O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


Simbioz ( yunon. symbiosis-  birga yashamoq) mikroorganizimlarning uzoq yillar ma’lum 
muhitlarda birga hayot kechirishi bo’lib, xo’jayin hujayrasidan tashqarida yashasa ektosimbioz: 
hujayra ichida hayot kechirsa endosimbioz deb ataladi. Ektosimbiozni tipik vakillariga ichak 
bakteriyalari ( E. Coli, Bacteroides va bosh.)misol bo’la oladi. Endosimbioz vakillariga esa 
plazmiidlar, proviruslar, profaglar kiradi. Tabiyi sharoitda simbiozni bir qancha formalari 
uchraydi. 
 Mutalizm  –  (lot. mutuus, o’zaro) simbiozda yashovchi mikroorganizimlar o’zaro foyda 
keltirib yashashlari mumkin. Masalan ichakni normal mikroflorasi, odam uchun foyda keltiradi 
(modalar almashuvinida, vitaminlar sintezlarida va bosh.), shu bilan bir qatorda bu 
mikroorganizimlarni doimo muhitning noqulay sharoitlaridan (qurib qolishdan, ekstremal 
temperaturadan) ximoyalanib va oziqli muhitlar yetarli bo’lishini organizim ta’minlab turadi. 
Kommensalizim  –simbioz formasi bo’lib, muhitda yashovchi mikroorganizmlardan biri 
foyda ko’radi, lekin ikkinchi gurux bakteriyalarga ziyon keltirmaydi.Tipik kommensal 
mikroblarga ichak tayoqchasi, laktobakteriyalarni kiritish mumkin. Lekin ko’pchilik kommensal 
bakteriyalar shartli patogenlar ham bo’lishi mumkin, ya’niy ma’lum xolatlarda kasallik keltirib 
chiqarishi mumkin. 
Parazitizm- antagonistik simbioz formasi bo’lib, bir gurux bakteriyalar boshqa organizimlar 
hisobiga yashab (tekinho’r), unga ziyon yetkazishi (yunon. para, oldida,+ sitos,ovqat) tushiniladi. 
Parazit bakteriyalar ho’jayin organizimiga kirib kasallik keltirib chiqarishi mumkin, shuning 
uchun bularni patogen mikroorganizimlar ham deb  ataladi. Parazitlarni hujayra ichida yashovchi 
(viruslar, xlomidiyalar, rikketsiyalar) va hujayradan tashqarida yashovchi ( kshpchilik bakteriya, 
zamburug’lar) formalari bo’lishi mumkin. Ba’zi bakteriyalar yashash sharoitiga qarab parazit 
tipida yoki saprofit bo’lib yashashi kuzatiladi. Bunday bakteriyalarni fakultativ parazitlar  ham 
deb ataladi. Agar bakteriyalar o’zlari uchun kerakli  metobalitlarni  boshqa organizimlar xisogbiga  
to’liq o’zlashtirishsa bunday mikroorganizimlarni obligat parazitlar deb yuritiladi
Satellizm- ba’zi bir mikroorganizimlar ishlab chiqargan metobalitlari boshqa bakteriyalarni 
ko’payishini stimullashi mumkin. Masalan sarsinlar va stafilokokklar o’sganda o’sish faktori 
ishlab chiqarishadi va Haemophilus avlodi bakteriyalarini o’sishini stimullaydi. Tipik satillitlarga 

130 
 
gepatit V virusini ham kiritish mumkin, gepatit delta virusi gepatit V virusi ishtirokida 
ko’payyadi. 
Tuproq mikroflorasi. Tuproq mikroorganizmlar uchun asosiy tabbiyi yashash muhiti 
xisoblanib, tabiatning shakillanishida, tozalanishida va  moddalar almashinuvida (azot,uglerod, 
oltingugurt, temir) aktiv qatnashadi. Tuproq mikroflorasining tarkibi tuproqning turiga, ishlov 
berilishiga, geografik zonasiga, namlik, teperatura va organik moddalar bilan qanchalik 
ifloslanishlariga va boshqa. xususiyalarga bog’liq.. Tuproqning mikroflorasi juda ham ko’p va 
turli bakteriyalar vakillari bo’lishi mumkin.Tuproqning autoxton mikrobiosenoziga quyidagi 
bakteriyalar kiradi: mikobakteriyalar, psevdomonandlar, sporaxosilqilovchi, azotbiriktiruvchi, 
bakteriyalar, aktinomisetlar, zamburug’lar. Bu mikroorganizimlar har doim o’simliklar va bir –
birlari bilan simbioz ko’rinishlarida yashaydi. 
Tuproqning allohton mikroflorasiga asosan odam va xayvonlarning normal va patogen 
mikroflorasi kirishi mumkin, lekin bu mikroorganizimlar tuproqda ko’paymaydi va ma’lum 
davirgacha saqlanib turishi mumkink. Shuning uchun tuproqning yuqumli kasallikni manbasi 
bo’lishini e’tirof etgan holda, patogen bakteriyalarni tuproqda qancha vaqtgacha saqlanishini 
bilish va tuproqni epidemiologik nuqtai nazardan xafsiz ekanligini aniqlashda muhim praktik 
ahamiyatga ega. 
Suv mikroflorasi. Suv ham mikroorganizimlaning tabbiyi yashash muhitlaidan biri 
xisoblanadi. Suvning mikroflorasining tarkibi sho’r dengiz, okian suvlari va chuchuk suv 
havzalariga bog’liq. Suvda mikroorganizimlarning toksonomik grppalarining qariyib hamma 
vakillari uchraydi. Suv mikrofloralari majmuasini mikroblar planktoni deb yuritiladi.  
Suvning autoxton mikroflorasiga suvda doimo yashovchi mikroblar majmuasi kiradi va 
ko’roq turoq mikroflorasiga o’xshab ketadi, chunki suv va tuproq o’rtasida doimo tabiyi 
munosobatlar ro’y berib turadi (qor, yomg’ir). Suvning maxsus mikroflorasiga kiradi: 
Micrococcus candicanis, M. roseus, Sarcina lutea, Bacteriumaquatilis communis, Pseudomonas, 
Leptospira, Proteus  anaeroblardan Clostridiumb Chromobacterium violaceum. Alloxton florasini 
esa asosan suvga tasodifan tashqiy muhitdan tushgan mikroorganizimlar yig’indisi tashkil qiladi 
va ular suvda nisbatan uzoq saqlanib turmaydi. 
Ochiq suv havzalarining mikroflorasi miqdoriy ko’rsatkichlari doim o’zgarib turadi, uning 
o’zgarib turishi asosan suv havzasini tipiga, uning ifloslanish darajasiga, meterologik xolatga va 
yil fasllariga bog’liq bo’ladi. 
Suvning bakteriyalar bilan ifloslanishi asosan unga ishlatilgan chiqindi suvlarni 
tozalanmasdan tushishi oqibatida ro’y beradi. Suvga bu iflos suvlar bilan odam va hayvonlarning 
normal mikroflorasidan tashqari shartli patogenlar va patogen mikroorganizimlar ham tushishi ( 
ichak yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilari, tulyaremiya, iersiniozlar, leptospirozlar, viruslar 
poliomielit, gepatit A va bosh.) mumkin. Bundan tashqari odamlar va hayvonlarning cho’milishi 
oqibatida ham suvga alloxton mikroorganizimlar tushadi. Suv patogen bakteriyalarning ko’payishi 
uchun noqulay muhit xisoblanadi. Suv tabiyi sharoitda doimo tozalanib turadi, chunki suvning 
avtoxton mikroflorasi kuchli antogonistik xususiyatga ega, shu bilan birgalikda bu mikrofloralar 
suvga tushgan organik modalarni tez o’zlashtirib olishadi va bu o’z navbatida suvni odam va 
hayvonlar chiqindilaridan  tozalanishiga olib keladi. Lekin suv biosenozida 
 
mikroorganizimlarning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari bir xil ko’rinishda bo’lmaydi va turli 
faktorlar ta’sirida doimo o’zgarib turadi, ya’niy saproblik xolatiga bog’liqdir. Saproblik 
(sapronost) termini suv havzasidagi umumiy xususiyatlar va shular bilan birga suvdagi mikroblar 
tarkibi, miqdori va suvdagi ma’lum organik, neorganik moddalarning konsentrasiyasini belgilaydi. 
Suvning doimo tozalanib turishi oqibatida suvning bioseozi  
o’zgarib turadi. Ifloslanish darajasiga qarab suv havzalarida polisaprob, mezosaprob, oligosaprob 
zonalar qabul qilingan.  
Polisaprob zonada (o’ta ifloslangan)  katta miqdorda yengil parchalanuvchi organik 
moddalar saqlanadi, kislorod konsentrasiyasi minimal darajada va 1 ml suvda milliondan ko’p 
mikroblar uchraydi. 
Mezosaprob zonada esa oksidlanish va nitrifikasiyalanish jarayonlari ustin turadi, suv 
tozalanib boradi 1 ml suvda 100 ming atrofida mikroblar bo’lishi mumkin. 

131 
 
Oligosaprob zonada suvning o’z-o’zidan tozalanishi nihoyasiga yetgan, organik moddalar 
suv tarkibida diyarli bo’lmaydi va 1 ml suvda 10 dan 1000 mikrob bo’lishi mumkin. 
Patogen bakteriyalar polisaprob zonada juda ko’p uchraydi, sekin asta o’lib, tozalanib 
mezosaprob zonada kamroq va olgasaprob zonada esa diyarli uchramaydi. 
Havo mikroflorasi 
Cuv va tuproqdan farqliroq, havoda mikroblar faqat hayot qobiliyatini vaqtincha saqlab 
turadi, so’ngra nam yetishmasligi, quyosh nurlarining ta’siri, harorat o’zgarishi, oziq moddalar 
yo’qligi kabi noqulay faktorlar ta’sirida o’lib ketadi. Mikroblarni havoda saqlanib turishini 
ma’lum darajada muollaq turovchi suv, chang zarralari taminlab turadi. Uy, turar joy xonalari 
havo mikroflorasi tarkibi va miqdori jihatdan atmosfera florasidan tubdan farq qiladi. Bakteriyalar 
va ularning patogen formalari uy, turar joy xonalarida uchrashi birmuncha atmosfera havo 
mikroflorasidan ko’p uchraydi, chunki bu muhitlarga kasal odam va  hayvonlar, bakteriya tashib 
yuruvchilardan tushishi mumkin. 
Havo mikroflorasi ham  shartli doimo (rezident) topiluvchi (Micrococcus roseus, M. flavus, 
M. candicanis, Sarcina . flava,  S. alba, Bacillus subtilis, Actinomyces va Penicllium, Aspergillus, 
Mucor zamburug’lar va  sporadik doimo topilmaydigon (suv va chang zarralari bilan tushovchi ) 
mikroorganizimlarga bo’linadi. 
Patogen mikroorganizimlar og’iz bo’shlig’i yoki nafas yo’llari kasallanganda atrofdagi 
havoga patogen mikroorganizimlar: stafilokokk, streptokokk, bo’g’ma, ko’k yo’tal, sil 
qo’zg’atuvchilari, viruslardan gripp, qizomiq qo’zg’atuvchilari tarqaladi. Bu mikroorganizimlar 
havoda aerozol tarkibida uchraydi. Aerozol-  bu kolloid sistema bo’lib, asosiy tarkibi havo, 
suyuqlik yoki qattiq moddalar, zarralaridan iborat bo’ladi. Ayrozol o’lchami 10 dan 2000 nm teng 
bo’lishi mumkin. Odam aksirganda 40 000 dan ortiq aerozollar hosil bo’ladi. Aerozollar 
o’lchami,elektirik zaryadi, havodagi harakat tezligi bo’yicha tomchi, changli va tomchi yadroli 
fazalarga bo’linadi. Biz uchun eng muhimi tomchi yadroli aerozol bo’lib uning o’lchami 100 nm 
atrofida bo’ladi, aerozolni bu fazasi uzoq vaqt havoda saqlanishi tarkibida ma’lum miqdorda 
namlik bo’lganligi uchun chidamli aerodispers sistemani havoda shakillantiradi. Ulardagi namlik 
bakteriyalarni  havoda uzoq vaqt saqlanishini taminlaydi. Masalan, yadroli aerozolda bo’g’ma 
qo’zg’atuvchisi 1 sutkagacha, gemolitik streptokokk 2 kungacha, sil qo’zg’atuvchisi 18 kungacha 
hayot faoliyatini saqlab qolishi mumkin. Bu esa odatda yopiq binolarda yuqumli kasalliklar 
qo’zg’atuvchilarini havo-tomchi yo’li bilan tarqalishi uchun qulay sharoit yaratiladi, chunki hona 
havosida patogen bakteriyalar miqdori ko’p bo’lishi mumkin. 
Atrof muhit  ob’ektlarini sanitariya-bakteriologiya  
jihatdan baholash 
Atorf  -  muhitdagi  turli ob’ektlar: suv, tuproq, havo va oziq-ovqat mahsulotlarining 
sanitariya-gigiena  holatini  baholash  uchun  sanitariya-bakteriologik tekshiruvlar o’tkaziladi. 
Tekshiruv o’tkazishdan maqsad ko’rsatilgan ob’ektlarning epidemiologiya jihatidan havfsiz 
ekanligini  aniqlash. Ulardan patogen mikroorganizmlarni ajratib olish, epidemiologik nuqtai 
nazardan havfli ekanligini ko’rsatadi. Bu mikroorganizmlar ob’ektlarda kam miqdorda bo’lib, ular 
havo, suv va tuproqda ko’paymaydi,  ularni to’g’ridan-to’g’ri ajratib olish ham juda qiyin.  Shu 
boisdan, sanitariya-mikrobiologiya amaliyotida tashqiy muhitning patogen mikroblar bilan 
ifloslanish ehtimolini bilvosita ko’rsatkichlar-  sanitariya-ko’rsatkich mikroorganizimlarini 
topilishi asosida aniqlanadi. 
Ob’ektning mikroblar bilan zararlanganligini umumiy mikroblar  soni, (UMS) bo’yicha 
aniqlash mumkin. Ya’ni, tekshirilayotgan ob’ektlarning ma’lum hajmi yoki massasidagi (1 ml 
suvda,  1  g  tuproqda, 1 m
3
  havoda) mikroorganizmning umumiy soni aniqlanadi.Tuproq va 
suvdagi mezofil aerob va fakultativ bakteriyalarning umumiy miqdori bo’lib, agarli muhitda 37º S 
va 24 soatda 2 marotiba katalashtirilganda ko’zga ko’rinovchi koloniyalar hosil qilishi Sanitariya 
ko’rsatkichli bakteriyalarning borligi ikkita ko’rsatkich — (t i t r va i n d ye k s) orqali baholanadi. 
Bitta sanitar ko’rsatkich bakteriyasi topilgan suv va tuproqning eng kam miqdoriga titr va 1 l 
suyuqlikda;. 1 g tuproqda yoki zich moddada, 1 m
3
  havoda topilgan sanitariya-ko’rsatkichli 
bakteriyalar soniga — indeks deyiladi. 

132 
 
Sanitariya-ko’rsatkichli bakteriyalarga odam va hayvon organizmidagi doimiy 
mikrofloraning vakillari kiradn. Ular ichak yoki nafas yo’llarida yashaydi. Ular quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
1) mikroorganizimlar  doimiy ravishda odam va xayvonlar organizimida yashashi va tashqiy 
muhitga , ko’p miqdorda najas yoki nafas yo’llaridan shilimshiq tomchilar bilan ajralishi; 
2) mikroblar tashqi muhitda ko’payya olmasligi (oziq ovqatlardan tashqari) yoki uning 
ko’payishi juda qisqa bo’lishi; 
3)  atrof-muhitda,  ichak  yoki  nafas  yo’lida  parazitlik qiluvchi patogen bakteriyalar qancha 
vaqt yashasa, ular ham shuncha vaqt mobaynida yoki ulardan ko’proq yashash qobiliyatiga ega 
bo’lishi; 
4)  tashqi muhitga ularning chidamligi o’zlari singari yashash muhitlariga ega bo’lgan 
patogen bakteriyalarga o’xshash bo’lishi yoki ulardan ustun turishi va o’z xususiyatini 
 
 
o’zgartirmasligi; 
5)  tashqi muhitda ularga yashash xususiyatlari yaqin bo’lgan, o’xshash bakteriyalarning 
bo’lmasligi; 
6)  ularni aniqlash, ajratib olish va identifikasiya usullari oson va ekonamik jihatdan qulay 
bo’lishi;  
 Keltirilgan xususiyatlar bir qator bakteriyalarga xos bo’lib, atrof-muhitdagi  turli ob’ektlar  
uchun  sanitariya- 
ko’rsatkichi deb qabul qilingan 
Tuproq na’munasini olish.  Sanitar bakteriologik tekshirish uchun tuproq na’munasi 
qo’yilgan maqsad asosida tekshirilayotgan uchastkani ma’lum kvadratlaridan ( 5 x 5 m. kam 
bo’lmaslik kerak) “konvert” usulida ( 4 ta na’muna diagonal bo’yicha va 1 ta markazdan) olinadi. 
Na’munalar tuproqni 20-30 sm. chuqurlig’idan 200 g, tuproqni bakteriologik ifloslanganini 
aniqlash uchun esa 20 sm chuqurlig’idan olinadi. Olingan na’munalar maxsus steril idishlarga 
solinib laboratoriyaga jo’natiladi. Tuproq na’munalari zarur sharoit kelib chiqqanda 24 soat 
muzlatkichlarda saqlanishiga ruxsat beriladi. 
Tuproqni tekshirish uchun tayyorlash.  Beshta nuqtadan olingan tuproq na’munalari 
maxsus idishda aralashtirilib  undan  10 -30 g tortib olinadi va 1 : 10 nisbatda sterillangan 
vodoprovod suvi bilan tuproq suspenziyasi tayyorlanadi ( 10 g tuproq + 100 ml suv). Bu asosiy 
suspenziyadan qo’yilgan maqsad asosida suyultirilgan ( 10
-2
, 10
-3
, 10
-4
,  10
-5
  va x.) na’munalar 
tayyorlaniladi. Tuprqni sanitar- mikrobiologik baho berishda tuproqdagi UMS va SKB koli-titri va 
perfringensni titri    aniqlanadi. 
Tuproqdagi umumiy mikroblar sonini topish –ohirgi 2 ta suyultirilan na’munadan oziqli 
muhitning yuzasiga 0,1 ml olinib shpatel bilan (GPA yoki suslo-agarga) ekiladi. Ekilgan ekma 48 
soat termostatda saqlanib, oziqli muhitlarda o’sib chiqqan koloniyalar soniga qarab 1 g turoqdagi  
UMS topiladi. Masalan 10
-4 
nisbatda suyultirilgan na’munadan ekilgan chashkada 41 koloniya 
topildi, 10
-5  
dan esa  33.  
                 8 x 10 000 + 3 x 100 000 
UMS = ------------------------------------  x 10    = 190000 
                                 2     
Tuproqni koli-titri va perfringensni titrini aniqlash.  Tuproqni koli yoki perfringens titri 
deb, bitta ichak tayoqchasi yoki perfringens topilgan tuprqni eng kam miqdoriga aytiladi. 
Tuproqdagi ichak tayoqchasini  koli  –titrini aniqlashda elektiv muhitlar ishlatiladi. Bu muhitlar 
tarkibi qo’shimcha mikroblarni o’sishini to’xtatib qo’yuvchi o’t saprosi, gensian violet tutadi, 
lekin ichak tayoqchasini o’sishiga to’sqinlik qilmaydi. Eng ko’p qo’llaniladigan suyuq Kissler 
muhiti xisoblanadi, uning tarkibida yuqorida aytilgan kompanentlardan tashqari E. coli bijg’itib 
gaz hosil qilishi uchun pepton va laktoza tutadi. Gaz hosil bo’lganini aniqlash uchun muhitga bir 
tamoni payatlangan shisha po’kak solib qo’yiladi, hosil bo’lgan gaz po’kakga yig’iladi. Tuproq 
suspenziyasining suyultirilganidan 1  ml dan Kessler muhiti bo’lgan probirkalarga ekiladi va 
termostatda 43°S da 48 soat davomida saqlanadi. 48 soatdan kiyin Kissler muhiti ko’zdan 
kechiriladi va musbat reaksiyali probirkalar (E. coli muhitda gaz hosil qilib, loyqatib o’sadi) 
ajratib olinadi va Endo muhitiga musbat na’munalardan qayta ekiladi va termostatga 37° S 24 
soatga qo’yiladi. Muhitda to’q qizil metal singari tovlanib turgan koloniyalar hosil bo’lsa va 

133 
 
surtma tayyorlanib bo’yab ko’rilganda gram manfiy tayoqchalar topilsa E. coli  deb xulosa 
qilinadi.  Keyinchalik suvning koli-titrini aniqlashda qo’llaniladigann sxema bo’yicha analiz 
o’tkaziladi va tuproqni koli titri topiladi. 
Tuproq suspenziyasining perfringens-titrini topish uchun, turli darajada suyultirilgan 
suspenziyadan 1 ml ( sporsiz bakteriyalar o’smasligi uchun suyultirilgan tuproq suspenziyasi 80°S 
da 10-15 minut qizdiriladi) dan yog’siz,  steril sut yoki tayyorlangan temir sulfitli Vilson-Bler 
muhit quyilgan probirkalarga yex tempore (tezlikda) ekiladi. 
Bu ekmalar 43°S  da termostatda 24—48 soat davomida saqlanadi, so’ng sutning chirishi 
yoki Vilson-Bler muhitining agarli ustunchasida hosil bo’lgan Cl. perfringens qopa koloniyalarga 
ko’ra xulosa chiqariladi. Koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, Gram usuli bilan bo’yaladi. 
Mikroskop ostida ko’rilgandan so’pg, perfringens titri aniqlanadi. 
Muhit tarkibi. Kessler muhiti 1% peptonli suv, 5% o’t sapro, 0,25% laktoza va grammusbat 
bakteriyalarning o’sishini to’xtatish uchun gensian binafshadan iborat. 
T ye m i r   s u l  f i t l i  V i l  s o n-B l ye r  m u h i t i  3 % oziqli agar, 1% glyukoza, 2% 
natriy sulfit, 0,08% temir xloriddan qo’shilgan.  
Termofil (issiqni sevuvchi) bakteriyalarni aniqlash uchun suyultirilgan tuproq 
suspenziyasidan 1 ml Petri kosachasiga tomiziladi, ustidan eritilgan va sovutilgan oziqli agar 
quyiladi. Ekmalar 60°S da termostatda 1 kun saqlanadi. So’ng hosil bo’lgan koloniyalar sanalib, 1 
g tuproqdagi bakteriya soni aniqlanadi. 
aniqlash.  Usulni mohiyati tekshirilayotgan suvni ikkitadan kam bo’lmagan na’munasi 1,0 
ml olinib, oziqli muhitga ekib, o’sgan koloniyalarni sanab xisoblashga asoslangan. Tadqiqot 
usulini bajarilishi –  tekshirilayotgan suv yaxshilab aralashtirilib 1,0 ml dan olingan suvlar 
sterillangan Petri kosachasiga ( diametri 90-100 mm) quyiladi, ustiga 10—12 ml eritilgan, 45 —
49°G gacha sovutilgan oziqli agar  quyiladi va yaxshilab suv bilan aralashtiriladi. So’ngra ekilgan 
materiallar 37°S da termostatda 24 soatga qo’yiladi. . So’ng har ikkala kosachadagi agar yuzasida 
va ichida o’sib  chiqqan koloniyalar soni sanaladi, qo’shilib ikkiga bo’linib, suvning 1 ml dagi 
umumiy mikroblar soni aniqlanadi (xisoblab topish  tuproqning  UMS aniqlashga o’xshash, faqat 
na’muna 1.0 ml lingani uchun 10 ko’paytirilmaydi)  
Natija 1 ml suvda topilgan bakteriyalarni koloniya hosil qiluvchi birligida (KHQB) beriladi. 
Umumiy va termotolerant koliform bakteriyalarni  membra filtrlash usulida aniqlash. 
Usulni mohiyati tekshirilayotgan suvni maxsus membrana filtridan o’tkazilib, laktoza tutuvchi 
differensial muhitda o’stirib, kultural va bioximik xususiyatlari bo’yicha identifikasiya qilishga 
asoslangan. Tadqiqot usulini bajarilishi. 3-nomerli membranali filtr Bunzep kolbasiga o’rnatilgan 
Zeyts voronkasiga joylashtirilib, so’ngra vakuum-nasos bilan birlashtiriladi  Membranali filtrlar 
oldindan distillangan suvda qaynatilib, sterillanadi.Ichimlik suvlari uchun na’muna 300 -500 ml, 
ochiq suv havzasidan olingan toza suv 5, 10, 40, 100, 150 ml hajmda filtrlanadi.  Agap    suv 
nihoyatda    ifloslapgai bo’lsa, filtrlashdan    oldin   steril     distillangan suv bilan    suyultiriladi. 
Ichimlik suvni tekshirishda 3 ob’yom 100 ml dan olinadi, har bir ob’yom suv filtrdan 
o’tkaziladi. Filtrlar Petri kosachasidagi Endo muhiti yuzasiga qo’yiladi va 37°S da termostatda 24 
soat saqlanadi. Agar filtr yusasida 24 soat maboynida koloniyalar o’smasa yoki koliform 
bakteriyalarga xos bo’lmagan mog’ar zamburug’lari koloniyasi topilsa, umumiy koliform 
bakteriya (UKB) va termotolerant koliform bakteriya (TKB) topilmadi deb natija beriladi. 
Agar membrana filtrda tipik aloxida yotgan laktozamusbat, qizil metal singari yaltiroq, yoki 
rangsiz koloniyalar topilsa, har ikkala tip koloniyalar aloxida sanalib ularning UKB va TKB 
mansubligi aniqlaniladi. UKB tasdiqlash uchun filtrda 5 tadan kam, lekin 3-4 tadan har bir tipdagi 
koloniyalardan, TKB ni tasdiqlash uchun hamma tipik aloxida koloniyalardan 10 tadan oshmagan 
holda oksidaza aktivligi, Gram usulida bo’yalishi va laktozani kisota gaz hosil qilib fermentlashi 
aniqlanadi. Oksidaza testini qo’yishda oksidaza disklaridan foydalaniladi (dimetil-p-fenilendiamin 
shimdirilgan filtr qog’ozi). Membrana filtrlarda koloniyalar qalin o’sgan bo’lsa, oksidaza diski 
to’g’ridan to’g’ri filtr ustidagi koloniyalarga distillangan suv bilan namlab qo’yiladi, ko’k ranga 
kirsa reaksiya musbat bo’ladi. Agar filtr yuzasidagi hamma koloniyalar oksidazamusbat bo’lsa 
tekshirish to’xtatiladi va na’munadan UKB va TKB topilmadi deb javob beriladi. Agar  
koloniyalar oksidaza manfiy bo’lsa tekshirilayotgan koloniyalar qayta ekilib aloxida koloniyalar 
olinadi va ularni UKB va TKB mansubligi o’rganiladi. Koloniyalarni UKB mansubligi gram 

134 
 
manfiy bakteriyalar koloniyasi oksidaza manfiy va laktozani kislota, gaz hosil qilib 37°S da 
fermentasiya qilsa, ularni UKB mansubligi tasdiqlanadi. TKB mansubligi esa shu testlarni 44°S da 
aniqlanadi. Boshqa hollarda agar na’munalardan UKB va TKB topilmasa tekshirilgan 100 ml 
suvda KHQB UKB va 100 ml suvda va KHQB TKB topilmadi deb javob beriladi. 
Havoni sanitar-mikrobiologik tekshirish 
 
Havoni miqdoriy mikrobiologik  tekshirish usullari sedimentasiya (cho’ktirish), aspirasiya 
yoki filtrlash prinsipiga asoslangan. Havo mikroflorasini tekshirish ikki yo’nalishda olib boriladi. 
Birinchi yo’nalish atmosfera xavosiga sanitar-bakteriologik baho berish. Atmosfera havosida SKB 
( stafilokokk va streptokokk) 3,7% xollardagina aniqlanadi, asosan bu zonalarda odamlar 
(shaharlar) ko’p to’planishi,  zich yashashlari mumkin. Havo mikroflorasida asosan tuproq 
mikroflorasi domenantlik qiladi.Atmosfera havosining bakterial ifloslanganligini boholaydigan 
normativlar yo’q. 
Yopiq xonalar havosini sanitar-bakteriologik jihatdan tekshirish planli tartibda yaslilar va 
bolalar bog’chalarida, maktablar, kasalxonalar, operasiya xonalari, dorixonalar, kinoteatrlarda olib 
boriladi.  
Davolash muasassalarining havosi har bir kvartalda bir marotiba davlat SES tamonidan joriy 
tekshiruv o’tkaziladi. Kasalxona bakteriologik laboratoriyasi esa epid ko’rsatma asosida har oyda 
bir marotiba joriy tekshiruv o’tkazadi. Gigienik va epidemiyaga qarshi o’tkazilayotgan joriy 
tekshiruvlarda 1m³ havosidagi UMS ( umumiy mikroblar soni) va SKB  (oltinsimon stafilokokk, 
gemolitik streptokokk va gram manfiy tayoqchalar, zamburug’lar ( aptekalarda) aniqlanadi.  
Kasalxona xonalari havosida asosan oltinsimon stafilokokk, gemolitik streptokokklar70-30% 
xollarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda operasiya oldi, operasiya zallarida, operasiyadan kiyingi 
palatalarda, tug’riq zallarida va reonimasiyalarda bu mikroorganizimlar topilmasligi kerak. Havo 
mikroflorasiga sanitar –bakteriologik baho berishda quyidagi usullar qo’llaniladi. 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin