Алгебра ва сонлар назарияси


Algebra va sonlar nazariyasi (2-kurs)



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə8/63
tarix06.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#141699
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
portal.guldu.uz-ALGEBRA VA SONLAR NAZARIYASI (1)

Algebra va sonlar nazariyasi (2-kurs) FANI BO’YIChA TA’LIM TEXNOLOGIYaLARINI IShLAB ChIQIShNING KONTsEPTUAL ASOSLARI

Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi. Ta’lim samaradorligini orttirishda fanlar bo’yicha ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning kontseptsiyasi aniq belgilanish va unga amal qilishi ijobiy natija beradi. Fanni o’qitishning maqsadi va ta’lim berish texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontseptual yondashuvlar quyidagilardan iborat.


Fanning maqsadi. 5460100-matematika va 5480100-amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga chiziqli fazo, chiziqli operator, kvadratik forma, matritsaning Jordan formasi va algebraik tuzilmalar tushunchalarini va ularning xossalarini o’rgatishdan iboratdir.
Fanni o’qitishning vazifalari. Chiziqli algebraning asosiy tushunchalari bo’lgan: chiziqli fazoning bazisi va o’lchovi, vektorning koordinatalari, chiziqli operatorning matritsasi va uning xos vektorlari, kvadratik formani sodda shaklga keltirish, Evklid fazosida operatorlarning xossalari, matritsaning Jordan normal formasi, gruppa, xalqa, maydon haqida bilimlar berish, olgan nazariy bilimlarning tatbiqlarini tushuntirish hamda amaliy masalalarni echishga qaratishdan va natijada fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin