Yechish. Buning uchun umumiy vaziyatda berilgan AB kesmaga parallel qilib gorizontal yoki frontal proeksiyalar tekisligini yangi proeksiyalar tekisligi bilan almashtiriladi. Chizmada masalani echish uchun uning yangi O1x1 proeksiyalar o’qini kesmaning biror, masalan, A′B′ gorizontal proeksiyasiga parallel qilib olinadi. Hosil bo’lgan V1/H proeksiyalar tekisliklari tizimida AB kesma V1proeksiyalar tekisligiga parallel bo’ladi va bu tekislikda u haqiqiy uzunligiga teng bo’lib proeksiyalanadi.
5.26-rasm. 5.27-rasm. 5.28-rasm.
2–masala. Umumiy vaziyatdagi P(PN, PV) tekislikni frontal proeksiyalovchi tekislik vaziyatiga keltirish talab etilsin (5.29–rasm).
Yechish. Ma’lumki, frontal proeksiyalovchi tekislikning gorizontal izi Ox o’qiga perpendikulyar bo’ladi. Shuning uchun umumiy vaziyatdagi P tekislikni frontal proeksiyalovchi vaziyatga keltirish uchun yangi O1x1 proeksiyalar o’qini tekislikning PN gorizontal iziga ixtiyoriy joydan perpendikulyar qilib olinadi.
Tekislikning yangi PV1 izining yo’nalishini aniqlash uchun tekislikning PViziga tegishli biror, masalan, A(A′,A″) olib, uning yangi A″1 frontal proeksiyasi yasaladi. Tekislikning yangi P1V izini Px1 va A″1 nuqtalardan o’tkaziladi. Chizmada ko’rsatilgan α burchak P tekislikning H tekislik bilan tashkil etgan burchagi bo’ladi.
3–masala. AB(A′B′, A″B″) to’g’ri chiziqning umumiy vaziyatdagi Q(QH, QV) tekislik bilan kesishish nuqtasi yasalsin (5.30–rasm).