rangga ega. Mis — qizil, rux — kulrang, temir —

kumushsimon rangda va hokazo bo‘ladi.



Solishtirma og‘irligi — moddaning hajm birligiga to‘g‘ri ke-

ladigan massasining miqdori bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi:

γ = P/V (gr/sm

3

).



12


Metallarning solishtirma og‘irligi D. I. Mendeleyev davriy

sistemasida berilgan.



Erish harorati. Metallarning batamom suyuq holga o‘tadi-

gan harorati erish harorati deb ataladi. Har qaysi metallning

erish harorati tegishli jadvallarda berilgan.

Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Metallni qizdirganda yoki sovit-

ganda o‘zidan issiqlikni qanchalik tez o‘tkazishi uning issiqlik



o‘tkazuvchanligi deb ataladi. Metallarning issiqlik o‘tkazuv-

chanligini taqqoslash uchun shartli belgilardan foydalaniladi,

bu metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi koeffitsiyenti bilan

ifodalanadi. Misol uchun (koeffitsiyent miqdori) mis uchun

0,9; aluminiy uchun 0,5; temir uchun 0,15; simob uchun

0,02. Issiqlikni o‘zidan yomon o‘tkazadigan metallning to‘la qizishi

uchun ularni uzoq vaqt qizdirish talab etiladi. Bunday metallar

tez sovitilganda yorilib ketishi mumkin. Metallarni termik ish-

laganda  ularning ana shu xususiyatini hisobga olish zarur.

Amaliyotda radiatorlar va elektr asboblarning detallari issiq-

likni yaxshi o‘tkazadigan metallardan tayyorlanadi.

Issiqlikdan kengayish. Ma’lumki, issiqlikdan metallarning

hajmi va o‘lchamlari o‘zgaradi. Shuning uchun mashina va

mexanizmlar tayyorlanayotganda detallarning issiqdan ken-

gayishini hisobga olish zarur. Misol uchun mashina va traktorlar

dvigatellarining klapanlari, ko‘prik fermalari, relslar va hokazo-

larni qurishda buni hisobga olish kerak.



Elektr o‘tkazuvchanlik. Metallarda elektr o‘tkazuvchanlik

har xil bo‘ladi. Ayrim metallar elektrni yaxshi o‘tkazadi. Metal-

larning harorati oshishi bilan elektr o‘tkazuvchanligi kamayadi

va aksincha. Metall absolut nol (–237°C) gacha sovitilganda

uning elektr qarshiligi nolga teng bo‘lib qoladi.

Magnit xossalari. Po‘lat va cho‘yanning magnit xossalari

ularning kimyoviy tarkibigagina emas, balki ichki tuzilishiga

ham bog‘liq. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, ularning magnit

xossalari doimiy emas, ularga termik va mexanik ishlov beril-

ganda magnit  xossalari o‘zgaradi.

Temirning sovuq holatdagi magnit xossalari ancha sezilarli

bo‘lib, uni qizdirganda bu xossalari ancha kamayib boradi va

butunlay yo‘qolishi ham mumkin.

Magnit xossalarga ega bo‘lgan po‘latlar texnikada juda ko‘p

tarmoqlarda ishlatiladi. Misol uchun ular rudalarni saralashda,



13


temir-tersaklarni ko‘tarishda, elektr dvigatellarida, radiotele-

fon, telegraf detallarini tayyorlashda ishlatiladi.

Ba’zan magnit xossalarga ega bo‘lmagan po‘latlarni

ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bunday po‘latlarning tarkibida ma’lum

miqdorda nikel va marganes bo‘ladi.

Metallarning kimyoviy xossalari

Metallar va qotishmalar muhit ta’sirida kimyoviy jihatdan

o‘zgaradi va bu o‘zgarishlar korroziya deb ataladi.

Korroziya turli metallarda turlicha ro‘y beradi: temir zang-

laydi, misning ustki qismi ko‘karadi, qo‘rg‘oshin xiralashadi,

aluminiy qorayadi va hokazo.

Ko‘p metallar va qotishmalarning kimyoviy xossalari

yuqori haroratda o‘zgaradi. Metallar oksidlanganligi sababli

ham korroziyaga uchraydi.

Yuqori darajada qizdirilganda oksidlanmaydigan metallar



issiqlikka chidamli metallar deb ataladi.

Ba’zi metallar yuqori darajagacha qizdirilganda ham o‘z

tuzilishini saqlaydi, yumshamaydi va og‘ir vaznlarda ham

deformatsiyalanmaslik xususiyatiga ega bo‘ladi, bunday metallar



o‘tga chidamli (olovbardosh) metallar deb ataladi.

Ko‘p metallar ishqorlar, kislotalar, tuzlar ta’sirida bo‘ladi.

Bunday ta’sirlarga chidamli metallar kislotaga, tuzga, ishqorga

chidamli metallar deb ataladi.



Yüklə 195,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin