Surunkali miyeloleykoz Surunkali limfoleykoz Gemorragik diatezlar Gemofiliya



Yüklə 27,77 Kb.
səhifə1/6
tarix22.12.2023
ölçüsü27,77 Kb.
#190700
  1   2   3   4   5   6
leykozlar


Leykozlar


Reja:

  1. Surunkali miyeloleykoz


  2. Surunkali limfoleykoz

  3. Gemorragik diatezlar
  4. Gemofiliya

  5. Trombotsitopenik purpura (Verlgof kasalligi)


Leykoz (yunoncha— leukos — oq) leykemiya oqqon raki — qon yaratish sistemasining o’sma kasalligidir. Leykoz — qon yaratilish hujayralaridan paydo bo’ladigan va suyak ko’migini zararlantiradigan o’smalarning umumiy nomi. Kasallikning etiologiyasi noma’lum va uning kechishi xavfli o’sma rivojlanishini eslatadi. Leykozning virus tabiati to’g’risida taxminlar ilgari surilyapti. Leykoz mohiyati suyak ko’migi, taloq, limfatik tugunlar zararlanishidan iborat. Leykozda periferik qonda ko’p miqdorda yetilmagan leykotsitlar kuzatiladi, ular, odatda, faqat suyak ko’migida va limfotik tugunlarda bo’ladi. Qator hollarda periferik qonda leykotsitlarning umumiy miqdori ko’paymaydi, ular sifat jihatidan o’zgaradi, xolos. Bunday leykozlar aleykemik leykozlar deyiladi. O’tkir va surunkali leykoz farq qilinadi. O’tkir leykoz, asosan, navqiron yoshda uchraydi. Og’ir kechishi gemopoyezning nisbatan tez va chuqur buzilishi va letal natija bilan tugashi bo’yicha farq qiladi. Bu hamma leykozlar orasida eng ko’p uchraydigan (qariyb 30 %) formasidir. Prognozi yomon. Bemorlar bir necha oydan bir-ikki yilgacha (hozirgi vaqtda ko’proq) yashaydilar. O’lim kaxeksiya, qon oqishi, infeksiya qo’shilib kelishi, leykozogen intoksikatsiya, neyroleykemiyadan yuz beradi. Bemor uzoq vaqt ko’rpa-to’shakda yotishi natijasida yotoq yaralar paydo bo’lishi mumkin.


Klinik ko’rinishi. O’tkir leykozning birinchi klinik belgilari turlicha bo’ladi. Ko’p hollarda bemorlar quvvatsizlik, ishtahaning pasayishi, bo’g’imlarda og’riq va mayda jarohatlanishdan, terida ko’karishlar paydo bo’lishidan shikoyat qiladilar. Boshqa bemorlarda kasallik o’tkir boshlanib, ularda rinit, faringit, murtak bezlari yallig’lanishi, tana harorati ko’tarilishi kuzatiladi. Ba’zida o’tkir leykoz kutilmaganda — qonni analiz qilinganda aniqlanadi. O’tkir leykozning rivojlangan bosqichida kasallikning klinik ko’rinishi anemiya, gemorragiya, infeksiya va yarali nekroz bilan asoratlanish sindromlari sifatida namoyon bo’ladi. Anemiya sindromi quvvatsizlik, bosh aylanishi, yurak sohasida og’riq va hansirash bilan namoyon bo’ladi. Bemorlar ko’zdan kechirilganda teri qoplamlari va shilliq pardalarning rangparligi aniqlanadi. Kamqonlikning ifodalanishi har xil bo’lib, eritropozning pasayish darajasiga, gemoliz yoki qon ketishlarga bog’liq. Gemorrogiya sindromi deyarli barcha bemorlarda uchraydi. Ularda milkdan, burundan, bachadondan qon ketishi, teri va shilliq qavatlarda qon quyilishi kuzatiladi. Teri ostiga yoki venaga dori yuborish uchun nina sanchilganda katta qon quyilishlar kuzatiladi. Kasallikning terminal bosqichida me’da va o’n ikki barmoq ichak shilliq qavatlardagi qon quyilishlar yarali nekrotik o’tadi.
O’tkir lekozning terminal bosqichida kasallik tez rivojlanadi. Tana harorati yuqori raqamlargacha ko’tariladi, umumiy behollik orta boradi, bemorni eti junjikishi, ko’p terlash bezovta qiladi. Ishtaha bo’lmaydi, burun, milk qonab turadi. Ko’zdan kechirilganda terida ko’p sonli qon quyilishlar topiladi. Stomatit, nekrotik angina rivojlanadi, bo’yin va pastki jag’ osti limfatik tugunlari kattalashgan, bo’yin sohasidagi teri osti yog’ qatlamlari shishgan bo’ladi. Meda devoridagi leykemik infiltratlar yorilganda me’dadan qon ketishlar kuzatiladi. O’tkir leykoz formasiga ko’ra taloq, jigar, limfatik tugunlar kattalashadi. Qon tekshirilganda avj olib borayotgan anemiya, trombotsitopeniya, retikulotsitopeniya qayd qilinadi. Leykotsitlarning qariyb 95 foizini miyeloblastlar va boshqa tabaqalashmagan blast hujayralar tashkil qiladi, leykemiya qayd qilinadi. O’tkir miyeloleykoz-mityeloblast leykozda—qonda blast hujayralar va yetilgan leykotsitlar aniqlanadi, oraliq shakllari kam bo’ladi (leykemik uzilish). O’tkir limfaleykoz — limfoblast leykozda qonda limfoblastlar ko’p bo’ladi.
Davolash. O’tkir leykozni davolash shifoxona va ambulatoriya sharoitlarida kasallikning shakli, bosqichi, kechishiga ko’ra iloji boricha erta o’tkaziladi. Asosan, hujayra mitozining har xil davrlarida ta’sir qiluvchi ximiyaviy pråparatlar turli kombinatsiyalarda beriladi. So’nggi yillarda kompleks terapiya: prednizalon 50 g dan kuniga, deksametazon, merkoptopurin (tana massasiga nisbatan 2,5 mg/kg hisobida, remissiya yuz bergunga qadar, siklofosfan ftoruratsil, antibiotiklar), qon va eritrotsit massa quyish (125—150 ml dan tomchi usulida, 3—5 kunlik tanaffuslar bilan) tayinlanadi. Davolash natijasida o’tkir leykoz o’rtacha o’tkir turga o’tadi, bemor umrini 1—2 yilga uzaytirish mumkin. O’tkir leykozda qunt bilan parvarishlash, bemorga sharoit yaratish, og’iz bo’shlig’ini nam tampon bilan artish, og’izni tez-tez chayib turish, yotoq yaralarning oldini olish nihoyatda muhim.

Surunkali miyeloleykoz


Bu kasallik suyak ko’migining granulotsitlar kurtagi, shuningdek, trombotsitar va eritrotsitar kurtagining zararlanishi bilan yuzaga chiqadi. Kasallikning klinik manzarasi 3 bosqichda (boshlang’ich, rivojlangan, terminal) kechadi. Boshlang’ich bosqich yashirin kechadi va asosiy belgilar rivojlangan bosqichda kuzatiladi.

Yüklə 27,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin