O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/26
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39102
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
O



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY
VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI



B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova


NEFT-GAZ
SINTEZI ASOSLARI



Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlari
o'quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



«FAYLASUFLAR» NASHRIYOTI
TOSHKENT - 2013




UO‘K: 553.98(075) КВК: 35.61 A-15


A-15 Abidov B.

Neft-gaz sintezi asoslari: o‘quv qo‘llanma/ B. Abidov, O.G‘. Azimov, U.A. Ziyamuhamedova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. - Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2013. - 176 b.


UO‘K: 553.98(075) KBK: 35.61ya73


O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavri- atura talabalari va o‘qituvchilari ham foydalanishi mumkin. U asosiy organik va neftkim- yoviy sintezi, neft va gazni qayta ishlash sohalari muhandis-texnik xodimlari uchun ham qiziqish uyg‘otadi.


Taqrizchilar:

U.A. Safayev - TDTU, k.f.n., dotsent;

E.U. Teshabayeva - TKTI, k.f.n., dotsent.


ISBN 978-9943-4134-0-5


© «Faylasuflar» nashriyoti, 2013.



Neftkimyo sanoati va uning vujudga kelish tarixi hamda
rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari


Neftkimyo sanoati - kimyoviy sanoatning yangi sohasi bo‘lib, arzon xomashyo hisoblangan neft va gaz uglevodorodlarini qimmatli kimyoviy moddalar - plastmassalar, kauchuklar, sintetik smolalar hamda tolalar, sintetik yuvish vositalari va bir qancha boshqa mod- dalarga aylantirib beradi.

Neftkimyo sanoati XX asrning 30-40-yillarida rivojlana bosh- ladi. Neftkimyoviy ishlab chiqarishlar Hamdo‘stlik mamlakatlarida ikkinchi jahon urushi arafasida vujudga keldi. 1936-yil Bokuda eti- lenni sulfat kislota ishtirokida gidratatsiya qilish yo‘li bilan etil spirti ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi sanoat qurilmasi ishga tushirildi. 1970-yil esa neft xomashyosini piroliz qilish orqali etilen va propilen ishlab chiqarish qurilmasi birinchi bor ishga tushirildi. Ushbu qimmatli xomashyolarni olish hozirgi paytda ham asosiy usul bo‘lib kelmoqda.

Kimyo sanoatini rivojlanish sur’atlari ko‘lamlarini va hatto- ki kimyoviy jarayonlar mazmun-mohiyatini neftkimyo rivoji tub- dan o‘zgartirib yubordi. Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish arzon va keng xomashyo manbalari bo‘lmish va kimyoviy sanoatning an’anaviy manbalari bo‘lmish kokskimyo va o‘rmonkimyo sanoatlarini smolalari, mineral xomashyo, oziq-ovqat mahsulotlarini siqib chiqarayotgan neft va gaz uglevodorodlariga bog‘lanib qol- moqda. Bu esa kimyoviy ishlab chiqarishni tez rivojlanishiga va klassik sintez usullariga taqqoslanganda o‘lchab bo‘lmaydigan dara- jada ko‘proq quvvatga ega bo‘lgan kimyoviy mahsulotlar olishning boshqa usullarini ishlatishni talab qiladi.

Neftni qayta ishlash sanoati neftkimyoga xomashyo tayyorlab berganligi sababli neftkimyoviy ishlab chiqarish neftni qayta ishlash zavodlari bazasida yoki unga qo‘shni holida rivojlanadi. Shu bois yirik neftkimyoviy kombinatlar Ufa, Samara, Volgograd, Angarsk, Omsk, Sho‘rtan va boshqa shaharlarda qurildi.


3




Mahsulot turi

Q‘azib olingan mahsulot




1960

2000

2005

2010

Neft, mln. t

390

400

453

600-620

Gaz, mlrd. m3

450

400

450

500-520


Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda uglevodorod xomash- yosidan keng foydalanish xalq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan quyi- dagi vazifalarni yechadi:

  1. Kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun o‘lchamsiz xom- ashyo bazasini vujudga keltirish.

  2. Avvallari kimyoviy sanoatda xomashyo sifatida ishlatilgan ko‘p miqdordagi qimmatli oziq-ovqat materiallarini tejash.

  3. Kimyoviy mahsulotlar tannarxini va ularni ishlab chiqarish uchun

mehnat sarflarini hamda zavodlar qurilishida ketadigan kapital xarajatlarni kamaytirish.

  1. Ishlab chiqarilayotgan kimyoviy mahsulotlar hajmini bir nechi marta orttirish.

  2. Mavjud bo‘lgan xomashyo manbalari asosida ilgari amalda mumkin bo‘lmagan yangi neftkimyoviy jarayonlarni vujudga keltirish.

Neftkimyo sanoatining katta iqtisodiy samaradorligi uni tez sur’atlar bilan rivojlanishini belgilaydi. Sanoatning boshqa turlariga nisbatan kimyo sanoati 1,5-2 marta tez rivojlanmoqda. Kimyo va neftkimyo sanoati rivoji 1991-2010-yillarda 1,7 marta, shu jumla- dan, plastmassalar va sintetik smolalar -2, kauchuklar -1,7, maishiy kimyo tovarlari -1,9 marta ortgan.

Neftkimyo sanoati o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni oladi:

  • neftkimyoviy sintez uchun xomashyo ishlab chiqarish;

  • uglevodorodlarni oksidlab va boshqa usullar (gidratatsiya, formilirlash va boshqalar) bilan kislorod saqlovchi mahsulotlar

ishlab chiqarish;

  • poliolefin va plastmassalar ishlab chiqarish;


4




  • sintetik kauchuklar (ular uchun monomer ham) ishlab chiqarish;

  • sintetik smolalar va tolalar ishlab chiqarish.

Neftkimyo sanoati uchun xomashyo ishlab chiqarish neftkimyo- ning zaruriy bo‘limidir.

Neft asosida xomashyodan organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish xorijda (AQSH, G‘arbiy Yevropa) 98% ga, neftkimyo ishlab chiqarish ko‘lami esa 1990-yilda 40 mln t.dan 2010-yilda 100 mln tonnaga yetgan.

Neft va gaz uglevodorodlaridan kimyoviy mahsulot ishlab chiqarish ko‘mir asosidagidan ancha rentabelliroq, chunki ushbu xomashyo ko‘mirga nisbatan mos ravishda 10 va 20 marta arzon, koks- lashda gaz va suyuq mahsulotlarning chiqish miqdori nisbatan ko‘p emas. Neft va gaz tarkibida uglevodorod xomashyosi konsentrlangan holatda mavjud bo‘lib, yirik ko‘lamda olinadi.

Ko‘p hollarda neftni qayta ishlash va neftkimyo kombinati bir yoki ikki qo‘shni joylashgan korxona doirasida mavjud bo‘lib, bu- ning natijasida umumiy ishlab chiqarish rentabelligini oshiradi. Bunda transport xarajatlari qisqaradi, ishlab chiqarilayotgan, neftkimyo- viy mahsulot esa neft mahsulotiga nisbatan 8-12 marta qimmat.

  1. chizma ma’lumotlar neft xomashyosini destruktiv qayta ishlash jarayonlarida hosil bo‘ladigan neftkimyoviy sintezi uchun ishlatila- digan asosiy uglevodorodlar bilan tanishtiradi.




Kreking










T

Parafinal

C2H6’ C2H8’ C4H10

T

Olefinal

C5 - H20 C2H6, normal - C4H8, izo - C4H8




Piroliz







Katalitik riformino
















'

r Ì

' f


л

s/



Benzol


CR





V


V

Toluol


Ch


A


Ч/

Ksilollar


CR


CA


A


V

Etil Benzol


  1. chizma. Neft xomashyosini destruktiv qayta ishlash jarayonlarida olinadi-
    gan neftkimyoviy sintezning asosiy uglevodorodlari.



Neftkimyo sanoati rivojida neftkimyo mahsulotlarini ishlab chi- qarishning o‘sishi bilan bir qatorda ma’lum bir umumiy an’anani anglash mumkin.

Bunday an’analardan biri sifatida texnologik qurilmalarni yirik- lashtirishni ko‘rsatish mumkin. Masalan, 1950-1960-yillarda etilen gaz ajratkich qurilmalarining quvvati 50 mingdan to 100 ming ton- na/yilga bo‘lgan bo‘lsa, 1960-1970-yillarda shunday qurilmalarning quvvati 300-600 ming tonna/yilga ko‘paygan. 1970-yildan boshlab esa ushbu tipdagi yangi qurilgan qurilmalarning quvvati 900 ming tonna/yilga yetkazilgan. Shu bilan birga etilen olish usuli esa deyarli o‘zgarmagan - etilen quvurchali pechlarda piroliz usuli bilan olina- vergan. 60 ming tonna quvvatdan 300 ming tonna quvvatga o‘tish etilen narxini taxminan 50% ga tushirish imkoniyatini beradi. Shu bilan birgalikda katta quvvatli qurilmalarda butadien va izoprenlarni ajratib olish rentabelli bo‘lib qoldi. Ularning yig‘ma miqdori piroliz gazida 15% ga yaqin bo‘ladi (etilenga nisbatan). Piroliz gazidan ajratib olingan butadien n-butan va n-butadienlarni degidrogenlab olinganidan taxminan 1,5-2 marta arzondir.

1960-yildan boshlab yer kurrasida etilen ishlab chiqarish 3 mln tonnadan to 100 mln tonnagacha yetgan.

Etilenning 40% dan ortig‘i yuqori va quyi zichlikdagi polietilen olishga sarflanadi.

Xomashyoni yuqori darajada mahsulotga aylantiruvchi jarayonlarni


6








bunyod etish masalasi zarurdir. Masalan, etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gid- ratatsiya qilib etil spirtini olishda bir bor reaktordan o‘tganda etilenning bor yo‘g‘i 4-5% i, siklogeksanni siklogeksanol va siklogeksanonga ok- sidlashda 4-5% i, etilenni yuqori zichlikdagi polietilenga polimerizat- siyasida 12-15% i mahsulotga aylanadi. Reaksiyaga past darajada kiri- shilganda unga kirishmay qolgan xomashyo qayta-qayta ishlab chiqa- rishga kiritilishi esa jarayon rentabelligini pasaytiradi.

Energiya xomashyoni isitishga yoki energetik maqsadlarga sarfla- nadigan bo‘lsa, neftkimyoviy jarayonlarda uni utilizatsiya qilish muhim muammodir. Issiqlik yutilishi bilan boradigan jarayonlarda, xususan, degidrirlash jarayonida uni ekzotermik jarayonlar, masalan, oksidlab de- gidrirlash bilan yonma-yon olib borish maqsadga muvofiqdir.

Yuqori avtomatlashtirilgan kimyo zavodlarini barpo qilish nef- kimyo korxonalari rivojining eng yaqin kelajagidir. Ushbu muam- moni hal qilishda obyektiv sabablardan biri gaz va suyuq uglevo- dorodlarni qayta ishlashda modda hosil bo‘lish jarayonining bitta oqimda borishidir.

Texnologik jarayonning uzluksiz tavsifdaligi boshqaruvning av- tomatik sistemalarini ishlatish imkoniyatini yaratadi.

Butun dunyo neftkimyo sanoati hozirgi paytda 1500 dan ortiq neftkimyo ishlab chiqarish korxonalaridan iborat va dunyo bo‘yicha


CH4 C2H6 C H2 +2

4 2 6 n 2n+2


+ O2 (CH4)


- H2

(C2H6)


CL


CH=CH CH2= CH2

(3-chizmaga qarang) RCl

1 1



CH2= CHCI) CH2= CH

2 OCOCH


1


Polinivil xlorid


Г


Plastmassalar

Tola


+. C2H


4


HNO-


CK


O.


RNO6 Piroliz (1-chizmaga qarang)

B(OHX


Oqsil-vitaminli


Mn






Metall

organik


konsentrantlar rohbirikmalar


  1. chizma. To‘yingan uglevodorodlar asosidagi neftkimyo sintezlarining eng


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin