O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
SERVIS FAKULTETI
“QURILISH IQTISODIYOTI VA SMETA ISHI”
fanidan
“ISSIQLIK TA’MINOTI”
mavzusidagi
KURS ISHI
BAJARDI:
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
ta’lim yo’nalishi 531-18M guruhi talabasi
___________________________________
TEKSHIRDI:
UMAROVA ZEBO
JIZZAX-2022
MUNDARIJA
KIRISH
1. ISSIQLIKNING ASOSIY ISTЕ’MOLCHILARI.
1.1 Issiqlikning asosiy istе’molchilari
1.2 Issiqlikni istе’mol qilish grafiklari
1.3 Issiq suv ta’minoti sistemasining turlari
2. MARKAZLASHGAN ISSIQLIK BILAN TA’MINLASH TIZIMLARI
2.1 Suvli issiqlik bilan ta’minlash tizimlari
2.2 Bugʻli issiqlik bilan ta’minlash tizimlari
2.3. Issiqlik bilan ta’minlash tizimlarini tashqi tarmoqlariga, mahalliy isitish tizimlarini ulash
3. ISSIQLIK YUKLAMALARINI SОZLASH.
3.1 Sоzlash turlari va vazifalari
3.2 Issiqlik almashinuvi uskunalarning issiqlik tavsiflari
3.3 Оchiq issiqlik bilan ta’minlash tizimini sоzlash
3.4 Issiqlik tаrmоqlаridаgi issiqlik yoʻqоtishlаri
ASOSIY QISM
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Energetika mamlakatning zamonaviy industrial rivojlangan xalq xo‘jaligining etakchi sohasi hisoblanadi. Energetika o‘z ichiga ishlab chiqarish qurilmalari, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish, suyultirilgan gaz va boshqa turdagi energiya tashuvchilar energiyasi kabi tushunchalarni qamrab oladi. Mamlakatimizda energetika rivojlanishining asosiy yo‘nalishi bo‘lib sanoat, qishloq xo‘jaligi, shahar va aholi punktlari energiya bilan ta’minlashning markazlashtirish hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha muhim xalq xo‘jalik masalalarini mamlakatning texnik-iqtisodiy potensialini mustahkamlash va energiya ta’minlanganligi hisobiga muvaffaqiyatli echishga yordam beradi.
Elektr energiyasi sanoat, qishloq xo‘jaligi, transportda foydalanilishi va uzoq masofalarga uzatilishi bilan energiya tashuvchilar ichida alohida muhim o‘rinda turadi. Jahon miqyosida issiqlik ta’minotini markazlashtirilishining boshlanishi deb 1818 yilni hisoblash mumkin. Chunki shu yilda Angliyada Trengold tomonidan ilk bor bir guruh oranjereyalarni 127 metr uzoqlikda joylashgan qozonxonadan yuqori bosimli bug‘li tizim yordamida isitish amalga oshirilgan edi. 1830 yilda Germaniyada bug‘ mashinasidan chiqarib tashlanadigan bug‘dan birinchi marta bug‘li isitish tizimida foydalanildi. Issiqlik manbalarni mexanik energiya olish va isitish maqsadida markazlashtirishdan yahshi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar AQSHda olingan edi. 1878 yilda Lokport shahrida (Nyu-York shtati) bug‘ mashinalarining bug‘idan foydalanib 210 bino uchun birinchi tuman issiqlik ta’minoti tizimi barpo etilgan. Dastlab er osti bug‘ quvurlarning uzunligi 2 km ni tashkil etgan.
SHu vaqtning o‘zida Bantedt shahrida (Nyu-York shtati) binolarning katta guruhini issiq suv ta’minoti bilan qurama usulda nasos-suvli isitilishi amalga oshirilgan. 1900 yilda Germaniyaning Drezden shahrida markazlashtirilgan bug‘li issiqlik ta’minoti tizimi 1050 m masofada joylashgan 12-ta iste’molchini isiqlik bilan ta’minlagan. Bunda bug‘ning bosimi 0,8 MPa bo‘lgan.
XX asr boshida elektr yuritgichlarning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilganligi munosabati bilan suvli issiqlik ta’minoti rivojlana boshladi. 1924 yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida professor V.V. Dmitriev va injener L.L. Ginter tashabbusi bo‘yicha shaharning 3-chi elektr stansiyasidan iste’molchilarga issiqlik uzatish maqsadida issiqlik tarmog‘i o‘tkazilgan edi. Mazkur stansiya kelajakdagi isitish IEM larning timsoli edi. Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti g‘oyasining rivojlanishiga L.L. Ginter, M.O. Grinberg, V.V. Dmitriev, A.A. Krauz, J.L. Taner-Tannenbaum, V.M.CHaplin, B.M. YAkub, E.YA. Sokolov, B.L. SHifrinson, S.F. Kopyov, A.V. Xludov, E.F. Brodskiy, N.M.Zinger kabi olim va injenerlar katta hissa qo‘shishdi. Issiqlik ta’minoti halq xo‘jaligining yirik tarmog‘idir. Uning ehtiyojiga har yili respublikamizda qazib olinadigan va ishlab chiqariladigan yoqilg‘ining taxminan 20% sarflanadi. Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti odatda yirik tuman qozonxonalaridan foydalanishga asoslangan bo‘ladi.
Masalan, hozirgi kunda Toshkent shahrida 10 ta issiqlik markazlari va 1ta Toshkent issiqlik elektr markazi (IEM)mavjud. Ularning yillik issiqlik ishlab chiqarish unumdorligi 15401 ming Gkal. ga teng. Issiqlik tarmoqlarning umumiy uzunligi 1442 km., shu jumladan magistral quvurlar 244 km.ni tashkil etadi. Toshkent issiqlik elektr markazi-ToshIEM Toshkent to‘qimachilik kombinatini issiqlik va elektr bilan ta’minlash uchun qurilgan bo‘lib, 1939 yildan boshlab ishlatib kelinmoqda. U O‘rta Osiyoda markazlashtirilgan issiqlik ta’minotini yaratish uchun asos bo‘lgan. O‘zbekiston sharoitida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti asosan Ikkinchi jahon urushidan keyin rivoj topa boshladi.
Markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarida issiqlik energiyasining manbasi bo‘lib issiqlik elektr markazi, tumanlararo va kvartallararo qozonxonalar xizmat qilishi mumkin. Issiqlik energiyasi iste’molchilarga issiq suv va suv bug‘i ko‘rinishida uzatiladi. Aholi turar joy binolarini issiqlik bilan ta’minlashda issiqlik tashuvchi sifatida suvdan foylaniladi, sanoat korxonalari uchun suv bilan bir qatorda 6 suv bug‘i ham ishlatiladi. Issiqlik tashuvchining parametrlari issiqlik energiyasining iste’molchisining turlariga bog‘liq bo‘ladi.
“2018-2022 yillarda issiqlik ta`minoti tizimini rivojlantirish dasturi to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.
Qaror iste`molchilarga issiqlik energiyasi etkazib berish sifatini oshirish va uzluksizligini ta`minlash, issiqlik ta`minoti tizimini zamonaviy tejamkor va kam energiya sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish asosida yangilash va modernizasiya qilish, yoqilg`i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish maqsadida qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan mamlakatimizda issiqlik ta`minoti tizimini yanada rivojlantirish bo`yicha quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:
-issiqlik ta`minoti tizimiga energiya va resurs tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda joriy etish;
-ko`p xonadonli uy-joy fondi, ijtimoiy va boshqa ob`ektlarning markazlashtirilmagan issiqlik ta`minoti tizimini energiya samaradorligi yuqori bo`lgan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta`minot tizimini o`rnatish orqali rivojlantirish;
-jismoniy va ma`naviy eskirgan, tejamkor bo`lmagan qozonxona agregatlarini, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizasiya va rekonstruksiya qilish, almashtirish;
-energiya resurslari iste`moli va ishlab chiqarilishini me`yor bo`yicha hisoblashni amalda qo`llash, iste`molchilarni hamda issiqlik ta`minoti xizmatlarini hisoblash va to`lovlarni amalga oshirishga avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy qilish.
Qarorda 2018-2022 yillarda markaziy qozonxona, issiqlik tarmoqlari, mahalliy qozonxonalarni modernizasiya va rekonstruksiya qilish, energiya samaradorligi yuqori bo`lgan, jumladan, gelioqurilmalarni qo`llash orqali mahalliy qozonxonalar qurish, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik ta`minoti tizimini o`rnatish parametrlari, shuningdek, issiqlik ta`minoti tizimini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Yuqorida qayd etilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o`z mablag`lari, tijorat banklari kreditlari, pudrat tashkilotlari mablag`lari va O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan 1,7 trillion so`m yo`naltirish ko`zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |