21-mavzu. Mathcadda vektorlar va matritsalar bilan ishlash. Reja



Yüklə 110,8 Kb.
səhifə3/11
tarix07.01.2024
ölçüsü110,8 Kb.
#212157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
21-mavzu. MathCADda vektorlar va matritsalar bilan ishlash.

Odesolve(x,xk,n) funktsiya, bu erda x – o`zgaruvchi nomi, xk – integrallash chegarasi oxiri (integrallashning boshlang`ich chegarasi boshlang`ich shartda beriladi); n – ichki ikkinchi darajali parametr bo`lib, u integrallash qadamlar sonini aniqlaydi (bu parametr berilmasa ham bo`ladi. Unda qadamni Mathcad avtomatik ravishda tanlaydi).

Shunday qilib “Algebraik tenglamalar”ni Mathcdda yechish mumkin. Bundan tashqari yana boshqa tenglama va tengsizliklarni yechish ham Mathcadda bir muncha qulayliklar tug’diradi.
II.2-§. Algebraik tenglamalar mavzusini o’qitish bo’yicha dars ishlanmalari.
Mathcad dasturidan foydalanib matematika darsida ma`ruza mashg`ulotlarni o’tkazish metodikasi.
Axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida tatbiq qilishda o’qitishning mazmunini takomillashtiruvchi shakl va usullarning aniqlash masalalari muhim o’rin tutadi.
Axborot texnologiyalarini o’quv o’quv jarayoniga tatbiq qilishda ma`ruza darslariga alohida e`tibor beriladi va bu o’qitish metodi matematik ta`limda muhim o’rin tutajdi.
Ma`ruza darslarini nazariy va g`oyaviy tomonlarini takomollashtirish ko’pgtnp pedagogik olimlar rivojlanishni ta`kidlaganlar.
Masalan, A.E.Yukavskiy fikricha, “ma`ruza darslari boshqa uslubda dars o’qitishdan yuqori o’rinda turadi va uni biror bir dars bilan almashtirib bo’lmaydi”-deb aytadi.
Ma`ruza o’quvchi talabalarni amaliy va labaratoriya ishlari hamda o’quv adabiyotlari bilan mustaqil ishlay olishlari va fikr yuritishlarini ta`minlash uchun asosiy omillardan biridir. Bu darslarni o’quvchi va talabalar tomonidan o’zlashtirish uchun ularda ma`lum darajada bilim, iroda, mehnat hamda qobiliyat, diqqatni jalb etish kabi xislatlar bo’lishi talab etiladi. Shuning uchun ma`ruza darslarini o’tishda o’quvchi talabalarning, o’qituvchilar tomonidan berilgan bilimlarni etarli darajada o’zlashtirishlari katta samara beradi. Shu bilan bir qatorda o’quvchi talabalarning mustaqil ishlari uchun ham alohida e`tibor kerak bo’ladi.
O’quvchi talabalar mavzu ustida qancha ko’p bosh qotirsalar , ular shuncha ko’p tushunadilar va eslab qolishlari oson kechadi. Mustaqil shug`ullanish o’quvchi talabalarda psixologik jarayonlarni rivojlantirishga sabab bo’ladi va mavzuni tushunishlari uchun ularni fikrlash, voqea – hodisalar hamda faktlarni tahlil qilishga tayyorlab beradi. Shuni ta`kidlash lozimki, ma`ruza darslarini tashkil etishda mavzularga doir didaktika elementlarini qo’llash yaxshi saamara beradi. Shu sababli ma`ruza darslariga tayorgarlik ko’rish alohida o’rin tutadi. Bu esa ma`ruza darslariga tayyorgarlik ko’rinishida zamonaviy pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish, mavzu bo’yicha o’quvchi talabalarga o’quv materiallarini ko’rish, eshitish, taqqoslash kiritishda taqdim etish kabi komponentlarning kiritilishi imkoniyatini yaratadi. Bular matematikada ma`ruza darslarining samaradorligini oshiradi.
Hozirgi vaqtda ma`ruza bu umumlashtiruvchi jarayonni bildirib bir tomondan o’qituvchining ma`lumot berishini taminlasa, ikkinchi tomondan u talabalarning qabul qilish jarayonini ifodalaydi.
Ma`ruza o’qishda o’qituvchi barilayotgan materialni har xil ko’rinishda bayon qilishi mumkin. Har bir fanni o’qitish uchun odatda belgilangan maqsadga ko’ra uning mazmuni tanlanadi. Uni o’zlashtirish uchun mos metodlar, o’quv vositalari va nihoyat mos o’qitish shakli tanlanadi.
Ta`limda uzluksizlikni ta`minlash metodik tizim deb ataluvchi maqsad, mazmun, metod, vosita, shakl kabi uning tarkibiy qismlari orasidan uzviy aloqalarga bog`liq.
O’quvchi talabalarning psixologik tayyorgarliklari fikrlash darajalari yoki olgan bilimlarni o’zlashtirish darajalariga qarab har bir ta`lim bosqichi uchun mos mazmun va metodlar tanlanadi. Har bir bosqichning o’ziga xos mazmunni bayon qilish mantiqi va usullari mavjud. Shu munosabat bilan matematika fani ta`lim mazmuni va metodlarini o’zida aks ettiruvchi vosita.
Ma`ruza mashg`ulotlar texnologiyasi

Mavzu

Tenglamalar va ularni Mathcadda yechish

O’quv mashg`uloti

Ma`ruza

O’quv mashg`uloti maqsadi

  1. O’quv maqsadi: mavzuga oid bo’lgan qiziqishni shakllantiradi.

  2. Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantiradi.

  3. Piqojlantiruvchi maqsadi: dars jarayonida o’quvchilarning ijodkorligini shakllantiradi.

O’quv mashg`ulot rejasi

  1. Tenglamalarni Mathcadda yechish

  2. Mathcadni tenglamalar yechishdagi imkoniyatlari

Pedagogik vazifalari

  1. Tenglama haqida tushuncha berish

  2. Mathcadda tenglamalar yechishning metodik xususiyatlari

  3. Mathcad haqida to’liq ma`lumotlarga ega bo’lish

O’qitish vositalari

Komyuter, proektor, ma`ruzalar matni, o’quv qo’llanmalar

O’qitish shakli

Jamoada ishlash, aqliy hajmi va klaster

O’qitish sharoitlari

Proektor, komyuter bilan jihozlangan auditoriya




Yüklə 110,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin